Научная статья на тему 'IS’XOQXON IBRAT ASARLARIDA MA’NAVIY-AXLOQIY QARASHLARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

IS’XOQXON IBRAT ASARLARIDA MA’NAVIY-AXLOQIY QARASHLARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
323
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
IBRAT ASARLARI / MA'NAVIY-AXLOQIY QARASHLAR / MAʼRIFATPARVAR SHOIR / PIKTOGRAFIK YOZUVLAR

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mirahmedova Sh.N.

Ushbu maqolada Is’xoqxon Ibrat ararlarida ma’naviy-axloqiy qarashlarning o’ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, uning asarlarida ma’naviy-axloqiy qarashlarning o’ziga xos xususiyatlari bo’yicha xulosa va takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PECULIARITIES OF SPIRITUAL AND MORAL VIEWS IN EXAMPLE WORKS OF ISKAKHAN

This article describes the features of the spiritual and moral views of Ishak Khan Ibrat. His works also contain conclusions and suggestions on the specifics of spiritual and moral views.

Текст научной работы на тему «IS’XOQXON IBRAT ASARLARIDA MA’NAVIY-AXLOQIY QARASHLARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

Mirahmedova Sh.N.

2-kurs magistranti Ijtimoiy fanlar kafedrasi Toshkent viloyati Chirchiq davlatpedagogika instituti

IS'XOQXON IBRAT ASARLARIDA MA'NAVIY-AXLOQIY QARASHLARNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Annotatsiya: Ushbu maqolada Is'xoqxon Ibrat ararlarida ma'naviy-axloqiy qarashlarning o 'ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, uning asarlarida ma'naviy-axloqiy qarashlarning o'ziga xos xususiyatlari bo'yicha xulosa va takliflar berilgan.

Kalit so'zlar Ibrat asarlari, ma'naviy-axloqiy qarashlar, ma'rifatparvar shoir, piktografik yozuvlar.

Mirakhmedova Sh.N.

2nd year MSc faculty of social sciences Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

PECULIARITIES OF SPIRITUAL AND MORAL VIEWS IN EXAMPLE

WORKS OF ISKAKHAN

Annotation: This article describes the features of the spiritual and moral views of Ishak Khan Ibrat. His works also contain conclusions and suggestions on the specifics of spiritual and moral views.

Keywords Examples, spiritual and moral views, enlightened poet, pictographic inscriptions.

Ma'lumki, XIX asr oxiri - XX asr boshida Turkistonda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy, ma'rifiy harakat tarix sahnasiga ma'rifatparvar shaxslar -jadidlarni olib chiqdi. Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev, Abdulla Avloniy kabi qomusiy bilim egalari ana shular jumlasidandir. Ular o'z bilimlarini millat ravnaqi, jamiyat rivoji yo'lida sarflashga intildi, o'rni kelganda mablag'ini ham ayamadi. Ular orasida Farg'ona jadidchilik harakati vakili Ishoqxon Junaydullaxon o'g'li Ibratning alohida o'rni bor.

Ajdodlarimiz bebaho merosini ilmiy asosda chuqur o'rganish doimiy e'tiborda. Jumladan, Sh. Mirziyoyev 2016 yil 2 noyabr kuni Namangan viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda buyuk taraqqiyparvar va ma'rifatparvar Is'hoqxon Ibratning xalqimiz ma'naviy-ma'rifiy yuksalishi yo'lidagi beqiyos xizmatlariga ehtirom ramzi sifatida uning nomini abadiylashtirish, u kishiga atab zamonaviy bog' yaratish, yodgorlik majmuasi va "Ibrat maktabi"ni tashkil qilish

tashabbusini ilgari surdi. Shu sababli, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi "Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumanida atoqli ma'rifatparvar Is'hoqxon Ibrat yodgorlik majmuasini tashkil etish to'g'risida"gi 208-sonli qarori qabul qilindi.

Is'hoqxon Junaydullaxo'ja o'g'li Ibrat ma'rifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk o'zbek matbaatchilaridan bo'lib, 1862 yilda Namangan yaqinidagi To'raqo'rg'on qishlog'ida tug'ilgan. Dastlabki ma'lumotni eski maktabda, so'ngra onasining qo'lida oladi. Keyinroq Qo'qonga borib madrasaga o'qishga kiradi. Is'hoqxon Ibrat 1886 yilda madrasani tugatib, To'raqo'rg'onga qaytib keladi. U o'z faoliyatini pedagog sifatida qishloqda ma'rifat tarqatish bilan boshladi. O'sha yili eski mahalliy maktablardan ancha farq qiluvchi yangicha maktab ochadi.

Is'hoqxon Ibrat 1887 yilda haj safariga otlanadi. So'ng u Sharq mamlakatlari bo'ylab sayohatni davom ettiradi. Yevropaning Istambul, Sofiya, Afina, Rim kabi markaziy shaharlarida bo'ldi, ancha vaqt Jidda shahrida istiqomat qiladi, Bombey va Kalkuttada yashaydi. Is'hoqxon u yerlarda ko'p ishlatiladigan arab, fors, hind-urdu va ingliz tillarini mukammal o'rgandi. U 1896 yilda o'z vataniga qaytib keldi.

To'raqo'rg'onda yangi usul maktabini ochgan (1907), o'z qishlog'ida «Matbaai Is'hoqiya» nomli litografiya tashkil qilgan (1908). Is'hoqxon Ibrat yangi maktablar ochish, o'qituvchilar tayyorlash, ayollarni ilm-ma'rifatli qilish ishlarida faol qatnashgan. O'z she'rlari («Tarixi chopxona», «Madaniyat haqida masnaviy», «Gazeta xususida», «Qalam»)da mahalliy va chor amaldorlari kirdikorlarini fosh etgan («Ilmi Ibrat», she'riy to'plam, 1909).

1901 yilda arab, fors, hind, turk, o'zbek va rus so'zlaridan tarkib topgan «Lug'ati sitta-alsina» («Olti tilli lug'at») asarini bosmadan chiqaradi. Mazkur lug'at jadid maktablarida sharq va rus tillarini o'rganishda birdan bir qo'llanma sifatida foydalanib kelindi.

Is'hoqxon Ibrat 1912 yilda yozuvlar tarixiga bag'ishlangan, asarida lotin, yunon, xitoy, hind, arab, Kirill yozuvining kelib chiqishi, rivojlanish tarixi haqida ma'lumot berilgan «Jome' ul-xutut» («Yozuvlar majmuasi») asarini yaratdi va o'z matbaasi «Matbaayi is'hoqiya»da bosmadan chiqardi.

Ibrat chin qalbdan o'z xalqining ilmli, ma'rifatli bo'lishini istadi. Keyingi 20-yil ichida 14 ta ilmiy-tarixiy, lingvistik asar yozdi. 30 yillik poetik ijodining majmuyi bo'lmish «Devoni Ibrat» she'rlar to'plamini tuzdi. Tarixshunoslikka oid «Tarixi Farg'ona», «Tarixi madaniyat» va «Mezon uz-zamon» ilmiy asarlarini yaratdi.

Is'hoqxon Ibrat «Turkiston viloyati gazeti», «Sadoi T urkiston», «Sadoi Farg'ona» gaz. lariga yozgan maqolalarida fan, ma'rifat va madaniyatni targ'ib etgan. Ibratning so'nggi yillardagi hayoti ancha tahlikali o'tdi. 1935 yildan u hamma lavozimlardan olib tashlandi. 1937 yilning aprel oyida 75 yoshli keksa shoir va ma'rifatparvarni hibsga oladilar.

Davlatimiz rahbarining Namanganga, xususan, To'raqo'rg'on tumanidagi Ishoqxon To'ra Ibrat memorial majmuasiga tashrifi va ma'rifatparvar alloma xotirasiga cheksiz ehtirom ko'rsatgani barchamizni behad g'ururlantirdi.

— Prezidentimizga alloma qoldirgan ulkan ma'naviy meros haqida ishtiyoq bilan gapirib berdim, — deydi davlatimiz rahbariga hamrohlik (gid) qilgan Namangan Davlat universiteti tayanch doktoranti, yosh olim Sardor Rustamov. — Binobarin, dunyoviy bilimlarni chuqur o'rgangan, yetti tilni mukammal bilgan serqirra ijodkor, olim va shoir, pedagog Ishoqxon Ibratning hayoti va ijodi biz, yoshlar uchun chinakam ibrat maktabidir. Prezidentimiz allomaning "Olti tilli lug'at", "Xatlar majmui", "Tarixi Farg'ona", "Tarixi madaniyat", "Zamon tarozusi" singari 14 ta tilshunoslikka oid, ilmiy-tarixiy, badiiy hamda ma'rifiy asarlari haqidagi ma'lumotlar bilan tanisharkan, domlaning ko'plab kitoblari qatag'on yillari yoqib va ko'mib yuborilgani adabiyotimiz uchun katta yo'qotish bo'lganini afsus bilan ta'kidladilar. Ajdodimizning arxitektura va dizayn masalalaridagi yondashuvlari aks etgan loyihani kuzatib, uning bu tajribasini ham keng yoyish va o'rganish zarurligini uqtirdilar.

Darhaqiqat, Ibratning ilk matbaachi, yangi usuldagi maktab asoschisi sifatidagi bemisl xizmatlari tahsinga sazovor. U 1908 yilda Orenburg shahridan litografik mashina xarid qilib ming mashaqqatlar bilan Namanganga olib kelgan va "Ishoqiya bosmaxonasi"ga asos solgan. Mazkur bosmaxonada o'tgan asrning 60 yillariga qadar turli ilmiy-ma'rifiy kitob va risolalar, "Turkiston viloyati gazeti", "Sadoi Turkiston", "Sadoi Farg'ona" singari gazetalar chop etilgan.

Shuningdek, Ibrat shoir sifatida ham devon tartib bergan. Ming taassufki, uning "Devoni Ibrat"i bizgacha yetib kelmagan. O'z davrida el orasida yuksak e'tibor topib, qozilik martabasiga erishgan, biroq, ayrim g'alamisliklar bois tazyiqqa uchragan ma'rifatparvar bobomiz 1937 yilda 75 yoshida hibsga olinib, vafot etadi.

Bugun Ibrat domlaning orzulari ushaldi. Uning tarixiy ahamiyatga molik ishlari inobatga olinib, xotirasini abadiylashtirish yuzasidan ulkan majmua muzey barpo etildi. Zero, fidoyi insonlar yodi hamisha barhayot.

Ayni paytda ushbu muzeyda buyuk ajdodimizning qo'lyozmalari, risolalari, foydalangan buyumlari, suratlari, liboslari, o'quv qurollari va uy-ro'zg'or jihozlari hamda bir qator qimmatli va nodir manbalar o'rin olgan.

Is'hoqxon to'ra serqirra ijodkor sifatida "Lug'ati sitta al-sina" ("Olti tilli lug'at"), "Jome' ul-xutut" ("Xatlar majmui", 1912 yil), "Tarixi Farg'ona" (1916), "Tarixi madaniyat", "Mezon uz-zamon" (Zamon tarozusi), "San'ati Ibrat, qalami Mirrajab Bandiy" kabi o'ndan ortiq tilshunoslikka oid, ilmiy-tarixiy hamda ma'rifiy asarlar muallifidir. Shuningdek, Ibrat nazm bobida ham sermahsul ijod qildi. Ibrat she'rlarini va boshqa asarlarini uch tilda (o'zbek, fors, arab) yozgan. Muhsiniy uni "sohibi devon" deb sifatlaydi. Lekin devon hozirgacha topilgan emas. Umid qilamizki, o'zbek adabiyoti kelajakda yana bir nodir devon bilan boyiydi. Uning e'lon qilingan she'rlari vaqtli matbuot

sahifalarida, turli to'plamlarda talaygina. Shoirning o'g'li Abbosxon 1910 yilda tuzgan bayozga otasining 17 ta she'rini kiritgan.

Ibratning zamonga hamnafas shoirligini she'rlarining sarlavhasidan ha m anglamoq oson: "Tarixi traktur", "Tarixi chopxona", "Islohi millat", "Tarixi vagon", "Qarz", "Ariza", "Shikoyati zamona", "Qoziyi qotil"...Erk idealini tarannum etishda, ma'rifatparvarlik g'oyalarini targ'ib qilishda, ijtimoiy muhitga xalqchillik va kuzatuvchanlik bilan qarashda, mustamlaka zulmi tufayli kuchaygan illatlarni qoralashda Ibrat o'z zamondoshlari Muqimiy, Furqat va Zavqiylarga hamfikr, maslakdosh edi.

Shuning uchun ham Ibrat ijodida ma'rifatparvarlik va hajv uyg'unlashgani yaqqol seziladi. Aslida bu ikki yo'nalish orasida mutlaqo ziddiyat yo'q, aksincha, ularning biri boshqasini to'ldirib turadi. Aniqroq aytganda, Ibratdagi bu xususiyat yagona ezgu maqsadga ikki tomonlama yondoshuv, xolos. Negaki, yomonlikni inkor qilishning o'zi ezgulikning tasdig'ini anglatadi yoki yaxshilikni madh etish jaholatni qoralashdir.

Is'hoqxon to'ra Ibrat "Olti tilli lug'at"iga fors, arab, o'zbek, hind va ruscha so'zlarni joylashtirgan bo'lsa, "Xatlar majmuasi"da qadimiy finikiya, yahudiy, suryoniy, yunon, slavyan, sanskrit, lotin, arman, gruzin va yana boshqa bir qator yozuvlar haqida qimmatli ma'lumotlar beradi va ilmiy xulosalar chiqaradi.

"Lug'ati sitta al-sina" - 53 bet, "Jome' ul-xutut" esa - 132 sahifa hajmida kitobat qilingan. Ibrat til o'rganuvchilarga qulay bo'lishi uchun lug'at kitobini ikki qismga ajratadi.

Ibratning o'sha paytda "Turkiston viloyatining gazeti"da bosilgan "Eski maktablar xususida" (1907), "Namanganda mahalliy lavozimlarga o'tkazilgan saylovlar xususida" (1910 yil 21 mart), "Farg'ona viloyatidagi ko'hna shahar -Axsikent tarixi" (1913 yil 23 iyun), "To'raqo'rg'ondan maktub" (1914 yil 2 mart), "Toshkent safaridagi ma'lumotlarim" (1914 yil aprel) kabi maqolalari «ziyouz. com» saytiga joylashtirilganki, ularning har biri bittadan tarix.

Is'hoqxon Ibrat o'zining tugallanmay qolgan asari - "Zamon tarozusi"da o'sha paytdagi salbiy o'zgarishlarning xalq ruhiyatiga ta'siri va millatni yemirayotgan illatlar xususida kuyunib yozadi. Asarni to'qqiz mezonga bo'lib, ularda bir-biridan muhim masalalarga to'xtaladi.

Sudxo'rlik ham jamiyat rivojiga g'ov bo'ladiki, bu to'g'rida uchinchi mezonda gap boradi. Ibratning zamondoshi Sadriddin Ayniy (1878-1954)ning "Sudxo'rning o'limi" asari ham ayni shu masalaga bag'ishlanganki, o'sha paytda xalq bu illatdan nechog'li zada bo'lganini anglash qiyin emas.

Ibratning uyida maxfiy g'aladon bo'lib, 1937 yil 14 mart tunidagi tintuvda uning siri ochilmagan va Is'hoqxon to'ra qalamiga mansub bir qator bitiklar, jumladan, "Tarixi Farg'ona" asarining qo'lyozmasi ham NKVD changaliga tushmagan.

Tarix shunday: Namangan shahri va atrofi 1875 yil oktabr oyida Chor Rossiyasi tomonidan istilo qilingan. Bosqinchilarning o'ta shafqatsizligi "Tarixi

Farg'ona"da ro'y-rost ko'rsatilgan. Ibratning yozishicha, To'raqo'rg'onga kirgan rus soldatlari qochganlarni ham, qocholmay qolganlarni ham otavergan. Yoki Golovachev boshliq askarlar Namangan shahrida bir kun qatli om qilgan, xatto masjid va xonaqohdagilarni ham qirib tashlashgan. Is'hoqxon Ibrat xalqimiz boshiga tushgan o'sha kunlarning jonli shohidi edi.

"Tarixi Farg'ona" Qo'qon xonligi haqidagi asarlar orasida xolisligi bilan mo'tabar, kitobxon qalbiga ham shu jihatdan yaqindir. Negaki, 1991 yilgacha yaratilgan tarix darsliklarida yagona xulosa xukmron. Ya'ni, bizdagi bir-ikkita xonu xoqondan o'zga hamma podsholar ilmsiz, johil, zolim, muttasil fuqarosining qonini ichgan va ezilgan xalq esa yil o'n ikki oy qo'zg'olon bilan band bo'lgan. Ayting-chi, u holda milliy davlatlarimizni kim boshqargan, tarix va taraqqiyot charxini kim aylantirgan? Buyuk o'tmishimiz faqat zulm, qon va isyondan iborat bo'lsa, o'zbekning buyuk tamadduni osmondan tushganmi? Lyudoviklar, Pyotrlar, Yelizavetalar, hatto Yekaterinalar buyuk bo'lganda, nega endi bizning hukmdorlar qip-qizil ahmoq deb sifatlanishi kerak?..

"Tarixi Farg'ona"da Ibrat go'yo ana shunday savollarga javob beradi, yuqoridagi biryoqlama qarashlar poydevoriga zarba uradi. Va muallif alohida aytmasa-da, uqmoq mumkinki, hukmdor ham xom sut emgan bir banda va tabiiyki, yanglishadi-da. Binobarin, Ibrat qaysi bir xonni haqqoniy tanqid qilarkan, ayni chog'da uning ijobiy ishlarini ham unutmaydi: "Bu Farg'ona va Turkiston xonlaridan ikki kishi fuqaro va dinu millat uchun harakat etgan edi. Biri bu amirlashkar (Alimqul. Muallif izohi - R. U.) va biri marhumiy Mallaxon. To'plar quydurub, miltiqlar yasab, korxonalar qilib, to'plar uzrasiga kumushlar bila yozuvlar yozub, yaxshi diqqat etkan edi". Shuning uchun ham bu asar nafaqat Qo'qon xonligi, balki, O'rta Osiyo xalqlari tarixini yoritishda muhim va ishonchli manba ekanligi bilan o'z ahamiyatini yo'qotmay kelmoqda.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Adabiyot va san'at, madaniyatni rivojlantirish - xalqimiz ma'naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning O'zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma'ruzasi // Xalq so'zi. 2017. 4 avgust.

2. Vohidova K.A. Ishokxon Ibrat hayoti va ilmiy merosi hakida // NamDU ilmiy axborotnomasi, 2018. 1-son, -B.206-211.

3. Dolimov U. Ishoqxon Ibrat. Tanlangan asarlari. - Toshkent: «Ma'naviyat», 2005. - 200 b.

4. Dolimov U. Isoqxon ibrat. - T.: Sharq, 1994.

5. Ziyoyev H. Istiqlol - ma'naviyat negizi. - T.: Ma'naviyat, 1999. 190 b.

6. Ishoqxon Ibrat nomli jamoa xo'jaligi madaniyat ishlari bo'yicha rais muovini B.Nizomov bilan K.Vohidova tomonidan o'tkazilgan suhbat materiallari. 1994.

7. Ishoqov R. Nizomova J.lar bilan o'tkazilgan suhbat matni. 1994. Mart-aprel; B.Nizomov bilan o'tkazilgan suhbat matni. 1994. Mart; R.Nazarov bilan o'tkazilgan suhbat. 1994. Mart. Suhbatlarni K.A.Vohidova uyushtirgan.

8. Yulchiyev K. Ishokjon Tura Ibrat. O'quv-metodik kursatma. - Fargona, 2018. - 56 b.

10. Sariboyeva M. Ibratning ibratli yuli // NamDU ilmiy axborotnomasi, 2019. 8-son, -B.322-329.

11. Ruknlar O'zbek ziyolilari

12. Internet saytlari

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.