Научная статья на тему '“IRODA” LEKSEMASINING MAXSUS LUG‘ATLARDA BERILISHI'

“IRODA” LEKSEMASINING MAXSUS LUG‘ATLARDA BERILISHI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iroda / qatʼiyat / matonat / sabr / chidam / jasurlik / maʼnaviyat

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Zarina Ashurova

Ushbu maqolada “iroda” umumiy maʼnoli leksemalarning maxsus lugʻatlarda oʻrganilishi tadqiq etildi. Ushbu leksemasining sohaga oid lugʻatlardagi ta’rifi, semantik xususiyatlari va farqlari ta’riflangan. Mazkur leksemaning izohli va maxsus lug‘atlardagi farqlari aks ettirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“IRODA” LEKSEMASINING MAXSUS LUG‘ATLARDA BERILISHI»

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

I 'f^'ífj

% Mí H

OPCTfllRY RESEARCH AGEMENT STUDIES

"IRODA" LEKSEMASINING MAXSUS LUG'ATLARDA

BERILISHI

Ashurova Zarina A'loqul qizi

Navoiy davlat pedagogika instituti

O'zbek tili va adabiyoti fakultet 3-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14025348

ARTICLE INFO

Received: 27th October 2024 Accepted:29th October 2024 Published:30th October 2024

KEYWORDS iroda, qat'iyat, matonat, sabr, chidam, jasurlik, ma'naviyat

ABSTRACT

Ushbu maqolada "iroda" umumiy ma'noli leksemalarning maxsus lug'atlarda o'rganilishi tadqiq etildi. Ushbu leksemasining sohaga oid lug'atlardagi ta'rifi, semantik xususiyatlari va farqlari ta'riflangan. Mazkur leksemaning izohli va maxsus lug'atlardagi farqlari aks ettirilgan.

Tilshunoslikdagi lug'at va uning birliklari, ularga berilayotgan ta'riflar har bir xalqning turmush tarzi, ijtimoiy va siyosiy, madaniy va ma'naviy xususiyatlariga qarab ta'riflanadi, tavsiflanadi hamda shu asosida lisoniy va nutqiy ongda voqelanadi. Ayniqsa, ma'naviyatga oid leksemalarning o'ziga xos xususiyatlari milliy-ma'naviy qadriyatlarimiz asosida o'ziga xos tarzda izohlanadi.

Xususan, har bir leksema uchun asosiy ta'rif "O'zbek tilining izohli lug'ati"da o'ziga xos tarzda

ta'riflanadi.

"Iroda" leksemasi:

1) Insonda mavjud bo'lgan maqsadni yuzaga chiqaruvchi qat'iyat va matonat.

2) Ixtiyor, xohish kabi ma'nolarni ifodalaydi1. Misol: U o'z irodasiga qarshi ish tutishga majbur bo'ldi.

Tilshunoslikda "iroda" leksemasi "O'TIL"dan tashqari quyidagi lug'atlarda o'ziga xos tarzda berilgan. Jumladan, Sh. Rahmatullayev, N.Mamatovning "O'zbek tilining antonimlarining izohli lug'ati", "O'zbek tilining etimologik lug'ati"da hamda mashhur turkiy tilshunos olim Mahmud Qoshg'ariyning "Devoni lug'atit turk" asarlarida bu so'z bilan bog'liq bo'lgan izohlar keltirib o'tilgan.

Xususan, Sh.Rahmatullayev N. Mamatovning "O'zbek tili antonimlarining izohli lug'ati'da "iroda" leksemasi asosida yasalgan so'zlar va uning antonimiga quyidagi izohlar berilgan.

Irodali - irodasi kuchli, to'siqlarni matonat va qat'iyat bilan yenga olishga qodir bo'lib, biror maqsad yo'lida duch kelgan qiyinchiliklarni yenga oladigan qat'iyat bilan kurashadigan fazilatdir.

Misol: Muhiddinqori Yoqubov irodali, harakatchan, xushchaqchaq ajoyib ovozli san'atkor edi. Shuyo'l egilgan qomatingizni ko'taradi. Irodali bo'ling, faqat irodali bo'ling2.

1 A.Madvaliyev, E.Begmatov va boshqalar "O'zbek tilining izohli lug'ati"-Toshkent, 2008-y.

2Sh. Rahmatullayev va N. Mamatov "O'zbek tili antonimlarining izohli lug'ati"-Toshkent, 1989-y. 93-bet

Page 129

Irodasiz - irodasi sust, maqsad sari harakat qila olmaslik, mas'uliyatsizlikdir. Biror maqsad yo'lida duch kelgan qiyinchiliklarni ko'rib chekinadigan xususiyat sanaladi. Tursunboy obraziga xos bo'lgan irodasizlik, qo'rqoqlik illatlari, oZ onasining so'nggi yo'lga kuzata olmaganligiga sabab bo'ldi. G'ulomjon hech kutilmaganda irodasizlikka berilib, hamma narsadan ko'nglisovidi.

O'zbekiston Fanlar Akademiyasi tomonidan nashr etilgan "Falsafa qomusiy lug'at"ida "iroda" leksemasi boshqa lug'atlarga nisbatan keng yoritib berilgan hamda neologizm sifatida unga yangi absalyut sinonim kiritilgan.

"Valyuntarizm (lot. "valuntas"-iroda) falsafa psixologiyadagi oqim. Bu atama 1883-yilda F.Tennies tomonidan muomalaga kiritilgan. Valyuntarizm irodani birlamchi deb e'tirof qiladi. Uni mavjudotning bosh asosi deb uqtiradi. Valyuntarizmnimg yetuk vakili Shopengauerning hodisalar, tasavvurlar asosida yotgan "narsa o 'zidagini" birlamchi, hech nimaga bog'liq bo 'lmagan "olamiy irodadir" deb davo qiladi. Uning fikricha, barcha tirik vujudlarning harakatlantiruvchi kuchi-stixiyali instinktiv xarakterga ega bo 'lishi "yashashga intilish irodasidan iborat". Ongli iroda ko 'r-ko ' rona, instinktiv individual irodaga nisbatan hosiladir. Faylasuf Fixtening fikricha, iroda dunyoning mutlaq ijodiy namunasidir. Hartman nuqtayi nazaridan esa iroda barcha narsada mavjud va har yerda ongsiz ta'sir qiladi. U atamalarni irodaning birligi deb qaraydi. Qomusiy lug'atda valyuntarizm bilan birgalikda iroda tushunchasiga alohida ta'rif berib o 'tilgan"3. Ta'riflardan kelib chiqib bir nechta xulosa qilishimiz mumkin .

birinchidan, har bir leksema ma'lum bir fanning ehtiyojlaridan kelib chiqib ta'riflanadi;

ikkinchidan, izohlanayotgan leksemaning xususiyati o'z va o'zlashgan qatlamga qarab ma'lum farqlarga ega bo'ladi.

"Iroda( arab.-xohish, istak, maqsad) - insonning ma'lum maqsad yo 'lidagi o 'z xatti-harakatini ongli ravishda yo 'naltirib turishi, shu yo 'ldagi qat'iyatliligi, mavjud to 'siqlarni yenga olishga qodir bo 'lgan ruhiy-ma'naviy salohiyat. Iroda inson faoliyatining muhim xususiyati, uning hayot mazmunini belgilab beruvchi muhim omil sanaladi. Irodali odamda maqsad va faoliyat izchilligi kuzatiladi. Oldinga qo 'yilgan maqsadga bilan ishonch "iroda leksemasining muhim kuchi va bosh omilidir."4. "Iroda" leksemasi arab tilidan tarixiy taraqqiyot, madaniy aloqalar natijasida arab tiliga xos bo 'lgan ba'zi jihatlar o ' zgarishga uchrab, iroda leksemasi sifatida tilimizga qabul qilindi. Turkiy tilda yaratilgan bir qator asarlar, qo 'lyozmalarda shaxs ma'naviyatini yuksaltiruvchi so 'z sifatida e'tirof etiladi. Ushbu leksema, asosan, azm-iroda, qat'iyat, matonat, istak, xohish kabi leksemalar bilan yondosh bo 'lib, insonning o 'z faoliyatini maqsad sari intilishni to 'g'ri yo ' naltira olish mahorati sanaladi

Har bir leksemaning semantik taraqqiyoti, jamiyat a'zolarining fikrlashiga va ma'naviy, ruhiy, jismoniy irodasiga bog'liq. Shu nuqtayi nazardan, xalq va millat irodasini shakllantirishga, iroda tarbiyasiga ajdodlarimiz azaldan alohida e'tibor berib qaragan. Irodali bo 'lishni e'tiqodli bo 'lish bilan chambarchas bog'lab, chunki ma'lum bir qarashlar, ta'limotlar, e'tiqodlarning g'oyaviy asosini yaratib beradi. E'tiqodning zaif yoki mustahkamligi, umuminsoniy va milliy manfaatlarga mos kelishi yoki kelmasligi ham irodaning mustahkam bo lib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Alisher Navoiy asarlari mavzu jihatidan rang-barang bo 'lib, shoir asarlarining izohli lug'atida "iroda" tushunchasi ham keltirib o 'tilgan. Asosan, iroda etmoq, iroda aylamoq, xohlamoq, istamoq ma'nolarini beruvchi fe'llari qo 'llanilgan.

B.T.Ataxanov, M.B.Isabayev tomonidan tuzilgan "Fuqarolik jamiyatidan tuzilgan atamalar lug ati" kitobida "iroda" leksemasi quyidagi neologizm bilan qo'llangan va izohlangan.

3 "Falsafa qomusiy lug'at"- Toshkent,2014-y.74-bet.

4 "Falsafiy qomusiy lug'at" -Toshkent, 2004-y. 174-bet

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES à

"Votum( lot.votum-istak, xohish) - vakillik organlari tomonidan hukumatga, uning alohida a'zosiga, boshqa ijro etuvchi organga, ijro etuvchi hokimiyatning mansabdor shaxsiga ishonch yoki ishonchsizlik bildirish"5.

Siyosiy iroda - sub'yektning o 'z faoliyatlari jarayonlarini boshqarishda namoyon bo'ladigan siyosiy qobiliyati. Siyosiy irodaning ongdagi faoliyati harakat maqsadini belgilashda, maqsadga erishish yo 'llarini oldindan aniqlab, ma'lum qarorga kelishda hamda bu qarorni ijro etishda namoyon bo 'ladi.

J. Omonturdiyev va A. Omonturdiyev kabi olimlar tomonidan tuzilgan "Ma'rifiy-irfoniy istilohlarning izohli lug'ati" kitobida "iroda" leksemasi quyidagicha tasniflanadi: "Iroda(irodat)- Allohning subutiy sifatlaridan. Bunda barcha voqeliklar, jumladan inson taqdiri, baxt-u baxtsizligi Allohning xohish-irodasiga bog'liq ekanligi nazarda tutilgan"6. "Iroda" leksemasi bilan bog'liq nazariyalar jamiyatda shaxs va uning ma'naviyati bilan bog'liq barcha sohalarda va unga tegishli so'zlar turlicha izohlar, fikrlar izchil bayon qilib berilgan. "Iroda" leksemasi " Tibbiy atamalar lug'ati"da bir qator tushunchalar bilan ifoda etilgan: Gipersublimasiya- shahvoniy hirsni va unga bo 'lgan qiziqishni iroda kuchi-sport, ijod, ishlab chiqarishga bo 'lgan faollikni oshirish yo 'li bilan turib holatda bosib turish.

Degradasiya - irodaviy tanazzul bo 'lib, aql-idrok, iroda, sezgirlik, eslash vazifasini anglash qobiliyatlarining zaiflashishi bilan o 'tadigan tushkunlik holati.

Negativizm- irodaning spetsifik buzilishlaridan biri. Nofaol negativizmda bemor talab qilinayotgan harakatni bajarmaydi. Faol negativzmda bemor talab qilinayotgan harakatning teskarisini qiladi.

Shizobuliya- bemorda qarama- qarshi iroda moyilliklari va intilish mavjudligi.

Bu tushunchaning "Psixologik atamalar lug'ati"da quyidagicha ta'riflab o 'tilgan:

Iroda - inson psixikasining o ziga xos xususiyati bo lib, insonning o z ruhiyati va xatti-

harakatlarini ongli ravishda boshqara olish qobiliyati sanaladi. Iroda hamma vaqt o 'zini o ' zi

majburlash bilan hosil qilinmaydi. O 'z maqsadiga erish yo 'lida sabr, qat'iyat, chidam, bardosh

va matonat kabi xususiyatlarni o 'z ichiga oladi.

Temperament - odamning o 'ziga xos, psixik, iroda xususiyatlari yig'indisi, uning fiziologik asosini oliy nerv faoliyatining tipini tashkil etadi.

"Harbiy atamalar lug'ati"da "iroda" leksemasi nisbatan keng tushuncha sifatida yoritilgan bo lib, harbiy xizmatchilarning kasb faoliyati davomida naqadar katta ahamiyatga molik ekanligi ta'kidlangan.

LEKSEM A LUG'ATLAR

Iroda Birlashtiruvchi ma'nolar

O'TIL Etimologi Harbiy Fuqarolik Psixologik Ma'rifiy-

k lug 'at lug at jamiyati lug ati lug at irfoniy lug at

Qat'iyat va Xohish va Sabr va Istak, Sabr, bardosh Ma'naviy

matonat istak bardos h xohish va maqsadlili k chidam at, fazilat, qat'iyat

Farq ovchi ma'nolar

ixtiyor,xohi sh Qat'iy xohish va Jasurlik kuch va ishonch , ishonchsizl Ruhiy qobiliyat,sezgirl Allohning subutiy

intilish salohiy ik va ik, aql-idrok sifati

5. B. T.Atabayev va M.B.Isabayev "Fuqarolik jamiyatidan tuzilgan atamalar lug'ati"-Toshkent, 2016-y. 312-bet.

6. J. Omonturdiyev va A.Omonturdiyev "Ma'rifiy-irfoniy istilohlarning izohli lug'ati"-Toshkent, 2014-y. 55-bet

at siyosiy jarayon

Adabiyotlar

1. Sh Rahmatullayev va N. Mamatov. "O'zbek tili antonimlarining izohli lug'ati". - Toshkent, 1989 y. - B.

2.Sh.Rahmatullayev "O'zbek tilining etimologik lug'ati" -Toshkent, 2003-y.-B

3. A.Hojiyev, A.Nurmonov va boshqalar." Hozirgi o'zbek tili faol so'zlarining izohli lug'ati"-Toshkent, 2001-y.

4. Alisher Navoiy Qomusiy lug'at -Toshkent, 2016-y.

5. Falsafa Qomusiy lug'at -Toshkent, 2004-y.

6. Psixologiya izohli lug'at -Toshkent, 2006-y.

7. A.Usmonxodjayev, O'. Abilov va boshqalar "Tibbiy atamalar lug'ati"-Toshkent, 2022-y.

8. J.Omonturdiyev va A. Omonturdiyev "Ma'naviy-irfoniy istilohlarning izohli lug'ati"-Toshkent, 2014-y.

9.B.T.Atabayev va M.B.Isabayev "Fuqarolik jamiyatidan tuzilgan atamalar lug'ati" -Toshkent, 2016-y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.