Научная статья на тему 'Vrach-ordinator amaliyotida ishlab chiqarish changidan rivojlangan O’SOKni tashxislash'

Vrach-ordinator amaliyotida ishlab chiqarish changidan rivojlangan O’SOKni tashxislash Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
96
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
saturasiya / O’SOK / chang / rentgen diagnostikasi / nafas olish organlari / zararli kasbiy omillar

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Nigora Normuratovna Mamurova, Dildora Erkinovna Nosirova

Bugungi kunga kelib ilmiy-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish jarayonlariga mexanizatsiya va avtomatlashtirishning joriy etilishi, asbobuskunalarning yangilanishi, sanitariya-texnik vositalarning ratsionalizatsiyasi mamlakatimizdagi aksariyat korxonalarda kasbiy zararli omillarning bartaraf etilishiga yoki keskin kamayishiga olib keldi. Maqolada chang ta’sirida rivojlangan O’SOK tashxisini o’z vaqtida qo’yish, differentsial diagnostika, davolash va profilaktika chora tadbirlarining ahamiyati muhokama qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Vrach-ordinator amaliyotida ishlab chiqarish changidan rivojlangan O’SOKni tashxislash»

Vrach-ordinator amaliyotida ishlab chiqarish changidan rivojlangan O'SOKni tashxislash

Nigora Normuratovna Mamurova Dildora Erkinovna Nosirova SamDTU

Annotatsiya: Bugungi kunga kelib ilmiy-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish jarayonlariga mexanizatsiya va avtomatlashtirishning joriy etilishi, asbob-uskunalarning yangilanishi, sanitariya-texnik vositalarning ratsionalizatsiyasi mamlakatimizdagi aksariyat korxonalarda kasbiy zararli omillarning bartaraf etilishiga yoki keskin kamayishiga olib keldi. Maqolada chang ta'sirida rivojlangan O'SOK tashxisini o'z vaqtida qo'yish, differentsial diagnostika, davolash va profilaktika chora tadbirlarining ahamiyati muhokama qilinadi.

Kalit so'zlar: saturasiya, O'SOK, chang, rentgen diagnostikasi, nafas olish organlari, zararli kasbiy omillar

Diagnosis of COPD developed from industrial dust in general

practice

Nigora Normuratovna Mamurova Dildora Erkinovna Nosirova SamDTU

Abstract: To date, scientific and technical progress, the introduction of mechanization and automation in production processes, the modernization of equipment, the rationalization of sanitary and technical means have led to the elimination or sharp reduction of occupational harmful factors in most enterprises of our country. The article discusses the importance of timely diagnosis of COPD developed due to dust exposure, differential diagnosis, treatment and preventive measures.

Keywords: saturation, COPD, dust, x-ray diagnostics, respiratory organs, harmful occupational factors

Kirish. O'pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O'SOK) dunyoda o'limning sabablaridan uchinchi o'rinda bo'lib, 2019 yilda 3,23 million kishining o'limiga olib keldi. O'SOK rivojlanishida muhim xavf omillaridan tamaki tutuni, havoning

ifloslanishi va ishlab chiqarish changi, tutun va kimyoviy moddalar bilan nafas olish hisoblanadi.

Ilmiy-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish jarayonlariga mexanizatsiya va avtomatizsiyaning joriy etilishi, asbob-uskunalarning yangilanishi, sanitariya-texnik vositalarning ratsionalizatsiyasi mamlakatimizning aksariyat korxonalarida zararli kasbiy omillarning bartaraf etilishiga yoki keskin kamayishiga erishildi. Respublikamizda qabul qilingan amaldagi qonunlarga asosan zararli kasbiy omillar ta'sirining ruxsat etilgan miqdolari belgilanadi, bu esa o'tkir va surunkali kasb kasalliklari rivojlanishini profilaktikasida katta ahamiyatga ega. Ammo zararli kasbiy omillarni bartaraf etishni har doim ham amalga oshirish qiyin, chunki fan va texnologiya bu sohada radikal yechimlarni to'liq hal qila olgani emas.

Kasbiy kasalliklar etiologiyasiga ko'ra 5 guruhga bo'linadi va ularning bir guruhi sanoat aerozollari ta'sirida rivojlangan kasalliklar bo'lib, ular orasida pnevmokonioz, silikoz, siderosilikoz, antrakosilikoz, asbestoz, karbokonioz, changli bronxit va boshqalar kiradi. Kasbiy respirator kasalliklar ichida O'SOK diagnostika birligi tafovut etilmagan.

Ilgaridan tuproqqa ishlov berish va qazib olish ishlari sababli, chang inson organizmiga ta'sir etuvchi zararli omillardan biri hisoblanadi. Chang ishlab chiqarishda keng tarqalgan va ko'p sonli ishchilarga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun uning salbiy oqibatlarini oldini olish kasb kasalliklari fanining muhim vazifalaridan biridir. Changga qarshi kurashda texnologik (texnologik asbob-uskunalarning eskirishi, mahsulot sifatining pasayishi) va ekologik (ko'p turdagi changlar qimmatli xom ashyo yoki mahsulot hisoblanadi) sabablar ham ahamiyatga ega. Ayniqsa, donni qayta ishlash, sement ishlab chiqarish, rangli metall eritish kabi sohalarda iqtisodiy yo'qotishlar ko'p.

Zararli kasbiy omillar ta'sirida ishchilarning sog'lig'i, ishning intensivligi va sifati, atrof-muhitning ifloslanishi, kasbiy kasalliklarga e'tibor kuchaymoqda. So'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasida kasbiy kasallanishning tahlili shuni ko'rsatdiki, ular iqtisodiyot va qishloq xo'jaligida ishlaydiganlar orasida ko'proq uchraydi. Zararli va salbiy omillar mavjud: gazlar , bug 'shaklidagi chang, allergenlar, nafas yo'llariga ta'sir qiluvchi toksik moddalar. O'zbekistonning quruq iqlimi havo yo'llariga tez-tez ta'sir qiladi.

Zararli va salbiy omillar mavjud: gazlar, bug 'shaklidagi chang, allergenlar, nafas yo'llariga ta'sir qiluvchi toksik moddalar. O'zbekistonning quruq iqlimi ko'pincha nafas yo'llarining tirnash xususiyati keltirib chiqaradi.

O'zbekiston Respublikasining Samarqand viloyatida tamaki changining antropogen ta'siri haqidagi g'oyalar muvaffaqiyatli kengaymoqda, tamaki yetishtiruvchilar o'rtasida respirator kasalliklarni kamaytirishning konseptual modeli ishlab chiqildi. Nafas olish mumkin bo'lgan fraktsiyaning kichik zarralarini (5

mikrongacha bo'lgan o'lchamlarda) uzoq vaqt ingalatsiya qilish, ularning o'pka to'qimalarida to'planishib, patogenetik jarayonga turtki beradi., O'SOK rivojlanishi ehtimoli bu holatlarda ancha oshadi.

O'SOK quyidagi patologik holatlar bilan tavsiflanadi:

- o'pka komponenti - havo oqimining tezligini susayadi va o'pkada patologik jarayon rivojlanishga intiladi;

Bemorlarning ayrim foizida kasallikning kechishini og'irlashtiradigan o'pkadan tashqari bo'lgan klinik belgilar aniqlanadi. Ba'zida "emfizema" yoki "surunkali bronxit" atamalari O'SOKga murojaat qilish uchun ishlatiladi. Qoida tariqasida, "emfizema" tushunchasi - havo yo'llarini tugaydigan qismlarida kichik havo bo'shliqlarining hosil bo'lishini anglatadi. Surunkali bronxit - nafas yo'llarining yallig'lanishi natijasida balg'am ishlab chiqarish bilan birga surunkali yo'tal bo'lishidir.

O'SOKning tipik belgilari o'rta yoshda rivojlana boshlaydi va quyidagilarni o'z ichiga oladi:

•nafas qisilishi yoki nafas olish qiyinligi;

•surunkali yo'tal, ko'pincha balg'am ishlab chiqarish bilan;

•va/yoki charchoq, holsizlik.

O'SOK o'sib ulg'aygan sayin, bemorning odatdagi kundalik faoliyatini amalga oshirishi tobora qiyinlashadi, ko'pincha nafas qisilishi tufayli. Natijada mehnatga layoqatlikning pasayishi va ichki organlar faoliyatining buzilishi, shuningdek, davolanish xarajatlari katta moliyaviy yukni keltirib chiqaradi.

Etiologiyasi. O'SOK umumiy pulmonologiyada polietiologik kasallikdir. Bu nafaqat noprofessional omillarning ta'siriga (jins, yosh, chekish, infektsiya, yuqori nafas yo'llarining kasalliklari va boshqalar), balki asosiy sabab bo'lgan sanoat aerozollariga ta'sir qilish xususiyatlariga ham tegishli kasallik.

O'SOK ishchilarda uzoq vaqt (10 yil va undan ko'proq) sanoat aerozollari ta'sirida ishlash natijasida rivojlanadi, ularning ish joyidagi havodagi tarkibi ruxsat etilgan changning me'yorlardan bir necha baravar yuqori bo'lishi kuzatiladi.

Tadqiqot maqsadi. Nafas olish tizimining kasbiy kasalliklari diagnostikasi, xususan, O'SOK diagnostikasi, kasbiy etiologiyaning ehtimolini aniqlash, statsionar davolanayotgan bemorlardan to'plangan to'liq kasbiy tarixning ahamiyatini o'rganish, sanoatning salbiy ta'siriga oid ma'lumotlarni o'rganish, insonning ish sharoitida nafas olish organlariga turli xil kelib chiqadigan chang ta'sirini o'rganish. Ish joyida chang bilan doimiy aloqada bo'lgan odamlarda nafas olish organlari bilan kasallanish, ularning chastotasi va tarqalishi to'g'risidagi keltirilgan ma'lumotlarni o'rganish. Tadqiqot natijalariga ko'ra, zararli ishlab chiqarish omili sifatida chang nafas olish tizimi kasalliklarining sabablari orasida oxirgi emasligi ta'kidlash.

Materiallar va tadqiqot usullari. Samarqand shahar, 1-son shahar shifoxonasining pulmonologiya bo'limida yuqori nafas yo'llari kasalliklari bilan og'rigan 67 nafar stasionar davolangan bemorlar kasallik tarixlari o'rganib chiqildi. Barcha bemorlar umumiy qabul qilingan standartlarga muvofiq tekshirildi: to'liq qon tahlili, siydik tahlili, ko'krak qafasi rentgenogrammasi, tashqi nafas olish funktsiyasi tekshirish - spirografiya, balg'amni tekshirish. Statsionar davolanish vaqtida qonning kislorodga to'yinganligi - saturasiya dinamikada nazorat qilib borildi. Bemorlar nafas qisilishi, chang sharoitida quruq yo'tal va yengil jismoniy zo'riqishlardan shikoyat qildilar, bu kasallikning kasbiy etiologiyasiga shubha qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, ushbu bemorlarning kasbiy anamneziga alohida e'tibor qaratildi. Bemorlarning o'rtacha yoshi 38-60 yosh. Bemorlarning 64 foizida surunkali bronxit, 16 foizida O'SOK, 20 foizida bronxial astma aniqlangan. Anamnezni yig'ishda bemorning kasbi, zararli kasbiy omillar haqida savollar ro'yxati tuzildi.

Bemorlarning o'rtacha yoshi 38-67 yosh

■ Surunkali bronxit

64% O'SOK

■ Bronxial astma

Natijalar. Bemorlarning 20% da, kasbiy tarixdan kelib chiqqan holda, ish sharoitida turli xil changlar bilan bog'liqligi aniqlandi (bu ma'lumotlar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazining Dalolatnomasi bilan tasdiqlanishi kerak). Bizning raqamlarimiz boshqa manbalarda keltirilganidan ancha yuqori. Bu bemorlar kasbiy kasalliklarga chalingan bemorlar sifatida davolanmaydilar, balki kasbiy kasalliklar bo'yicha ixtisoslashtirilgan klinikaga ularda kasb patologlari tomonidan malakali tibbiy yordam ko'rsatilishi mumkin. Shuning uchun davolash klinik diagnostika nuqtai nazaridan amalga oshirildi.davolash davomida 56% bemorlarda dinamikada musbat o'zgarishlar kuzatiladi, saturasiya 84% dan 92% ga ko'tarildi.

Xulosa. Bizning tatqiqotlar shuni ko'rsatadiki, agar O'SOKga shubha qilingan bo'lsa, etiologiyaning sanoat changi bo'lishi mumkin bo'lsa, klinisist patologik jarayonning tabiati, kasallikning sabablari va unda mehnat sharoitlarining mumkin bo'lgan ishtiroki haqida o'ylashi kerak. Bemorning jismoniy holatini, ishni davom ettirish qobiliyatini, nafas olish yetishmovchiligi mavjudligini baholash kerak.

O'SOK JSSTning yuqumli bo'lmagan kasalliklar (NCD) oldini olish va nazorat qilish bo'yicha Global harakatlar rejasida va Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish kun tartibida o'z aksini topgan.

JSST O'SOK diagnostikasi va davolashni kengaytirish uchun bir qator choralar ko'rmoqda.

Resurslar cheklangan sharoitlarda birlamchi tibbiy yordam darajasida NCD ni hal qilishga yordam berish uchun JSST yuqumli bo'lmagan kasalliklarni nazorat qilish uchun bir qator muhim tadbirlarni ishlab chiqdi. Ushbu paket surunkali respirator kasalliklarni (astma va surunkali obstruktiv o'pka kasalligi) baholash, diagnostika qilish va boshqarish protokollarini, shuningdek, sog'lom turmush tarzi bo'yicha maslahat modullarini o'z ichiga oladi, shu jumladan chekishni tashlash va o'z-o'ziga yordam berish, ish joyida rioya qilish, bu erda chang asosiy omil hisoblanadi.

Reabilitatsiya 2030 - sog'liqni saqlash tizimlarida reabilitatsiya xizmatlarini ustuvorlashtirish va kuchaytirishga qaratilgan yangi strategik yondashuv. Hozirgi vaqtda ushbu tashabbusning bir qismi sifatida JSST reabilitatsiya tadbirlari paketini ishlab chiqmoqda, ular qatorida O'SOK uchun o'pka reabilitatsiyasini ham o'z ichiga oladi. Xuddi shunday, tamaki tutuniga ta'sir qilishni kamaytirish ham O'SOKning birlamchi profilaktikasi uchun, ham vaziyatni boshqarish kontekstida muhim ahamiyatga ega. Ushbu sohadagi taraqqiyot Tamaki nazorati bo'yicha doiraviy konventsiya, shuningdek, MPOWER va m Tobacco kabi JSST tashabbuslari tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. Boshqa profilaktika tadbirlari toza va xavfsiz uy energiya texnologiyalarini targ'ib qilish va mahalliy, dastur va milliy darajada toza uy energiyasini targ'ib qiluvchi siyosatni ishlab chiqishni rag'batlantirishga qaratilgan Clean Home Energy Toolkit (CHEST) ni ishlab chiqishni o'z ichiga oladi.

Surunkali respirator kasalliklarning global alyansi (GARD) JSSTning surunkali respirator kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish bo'yicha faoliyatini qo'llab-quvvatlaydi. GARD surunkali respirator kasalliklarning global yukini kamaytirishga qaratilgan umumiy maqsad sari ish olib boruvchi milliy va xalqaro tashkilotlar va muassasalarning keng ixtiyoriy ittifoqidir.

Shunday qilib, ishlab chiqarish sharoitida bronx o'pka patologiyasining sabablari orasida havo changlari (zararli omil sifatida) eng muhim rol o'ynaydi. Organik va noorganik kelib chiqadigan chang ta'siri ostida ishlaydigan odamlar taxminan bir xil chastotada nafas olish kasalliklariga moyil. Havodagi chang zarralarining xavfsiz kontsentratsiyasini aniq aniqlashning iloji yo'q, lekin bir narsa aniq, odamlar chang bilan qancha vaqt aloqa qilgan bo'lsa, u bilan bevosita bog'liq bo'lgan kasallikka chalinish xavfi shunchalik yuqori bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Мамурова Н., Носирова Д. Pnevmoniya lokalizatsiyasining yoshga bogliq bolgan holda patogenezi va mexanizmlari //Журнал кардиореспираторных исследований. - 2021. - Т. 2. - №. 3. - С. 64-68.

2. Мамурова Н.Н., Носирова Д.Э. «Тяжесть течения внебольничной пневмонии в зависимости от сопутствующей патологии». «Тенденции и перспективы развития науки и образования в условиях глобализации». Выпуск 22.г. Переяслав- Хмельницкий. 28-февраль, 2017 год. 490-492 стр.

3. Мамурова Н.Н., Носирова Д.Э. "Вопросы оказание медицинской помощи при пневмонии с коморбидными состояниями на уровне стационарного лечения". Халкаро илмий амалий журнал «Биология ва тиббиёт муаммолари» №1.1 (108) Самарканд 2019 г.30.11-1.12.2019, 181 бет. Халкаро илмий амалий журнал «Биология ва тиббиёт муаммолари» №1.1 (108) Самарканд 2019 г. 30.11-1.12.2019, Стр 181.

4. Справочник профпатолога. Под ред. Л.Н. Грацианской и В. Е. Ковшило. М.: Медицина, 1977; с. 255-87

5. Сенкевич Н.А. Клинические формы силикоза и силикотуберкулеза. Под ред. А.М. Рашевской. М.: Медицина, 1974; с. 200.

6. Xoljigitova M.B.Mamurova N.N., Maxmatmurodova N.N.Zakiryayeva P.O., Nosirova D.E. "O'pka kasalliklari bilan bemorlarni olib borish" O'quv qo'llanma. Toshkent 2021 yil 70-96 betlar.

7. Konsilium Medicum №11 2016 - Davolovchi shifokor amaliyotida pnevmokonioz Muallif: O.S.Vasilyeva , N.Yu.Kravchenko Nashrdagi sahifa raqamlari: 39-40

8. Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT), Pnevmokoniozlar rentgenogrammalarining XMT xalqaro tasnifidan foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar. Jeneva , Shveytsariya : XMT , 1980 yil.

9. Ma'murova N.N., Nosirova D.E. "Komorbid kasalliklarga chalingan pnevmoniyaga statsionar davolanish darajasida tibbiy yordam ko'rsatish masalalari". Halqaro ilmiy Amaly jurnali "Biologiya va tibbiyot muammolari » №1.1 (108) Samarqand 2019 y. 30.12.2019 yil, 181 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.