Научная статья на тему 'ALLERGIK KASALLIKLARNING TARQALGANLIGI TURLARI VA OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI'

ALLERGIK KASALLIKLARNING TARQALGANLIGI TURLARI VA OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1852
84
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
аllergiya / rinit / kasallanish / ekzoallergenlar / endoallergenlar / oldini olish choralari. / аllergy / rhinitis / infection / exoallergens / endoallergens / preventive measures.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sh. Ikramova

Ushbu maqolada allergik kasalliklarning kelib chiqishi, turlari va oldini olish chora-tadbirlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TYPES OF SPREAD OF ALLERGIC DISEASES AND PREVENTION MEASURES

This article describes the origin, types and preventive measures of allergic diseases.

Текст научной работы на тему «ALLERGIK KASALLIKLARNING TARQALGANLIGI TURLARI VA OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ALLERGIK KASALLIKLARNING TARQALGANLIGI TURLARI VAOLDINI OLISH

CHORA-TADBIRLARI Ikramova Shaxnoza Abdurasulovna

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institute «Ichki kasalliklar kafedrasi»

assistenti

https://doi.org/10.5281/zenodo. 7392089

Annotatsiya. Ushbu maqolada allergik kasalliklarning kelib chiqishi, turlari va oldini olish chora-tadbirlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: аllergiya, rinit, kasallanish, ekzoallergenlar, endoallergenlar, oldini olish choralari.

ВИДЫ РАСПРОСТРАНЕНИЯ АЛЛЕРГИЧЕСКИХ ЗАБОЛЕВАНИЙ И МЕРЫ

ПРОФИЛАКТИКИ

Аннотация. В данной статье описаны происхождение, виды и меры профилактики аллергических заболеваний.

Ключевые слова: аллергия, ринит, инфекция, экзоаллергены, эндоаллергены, меры профилактики.

TYPES OF SPREAD OF ALLERGIC DISEASES AND PREVENTION MEASURES

Abstract. This article describes the origin, types and preventive measures of allergic diseases.

Keywords: Qllergy, rhinitis, infection, exoallergens, endoallergens, preventive measures.

KIRISH

Allergiya - yunoncha "alios" begona va "ergo" - ta'sir so'zlaridan kelib chiqqan bo'lib, u organizmning begona, yot moddalarga o'zgacha ta'sir qilish qobiliyatini anglatadi [2,4,7].

Dunyoda allergik kasalliklar shakllanishi va tarqalishiga tashqi muhit omillarining ta'siri, yangidan-yangi allergenlarning paydo bo'lishi, mikroekologiyaning (ichaklar, teri, shilliq qavatlar florasining) buzilishi, stress sabab bo'lmoqda. Eng ko'p tarqalgan etiologik muhim allergenlar ichida o'simliklar changi alohida ahamiyatga ega bo'lib, hozirgi kunda ularning 700 dan ortiq turi aniqlangan [1,3]. Allergik kasalliklar geterogenligi, irsiy omillarning hamda tashqi muhit omillarining o'zaro ta'siri oqibatida allergenlar spektri kengayib bormoqda.

ADABIYOTLAR SHARHI

Allergik rinit dunyo bo'yicha keng tarqalgan bo'lib, hozirgi ushbu kasallikdan aholining 30% - 50% aziyat chekmoqda. Ushbu patologiyaning rivojlanishida tibbiy-biologik va sanitar-gigienik omillarning ta'siri bilan bir qatorda atrof muhit omillarining ta'siri ham muhim o'rin tutadi. Atmosfera havosining ifloslanishi allergik rinitning kelib rivojlanishiga va qaytalanishiga sabab bo'lishi olimlarning tadqiqot ishlari natijalari bo'yicha tasdiqlanmoqda [3,5].

JSST ning ma'lumotlariga ko'ra allergik kasalliklar yer yuzi aholisining 30 foizini tashkil qilishi va turli mamlakatlarda kasallanish darajasi bir-biridan ancha farq qilishi aniqlangan. Allergik kasalliklar o'sma kasalligiga nisbatan 30 marta, revmatizmga nisbatan 2000 marta ko'p tarqalgan [2,4].

Nafas yo'llarining allergik kasalliklari tarqalishiga iqlimning o'ziga xos xususiyati va geografik sharoitlar ta'sir ko'rsatadi. Masalan, Shimoliy Amerika eskimoslari orasida bronxial astma juda kam hollarda birta-ikkita aniqlangan bo'lsa, bir vaqtning o'zida AQSh da katta yoshdagi aholining 5 foizi bu kasalik bilan azoblanadilar. Boltiq bo'yi aholisi orasida bronxial

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

astma bilan kasallanish ko'rsatkichi har 1000 kishiga 8 ta to'g'ri kelsa, Shimoliiy Kavkaz tog'larida esa bu kasallik umuman qayd etilmagan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Amerika Qo'shma Shtatlarida 20 mln kishi pollinoz bilan, 9 mln kishi bronxial astma bilan va yana shuncha kishi qavarchiqlar va Kvinke shishi bilan kasallanganlar. Finlandiyada 20 foiz aholida, Shveysariyada 8,4 foiz aholida allergiya aniqlangan. Qishloq va shahar aholisi orasida kasallik tarqalish ko'rsatkichi bir xil emas. Masalan, Sankt-Peterburgning shahar chekkasida yashaydigan aholisi orasida respirator allergik kasalliklari shahar markaziga qaraganda 1,5 marta kam uchraydi [4,5].

Respublika va viloyat davolash muassasalariga murojaat qilgan bemorlar orasida shahar aholisi qishloq aholisiga nisbatan 10 marta ko'p. Bu yerda ekologiya ham katta ahamiyat kasb etadi. Bir respublikaning turli qismlarida allergik kasalliklar tarqalishi bir tekis emas. qozog'istonning janubiy mintaqalarida pollinoz 10-15 foiz aholida kuzatilgan bo'lsa, shimolida esa aholining faqat I foizida qayd etilgan.

Atmosfera havosi yuqori darajadi ifloslangan mintaqalarda (masalan, metallni qayta ishlash, sement chiqarish korxonalari, issiqlik elektor stansiyalari yaqinida joylashgan rayonlarda) allergik kasalliklar bilan davolash muassasalariga murojaat qilgan bemorlar soni toza havoli hududlarga qaraganda 8-10 marta ko'proq. Shunday holatni hatto bir shaharning o'zida ham ko'rish mumkin. Gruziyaning ayrim rayonlarida allergik kasalliklar bilan kasallangan bemorlar soni 1000 kishiga 11,4 kishini tashkil qiladi, Krasnodar o'lkalarida esa 233,8 ta, ya'ni 20 marta ko'proq.Albatta, bu yerda geografik iqlim va ekologik omillarning ham ta'siri bo'ladi

[4].

Hozirgi vaqtda allergen bo'lishi mumkin bo'lgan mingdan ortiq turli moddalar aniqlangan. Ular ikkita katta guruhga bo'linadi: ekzoallergenlar va endoallergenlar.

I. Ekzoallergenlar - insonni o'rab turgan muhitda yashaydi va o'z navbatida ular ham qator kichik guruhlarni tashkil qiladi:

o Oziq-ovqat allergenlari 2 guruhga bo'linadi: Birinchisi — shartsiz (obligat) allergenlar: sitrus mevalar, shokolad, kofe, asal, mevalar, yong'oqlar,tuxum, baliqlar, sut, tovuq go'shti; ikkinchi — shartli (fakultativ) guruh bo'lgan: olma, sabzi, kartoshka, un va boshqalar.

• Epidermal allergenlar (turli hayvonlarning juni, ot qayzg'og'i). Epidermal allergenlarga nisbatan sezuvchanlik ko'pincha tez sodir bo'ladigan reaksiyalar tipida va odatda oziq-ovqat va uy-ro'zg'or allergiyalari bilan birgalikda kechadi.

• Bolalarda bu kasallik 20 foiz holatlarda respirator allergoz tipida o'tadi.

• Bakterial allergenlar (ko'proq shartli patogen mikroblar - streptokokklar va boshqalar). Sezuvchanlik odatda tishlarda, bodomcha bezlarda, ichaklarda, jigarda, bronx-o'pka yo'llarida surunkali infeksiya o'chog'i bo'lgan hollarda rivojlanadi. Bunda kasallikning infeksion-allergik turi aniqlanadi: astma, rinit, qavarchiq va Kvinke shishi.

• Zamburug'li allergenlar (mog'or zamburug'larining va achitqi zamburug'larining sporalari). Asosan patogen bo'lmagan zamburug'lar turi.

• Virusli allergenlar (hujayra protoplazmasi bilan oldindan birikkan virus).

• Gelmintli allergenlar (gijjalar va ularning zaharlari).

• Insekt allergenlar (asalari zahri, chivinlar, hasharotlar ustki qobig'i qoldiqlari).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

II Endoallergenlar. Ular sog'lom inson organizmida doimo joylashgan, lekin qalin qobiqqa o'ralgan bo'ladi, umumiy qon oqimiga tushmaydi. Shuning uchun faqat ularni boshqa to'qimalardan ajratib turuvchi to'siqlar buzilgandagina o'z ta'sirini namoyon qiladi. Ulardan eng asosiylari: qalqonsimon bezning tireoglobulini, muskul tolalaridagi mielin, ko'z gavhari oqsili, nerv o'tkazuvchi tolalar oqsili, sperma (urug' suyuqligi).

Nafas yo'llari allergik kasalliklarini oldini olish usullariga kasallik oldi davrida ishlab chiqarishdagi zararli omillarga qarshi kurashish, profilaktik ko'riklar o'tkazish, kasallik xurujini oldini olish va davolashlar kiradi. Allergik kasalliklarni oldini olish chora-tadbirlari har tomonlama bo'lishi kerak, ular birlamchi va ikkilamchi tadbirlarga bo'linadi. Birlamchi chora-tadbirlarga, asosan atrof-muhitni yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy umum- davlat chora-tadbirlarini ishlab-chiqarish, yashash sharoiti va mehnat sharoitini qulaylashtirish, ishlab chiqarishdagi kasbga oid zararli omillarga qarshi kurashish kiradi. Bunga yana tibbiy (dispanser ko'rigi) va alohida xususiy tadbirlar (chekishni tashlash) ham kiradi. Ikkilamchi chora-tadbirlarga bular bemorlarni shifoxonalarda, poliklinikalarda, tibbiy sanitar qismlarida, sanatoriyalarda davolash va sog'lig'ini tiklash, allergologik kuzatish usullarini tashkil qilish kiradi.

Allergiyaning infeksiyaga oid turlarida infeksiya o'choqlarini o'z vaqtida davolash-tozalash (tonzillit, sinusit) kerak. Oziq-ovqat mahsulotlariga allergiyasi bo'lgan bemorlarning kundalik ovqat maxsulotlaridan allergenlarni (shokolad, sitrus mevalar) istisno qilish. Allergik kasalliklari bo'lgan barcha bemorlarga uy-ro'zg'orda ishlatiladigan kimyoviy moddalardan foydalanish man etiladi. Organizmni chiniqtirish va unchalik og'ir bo'lmagan jismoniy mehnat bilan shug'ullanish ham allergik kasalliklarni oldini olishda muhim o'rin tutadi. Allergik kasalliklari bo'lgan bemorlarga sportning ayrim turlari — yengil atletika, suzish, tennis o'ynash mashg'ulotlari bilan shug'ullanish tavsiya etiladi. Allergik kasalliklarini oldini olishda kasbni to'g'ri tanlash ham jiddiy ahamiyatga ega. Kanalarga sezuvchanlik ortishi bilan yuzaga kelgan bronxial astma kasalligini oldini olish uchun ko'rpa-to'shaklarni quyosh nurlarida nurlantirish tavsiya qilinadi. Kunduzgi vaqtda 2 soat davomida nurlantirish kanalarni butunlay qirilib, yo'q bo'lishiga olib keldi. O'rin-ko'rpalarga 5 foizli borat kislota yoki 5 foizli tuz eritmasi bilan ishlov berishda ham ijobiy natijalar olindi. Bunda SG foizli kanalar qirilib, yo'q bo'ldi.

XULOSA VA MUNOZARA

Allergik kasalliklarini oldini olish omillaridan biri - maxsus giposensibilizatsiya hisoblanadi. O'z vaqtida o'tkazilgan immunoterapiya kasallikni xurujini oldini oladi.

Bemorlarni sog'ligini kuzatib borish usuli (dispanserizatsiya) sanator- kurort sharoitida davolash ham oldini olish chora-tadbirlarining eng samarali usullari xisoblanadi. Bunda kurort joylarning geografik iqlim sharoiti, qulay harorat, o'rtacha namlik, quyosh nurlari juda ham yuqori qizdirmaydigan sharoitlari, atmosfera havosida polyutantlar, muallaq holda turuvchi birikmalar bo'lmasligi yetakchi o'rin tutadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. Баялиева А.Ж. и др. Клинические рекомендации по реанимации и интенсивной терапии анафилактического шока, Россия. 2015, 23 с.

2. Волосовец А.П., Кривопустов С.П., Мозкрская Е.В., Кривопустова М.В. Белок профилин как клинически значимый аллерген в развитии синдрома пкльцевой и пиуевой аллергии Здоровье ребенка. 2019.-Т.- 14. №.7.-C.434-443

3. Дранник Г.Н. Клиническая иммунология и аллергология М., OOO «Медицинское информационное агенство», 2013, с.392

4. Назаров O.A., Назаров Ж.А., Низомов ^.Ф., Укув кулланма //Клиник аллергология / Тошкент 2015 198 б.

5. Руководство для практических врачей Клиническая аллергология под ред. акад. РАМН, проф. Р.М. Хаитова. Изд-во «Медпресс-информ» 2012, 623 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.