Научная статья на тему 'ISSIQXONA SHAROITIDA YETISHTIRILGAN KASALLANGAN POMIDOR OʻSIMLIGINING BAKTERIAL FLORASINI ANIQLASH'

ISSIQXONA SHAROITIDA YETISHTIRILGAN KASALLANGAN POMIDOR OʻSIMLIGINING BAKTERIAL FLORASINI ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Экологические биотехнологии»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pomidor / fitopatogen / bakteriya / izolyat / Bacillus / Enterobacter / Pseudomonans / Staphylococcus / MALDI-TOF.

Аннотация научной статьи по экологическим биотехнологиям, автор научной работы — Roxataliyeva Husnida Bahodirjon Qizi, Rajabova Dinora Shuxrat Qizi, Xalilov Ilhom Mamatqulovich, Karimov Husniddin Xolmamatovich, Azimova Nodira Shoyim Qizi

Respublikamiz issiqxonalarida yetishtirilayotgan kasallangan pomidor oʻsimligida uchraydigan fitopatogen bakteriyalarning florasini oʻrganish uchun tadqiqotlar oʻtkazildi. Kasallangan oʻsimlik koʻchatlari va tuproq namunalaridan jami 22 ta bakteriya izolyatlari ajratib olindi va MALDI-TOF uskunasi yordamida identifikatsiya qilindi. Ajratib olingan bakteriyalarda Bacillus, Enterobacter, Pseudomonans, Staphylococcus va boshqa avlod vakillari borligi aniqlandi. Ushbu bakteriyalar orasida patogen bakteriyalar bilan birga antagonistlar, bionazorat agentlari, oʻsishni ragʻbatlantiruvchi hamda probiotiklar ham borligi ma’lum boʻldi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ISSIQXONA SHAROITIDA YETISHTIRILGAN KASALLANGAN POMIDOR OʻSIMLIGINING BAKTERIAL FLORASINI ANIQLASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

ISSIQXONA SHAROITIDA YETISHTIRILGAN KASALLANGAN POMIDOR OSIMLIGINING BAKTERIAL

FLORASINI ANIQLASH

1Roxataliyeva Husnida Bahodirjon qizi, 2Rajabova Dinora Shuxrat qizi, 3Xalilov Ilhom Mamatqulovich, 4Karimov Husniddin Xolmamatovich, 5Azimova Nodira Shoyim qizi

1O'zbekiston Milliy Universiteti magistri 2O'zbekiston Milliy Universiteti magistri 3Mikrobiologiya instituti ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari 4Mikrobiologiya instituti laboratoriya mudiri 5Mikrobiologiya instituti katta ilmiy xodimi https://doi.org/10.5281/zenodo.13836841

Annotatsiya. Respublikamiz issiqxonalarida yetishtirilayotgan kasallangan pomidor o'simligida uchraydigan fitopatogen bakteriyalarning florasini o'rganish uchun tadqiqotlar o'tkazildi. Kasallangan o'simlik ko'chatlari va tuproq namunalaridan jami 22 ta bakteriya izolyatlari ajratib olindi va MALDI-TOF uskunasi yordamida identifikatsiya qilindi. Ajratib olingan bakteriyalarda Bacillus, Enterobacter, Pseudomonans, Staphylococcus va boshqa avlod vakillari borligi aniqlandi. Ushbu bakteriyalar orasida patogen bakteriyalar bilan birga antagonistlar, bionazorat agentlari, o'sishni ragbatlantiruvchi hamda probiotiklar ham borligi ma'lum bo'ldi.

Kalit so'zlar: pomidor, fitopatogen, bakteriya, izolyat, Bacillus, Enterobacter, Pseudomonans, Staphylococcus, MALDI-TOF.

Bugungi kunda pomidor o'simligi nafaqat O'zbekistonda balki butun dunyoda muhim sabzavot ekinlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli pomidorning 1000 dan ortiq navi bo'lib, ochiq maydon va issiqxonalarda yetishtirilmoqda. Keyingi yillarda pomidorda mikroorganizmlar qo'zg'atadigan kasalliklar ortib borayotganligi kuzatilmoqda. Bu iqlim o'zgarishi, ekologik, atropogen va boshqa omillar bilan bog'liq. Pomidor kasalliklari orasida bakterial kasalliklar ham turlicha bo'lub, ularning hosildorligiga sezilarli darajada xavf uyg'otadi.

Pomidor o'simliklarida turli organlarga ta'sir qiluvchi bir qator bakterial kasalliklarni uchratish mumkin: poya markazining nekrozi, bakterial barglarning dog'lanishi, mevaning xiralashishi (dog'lanishi), meva tepasi chirishi, poya va mevalarning suvli chirishi, poyaning bakterial so'lishi (jigarrang chirishi), ildiz saratoni. Bu kasalliklarni qo'zg'atuvchi fitopatogen bakteriyalarga Pseudomonas syringae, Xanthomonas campestris, Pseudomonas solanacearum, Pseudomonas corrugate, Clavibacter michiganensis, Agrobacterium tumefaciens kabilar misol bo'ladi. Kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizmlarni aniqlash va ularga qarshi biologik usulda kurashish katta ahamiyatga ega hisoblanadi.

Tadqiqotning maqsadi Respublikamiz issiqxonalarida yetishtirilayotgan pomidor o'simligida kasallik keltirib chiqarayotgan patogen va ular bilan bir vaqtda uchrovchi nopatogen bakteriyalarni aniqlashdan iborat.

Tadqiqotda 2023-2024 yillarda Namangan viloyatining Pop tumanidagi "Lemon house" MCHJ ga qarashli issiqxonada yetishtirilayotgan Zamira navli pomidor ko'chatining kasallangan namunalari (1-rasm) va tuprog'idan tadqiqot obekti sifatida foydalanildi. Tajriba O'zR FA

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

Mikrobiologiya institutida amalga oshirildi. Tadqiqotni o'tkazishda klassik mikrobiologik va fitopatologik usullardan foydalanildi.

1-rasm. Tadqiqotda foydalanilgan kasallangan pomidor ko'chatlarining qismlari

Infektsiyalangan o'simlik qismlari oqib turgan vodoprovod suvida yuvildi, spirt va steril distillangan suv aralashmalari 3:1, 1:1, 1:3 nisbatlarda tayyorlanib, kasallangan pomidor o'simligi qismlarini tashqi mikrofloradan tozalashda foydalanildi. Tashqi mikrofloradan tozalab olingan na'munalarning barg, poya, mevaning aniq zararlangan va zararlanmagan sog'lom to'qimalarini o'z ichiga olgan qismlaridan 1-3 sm kattalikda kesib olindi va Petri likopchalaridagi GPA (go'sht peptonli agar) ozuqa muhitiga ekildi. ekildi.

Tuproqdan bakteriyalarni ajratib olish uchun ketma-ket suyultirish usulidan foydalanildi. 9 ml steril suvga 1gr tuproq solindi va 6-suyulish darajasigacha suyultirildi. 5- va 6-suyultirish darajasidan 100 mkl olib GPA ozuqa muhitiga ekildi. Barcha ekilgan na'munalar 26-28°C da termostatda inkubatsiya qilindi. Bakteriyalarning o'sishi 24 soatdan boshlab 4 kungacha kuzatildi. So'ngra o'sib chiqqan bakteriyalarning sof kulturalari ajratib olindi.

Ajratib olingan bakteriyalarning mikroskopik ko'rinishi XSP-136 B va N-300M(UCMOSO9000KPB) markali mikroskopda (1000 marta kattalashtirilgan) kuzatildi. GPA ozuqa muhitida bakteriyalarning koloniyalari o'stirildi va ularning morfologiyasi o'rganildi. Ajratib olingan bakteriyalar MALDI-TOF uskunasi yordamida identifikatsiya qilindi. Maldi-Tof usulida identifikatsiya qilingan bakteriya izolyatlarining nomlari quyidagi jadvalda keltirildi.

1-jadval.

Namangan viloyati Pop tumanidagi issiqxona sharoitida yetishtirilgan Zamira navli

kasallangan pomidor ko'chatlari va tuproq namunalaridan ajratilgan bakteriyalar

1 Brevibacterium linens 12 Bacillus megaterium

2 Actinomyces oris 13 Enterobacter asburiae

3 Pantoae aglomerans 14 Staphylococcus epidermidis

4 Pediococcus acidilactici 15 Chryseobacterium sp.

5 Enterobacter cloacae 16 Alkalihalobacillus clausi

6 Staphylococcus lugdunensis 17 Ewingella Americana

7 Staphylococcus saprophyticus 18 Pseudomonas fluorescens

8 Bacillus subtilis 19 Pseudomonas chlororaphis

9 Bacillus cereus 20 Lelliottia amnigena

10 Klebsiella pneumonia 21 Raoultella ornithinolytica

11 Kocuria rhizophila 22 Pseudomonas putida

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

Maldi-Tof uskunasi yordamida aniqlangan bakteriyalarning xususiyatlari, jumladan, ularning o'simliklarni o'zgartiruvchi va kasalliklardan himoya qiluvchi xususiyatlari adabiyotlar asosida tahlil qilindi.

Pseudomonas fluorescens va P. chlororaphis bakteriyalari Fusarium oxysporum zamburug'ining o'sishini ingibirlashi uchun fenazin-1-karboksamid antibiotigini ishlab chiqaradi. Bu o'z navbatida o'simlik o'sishini rag'batlantiruvchi bakteriyalar sifatida biologik nazorat uchun qo'llanilishi mumkin [16]. Lelliottia amnigena kartoshkaning yumshoq chirishiga sabab bo'ladi va bu xususiyati Xitoyda kartoshka ildizlarida tasdiqlangan [5]. Ewingella americana bakteriyasi ayrim makromisetlarda ichki tirgak nekrozining qo'zg'atuvchisi sifatida ishlaydi. Pediococcus acidilactici bakteriyasi probiotik sifatida tanilgan [14]. Klebsiella pneumonia bakteriyasi o'simliklar o'sishini rag'batlantirishi va Ralstonia solanacearum sabab bo'lgan bakterial so'lish kasalligiga qarshi foydalaniladi [1]. Enterobacter cloacae pomidorni kasallantiradi va mevalarning chirishiga sabab bo'ladi [3]. Biroq, Pseudomonas putida pomidorning bakterial so'lishiga qarshi bionazorat agenti sifatida ishlatiladi [2] va pomidorning o'sishi va hosildorligini rag'batlantiradi [6]. Pantoea agglomerans o'simlik kasalliklarini boshqarishda bionazorat agenti sifatida qo'llaniladi. Xususan, nok va olma ekinlarida Erwinia amylovora bakteriyasi sabab bo'lgan kasalliklarni nazorat qilishda samaralidir. Shuningdek, bu bakteriya guruch va jo'xori barglaridagi kuyish kasalliklarini ham keltirib chiqarishi aniqlangan [15]. Kocuria rhizophila tuproqda yashab, o'simlik o'sishini rag'batlantiruvchi ko'plab xususiyatlarga ega va pomidor o'sishini qo'llab-quvvatlaydi [7]. Bacillus subtilis va Bacillus cereus pomidor o'sishini rag'batlantirishi va turli patogenlardan himoya qilishi mumkin, shu jumladan, issiqxona sharoitida Clavibacter michiganensis infektsiyasining rivojlanishini to'xtatadi [8]. Bacillus megaterium esa pomidor ko'chatlarida tuz stressini yumshatadi va bakterial vilt kasalligi uchun antagonist sifatida xizmat qiladi [10]. Enterobacter asburiae BQ9 shtammi issiqxona sharoitida pomidor o'sishini rag'batlantiradi va pomidorning sariq barglari jingalak virusiga qarshilik ko'rsatadi [11], lekin boshqa shtammlari Xitoyda guruch bakterial kuyishini keltirib chiqaradi [12]. Alkalihalobacillus clausii esa probiyotik sifatida keng qo'llaniladi [13]. Chryseobacterium sp. o'simliklarning o'sishini rag'batlantiruvchi rizobakteriya shtammi ekanligi aniqlangan va u qalampirning fitoftoroz kasalligini "to'xtatishi" o'rganilgan [4]. Brevibacterium linens va Bacillus subtilis bakterial antagonistlar bo'lib, ular Alternaria solani va Botrytis cinerea ning mitselial o'sishiga, shuningdek, pomidor mevasida kasallikning rivojlanishiga qarshilik qilishi o'rganilgan

[9].

O'tkazilgan tadqiqot natijalarini adabiyotlar asosida tahlil qilish orqali quyidagicha xulosa qilindi: pomidor o'simligidan ajratib olingan bakteriyalar orasida patogen bakteriyalar (Lelliottia amnigena, Ewingella americana, Enterobacter cloacae), antagonistlar (Bacillus subtilis, Bacillus cereus, Bacillus megaterium, Brevibacterium linens), bionazorat agentlari (Pseudomonas fluorescens, Pseudomonas chlororaphis, Pseudomonas putida, Pantoea agglomerans), o'sishni rag'batlantiruvchi (Klebsiella pneumonia, Kocuria rhizophila) hamda probiotik (Alkalihalobacillus clausii, Pediococcus acidilactici) xususiyatga ega bakteriyalar borligi aniqlandi.

Ushbu bakteriyalarning xususiyatlarini o'rganish bo'yicha tadqiqotlar davom ettirilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS"

_25-26 SEPTEMBER, 2024_

1. Bora Kim, Ae Ran Park, Chan Woo Song, Hyohak Song, Jin-Cheol Kim. Biological Control Efficacy and Action Mechanism of Klebsiella pneumoniae JCK-2201 Producing Meso-2,3-Butanediol Against Tomato Bacterial Wilt.14 July 2022 doi: 10.3389/fmicb.2022.914589

2. Dongling Sun, Tao Zhuo, Xun Hu, Xiaojing Fan, Huasong Zou. Identification of a Pseudomonasputida as biocontrol agent for tomato bacterial wilt disease. November 2017, Pages 45-50.https://doi.org/10.1016/j.biocontrol.2017.07.015

3. Mai Thanh Nguyen et al. Efficacy of Antagonist Strains of Bacillus megaterium, Enterobacter cloacae, Pichia guilliermondii and Candida ethanolica against Bacterial Wilt Disease of Tomato. J Phytol 3/2 2011.

4. M.K.Sang, J.-J.Jeong, J.Kim, K.D.Kim. Growth promotion and root colonisation in pepper plants by phosphate-solubilising Chryseobacterium sp. strain ISE14 that suppresses Phytophthora blight. 09 February 2018.doi.org/10.1111/aab.12413

5. Richard Osei, Chengde Yang, Lingxiao Cui, Ting Ma, Zhezhe Li, Solomon Boamah. Isolation, identification, and pathogenicity of Lelliottia amnigena causing soft rot of potato tuber in China. doi.org/10.1016/j.micpath.2022.105441.2022.

6. Y. He, H.A. Pantigoso, Z. Wu and J.M. Vivanco. Co-inoculation of Bacillus sp. and Pseudomonas putida at different development stages acts as a biostimulant to promote growth, yield and nutrient uptake of tomato. doi: 10.1111/jam.14273

7. DOI: 10.1016/j.plaphy.2024.108609

8. doi.org/10.3390/plants10030506.

9. doi.org/10.1016/j.biocontrol.2014.09.017

10. doi.org/10.3390/ijms232113548

11. DOI 10.3906/biy-1502-12

12. doi.org/10.1094/PDIS-10-20-2292-RE

13. doi.org/10.3390/bacteria2040014

14. https://en.wikipedia.org/wiki/Pediococcus_acidilactici.

15. https://en.wikipedia.org/wiki/Pantoea_agglomerans#References

16. https://www.mdpi.com/1422-0067/23/21/13548

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.