Научная статья на тему 'ISLOM HUQUQIDA AYOLLARNING TA’LIM OLISH HUQUQI: TARIXI VA RIVOJLANISHI'

ISLOM HUQUQIDA AYOLLARNING TA’LIM OLISH HUQUQI: TARIXI VA RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
7
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Conferences
Область наук
Ключевые слова
ayollar huquqi / ta’lim olish / BMT / islom huquqi / Islom Hamkorlik Tashkiloti / musulmon jamiyatlar / women rights / education / UN / Islamic law / Organization of Islamic Cooperation / Muslim societies

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Nilufar M. Mansurova

Mazkur maqolada muallif dastavval BMT doirasida ayollarning ta’lim olishini ta’minlovchi hujjatlar va ularning mazmuniga to‘xtalgan. So‘ngra, islom huquqi nuqtai nazaridan ayollarning ta’lim olish huquqlari va uning bugungi kun islom jamiyatlaridagi holatini yoritgan. Islom huquqi jihatidan mavzuni yoritar ekan, muallif yurtimizdan yetishib chiqqan faqih Faxruddin O‘zgandiyning “Fatavoi Qozixon” as asarlariga ham to‘xtalib o‘tgan. Shuningdek, Islom Hamkorlik Tashkilotining “Ayollar taraqqiyoti bo‘yicha harakatlar Dasturi” (OPAW)”da tilga olingan ayollar ta’lim olishi borasida a’zo davlatlarda amalga oshiriladigan maqsadlar xususida ma’lumotlar berib o‘tgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WOMEN'S RIGHT TO EDUCATION IN ISLAMIC LAW: HISTORY AND DEVELOPMENT

In this article, the author first focused on the documents that provide for women's education within the framework of the United Nations and their content. Then, from the point of view of Islamic law, she explained the rights of women to education and its status in today's Islamic societies. While covering the topic from the point of view of Islamic law, the author also touched upon the work of Fakhruddin Ozgandi, a jurist who grew up in our country, author of “Fatawai Qazikhan”. Also, she gave information about the objectives of the Organization of Islamic Cooperation, which are mentioned in the “Programme of Actions for the Advancement of Women (OPAW)" for women's education, to be implemented in the member states

Текст научной работы на тему «ISLOM HUQUQIDA AYOLLARNING TA’LIM OLISH HUQUQI: TARIXI VA RIVOJLANISHI»

DOI: https://doi.org/10.24412/cl-36892-2024-16-107-113

Pages: 107-113

SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS

4th INTERNATIONAL CONFERENCE

ISLOM HUQUQIDA AYOLLARNING TA'LIM OLISH HUQUQI: TARIXI VA

RIVOJLANISHI

Nilufar M. Mansurova

Tayanch doktorant Inson huquqlari bo'yicha O 'zbekiston Respublikasi Milliy Markazi Toshkent, O'zbekiston E-mail: zahratushshams@,gmail. com

MAQOLA HAQIDA_

Annotatsiya: Mazkur maqolada muallif dastavval BMT doirasida ayollarning ta'lim olishini ta'minlovchi hujjatlar va ularning mazmuniga to'xtalgan. So'ngra, islom huquqi nuqtai nazaridan ayollarning ta'lim olish huquqlari va uning bugungi kun islom jamiyatlaridagi holatini yoritgan. Islom huquqi jihatidan mavzuni yoritar ekan, muallif yurtimizdan yetishib chiqqan faqih Faxruddin O'zgandiyning "Fatavoi Qozixon" as asarlariga ham to'xtalib o'tgan. Shuningdek, Islom Hamkorlik Tashkilotining "Ayollar taraqqiyoti bo'yicha harakatlar Dasturi" (OPAW)"da tilga olingan ayollar ta'lim olishi borasida a'zo davlatlarda amalga oshiriladigan maqsadlar xususida ma'lumotlar berib o'tgan.

WOMEN'S RIGHT TO EDUCATION IN ISLAMIC LAW: HISTORY AND

DEVELOPMENT

Kalit so'zlar: ayollar huquqi, ta'lim olish, BMT, islom huquqi, Islom Hamkorlik Tashkiloti, musulmon jamiyatlar

Nilufar M. Mansurova

PhD student

National Center for Human Rights of the Republic of Uzbekistan Tashkent, Uzbekistan E-mail: zahratushshams@gmail. com

ABOUT ATRICLE

Key words: women rights, education, UN, Islamic law, Organization of Islamic Cooperation, Muslim societies

Abstract: In this article, the author first focused on the documents that provide for women's education within the framework of the United Nations and their content. Then, from the point of view of Islamic law, she explained the rights of women to education and its status in today's Islamic societies. While covering the topic from the point of view of Islamic law, the author also touched upon the work of Fakhruddin Ozgandi, a jurist who grew up in our country,

author of "Fatawai Qazikhan". Also, she gave information about the objectives of the Organization of Islamic Cooperation, which are mentioned in the "Programme of Actions for the Advancement of Women (OPAW)" for women's education, to be implemented in the member states.

ПРАВО ЖЕНЩИН НА ОБРАЗОВАНИЕ В ИСЛАМСКОМ ПРАВЕ: ИСТОРИЯ И

РАЗВИТИЕ

Нилуфар Михайловна Мансурова

Докторант

Национальный центр по правам человека Республики Узбекистан

Ташкент, Узбекистан E-mail: zahratiishshamsagmail. com

_О СТАТЬЕ_

Ключевые слова: права Аннотация: В данной статье автор в первую

женщин, образование, ООН, очередь остановился на документах,

исламское право, предусматривающих образование женщин в рамках

Организация исламского ООН и их содержании. Затем, с точки зрения исламского сотрудничества, права, она объяснила права женщин на образование и

мусульманские общества его статус в сегодняшних исламских обществах.

Освещая тему с точки зрения исламского права, автор также затронул творчество Фахруддина Узганди, юриста, выросшего в нашей стране, автора «Фатаваи Казихана». Также она дала информацию о целях Организации исламского сотрудничества, которые упомянуты в «Программе действий по улучшению положения женщин (OPAW)» по женскому образованию, которые будут реализованы в _государствах-членах._

Kirish.

Ta'lim olish huquqi insonning asosiy huquqlari qatoriga kiritilib, mazkur masala barcha davrlar uchun dolzarb sanaladi. Qadimdan kishilik jamiyati a'zolari ta'lim olish borasida izlanib kelganlar. Biroq mazkur jarayonda bir muddat e'tibordan chetda qolgan masala - ayollarning ta'lim olish huquqi hisoblangan. Bu masala nafaqat qadimgi davr balki, bugungi kunning ayrim jamiyatlari uchun ham xosdir. Zero bu muammo bo'lmaganida, bugungi kunda xalqaro miqyosda hujjatlar, milliy dasturlar ishlab chiqilmagan bo'lar edi.

Ayollarning ta'lim olish huquqlariga dastavval xalqaro miqyosda BMT Bosh Assambleyasining 217 A (III) Rezolyutsiyasi bilan 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan "Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi"da e'tirof etildi. Mazkur hujjatning 26 moddasida:

"1. Har bir inson ta'lim olish huquqiga ega. Ta'lim olishda hech bo'lmaganda boshlang'ich va umumiy ta'lim tekin bo'lishi lozim. Boshlang'ich ta'lim majburiy bo'lishi kerak. Texnik va

hunar ta'limi hammaning qurbi yetadigan darajada bo'lishi, oliy ta'lim esa har kimning qobiliyatiga asosan hamma uchun yetarli imkoniyat doirasida bo'lmog'i kerak.

2. Ta'lim inson shaxsini to'la barkamol qilishga va inson huquqlari hamda asosiy erkinliklariga nisbatan hurmatni kuchaytirishga qaratilmog'i lozim. Ta'lim barcha xalqlar, irqiy va diniy guruhlar o'rtasida bir-birini tushunish, xayrixohlik va do'stlikka xizmat qilishi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni saqlash borasidagi faoliyatiga yordam berishi kerak.

3. Kichik yoshdagi bolalari uchun ota-onalar ta'lim turini tanlashda imtiyozli huquqqa egadir", - deya ta'kidlanadi. Undan so'ngra 1966 yil "Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi Xalqaro Pakt"ning 13-moddasida mazkur huquqlar tilga olindi.

Keyinchalik, 1979 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan "Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish to'g'risida Konvensiya (CEDAW)" da aynan ta'lim jarayonida ayollarni kamsitish, ularni diskriminatsiya qilish qat'iy taqiqlandi.

Asosiy qism.

Mazkur hujjatlar qabul qilinishidan bir necha asr ilgari, islom dini paydo bo'lgan davrda ayollarning mulkiy, ijtimoiy huquqlar bilan bir qatorda ta'lim olish huquqlari e'tirof etilgan edi. Barcha huquqiy tizimlar singari islom huquqi ham ayollarning ijtimoiy huquqlaridan biri bo'lgan ta'lim olish huquqi kafolatlandi. Buning bosh asosi, albatta Qur'oni karimda kelgan bir qancha ilmga targ'ib qiluvchi oyatlar, qolaversa, Payg'ambar Muhammad s.a.v.ning quyidagi hadisi sharifidir: j ^Lix ya 'ni "ilm talab qilish barcha muslim va

muslima uchun farzdir." Umuman olganda, hadisi shariflar orasida ilmga targ'ib kuchli bo'lib, bundan nafaqat diniy, balki dunyoviy ilmlar ham nazarda tutilgan. Xususan, ilmni ker ak bo'lsa Chin(Xitoy)ga borib bo'lsa ham o'rganish, kishi beshikdan to qabrga qadar ilm izlashini bayon qilgan hadislar ayni shular jumlasidandir.

Natijalar va muhokama.

Islom dinining Movarounnahr hududiga kirib kelishi uning ijtimoiy-ilmiy hayotida katta burilish yasadi. Bu diyordan keyinchalik juda katta olimlar yetishib chiqdilar. Islom ilmlarining eng rivojlangan davri esa davlatchiligimizning Qoraxoniylar sulolasi hukmronligi davriga to'g'ri keladi. Shu o'rinda rus tadqiqotchilarining masalaga naqadar noxolis yondashganiga guvoh bo'lamiz. Go'yoki, mazkur davrda ayollarga hech qanday huquqlar berilmagan bo'lib, ayollar uyda o'tirishga majbur bo'lganlar.[7,221] Vaholanki, mazkur davr madrasalar faoliyatini o'rganar ekanmiz, u yerda nafaqat o'g'il bolalar, balki qizlarning ham ta'lim olganliklari borasida ma'lumotlarga duch kelamiz. Shuningdek, islom huquqining manbalaridan biri bo'lgan

fatvo kitoblarida ham ayollarning ta'lim olishi bilan bog'liq masalalar yoritilgan. Xususan, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk faqih Faxruddin O'zgandiy o'zining "Fatavoi Qozixon" asari "Er-xotinlik huquqlari" faslida quyidagicha fatvoni beradi: "Agar ayol kishi erining ruxsatisiz ilm majlisiga chiqmoqchi bo'lsa bu mumkin emas. Agar u biror masalaga ro'baro' bo'lsa va uning javobini eridan so'raganida eri olim bo'lib, bu savoliga javob bersa, yoxud bilmasa biror olimdan so'rab bersa ham ayol erining iznisiz ko'chaga chiqmaydi. Biroq, er ayolni har qanday savol so'rashiga ruxsat bermasa, ayol erining iznisiz chiqishi mumkin, sababi, muhtoj bo'lingan ilmni o'rganish muslim va muslima uchun farz qilingandir va bu holat erning haqqidan ustun qo'yiladf '.[5, 382]

Ushbu fatvoda asosiy ikki narsani ko'rish mumkin: birinchisi, Islomda turmush qurgan ayol erining ruxsati bilan biror joyga boradi. Ikkinchisi, zaruriy ilmlarni o'rganishda yuqoridagi kabi holat bo'lsa, ayol kishi ruxsatsiz ilm majlisiga borish uchun tashqariga chiqishi mumkin; Shuningdek, insonning ehtiyoji tushadigan ilmlarni o'rganish muslim va muslimaga farzdir.

Islomda ayollarning ta'lim olishi har doim olqishlanib kelingan, qolaversa, ayolning ilm olishi o'z o'rnida jamiyatga ijobiy ta'sir ko'rsatgan. O'tgan davrlar mobaynida islom olamida mashhur olimalar yetishib chiqdi. Ular orasida nafaqat islom ilmlari, balki, tabiiy, ijtimoiy gumanitar, aniq fanlar kabi fan sohalarining vakillari mavjud.

Islom tarixini o'rganar ekanmiz, unda ayollarning ta'lim olishiga doir bir qancha yorqin misollarni ko'rish mumkin. Xususan, ayollarning hadisshunoslik, fiqh, aqiyda kabi il m sohalarida yetakchilik qilganlariga oid bir qancha ma'lumotlar mavjud.

Ular yozgan asarlar, sir emaski, nafaqat yurtimizda, balki, butun islom olamida alohida ahamiyat kasb etdi. Shu o'rinda tarixiy bir faktga yuzlansak:

Bu borada ayollar ham o'z xissalarini qo'shdilar. Fotima Samarqandiya aynan mana shunday olima ayollar jumlasidandir. Uning otasi mashhur faqih, "Al-lubob" va "Tuhfatul fuqaho" kitoblarining sohibi Muhammad ibn Ahmad Samarqandiy bo'lib, uning ilmga qiziqishida albatta, o'z otasinin o'rni beqiyos bo'lgan.

Fotima Samarqandiya fiqh va hadis ilmida kuchli olima bo'lib, ilmni avvalo otasi keyin esa bir nechta olimlardan olgan. Uning alohida ilm halqalari bo'lgan va ularda dars bergan. Rivoyat qilinishicha, uning otasi biror masala yuzasidan fatvo chiqarishdan oldin, qizining fatvosini ham eshitgan, bu masalani kengashgan. Faqih keyinchalik, kizini "Tuhfatul fuqaho" asarini sharhlagan faqih Alouddin Kosoniyga turmushga berdi. Bu esa, xalq orasida " j aü^j AjjjI" ya'ni "Tuhfa'sini sharhladi va qiziga uylandi" degan fikr tarqaldi.[9]

Rivoyatlarda kelishicha, Fotima hanafiy mazhabidagi fiqhiy masalalarni eridan ko'ra yaxshiroq bilardi. Ba'zida Kosoniy xato qilib qo'ysa Fotima, uning xatosini to'g'rilab fatvodagi

xatosini bayon qilib berar edi. Hatto Kosoniyning o'zi ham ba'zi masalalarda ayolidan fatvo so'rardi.

Shuningdek, yana bir olima Karima Marvaziya haqida nasabnoma asarlarda ma'lumotlar uchraydi. U Movarounnahrlik olima, hadis ilmi bilimdoni bo'lib, u islom ilmlari, xususan, hadis ilmida yuksak mavqega erishib, Muhammad alayhissalom ma'naviy merosini o'rganish uchun otasi bilan ko'plab sayohatlarga borgan.[10]

Ayol kishining ilm egallashi masalasida Muhammad Said Ramazon al-Butiy shunday deydi: "Ayolning o'zi yoki oilasi uchun rizq topish maqsadida biron-bir kasb bilan shug'ullanishi yoki biron-bir foydali ilmni egallashi uchun tahsil olishi haqida gapiradigan bo'lsak, islomda uning hukmi erkak va ayol uchun umumiydir. Agar islom dinida ayolning uydan tashqarida ilm olishi yoki ishlashiga taqiqlovchi holatni uchratsang, bu ba'zi gunoh bo'ladigan, taqiqlovchi amallarning sodir bo'lishi sababidandir"[6, 107]

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, islom ayollarning nafaqat ta'lim olish, balki, kerakli o'rinlarda ta'lim berish huquq ini ham cheklamagan, balki bunga xos sharoitlarni yaratib bergan. Qolaversa, ilmiy faoliyat bilan shug'ullanishda ham qarshiliklar ko'rsatilmagan. Faqatgina, xorijiy davlatlarga tadqiqot olib borish uchun borilganda, ayol yoxud qiz bilan uning bir mahrami birga borishi shart qilingan. Bu o'z o'rnida qizning sha'ni va jonini turli tuhmat -u balolardan himoya qilish maqsadida belgilangan.

Bugungi kunda ham musulmon jamiyatlarida ayollarning ta'lim olishi bilan bog'liq bir qancha sharoitlar yaratib berilgan. Jumladan, Islom Hamkorlik Tashkiloti ham asosiy faoliyatini tashkil etishda, ayollarning jamiyatda o'z o'rnini topishi, ularni bu borada huquqlarini ta'minlash, ilm olish, ilmiy faoliyat bilan shug'ullanishi borasidagi masalalarga o'z e'tiborini qaratib kelmoqda.

Dastlabki qabul qilingan Inson huquqlari bo'yicha Qohira deklaratsiyasining 9-moddasida: "a) Bilim olish majburiyat, ta'limni ta'minlash esa - davlat va jamiyatning burchi hisoblanadi. Davlat ta'lim olish yo'llari va vositalari mavjudligini ta'minlaydi... b) Har kim turli ta'lim-tarbiya va pand-nasihat beriladigan muassasalarda, jumladan, oila, maktab, universitet, OAV va h.k.da o'z shaxsiyatini kompleksli va muvozanatli rivojlantirish, Allohga ishonchni mustahkamlash, huquq va majburiyatlarni hurmat qilishni rag'batlantirish uchun diniy va dunyoviy ta'lim olish huquqiga ega." deyiladi. Shuningdek, 2020 yil yangi tahrirda qabul qilingan ushbu Qohira Deklaratsiyasida ayollar huquqlariga oid alohida 6-modda ajratilgan bo'lib, unda ham aynan ayollarning sifatli ta'lim olishlari borasidagi huquqlari mustahkamlab qo'yilgan. Qolversa, Tashkilot tarkibida 2020 yil "A'zo davlatlarda ayollarni rivojlantirish Tashkiloti"ga asos solindi. Ushbu tashkilotning bosh maqsadi esa, IHTga a'zo davlatlar

jamiyatlarida ayollar mavqeini yanada ko'tarish, ularni har tomonlama qo'llab quvvatlashdan iborat bo'ldi. Qolaversa, tashkilot 16- Sessiyasida qabul qilingan "IHTning ayollar taraqqiyoti bo'yicha harakatlar Dasturi" (OPAW) e'lon qilingan bo'lib, uning asosiy maqsadlaridan biri ham, aynan hayotning turli jabhalarida ayol-qizlar uchun sifatli ta'lim olish imkoniyatini yaratishga qaratilgan. Mazkur pakt muqaddimasida Dasturning maqsadlari keltirilgan bo'lib, unga ko'ra ta'limda "barcha ayollar va qizlarga kasbiy va malaka oshirishning barcha darajalarida, shuningdek, savodxonlik dasturlarida sifatli ta'lim olishlari uchun teng imkoniyatlarni ta'minlash" ekani ko'rsatilgan.[4, 5] Shuningdek, IHT ga a'zo davlatlar ta'limda: "Barcha ayollar va qizlar uchun teng imkoniyatlarni ta'minlash; kasbiy va malaka oshirish, shuningdek, savodxonlik dasturlari bilan bir qatorda barcha darajadagi sifatli ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'lish uchun:

a. Ayollar va qizlarning qarorlar qabul qilish jarayonlarida ishtirok etishlari uchun zarur bilim va ko'nikmalar bilan ta'minlash uchun ta'lim olish va o'qitishdan teng foydalanish imkoniyatini ta'minlash.

b. Kerakli siyosat va dasturlarni qabul qilish orqali ayollar va qizlarning bilim olishiga ko'maklashish.

c. O'g'il va qizlarning sifatli maktabgacha, boshlang'ich va o'rta ta'limdan bepul, majburiy va teng foydalanishiga ko'maklashishlari"[4,9] kerakligi ko'rsatilgan.

Bugungi kunda, islom tashkilotlari, zamonaviy musulmon jamiyatlarida ham ayol-qizlarning ta'lim olishi borasida ko'plab o'zgarishlar kuzatilmoqda. Xattoki, ba'zi holatlarda ularda ko'proq ayol-qizlarga ko'proq e'tibor berilayotganini ko'rish mumkin: statistik ma'lumotlarga ko'ra, Quvayt, BAA, Bahrayn va Liviya mamlakatlaridagi maktablarda tahsil olayotgan qizlar soni yigitlarnikiga qaraganda ko'proq sonni tashkil etadi. Shuningdek, Tunis 96,1%, BAA 95,8 va Indoneziya 92,1% bilan ayollar savodxonligi bo'yicha yuqori ko'rsatkichlarni qayd etgan. Misrda 2010 yilda ayollar turli sohalarda: ta'limda 72%, ijtimoiy-gumanitar sohada 72%, san'atda 73%, tabobatda 57% ko'rsatkich bilan erkaklarga nisbatan ko'pchilikni tashkil etgan.[10]

Xulosa

Yuqorida aytilgan ma'lumotlardan kelib chiqib shuni ta'kidlash joizki, islom ayolni har tomonlama ulug'lagan hamda uning huquqlarini birichi o'rinda ta'minlagan huquqiy tizimdir. Biroq bugungi kunda islom jamiyatlarida ayollar ta'lim olish huquqi tugul, oddiy huquqlardan ham foydalana olmayotganliklari achinarli hol, albatta. Shu bois, har bir jamiyatda ayollar huquqlariga oid masalalarning ham huquqiy, ham shar'iy asoslarini ularga anglatish o'z ijobiy natijasini ko'rsatadi. Shundagina jamiyat a'zolari o'rtasida o'zaro kamsitish, qarama-qarshi jins

vakillarining bir-biriga nisbatan huquqlarini poymol qilish holatlari bartaraf qilinadi. Unutmaylik, o'z huquqini bilish fuqarolarni har doim, har makonda o'zlariga bo'lgan ishonchlarini ta'minlaydi va qonundan tashqari holatlar paydo bo'lishining oldini oladi.

ADABIYOTLAR

1. Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi. (Universal Declaration of Human Rights). -1948. - 8 b. 3.

2. Ayollarga nisbatan kamsitishlarga barham berish to'g'risida Konventsiya. (Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination against Women). - 1979. - 10 b.

3. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi Xalqaro Pakt (International Covenant on Economic, Social and Cultural Rights) . - 1966.

4. Islom Hamkorlik Tashkilotining ayollar taraqqiyoti bo'yicha harakat dasturi (OIC plan of action for the advancement of women). - 2016. 40 b.

5. Faxruddin Abulmaxofir Hasan ibn Mansur O'zgandiy. "jKn^Ml (Qozixon fatvosi), 1-jild. Livan: "Darul kutub", 2009. - S. 382

6. Yusupova N. Islomda ayol huquqlari. T.: "Akademiya" noshirlik markazi, 2006. - 140 b.

7. Караев О.История караханидского каганата (Х - начало XIII вв.) Фрунзе. 1983.- 301 с.

8. https://oic-oci.org

9. https://www.bukhari.uz/

10. Anvarova B. Movarounnahrlik olimalarning birinchi renessansdagi o'rni.

11. https://onwardforafghanwomen.org

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.