Научная статья на тему 'ISHLAB CHIQARISH CHANGI VA ZAHARLI MODDALARNING INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI, ULARGA QARSHI CHORA-TADBIRLAR'

ISHLAB CHIQARISH CHANGI VA ZAHARLI MODDALARNING INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI, ULARGA QARSHI CHORA-TADBIRLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ekologiya / chang / modda / sanoat / organizm

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Yusupova Lola, Barakayev Farruxjon

Maqolada ishlab chiqarish changi va zaharli moddalar inson organizmiga ko‘rsatadigan ta’siri hamda ularning oldini olish choralari muhokama qilinadi. Ishlab chiqarish changi korxonalardagi texnologik jarayonlar natijasida yuzaga keladi va tabiiy yoki sun’iy kelib chiqishi mumkin. Chang asosan nafas olish tizimiga ta’sir ko‘rsatib, bronxit, pnevmokoniya va allergik reaktsiyalar kabi kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Sanoatda qo‘llaniladigan kimyoviy moddalar esa organizmning turli a’zolari va tizimlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Changga qarshi kurash usullari sifatida ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ventilyatsiya tizimlaridan foydalanish hamda shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash tavsiya etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ISHLAB CHIQARISH CHANGI VA ZAHARLI MODDALARNING INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI, ULARGA QARSHI CHORA-TADBIRLAR»

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISHLAB CHIQARISH CHANGI VA ZAHARLI MODDALARNING INSON ORGANIZMIGA TA'SIRI, ULARGA QARSHI CHORA-TADBIRLAR

Yusupova Lola Otaboyevna Barakayev Farruxjon Ilhomjon o'g'li

"BAHOR NUR" MChJ ko'p tarmoqli tibbiyot klinikasi "Shoh International

hospital" shifokor laborant

Annotatsiya: Maqolada ishlab chiqarish changi va zaharli moddalar inson organizmiga ko'rsatadigan ta'siri hamda ularning oldini olish choralari muhokama qilinadi. Ishlab chiqarish changi korxonalardagi texnologik jarayonlar natijasida yuzaga keladi va tabiiy yoki sun'iy kelib chiqishi mumkin. Chang asosan nafas olish tizimiga ta'sir ko'rsatib, bronxit, pnevmokoniya va allergik reaktsiyalar kabi kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Sanoatda qo'llaniladigan kimyoviy moddalar esa organizmning turli a'zolari va tizimlariga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Changga qarshi kurash usullari sifatida ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ventilyatsiya tizimlaridan foydalanish hamda shaxsiy himoya vositalarini qo'llash tavsiya etiladi.

Kalit so'zlar: ekologiya, chang, modda, sanoat, organizm.

Аннотация: В статье рассматривается воздействие производственной пыли и токсичных веществ на организм человека, а также меры по предотвращению их негативных последствий. Производственная пыль возникает в результате технологических процессов на предприятиях и может быть как природного, так и искусственного происхождения. Основное влияние пыли сказывается на дыхательной системе, вызывая заболевания, такие как бронхит, пневмокониоз и аллергические реакции. Токсичные химические вещества, используемые в промышленности, также могут нанести серьезный вред различным органам и системам организма. Рассматриваются способы борьбы с пылью, включая механизацию и автоматизацию производства, использование вентиляции и специальных средств защиты.

Ключевые слова: экология, пыль, вещество, промышленность, организм.

Abstract: The article discusses the impact of industrial dust and toxic substances on the human body, as well as measures to prevent their negative effects. Industrial dust is generated as a result of technological processes at enterprises and can be of both natural and artificial origin. The main effect of dust is on the respiratory system, causing diseases such as bronchitis, pneumoconiosis, and allergic

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

reactions. Toxic chemicals used in industry can also cause significant harm to various organs and systems of the body. The article examines methods of combating dust, including mechanization and automation of production, the use of ventilation, and special protective equipment.

Keywords: ecology, dust, substance, industry, organism.

Sanoatda, transport vositalarini ishlatishda va qishloq xo'jaligidagi ishlarning deyarli hammasida chang hosil bo'lishi va ajralishi kuzatiladi. Har xil texnologik jarayonlarni bajarishda yuzaga keladigan va havoda muallaq holatda bo'ladigan qattiq moddalarga ishlab chiqarish changi deb aytiladi.

Changlarning turlari ularning kelib chiqish manbalarini hisobga olib tabiiy va sun'iy changlarga bo'linadi.

Tabiiy changlarga tabiatda inson ta'sirisiz hosil bo'ladigan changlar kiritiladi. Bunday changlarga shamol va qattiq bo'ronlar ta'sirida qum va tuproqning eroziyalangan qatlamlarining uchishi, o'simlik va hayvonot olamida paydo bo'ladigan changlar, vulqonlar otilishi, kosmosdan yer atmosferasiga tushadigan va boshqa hollarda hosil bo'ladigan changlarni kiritish mumkin. Tabiiy changlarning atmosfera muhitidagi miqdori tabiiy sharoitga, havoning holatiga, yil fasllariga va aniqlanayotgan zonaning qaysi mintaqaga joylashganligiga bog'liq.

Sun'iy changlarga sanoat korxonalarida va qurilishlarda insonning bevosita yoki bilvosita ta'siri natijasida hosil bo'ladigan changlar kiradi. Kelib chiqishi bo'yicha organik, mineral va aralashma changlar farqlanadi. Changning zararli ta'siri asosan uning kimyoviy tarkibiga bog'liq. Changlar organizmga gigienik ta'siridan tashqari texnologik jihozlarning yemirilishini tezlashtiradi, qimmatbaho materiallarni ishdan chiqarib, iqtisodiy zarar yetkazadi. Changlar ishlab chiqarish muhitining umumsanitariya holatini yomonlashtiradi, jumladan, deraza va yorituvchi asboblarni ustini qoplashi oqibatida yorug'likni kamaytiradi. Changning ba'zi turlari, masalan, ko'mir, yog'och changlari yong'in va portlashning yuzaga kelishiga sharoit yaratadi. Changning ishchilar salomatligiga zararli ta'siri chang zarralarining fizik-kimyoviy xossasiga; kattaligi va shakliga; havodagi changning miqdoriga; smena davomida ta'sir etish muddati va kasbda ishlash davriga va boshqa omillarga bog'liq bo'ladi. [1]

Changning asosiy ta'siri eng avvalo nafas olganda vujudga keladi. Nafas organlarining zararlanishi: bronxit, pnevmokonioz yoki umumiy zararlanish (zaharlanish, allergiya) rivojlanishini vujudga keltirishi mumkin. Ba'zi bir changlar qo'shimcha kasalliklar tug'dirish xususiyatiga ega. Changning bu asosiy bo'lmagan

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ta'siri yuqori nafas yo'llari, ko'zning shilliq qavati, teri kasalliklarida ko'zga tashlanadi. Changning o'pka yo'liga kirishi zotiljam, sil, o'pka rakining kelib chiqishiga sharoit yaratishi mumkin.

Chang zarralarining shakli har xil bo'lishi mumkin: sferik, yassi, ko'p burchakli shaklda bo'ladi. Chetlari o'tkir tishli chang zarrachalari (shisha tola kabi chang turlari) nafas yo'llariga kirganda yuqori nafas yo'llari hujayralarini mikrozararlashi, ko'zning shilliq qavati va teriga ta'sir ko'rsatishi mumkin. [3]

Changga qarshi kurashda asosiy e'tiborni uni ajralib chiqishga yo'l qo'ymaslikka qaratish kerak. Shu nuqtai nazardan texnologik jarayonga katta e'tibor berish va ajralib chiqadigan chang minimal darajada bo'lishini ta'minlash zarur. Shu maqsadda quruq, changlanadigan xom ashyolarni, ho'l yoki pasta holdagi hom ashyolar bilan almashtirib ishlov berish kerak. Changga qarshi kurashishda ho'l usulda ishlashdan foydalanish yaxshi natija beradi. Bunday usul sanoatda juda keng qo'llanilmoqda, bunga shaxta va konlarda parmalash ishlarini xo'l usul bilan olib borish, buyumlarni silliqlash va charxlashda bosim ostidagi suv bilan o'tkazish yoki suv qum aralashmasi bilan qoliplarni tozalash misol bo'ladi.

Chang ajralib chiqishini to'liq yo'qotishning iloji bo'lmasa, ishlab chiqarish jarayonini to'liq mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish zarur. Chang ajralib chiqadigan manbalarda yoki joylarda changni bosish choralari ko'riladi. Bu choralar ichida eng ko'p qo'llaniladigan changlarni suv bilan ho'llashdir. [7] Suv maxsus suv sachratgichlardan foydalangan holda maydalab purkaladi, natijada havodagi chang ho'llanadi, og'irlashadi va pastga tushadi. Bu usul changlanadigan mahsulotlarni transportga yuklash, tashish va bir idishdan ikkinchi idishga ag'darishda keng qo'llaniladi. Agar texnologik jarayonga xalaqit bermasa suv purkashni butun ishlab chiqarish binosi bo'yicha qo'llash mumkin.

Ayrim hollarda changni bosish uchun suv bug'laridan foydalaniladi. Bug' ham suv kabi changning namligini oshiradi va natijada chang og'irlashib pastga tushadi. Bug' suv purkashdan farq qilib havoda osilib turgan changni yaxshi xo'llaydi, ammo ishlov beriladigan mahsulotlarni deyarli xo'llamaydi. Bu esa texnologik jarayon uchun muhim ahamiyatga ega, chunki ayrim hollarda texnologik jarayon ishlov beradigan mahsulotlarni quruq bo'lishini talab qiladi.

Ba'zi bir sabablarga ko'ra chang ajralib chiqishini to'liq yo'qotishni iloji bo'lmasa changga qarshi kurashishda so'rib oladigan ventilyatordan foydalaniladi. Bu ventilyatorlar chang ajralib chiqadigan joylarga o'rnatiladi va yaxshi samara berishi uchun chang manbalarini atroflari yaxshilab o'raladi.

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Chang o'tiradigan satxlar, devorlar, pollar, har xil to'siqlar silliq narsalar bilan qoplansa, changni yo'qotish (yuvish, artish, so'rib olish) oson bo'ladi. [6]

O'ta changli muhitda qisqa muddatda (ta'mirlash, o'rnatish) ishlarini bajarayotganda ya'ni buzilgan jihozlarni tuzatish paytlarida ishchilar maxsus himoya vositalaridan foydalanishlari zarur. Bularga nafas yo'llarini himoya qilish vositalari va changga qarshi ko'zoynaklar kiradi. Terini himoya qilish uchun esa changni o'tkazmaydigan gazmoldan tikilgan maxsus kiyim kiyiladi. Changli muhitda ishlaydigan ishchilar vaqti-vaqti bilan tibbiy qo'rikdan o'tadilar. Yangi ishga kirayotganlar esa tibbiy ko'rikdan o'tgandan keyingina ishga qabul qilinadi.

Texnosfera havosidagi kimyoviy zaharli moddalar. Xavfli kimyoviy moddalar sanoat korxonalarida xom ashyo sifatida, masalan, buyoqlar ishlab chiqarishda anilin, yordamchi material sifatida, rezina buyumlari ishlab chiqarishda benzin, gazlamalarni bo'yashda xlor qo'llaniladi. Xavfli kimyoviy moddalar asosan qattiq, suyuq va gaz holda bo'ladi. Ayrim hollarda esa chang va bug' holda ham uchrashi mumkin. Xavfli kimyoviy moddalar tanaga nafas yo'llari, teri va ovqat xazm qilish yo'llari orqali kiradi. Ishlab chiqarish jarayonida xavfli kimyoviy moddalardan zaharlanish va kasallanish kasbiy zaharlanish yoki kasbiy kasallanish deyiladi. [2]

Zaharli moddalar odam organizmiga, tanasiga va ayrim to'qimalariga ko'rsatadigan ta'siriga ko'ra shartli ravishda guruhlarga bo'linadi:

1. Asab zaxarlariga benzin, kerosin, yog' spirtlari, karbon vodorodlar, metanol, anilin, vodorod sulfidi, dioksan, ammiak, nikotin, kofein, qo'rg'oshin, fosfor organik birikmalar kiradi. Asosan markaziy asab tizimini shikastlaydi.

2. Jigar zaxarlariga tarkibida xlor, brom, ftor, yod bo'lgan birikmalar kiradi. Jigar to'qimasi faoliyati buzilishiga, jigarning yalig'lanishiga olib keladi.

3. Qon zaxarlariga karbon angidridi, amino-nitro brikmalarning aromatik qatori va hosilalari, fenil gidrazin, mishyak, benzol, toluol, ksilol va boshqalar misol bo'ladi. Qon tarkibining buzilishiga, karboksil va metgemoglabin hosil bo'lishiga, to'qimada kislorodning kamayib ketishiga, hatto o'limga olib keladi.

4. Ferment zaharlariga kiruvchi simob, mishyak, sian birikmalari, fosforli organik brikmalar tanani biologik katalizatorlari hisoblanadigan fermentlar guruhlari bilan bog'lanib, ular faoliyatining buzilishiga, zaharlanishiga olib keladi.

5. Qitiqlovchi, kuydiruvchi zaharlar yuqori va quyi nafas yo'llarini shikastlaydi. Xlor, ammiak, azot oksidi, fenol, kislotalar, ishqorlar misol bo'ladi.

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

6. Allergen zaharlari nikel, berilliy birikmalari, nitroxlorbenzol, piridin brikmalari, ursol va boshqalar tananing reaksion qobiliyatini o'zgartiradi, terining yallig'lanishiga, nafas olish yo'llari torayishi va boshqa kasalliklarga olib keladi.

7. Konserogen zaharlari - toshko'mir smolasi, amino va izobrikmalar, qurum, qorakuya va boshqalar tanada shish, rak kasalligini keltirib chiqaradi.

8. Mutagen zaharlar - etilenimin, etilen oksidi, xlorli karbonvodorodlar, qo'rg'oshin va simob. Odam va xayvonlar jinsiy organlariga qattiq ta'sir etadi.

9. Emriotrop zaharlar - tolid amid va boshqalar. Odam va hayvonlarning tug'ilishiga salbiy ta'sir etadi. Naslini yo'q qiladi. [4]

Xavfli moddalarning o'rniga zararsiz moddalarni qo'llanishiga alohida e'tibor berish zaharlanishlarning oldini olishda eng yaxshi usul hisoblanadi.

Xavfli kimyoviy moddalarni qo'llash va ishlatish bilan bog'liq bo'lgan korxonalardagi juda zaharli moddalar ajraladigan xonalar ishchilar ishlaydigan boshqa xonalardan alohida bo'lishi kerak. Bunday xonalarning devorlari, pollari xavfli kimyoviy moddalarni o'ziga singdirib olmaydigan va osongina tozalanadigan materiallar bilan qoplanishi kerak.

Zaharlanishdan himoya qilish maqsadida shaxsiy profilaktik tadbirlar o'tkaziladi: maxsus kiyimlar va turli shaxsiy ximoya vositalari bilan ta'minlash, ishchilarni xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi bilan tanishtirish, oldindan va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko'rikdan o'tkazish, maxsus ovqatlar berish va boshqalar.

Biologik zararli omillar. Ish joylarida biologik-kasallangan mikroorganizmlar, mikrob pereparatlari, bakteriyalar, viruslar, rikketsiylar, makroorganizmlar (o'simliklar va hayvonlar), biologik pestidsitlar har xil kasalliklar turini keltirib chiqarib, favqulodda epidemologik, epizootik va epifitotik vaziyatlarni yuzaga keltiradi. [5] Bakteriologik vositalarning juda kichik miqdori ommaviy kasalliklar keltirib chiqishiga sabab bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Эргашева А.Э. Умумий экология. Укитувчи. 2003.

2. Мухамедов И., Эшбоев Э., Закирова М. Микробиология, иммунология ва вирусология. Тошкент. 2002. 519б.

3. Гиляров A.M. «Популяционная экология» изд-во МГУ. 1990.

4. Баратов П. Табиатни мух,офаза килиш. Тошкент, Укитувчи, 1991.

5. Рахимбеков Р.У. Отечественная экологическая школа: история её формирования и развития. Тошкент. 1995.

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

6. Популярная экологическая энциклопедия Республики Узбекистан. В 4томах Т., "СЫпог ЕЖ" 2008-20 09.

7. Культиасов И.М. -Экология растений. Москва. 1978. 9. Баратов П. Табиатни мухофаза килиш. Тошкент. 1991. 10. Турсунов Х.Т., Рахимова Т.У. Экология. Изд. «Чинор». 2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.