Germanova T. V., t.f.n.
dotsent
Tyumen industrial universiteti Rossiya Federtsiyasi Meliyev B.O., t.f.n.
dotsent
Jizzax polytexnika instituti
ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA RESURSLARNI TEJASH
YO'LLARI
Annotatsiya. Ushbu maqolada turli yo'nalishdagi ishlab chiqarish korxonalaring mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xomashyo va boshqa xarajatlarni minimallashtirish va shu orqali korxona foydasini oshirish yo'llari ko'rib chiqilgan. Bu yo'lda mahsulot uchun xomashyoni to'g'ri tanlash uchun ularning bir necha xil ko'rsatkichlarini solishtirish, hosil bo'layotgan chiqindilardan va ikkilamchi materiallardan unumli foydalanish, yangi zamonaviy texnologiyalarni qo'llash, ishchilarning malakasini oshirish va muqobil energiya manbalaridan foydalanish muhim ekanligi ko'rsatib o'tilgan.
Kalit so'zlar: mahsulot, ishlab chiqarish korxonasi, xom ashyo, muqobil resurslar, mahsulot tannarxi, modernizatsiya.
Germanova T.V., Ph.D. associate professor Tyumen Industrial University Russian Federation MeliyevB.O., Ph.D. associate professor Jizzakh Polytechnic Institute
WAYS TO SAVE RESOURCES IN MANUFACTURING ENTERPRISES
Abstract. In this article, ways of minimizing the raw materials and other expenses spent on the production of goods and thus increasing the company's profit are considered. In order to choose the right raw materials for the product, it is important to compare their several indicators, to use the generated waste and secondary materials effectively, to use new modern technologies, to improve the skills of workers and to use alternative energy sources.
Key words: product, production enterprise, raw materials, alternative resources, product cost, modernization.
Bizga ma'lumki, har bir davlat va xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda resurslar tekin emas, shuning uchun ular o'z maqsadlariga erishishda turli xil strategiya va
taktikadan foydalanadilar. Bundan maqsad, mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xomashyo va boshqa xarajatlarni minimallashtirish va shu orqali korxona foydasini oshirishdir. Olib borilgan izlanishlar, qo'llanilgan strategiya va taktikaning xomashyo xarajatlarini kamaytirishdagi so'nggi bosqichi resurslardan foydalanishning alternativ yo'lini tanlash va resurslar tejamkorligi ekanligini ko'rsatmoqda.
Resurslarni tanlash alternativligi amaliyotda undan foydalangan sohalarda quyidagi vazifalarni hal qiladi:
- xarajatlarning kamayishi va ishlab chiqarilgan mahsulot sifatining oshishi;
- alohida tovarlar va mahsulotlar assortimenti bilan bozorga kirib borish va o'z o'rnini egallash;
- mahsulot sifatidagi aniq ustunlikka erishish;
- xuddi iqtisodiyotdagi o'rni kabi texnologiyada ham peshqadamlik mavqeining o'sishiga ega bo'lishga intilish;
- dinamikani hisobga olgan holda mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish va xo'jalik faoliyatidan foyda olish.
Shuningdek, muqobil (bir-biriga zid ikki yo'ldan birini tanlab olish zaruriyati) resurslardan foydalanish strategiya va taktikaning tarkibiy qismi hisoblanib, ishlab chiqarishda iqtisodiy tejamkorlik va samaradorlikning oshishiga olib keladi.
Modomiki, strategiya va taktika har qanday ishda, shuningdek, moddiy, moliyaviy va boshqa resurslardan foydalanish sohasida ham amalga oshirilar ekan, bu birinchi navbatda xodimlarning tegishli kvalifikatsiyasi, bilimi va ish malakasi, resurslardan foylanishdagi javobgarligi, bozor iqtisodiyoti sharoiti va zamonaviy fan-texnika haqidagi tushunchalarni talab qiladi.
Oldingi rejali iqtisodiyot sharoitida resurslar davlatga qarashli bo'lib, ularni bepul va qaytarib olmaslik qoidasi asosida hududlarga, tarmoqlarga va korxonalarga taqsimlab berilar edi. Hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida resurslarni topish va ulardan foydalanishga bo'lgan talabning oshishi resurslar tejamkorligini amalga oshirish yo'llarini izlashni taqozo etmoqda.
Hozir bu masala oldingi davrdagidek, "yuqori"ning ko'rsatmasi bilan emas, balki har bir xo'jalik yurituvchi sub'ektning resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga bo'lgan qiziqishi bilan hal etilmoqda.
Zamonaviy iqtisodiyotda ko'pgina korxonalarning asosiy masalasi faqatgina mahsulotni ishlab chiqarishda qaysi mahsulotni, qancha miqdorda va kim uchun ishlab chiqarish emas, balki ushbu mahsulotni ishlab chiqarishga qancha resurs va mablag' sarflanishi masalasi hamdir. Bu har bir korxonaga, bir tomondan mavjud talabni qondirish, ikkinchi tomondan esa - resurslarga bo'lgan xarajatni kamaytirish yo'lini topishga undaydi.
Xomashyodan ratsional foydalanish - sanoat xomashyo bazasini kengaytirish va mustahkamlashning muhim manbaidir. Iqtisodiy nuqtai nazardan xomashyodan maqsadga muvofiq va ratsional foydalanishda ko'p jihatdan qayta
ishlovchi sanoat tarmog'ini yoki korxona uchun xomashyoni to'g'ri tanlash katta ahamiyatga ega.
Sifatli xomashyoni va zamonaviy texnologik jarayonlarni tanlash ishlab chiqarishning progressivlik darajasiga, mashinalar va vaqtdan unumli foydalanishga, ishlab chiqarish tsiklining uzunligi va barcha texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarga jiddiy ta'sir ko'rsatadi.
Hozirgi paytda har bir sanoat tarmog'ida bir necha turdagi xomashyo ishlatiladi. Ayrim tarmoqlar uchun qanday xomashyoni tanlab olish maqsadga muvofiq ekanligini aniqlash uchun turli xomashyolarni quyidagi ko'rsatkichlar bo'yicha solishtirish zarur: solishtirma kapital xarajatlar; mehnat unumdorligi; mahsulot tannarxi; mahsulot sifati; mahalliy xomashyodan maksimal foydalanish; kamyob bo'lmagan xomashyodan foydalanish; korxona chiqindilaridan foydalanish mumkinligi; sun'iy materiallardan foydalanish mumkinligi; xomashyoning progressiv texnologiya talablariga javob berishi; xomashyoning bo'lg'usi tayyor mahsulot sifat ko'rsatkichlariga javob berishi; mahsulotni ma'lum davrda ma'lum tarmoqda qo'llashning xalq xo'jaligi nuqtai nazaridan maqsadga muvofiqligi.
Xomashyo resurslarini kengaytirish va tejashning yana bir yo'li, xomashyo va materaillardan qayta foydalanishdir. Masalan, avtomobillarning yedirilgan shinalari, binolar va eski texnikalarning metall qismlari, buzilgan binolarning g'ishtlari, qog'oz materiallari va boshqalardan sanoatda qayta foydalanish mumkin.
Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoq va sohalarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash tadbirlarining keng ko'lamda amalga oshirilishi raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Biroq, bu boradagi jiddiy muammo - ayrim mahsulotlarimiz tannarxining yuqoriligi ularning raqobatdoshligiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.
Shunga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo'llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta'minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to'g'risida»gi 2008 yil 28 noyabrdagi 4058-sonli Farmonida muhim chora-tadbirlar qatorida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning barcha resurslardan samarali foydalanishi hisobiga mahsulot tannarxini 20 foizdan kam bo'lmagan miqdorda pasaytirish orqali ularning raqobatdoshligini ta'minlash vazifasi ham belgilab berilgan edi.
Bunda asosiy masalalardan biri yer, suv, gaz va energetika resurslaridan samarali foydalanishdir.
Bu resurslarni tejashga hukumatimiz tomonidan katta e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, sanoatda va qishloq xo'jaligida zarur bo'lgan suvni, so'nggi 2-3 yil davomida yuz bergan qurg'oqchilik davrida tejashga katta ahamiyat berildi.
Resurslar tejamkorligida yaratilgan yangi usullarni tatbiq etish natijasida ko'pgina joylarda yuqori samaradorlikka erishilmoqda. Ammo resurslar
tejamkorligida yaratilgan yangi usullarni amaliyotga tatbiq etish hamma joyda ham qo'llanilmayapti.
Suv va elektr energiyasi resurslaridan foydalanishda ham anchagina imkoniyatlar mavjud.
Ushbu vazifani amalga oshirish doirasida mamlakatimiz korxonalarida mahsulot tannarxini pasaytirishning asosiy yo'nalishlari sifatida quyidagilarga alohida e'tibor qaratilmoqda (grafikka qarang).
Bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida resurslardan foydalanishning zamonaviy tizimlarini joriy qilishga, bu borada yaxshi natijalarga erishayotganlarni esa rag'batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish va uning asosiy bo'g'ini bo'lgan korxona faoliyatining samaradorligini oshirishda moddiy resurslardan oqilona foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Moddiy resurslardan foydalanishning juda ko'p yo'llari mavjud bo'lib, ularga quyidagilar kiradi:
1. Moddiy resurslardan kompleks (har taraflama) foydalanish;
2. Chiqindilardan yoki ikkilamchi xomashyo va materiallardan foydalanish.
Xomashyo va boshqa aylanma fondlardan foydalanishni yaxshilash uchun dastavval fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish kerak. Eski texnika va texnologiyalarni yangilari bilan almashtirish, ayniqsa rivojlangan mamlakatlardagi texnologiyalarni joriy etish zarur. Bu borada hozirgi paytda respublikamizda birmuncha ishlar amalga oshirilmoqda. Xitoy, AQSh,
Germaniya, Yaponiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Italiya, Rossiya va boshqa bir qator davlatlar bilan hamkorlikda sanoat korxonalari texnik va texnologik jihatdan yaxshilanmoqda. Korxonalarda ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish rivojlanib bormoqda, mashina-mexanizmlar modernizatsiya qilinmoqda. Bu esa korxona ishchilarining malakasini oshirishga ta'sir ko'rsatmoqda. Oqibatda bir mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflanayotgan mehnat hajmi kamaymoqda. Xomashyo, yoqilg'i, energetika resurslari, ya'ni aylanma fondlarning unumli ishlatilishi tufayli katta samara olish borasida faqat texnik va texnologik omillargina o'rin tutmasdan, ijtimoiy-iqtisodiy omillar ham katta rol o'ynaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
I. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo'llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta'minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to'g'risida»gi 2008 yil 28 noyabrdagi 4058-sonli Farmoni.
3. Жуков Д.М. «Экономика и организация жилищно-коммунального хозяйства города". Учебное пособие для ВУЗов, Москва, Владо-пресс. 2003 г.
4. Степанов П. С. "Экономика строительства" Москва. Издательство: "Юрайт", 2005 г.
5. Sh. Musayev, U. Xolboyev, B. Meliyev "Use of additional opportunities to increase efficiency in the biogas plant". The Computing Science and technology International Journal, ISSN 2162-0660, Vol. 12, Issue 3. April, 2023.
6. U. Xolboyev, B. Meliyev "Cryogenik method of producing helium from natural gazes". The Computing Science and technology International Journal, ISSN 2162-0660, Vol. 12, Issue 3. April, 2023.
7. B. Meliyev, S. Saydullayev "Dunyoda quyosh energiyasidan foydalanish natijalari va istiqbollari". "Ishlab chiqarishning texnik, muhandislik va texnologik muammolarining innovatsion yechimlari". Xalqaro miqyosdagi ilmiy-texnik anjuman. Jizzax. JizPI, 2022 yil, 28-29 oktyabr.
8. Н.У.Тошматов, Б.У.Мелиев «Особенности формирования параметров внутреннего воздуха помещений в холодные и переходные периоды года». Educational Research in Universal Sciences. Volum: 2, Issue: 13/November, 2023 y. https//t.me/Erus_uz.
9. У.М. Кутлимуродов, Б. У. Мелиев «Теоретико-методические подходы к моделированию бизнес-процессов предприятия». Central Asian Jornal of Teoretikal and Applied Sciences. Volum: 04, Issue: 11/November, 2023 y. https ://cajotas. centralasianstudies. org
10. Obidovich, S.A. (2021). Effective Ways of Using Water with Information Systems. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 3(7), 28-32. https://doi.org/10.31149/ijefsd.v3i7.2051
II. Sultonov, A., & Turdiqulov, B. (2022). Suv qabul qilish inshootlarining ishlash samaradorligini oshirishda filtrlarning o 'rni. Eurasian Journal of
Academic Research, 2(11), 12-19.
12. Kenjabaev A.T., Sultonov A.O. The role and place of agro clusters in improving the economic efficiency of water use in the region //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2018. - T. 7. - №. 11. - C. 147-151
13. Sultonov A.O. Problems of optimal use of water resources for crop irrigation //Journal of Central Asian Social Studies. - 2020. - T. 1. - №. 01. - C. 26-33.
14. Sultonov A.O. Metodi ratsionalnogo ispolzovaniya void v oroshenii selskoxozyastvennix kultur //sovremennaya ekonomika: Aktualniye voprosi, dostijeniya i.-2019.-S. - C. 207-209.
15. Sultonov A. Water use planning: a functional diagram of a decision-making system and its mathematical model //International Finance and Accounting. -2019. - T. 2019. - №. 5. - C. 19.
16. Mansurova Sh.P. Decentralization is one of the ways of energy efficiency of heat supply // Academic journalism. - S. 30.