Научная статья на тему 'QORA METALLURGIYADA HOSIL BO’LGAN CHANGLARDAN RANGLI METALLARNI AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYALARINI O’RGANISH VA TAHLIL QILISH'

QORA METALLURGIYADA HOSIL BO’LGAN CHANGLARDAN RANGLI METALLARNI AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYALARINI O’RGANISH VA TAHLIL QILISH Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
1373
236
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ikkilamchi resurslar / texnogen chiqindilarni qayta ishlash / rux saqlagan changlar / qora metallurgiya chiqindilari / ferroqotishma / Fastmet / Fastmelt / Oxycup / Primus / PaulWurth / Contop / Elektr yoyli pech / C-briket. / Secondary resources / man-made waste recycling / zinc-containing dust / ferrous metallurgical waste / ferroalloy / Fastmet / Fastmelt / Oxycup / Primus / PaulWurth / Contop / Electric arc furnace / C-briquette.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Sunnatov J.B, Qarshiyev X.K

Hozirgi vaqtda qora metallurgiyada hosil bo’layotgan changlarning miqdori sezilarli darajada ko'payishi bilan bog'liq muammo mavjud. Har yili ushbu metallurgik korxonalarda tarkibidagi rux miqdori yuqori bo'lgan changlar chiqindixonaga chiqarib yuboriladi, ularning massasi ishlab chiqarilgan metall umumiy massasiga nisbatan 5 – 10 % ni tashkil qiladi. Dunyo bo'ylab tarkibida rux saqlagan changning yillik umumiy miqdori 10-15 million tonnani tashkil etadi. Bunday changlarda rux miqdori juda keng diapazonda o'zgarib turadi: 2 dan 20% gacha; Ruxdan tashqari, chang tarkibida temir oksidlari (30-60%) va jami 20% gacha qo’shimcha oksidlar (kremniy, kaltsiy va qo'rg'oshin) mavjud. Yuqorida keltirilgan tarkibli changni to'g'ridan-to'g'ri asosiy metallurgik ishlab chiqarishga qaytarish texnologik jarayonning buzilishiga olib kelishi mumkin. Hozirgi paytgacha kashf qilingan usullar bilan bunday changlarni qayta ishlash unchalik samara bermayapti shu sababli ko’pchilik metallurgik zavodlar bu turdagi changni shunchaki yig’ib qo’yishmoqda. Ushbu maqolada esa bu changni qayta ishlashning bir qancha zamonaviy usullari ko’rib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDY AND ANALYSIS OF TECHNOLOGIES FOR SEPARATION OF NON-FERROUS METALS FROM DUSTIONS IN BLACK METALLURGY

There is currently a problem with the significant increase in the amount of dust generated in ferrous metallurgy. Every year at these metallurgical enterprises, dusts with high zinc content are discharged into the landfill, the mass of which is 5-10% of the total mass of the metal produced. Worldwide, the total annual amount of zinc-containing dust is 10-15 million tons. The amount of zinc in such powders varies in a very wide range: from 2 to 20%; In addition to zinc, the powder contains iron oxides (30-60%) and a total of up to 20% additional oxides (silicon, calcium and lead). Return of the powder with the above composition directly to the main metallurgical production can lead to disruption of the technological process. The processing of such dusts by the methods discovered so far is not very efficient, so most metallurgical plants simply collect this type of dust. This article discusses a number of modern ways to recycle this dust.

Текст научной работы на тему «QORA METALLURGIYADA HOSIL BO’LGAN CHANGLARDAN RANGLI METALLARNI AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYALARINI O’RGANISH VA TAHLIL QILISH»

Scientific Journal Impact Factor

QORA METALLURGIYADA HOSIL BO'LGAN CHANGLARDAN RANGLI METALLARNI AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYALARINI O'RGANISH VA TAHLIL QILISH

Sunnatov J.B «Metallurgiya» kafedrasi mudiri ToshDTU OF, Qarshiyev X.K assistant «Metallurgiya» kafedrasi ToshDTU OF.

Annotasiya. Hozirgi vaqtda qora metallurgiyada hosil bo 'layotgan changlarning miqdori sezilarli darajada ko'payishi bilan bog'liq muammo mavjud. Har yili ushbu metallurgik korxonalarda tarkibidagi rux miqdori yuqori bo'lgan changlar chiqindixonaga chiqarib yuboriladi, ularning massasi ishlab chiqarilgan metall umumiy massasiga nisbatan 5 - 10 % ni tashkil qiladi. Dunyo bo'ylab tarkibida rux saqlagan changning yillik umumiy miqdori 10-15 million tonnani tashkil etadi. Bunday changlarda rux miqdori juda keng diapazonda o'zgarib turadi: 2 dan 20% gacha; Ruxdan tashqari, chang tarkibida temir oksidlari (30-60%) va jami 20% gacha qo'shimcha oksidlar (kremniy, kaltsiy va qo'rg'oshin) mavjud. Yuqorida keltirilgan tarkibli changni to'g'ridan-to'g'ri asosiy metallurgik ishlab chiqarishga qaytarish texnologik jarayonning buzilishiga olib kelishi mumkin. Hozirgi paytgacha kashf qilingan usullar bilan bunday changlarni qayta ishlash unchalik samara bermayapti shu sababli ko 'pchilik metallurgik zavodlar bu turdagi changni shunchaki yig'ib qo'yishmoqda. Ushbu maqolada esa bu changni qayta ishlashning bir qancha zamonaviy usullari ko 'rib chiqiladi.

Kalit so'zlar: Ikkilamchi resurslar, texnogen chiqindilarni qayta ishlash, rux saqlagan changlar, qora metallurgiya chiqindilari, ferroqotishma, Fastmet, Fastmelt, Oxycup, Primus, PaulWurth, Contop, Elektryoyli pech, C-briket.

Аннотация. В настоящее время существует проблема значительного увеличения количества пыли, образующейся в черной металлургии. Эти металлургические предприятия ежегодно сбрасывают на полигон высокоцинковую пыль, масса которой составляет 5-10% от общей массы произведенного металла. Во всем мире общее годовое количество цинксодержащей пыли составляет 10-15 миллионов тонн. Количество цинка в таких порошках колеблется в очень широком диапазоне: от 2 до 20%; Помимо цинка, порошок содержит оксиды железа (30-60%) и до 20% дополнительных оксидов (кремний, кальций и свинец). Возврат порошка указанного состава непосредственно в основное металлургическое производство может привести к нарушению технологического процесса. Обработка такой пыли открытыми до сих пор методами не очень эффективна, поэтому многие металлургические предприятия просто собирают такую пыль. В этой статье обсуждается ряд современных способов утилизации этой пыли.

Ключевые слова: Вторичные ресурсы, переработка техногенных отходов, цинксодержащая пыль, отходы черной металлургии, ферросплав,

Fastmet, Fastmelt, Oxycup, Primus, PaulWurth, Contop, Электродуговая печь, С-брикет.

Abstract: There is currently a problem with the significant increase in the amount of dust generated in ferrous metallurgy. Every year at these metallurgical enterprises, dusts with high zinc content are discharged into the landfill, the mass of which is 5-10% of the total mass of the metal produced. Worldwide, the total annual amount of zinc-containing dust is 10-15 million tons. The amount of zinc in such powders varies in a very wide range: from 2 to 20%; In addition to zinc, the powder contains iron oxides (30-60%) and a total of up to 20% additional oxides (silicon, calcium and lead). Return of the powder with the above composition directly to the main metallurgical production can lead to disruption of the technological process. The processing of such dusts by the methods discovered so far is not very efficient, so most metallurgical plants simply collect this type of dust. This article discusses a number of modern ways to recycle this dust.

Keywords: Secondary resources, man-made waste recycling, zinc-containing dust, ferrous metallurgical waste, ferroalloy, Fastmet, Fastmelt, Oxycup, Primus, PaulWurth, Contop, Electric arc furnace, C-briquette.

KIRISH

O'zbekistonda elektr yoyli pechlarda po'lat eritish AJ O'zmetkombinatda boshlangan. Unda 13-fevral 1978-yilda birinchi nomerli e.p.e. pechni ishga tushurilgan. O'sha yili dekabr oyda 2 e.p.e. pech ishga tushdi. 1979- yil sentabr oyda 3 e/p/e pech ishga tushdi. Va nihoyat 2002-yil avgust oyida AJ "O'zmetkombinat" eng zamonaviy dunyo talablariga javob beradigan DSP100-UMZ ishga tushurildi. Pechlarni hajmi 100 t tashkil qiladi.

DSP pech dunyo talablariga javob beradi, 1 sutkada 22 po'lat eritish imkoniyatiga egadir. Pech AKOS agregati bilan birga ishlaydi va 1 yilda 550-600 ming tonna po'lat eritish qobiliyatiga egadir. Hamma pechlarni ishga tushurilsa, kombinat 1 yilda 1,5-2 mln tonna po'lat ishlab chiqarish O'zbekiston talabini to'liq bajarilsa bo'ladi. AJ "O'zmetkombinat" boshqa elektr yoyli pechlar Navoiy KMK (5ta pech), Olmaliq KMK (2ta pech) va bir qancha Mashinasozlik zavodlarida muayyan ishlab turibdi. 2010-2012- yilda Toshkent shahar Sergeli tumanida O'zbekiston, Xitoy, Rossiya va AQSH qo'shma truba ishlab chiqarish zavodida 3 elektr pechi qurilishi rejalashtirilgan va qurulyapti. Ko'rilgan misollardan ko'rinib turibdiki, elektr pechlarida po'lat va ferroqotishmalar olish butun dunyo bilan ham ohangda O'zbekistonda ham keng tarqalmoqda va bu texnologiya kelajagi porloqdir [1] .

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida Yusupxodjayev A.A., Muhametdjanova Sh.A larning o'quv qo'llanmalari metodologik manba sifatida olindi. Ushbu ishda bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik, obyektivlik usulidan foydalanilgan bo'lib, mavzuni yoritishda tavsifiy, qiyosiy metodlardan foydalanilgan. Maqolada qora

1415

metallurgiyada hosil bo'lgan changlardan rangli metallarni ajratib olish texnologiyalarini o'rganish va tahlil qilish obyektiv ochib berildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Har qanday metallurgik korxonalar to'xtovsiz faoliyati davomida o'zi joylashgan hudud ekologiyaga va insonlar salomatligiga ta'sir ko'rsatadi. Xususan po'lat va ferroqotishma eritish jarayonlarida atrof muhitga turli xil ko'rinishdagi chiqindilar ajralib chiqadi. Bu chiqindilardan biri changdir. Chang o'zining judayam kichik o'lchamli ekanligi va tarkibida og'ir rangli metallarni ng oksildarini saqlagan holda zararli chiqindilar qatoriga kiradi. Bu turdagi chang inson nafas olish organi orqali oshqozonida to'planib og'ir kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Buni oldini olish uchun esa hozirda changni qayat ishlashning bir qancha usullari taklif etilmoqda.

Metallni chang bilan yo'qotilishi korxonani yillik ishlab chiqarishida 2-5 % yo'qotilishga olib keladi. Agar metallurgik korxona yiliga 1 mln tonna po'lat ishlab chiqarsa undan hosil bo'ladigan chang esa 32 ming tonnani tashkil etishi mumkin [2].

Ko'p hollarda bu turdagi changlar tarkibida temir oksidi miqdori yuqori bo'lsa ham ular qayta ishlanmasdan shlam saqlovchi maydonlarda yig'ilmoqda. Ayni paytda bu turdagi chiqindi changlar ikkilamchi xomashyo ham hisoblanadi. Changni qayta ishlashning asosiy muommosi shundaki birinchidan jarayondan ajralib chiqayotgan changlarni har xil kimyoviy tarkibli ekanligi va uning dispersligi. Ikkinchidan esa tarkibida rux metalining yuqoriligi va amalda birmuncha qiyin masala bo'lgan ho'l usulda tutib qolingan shlamdan changni ajratib olish hisoblanadi. Elektr yoyli po'lat eritish pechlarining gazni tozalash tizimida 15-25 kg/t chang tutib qolinadi [3]. Bu changlarda nafaqat noorganik moddalar [4] balkim yuqorida ta'kidlaganimizdek (Pb,Zn,Cu) metallar mavjudligi uni qayta ishlashda alohida e'tibor talab qiladi.[5] Bu changlarni xavflilik darajasi esa uning tarkibidagi og'ir metall birikmalarining suvda erishi va chang zarralarining o'lchamiga bog'liq.

1-jadval

Elektr yoyli po'lat eritish pechlarida hosil bo'lgan changlarni tarkibi va ulushi, % da [6] .

№ Element Elektr yoyli po'lat eritish pechi

1 Fe 20-55

2 Zn 2-35

3 C 0.2-5

4 Pb 0.5-8

5 Na 0.5-1.8

6 K 0.3-1.2

7 Cd 0.05-0.2

8 Mn 2-4.5

9 Ca 1-12

10 Si 0.7-5.6

11 Mg 0.6-16

12 Al 0.1-5

13 P 0.01-0.3

14 Cl 0.3-6.8

15 F 0.2-0.5

16 S 0.02-3

Yuqorida ta'kidlanganimizdek bu turdagi changlarni qayta ishlash usullarining foydasi bir muncha past hisoblanadi. Mavjud texnologiyalarni 3 guruhga bo'lish mumkin:

Birinchi guruh - Changdan ruxni ajratib olmasdan turib uni aglomeratsiyalash jarayoniga yuborib undan olingan aglomeratni domna pechiga eritishga yuborish hisoblanadi. Bu metodda faqatgina changda rux miqdori o'ta kam bo'lgan hollardagina foydalanish mumkin [7,8] .

Ikkinchi guruh - Ruxni pirometallurgik qayta ishlash usuli bilan ajratib olish hisoblanadi. Bu usulga velslash va FASTMET, FASTMEL, Oxycup, PRIMUS, PaulWurth va boshqa texnologiyalar kiradi. Keltirilgan texnologiyalarning asosini rux oksidlarini turli xildagi uglerod saqlagan reagentlar yordamida yuqori haroratda tiklash yotadi. Jarayondagi asosiy muommo bu tiklovchi materiallarni ko'p miqdorda sarflanishi,pech futerovkasini yemirilishi hisoblanadi. Shuningdek yana ruxni xlorid holatida uchirish ham taklif etilgan. Xloridli usulda ruxni temirdan ajratish yuqoriligi bilan ajralib turadi ammo texnologiyada reagent sifatida HCl ishlatilishi xavfli va zaharlidir [9] .

Uchinchi guruh - Turli xil eritmalar bilan changni gidrometallurgik qayta ishlash. Bu usulda kislotali hamda ishqoriy tanlab eritishni qo'llash mumkin. Kislotali tanlab eritishda changdan ruxni yuqori darajada eritmaga o'tqazish mumkin shu bilan birga eritmada qo'shimchalar shu jumladan temir tuzlari ham ko'p miqdorda bo'ladi. Eritmadan esa ruxni elektroliz usulida ajratib olish mumkin dastlab eritmani qo'shimchalardan tozalash zarur va bu birmuncha sarf xarajatni talab etadi[10]. Erituvchi sifatida odatda sulfat kislota qo'llanilib u anchayin arzon hamda nitrat va xlorid kislotalarga qaraganda ruxni ajratib olish darajasi yuqoriroq [11-14].

Ayni paytda elektr yoyli po'lat eritish pechidan ajralib chiqayotgan changlarni qayta ishlashning laboratoriya va sanoat usullari qolaversa bir qancha patentlar ishlab chiqilmoqda.

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Changni qayta ishlashni eng keng tarqalgan usuli esa bu Vels jarayoni bilan qayta ishlash hisoblanadi. Bu jarayonda aylanma quvurli pech ishlatiladi, pechda ishlab chiqarishda hosil bo'lgan changni qariyb 80 % ga yaqini qayta ishlanmoqda [15,16].

Jarayon asosida shixtani dastlab qumochlanib (60 % gacha) so'ng Zn,Cd va Pb larni tiklashga asoslangan. Shuningdek shixta tarkibida 25 % koks kuli hamda 15 % flyus ham bo'ladi. Pechga yuklangan shixta 4 soat davomida harorat 1200 oC da ushlab turiladi.[14] Rux hamda boshqa qimmatbaho komponentlar gaz fazasiga vozgon holatida uchib ketadi. Bu gazlar sovitilganda metall bug'lari kichik dispersli chang holatiga o'tib qoladi. Gaz tozalash tizimida chang elektrofiltrda tutib qolinadi va bu rux oksidi (50-60 %) yoki vels oksidi deb ataladi. Va bu yangi chang tarkibida ko'p miqdorda Pb va Cd saqlaydi va rux ishlab chiqarishga yo'naltiriladi qolgan chiqindi esa qurilish materiallari yoki yo'l qurilishida ishlatish uchun yo'naltiriladi [17].

1 - chizma. "Chelyabinsk rux zavodi" OAJning texnologik sxemasi [18, 19]

Scientific Journal Impact Factor

Yuqoridagi texnologiya AQSH, Ispaniya, Fransiya, Germaniya, Meksika kabi davlatlarda qo'lanilib kelinmoqda. Jarayon kamchiliklari: Yoqilg'ining ko'p miqdorda sarflanishi, shixtani yiriklashtirish, shixtada ruxning miqdori 4 % dan kam bo'lmasligi kerak, shixta tarkibi hamda haroratni boshqarishni murakkabligi, ekspluatatsion sarf xarajatning yuqoriligi, yakuniy mahsulot toza holdagi rux emas balkim rux oksid holida olinishi va b [20-22].

Sanoat miqyosida ilk marotaba Fastmet va Fastmelt jarayonlarini KobeStell hamda Midrex direct reduction corporation firmalari tomonidan ishlab chiqilgan[23]. Birinchi Fastmet jarayoni 1995 yilda Yaponiyning Kakogava shahridagi zavodda ishga tushirilgan. Jarayon aylanma quvurli pechda temirni tiklashga asoslangan. Dunyoda atigi 7 % chang aynan ushbu usulda qayta ishlanayapti. Shixta tarkibida esa koks kuli hamda qumochlangan chang bo'ladi. [24] Tiklanish harorat 1300 oC da 810 daqiqa davom etadi. Jarayon natijasidagi mahsulotlar esa: tiklangan temir (metallashish darajasi 75-94 %) va rux oksidi (rux 50-65 %).

Fastmel jarayonining Fastmet jarayonidan asosiy farqi bunda elektr pechdan foydalanish hisoblanadi. Asosiy yutug'i esa temirni ajratib olish 98 % ni tashkil qiladi. Texnologiya o'zini sarf xarajatini yiliga 200 ming tonna changni qayta ishlagandagina oqlay oladi [16].

Jarayon kamchiliklari [15] : qayta ishlanayotgan changga yoqilg'ining ko'p miqdorda sarflanishi 100 m3; Qayta ishlanayotgan chang miqdori 200 ming tonnadan kam bo'lmasligi kerakligi; rux oksidini chiqish darajasi kamligi va tiklangan temirni nostabil tarkibi.

Paul Wurth firmasi tomonidan tarkibida rux 5 % dan ortiq bo'lgan changni Primus jarayoni yordamida qayta ishlash texnologiyasi taklif qilingan. Jarayon 2 bosqichli bo'lib bunda ikki xil pechdan ko'p tubli (MHF) va elektr yoyli pechlarda qayta ishlash hisoblanadi. Ushbu jarayonda asosan domna va kislorod konvertor hosil bo'ladigan shlamlar,prokatlash jarayonidan chiqqan okalina,Elektr yoyli pechdan chiqqan changlar qayta ishlanishi mumkin. Tiklovchi sifatida esa ko'mir ishlatiladi

Harorat 1100 oC dan oshmaydi. CO is gazini to'liq yonishidan (ekzotermik reaksiya natijasida) hosil bo'lgan issiqlik zarur energiyani ta'minlab beradi. Rux va qo'rg'oshin oksidlari gaz fazasi bilan birgalikda yengli filtrlarda tutib qolinadi [26] Yakuniy mahsulot esa cho'yan,rux oksidlari (55-60 %li Zn saqlagan) va shlak (keyinchalik qurilish va yo'l qurilish materiallari tayyorlashga yo'naltiriladi) olinadi. Primus jarayoni sanoatda: 2003 yildan - Lyuksemburgdagi Primores zavodida (yiliga 60000 tonna chang utilizatsiya qilinmoqda), 2009 yildan Tayvandagi Dragon Stell zavodida ( yiliga 100000 t chang utilizatsiya qilinmoqda) [27] .

Kuttner firmasi metallurgik chiqindilarni Oxycup jarayonida qayta ishlashni taklif etishmoqda. Dispers holidagi chiqindilarni (chang va shlam) tiklovchi qo'shib

[25].

Scientific Journal Impact Factor

C-briket holida flyus hamda temir saqlagan chiqindilar (shlak va skraplar ) bilan shaxtali pechga yuklanadi [28]

2-chizma. Oxycup firmasining jarayoni: a - jarayonning texnologik sxemasi, b -shaxtyali pechning sxemasi

Shixta pechning yuqori qismidan yuklanadi aynan ushbu qismdan chiqindi gazlar chiqishi hisobiga shixta qisman qiziydi. Metallarni tiklanish jarayoni 1000 oC dan boshlanadi. Mahsulotlar metal va shlak tinimsiz ravishda pechdan chiqarib turiladi. 1500oC haroratda tarkibida 4 % uglerod saqlagan cho'yan quyib olinadi. Rux esa koloshnik gazlari tarkibida ajralib chiqadi hamda keyinchalik ikkilamchi xomashyo bo'lib xizmat qiladi [29].

Changni ZincOx Resources [30] firmasi tomonidan yaratilgan sxema bo'yicha qayta ishlashni taklif qilmoqda. Bu jarayonda ham Fastmet jarayonida qo'llaniladigan tubi aylanuvchi pech qo'llaniladi. Asosiy farq shundaki Zinc Ox da flyus qo'llanilmaydi.

Scientific Journal Impact Factor

3 - chizma. ZincOx elektr pechida po'lat eritishda hosil bo'lgan changni utilizasiya qilish tizimi

Changni Pizo jarayoni yordamida qayta ishlash natijasida rux oksidi, cho'yan va shlak olinadi. Jarayon bir bosqichli bo'lib, temirni cho'yanga o'tkazish 95 %ni rux oksidi tarkibida esa ruxni ulushi 65-70 % ni tashkil qiladi [31].

Siemens VAI Metals Technologies firmasi tomonidan CONTOP jarayoni taklif etildi. Jarayon 1800-2000 oC da suv bilan sovitiluvchi siklonda olib boriladi. Shixta siklonga yoqilg'i va kislorod bilan birga purkaladi. Suyuq faza (shlak) va rux saqlagan gaz bilan birgalikda markazga qarab harakatlanadi[32,33]. Alohida kamerada gaz faza shlak faza bilan alohida ajratiladi. Rux esa rux oksid holida filtrda ajratib olinadi.

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

4 - chizma. PIZO jarayoni

Izoh: EYPEP - eletr yoyli po'lat eritish pechi

5 - chizma eritish siklon sxemasi: a - sxema; b - HarzerZink GmbH, Goslar larda o'rnatilgan siklon

Jarayon yutug'i - ajralib chiqayotgan gazlarni issiqligidan olingan elektr energiyasini turbinani aylantirish uchun qo'llanilishi [16].

Shuningdek rux va qo'rg'oshin saqlagan changlarni plazmali usulda qayta ishlashning bir qator texnologiylari mavjud. Bular quyidagilardir:

Tetronics, Scandust va Arcfume. Mintek, SKF, Davy, Mannesman - Demag kompaniyasining texnologiyalari va b.

6 - chizma ScanDust jarayonining texnologik sxemasi

ArcFume jarayoni rux oksidini tiklashga asoslangan bo'lib, Norvegiyaning Heyanger shahridagi zavodda qo'llanilib kelinmoqda yiliga ushbu zavodda 50 000 tonna chang qayta ishlanmoqda.

Buyuk Britaniya olimlari tomonidan taklif etilayotgan yana bir alternativ usul Tetronics jarayoni hisoblanadi [34].

Scientific Journal Impact Factor

7 - chizma Tetronics firmasi jarayoni texnologik sxemasi

XULOSA

Yuqorida biz po'lat ishlab chiqarishdan hosil bo'layotgan changlarni asosan pirometallurgik qayta ishlash usullarini ko'rib chiqdik va ular orasida changni plazmali texnologiya yordamida qayta ishlash usuli o'zining bir muncha afzalliklari bilan ajralib turadi.

Xususan mazkur plazmali texnologiya bir bosqichli bo'lib bir yoki bir nechta elektrod yordamida pechga argon va doimiy tok berish orqali olib boriladi. Shixta materiallar tarkibida chang,flyus va koks bo'ladi. Tiklanish jarayoni harorat 14501550 oC da kechadi va jarayon mahsulotlari cho'yan,shlak va rux oksidi olinadi. Umumiy xulosa sifatida biz ushbu texnologiyaning quyidagi yutuqlarni keltiramiz:

- Atrof muhitga kam ta' sir qilish;

- Boshqarish va xizmat ko'rsatishni soddaligi;

- Kapital qo'yilma va ekspluatatsion xarajatlarning minimal miqdori;

- Texnologiyaning barcha turdagi chng chiqindilarni qayta ishlash mumkinligi

va b.

Tetronics kompaniyasining plazmali texnologiyalari Yaponiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya va Janubiy Koreya davlatlarida ham qo'llanilib kelinmoqda.

Scientific Journal Impact Factor

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

[1] Yusupxodjayev A.A., Muhametdjanova Sh.A Po'lat va ferrosplav elektrometallurgiyasi fanidan ma'ruza matni. -ToshDTU, 2015, 108 - bet.

[2] Большина Е.П. Экология металлургического производства [Текст] / Е.П. Большина // Курс лекций. - Новотроицк: НФ НИТУ «МИСиС», 2012. - 155 с.

[3] Guezennec A.-G., Huber J.-Ch., Patisson F. et al. Dust formation in Electric Arc Furnace: Birth of the particles // Powder Technology. - 2005. - Vol. 157. - P. 2-11.

[4] Sammut M.L., Rose J., Fiani E. Determination of zinc speciation in basic oxygen furnace flying dust by chemical extractions and X-ray spectroscopy // Chemosphere. - 2008. - Vol. 70. - P. 1945-1951.

[5] Machado. J. G.M.S., Brehm F. Andrade, Mendes Moraes C. A. et al. Chemical, physical, structural and morphological characterization of the electric arc furnace dust // J. of Hazardous Materials. - 2006. - B. 136. - P. 953-960.

[6] Доронин И.Е. Экспериментальное исследование испарения компонентов сталеплавильной пыли [Текст] / И.Е. Доронин, А.Г. Свяжин // Металлург. -2014. - № 10. - С. 37-41.

[7] Валавин В.С., Юсфин Ю.С., Подгородецкий Г.С. Поведение цинка в агломерационном процессе // Сталь. 1988. №4. C. 12 - 17.

[8] Курунов И.Ф., Греков В.В., Яриков И.С. Производство и проплавка в доменной печи агломерата из железоцинкосодержащих шламов. // Черная металлургия. 2003. №9. C. 33 - 37.

[9] Камил В., Ян С., Яна В. Отгонка цинка из сталеплавильной пыли // Операции химических технологий 2010. №21. с. 739-744.

[10] Оустадакис П., Тсакиридис П.Е., Катслапи А., Агатзини-Леонардоу С. Гидрометаллургический процесс извлечения цинка из пыли электродуговой печи (ПЭДП), Часть 1: Характеристика и выщелачивание разбавленной серной кислотой // Журнал опасных материалов. 2010. №179. С. 5-8.

[11] Йан В., Стефан Я., Мичал Л. Извлечение цинка из отходов производства железа и стали традиционным выщелачиванием и с применением микроволнового излучения // Аста Монтанистиса Словаса. 2011. №16. С. 185-

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

[12] Xoliqulov D.B., Xaydaraliev X.R., Qarshiyev H.K. "OLMALIQ KMK" AJ RUX ISHLAB CHIQARISH ZAVODI SHAROITIDA RUX KEKLARINI GIDROMETALLURGIK QAYTA ISHLASH IMKONIYATLARINI TAHLIL QILISH. // © Journal of Advances in Engineering Technology Vol.2(2), Dec, 2020 DOI: 10.24412/2181-1431-2020-2-54-58 14.

[13] Kholikulov D.B., Yakubov M.M., Abdukadirov A., Mamatkulov N., Khaydaraliev K., Pulatov G., Muxametdjanova Sh. The Study of the Characteristics of Zinc Cake and the Main Direction of Processing. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology Vol. 6, Issue 10,

191.

Scientific Journal Impact Factor

October 2019. Рр. 11416-11421. ISSN: 2350- 0328. http://www.ijarset.com/upload/2019/october/78- doniyor-95.pdf

[14] Kholiqulov D.B., Samadov A.U., Boltaev O.N., Akhtamov F.E. The results of laboratory research processing of zinc cake zinc plant JSC "Almalyk MMC". European science review, Premier Publishing s.r.o. Vienna. 2018. № 11-12, Vol. 6, -Pp. 96-99

[15] Доронин И. Е., Свяжин А. Г. Промышленные способы переработки сталеплавильной пыли - М.: Металлург, № 10, 2010. - 48-53

[16] Стовпченко А. П., Пройдак Ю. С., Камкина Л. В. Современное состояние проблемы переработки пыли дуговой сталеплавильной печи [Электронный ресурс] Режим доступа: http://waste.ua/cooperation/2009/theses/stovpchenko.html

[17] Hepworth M.T. Treatment of Electric Arc Furnace Dust With a Sustained Shockwave Plasma Reacto / Hepworth M.T., Tylko J.K., Hua Han // Waste Management & Research. 1993. V. 11. P. 415-427

[18] Паньшин А.М., Леонтьев Л.И., Козлов П.А., Дюбанов В.Г., Затонский А.В., Ивакин Д.А. Технология переработки пыли электродуговых печей ОАО «Северсталь» в Вельц-комплексе ОАО "ЧЦЗ" // Экология и промышленность России. 2012. № 11. С. 4-6.

[19] Корнеев В.П. Исследование физико-химических свойств цинксодержащих пылей электросталеплавильного производства / Корнеев В.П., Сиротинкин В.П., Петракова Н.В., Дюбанов В.Г., Леонтьев Л.И. // Металлы. 2013. № 4. С. 38-43.

[20] Абдурахмонов С., Тошкодирова Р.Э. Технология переработки клинкера цинкового производства // Монография. - Навои: А.Навоий, 2020.

[21] Абдурахмонов С., Тошкодирова Р.Э. Исследования по переработке клинкера - отхода цинкового производства // Вестник науки и образования. №10 (88) часть 1. май 2020

[22] Тошкодирова Р.Э., Абдурахмонов С. Переработка клинкера - техногенного отхода цинкового производства // Universum: технические науки : электрон. научн. журн. 2020. 11(80).

[23] [Электронный ресурс] Режим доступа: http://www.midrex.com

[24] Баходир Джунайдуллаевич Турсунов, Жахонгир Бахтиёрович Суннатов. Совершенствование технологии вторичного дробления безвзрывным методом. // Общество с ограниченной ответственностью Издательство Молодой ученый. 2017 Номер13 Страницы 97-100

[25] Касимов А.М. Современные проблемы и решения в системе управления опасными отходами / Касимов А.М., Семенов В.Т., Щербань Н.Г., Мясоедов В.В. // - Харьков: ХНАГХ, 2008. - 510 с.

[26] Пугин К. Г. Снижение экологической нагрузки сталеплавильного производства за счет использования мелкодисперсных железосодержащих

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

отходов в металлургии [Электронный ресурс] Режим доступа: http://pstu.ru/files/file/Izdatelstvo/four.pdf (2011)

[27] [Электронный ресурс] Режим доступа: http://www.paulwurth.com/

[28] [Электронный ресурс] Режим доступа: http://www.kuettner.de/files/Papirkurv/Filer/Downloads/en/Kuettner_shaft-furnace.pdf

[29] [Электронный ресурс] Режим доступа: www.kuttner.com.br

[30] [Электронный ресурс] Режим доступа: http://www.divacreative.com/case-studies/zincox-plc/

[31] Стовченко А. П., Камкина Л. В. Процессы утилизации пыли сталеплавильного производства. Часть 2. Промышленные процессы переработки пыли в агрегатах средней мощности / Электрометаллургия. - №2. - 2010. - с. 42-43.

[32] Н.М. Аскарова, А.У. Самадов. ВОЗМОЖНОСТИ ПЕРЕРАБОТКИ ШЛАКОВ МЕДНОГО ПРОИЗВОДСТВА ГИДРОМЕТАЛЛУРГИЧЕСКИМ СПОСОБОМ // Вестник науки и образования. № 10-2 (88). С. 36-40.

[33] Самадов А.У., Аскарова Н.М. "Совершенствование технологиии переработки шлаков медного производства" "VNESHINVESTROM" 2020.103 стр. ISBN 978-9943-4237-3-8

[34] [Электронный ресурс] Режим доступа: http://www.tetronics.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.