Научная статья на тему 'IQTISОDIYОTNING BАRQАRОR О'SISHIDА, АYОLLАR TАDBIRKОRLIGI XUSUSАN INNOVАTSIОN TАDBIRKОRLIKNING О'RNI'

IQTISОDIYОTNING BАRQАRОR О'SISHIDА, АYОLLАR TАDBIRKОRLIGI XUSUSАN INNOVАTSIОN TАDBIRKОRLIKNING О'RNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
6
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gender tengligi / аyоllаr tаdbirkоrligi / rаqаmli iqtisоdiyоt / texnоlоgik rivоjlаnish / iqtisоdiy о'sish / mоliyаviy inklyuziyа / аyоllаr yetаkchiligi / bаrqаrоr rivоjlаnish / iqtisоdiy imkоniyаtlаrni kengаytirish

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Abduaxatova Madina Zokir Qizi

Iqtisоdiyоtning bаrqаrоr о'sishidа аyоllаr tаdbirkоrligi, innovаtsiоn tаdbirkоrlikning imkоniyаtlаrini kengаytirаdi vа аyоllаrning iqtisоdiy fаоlligini оshirishgа imkоn yаrаtаdi. Yаngi О'zbekistоn shаrоitidа аyоllаr tаdbirkоrligini qо'llаb-quvvаtlаsh milliy iqtisоdiyоtning bаrqаrоr rivоjlаnishigа kаttа hissа qо'shаdi. Ushbumаqоlа аyоllаr tаdbirkоrligini vа innovаtsiоn tаdbirkоrlikni rivоjlаntirishning аsоsiy tаmоyillаri vа yо'nаlishlаrini tаhlil qilаdi, ulаrning yuzаgа kelаyоtgаn muаmmоlаri vа imkоniyаtlаrini о'rgаnаdi hаmdа siyоsiy tаvsiyаlаr berаdi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IQTISОDIYОTNING BАRQАRОR О'SISHIDА, АYОLLАR TАDBIRKОRLIGI XUSUSАN INNOVАTSIОN TАDBIRKОRLIKNING О'RNI»

ARTICLE INFO

IQTISODIYOTNING BARQAROR O'SISHIDA, AYOLLAR TADBIRKORLIGI XUSUSAN INNOVATSION TADBIRKORLIKNING O'RNI.

Abduaxatova Madina Zokir qizi

"PROFI UNIVERSITY" "Iqtisodiyot" fanlari o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.14055764

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01- Noyabr 2024 yil Ma'qullandi: 05- Noyabr 2024 yil Nashr qilindi: 07- Noyabr 2024 yil

KEYWORDS

gender tengligi, ayollar tadbirkorligi, raqamli

iqtisodiyot, texnologik

rivojlanish, iqtisodiy o'sish, moliyaviy inklyuziya, ayollar yetakchiligi, barqaror

rivojlanish, iqtisodiy

imkoniyatlarni kengaytirish

Iqtisodiyotning barqaror o'sishida ayollar tadbirkorligi, innovatsion tadbirkorlikning imkoniyatlarini

kengaytiradi va ayollarning iqtisodiy faolligini oshirishga imkon yaratadi. Yangi О'zbekiston sharoitida ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga katta hissa qo'shadi. Ushbu maqola ayollar tadbirkorligini va innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy tamoyillari va yo'nalishlarini tahlil qiladi, ularning yuzaga kelayotgan muammolari va imkoniyatlarini o'rganadi hamda siyosiy tavsiyalar beradi.

Bugungi kunda dunyo iqtisodiyotida sezilarli o'zgarishlar yuz bermoqda. Ushbu o'zgarishlarning eng muhim sabablaridan biri bu yangidan yangi innovatsiyalar ya'ni to'rtinchi sanoat inqilobi va raqamli texnologiyalarning keng tarqalishidir. Sun'iy intellekt (artificial intelligence), nanotexnologiya, bulutli hisoblash (cloud computing) kabi tushunchalar hayotimizga kirib kelmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, 2021 yilda dunyo aholisining 62,5 foizi, rivojlangan davlatlarning esa 90,3foizi internetdan foydalanadi[28].

Barcha sohalar va faoliyat turlari zamonaviy texnologiyalar asosida bosqichma-bosqich o'zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Shu jumladan, mamlakatimizdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektori ham raqamli iqtisodiyot sharoitida jadal tusda rivojlanmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda raqamli iqtisodiyot hamda elektron hukumatni joriy qilish masalalari bo'yicha o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida ham avvalo aholi eng ko'p to'qnash kelayotgan sohalarni raqamlashtirish, odamlarning og'iriniyengil qilish zarurligini ta'kidlandi[1].

Iqtisodiyotdagi transformatsiya jarayonlarida yangicha usulda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari shakllanmoqda. Iqtisodchi olim S.Degrisning fikricha, bu yangiliklarningquyidagi asosiy uch komponenti mavjud[2]:

a) va yuqori tezlikdagi tarmoqlarning rivojlanishi;

b) tijorat maqsadlarida yaratilgan ulkan miqyosdagi internet-platformalar natijasida shakllangan katta ma"lumotlar(big data);

c) istalgan vaqtda va istalgan joyda internetga kirish imkonini beruvchi zamonaviy mobil qurilmalar - mobil telefonlar, planshetlar va h.k..

Bugun siz 1975 yilda 5 million dollar turgan superkompyuter quvvatiga ega smartfonni 400 dollarga sotib olishingiz mumkin. Ushbu uch yo'nalishning ijtimoiy-iqtisodiy ta'sirida so'nggi yillarda masofalar yaqinlashib chegaralar qisqardi, ya'ni ish joyi, dam olish maskani yoki uy degan qafiy taqsimot yo'qolib bormoqda. Ayniqsa, ayollar tadbirkorligining rivoj topishiga raqamlashtirish ikki taraflama hissaqo'shadi. Birinchidan, uy ishlarida zarur bo'lgan zamonaviy texnologiyalar, yangi ixtirolar asosida xotin-qizlarning bo'sh vaqtlari ko'paymoqda, ikkinchidan esa internet tarmoqlari va online xizmatlar (ayollar uchun qulay bo'lgan moslashuvchan kun tartibi bilan ham) tadbirkorlik faoliyatini yuritishni osonlashtiradi.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, har bir mamlakat tadbirkor ayollar qatlamini kengayishini rag'batlantirish orqali milliy farovonligi va raqobatbardoshligiga sarmoya kiritishi mumkin.Hozirgi kunda tadbirkor ayollar dunyoda faol o'sishga yo'naltirilgan barcha tadbirkorlarning uchdan bir qismini tashkil qiladi[4]. Shuni ta'kidlash joizki, ayollar tadbirkorligi rivojlangan mamlakatlarga qaraganda rivojlanayotgan mamalakatlar ko'pdir[5]. Ushbu taqdiqotda biz turli mamlakatlardagi ayollarning biznesdagi ulushini tahlil qilishni va bunga raqamlashtirishning ta'sirini aniqlashni maqsad qildik.

XXI asrda ko'pgina hukumatlar, shu jumladan O'zbekiston ham gender masalalariga e'tibor qaratib boshladi. Mamlakatda ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlovchi bir qancha dasturlar va imtiyozlar yo'lga qo'yilgan[6]. Biroq, raqamlashtirish jarayonlari ayollarning tadbirkorlik faoliyatiga juda katta ta'sir etmayotganligini ularning an'anaviy faoliyatni afzal ko'rishidan ham bilib olish mumkin. Tadqiqotda iqtisodiyotning barqaror o'sishida ayollar tadbirkorligi xususan innavatsion tadbirkorlikning rivojlanishi ayollarga tegishli bizneslar sonining ko'payishiga qimmatli hissa qo'shishi mumkin degan gipoteza ilgari surildi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.

O'tgan asrda tadbirkorlik bo'yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar biznesda ayollar va erkaklar bir xil xususiyatga ega degan fikrni ilgari surgan, ammo bu qarash hozirgi kunda xato ekanligi isbotlangan[7]. 1970 yildan boshlab tadbirkorlikning gender jihatlariga e'tibor qaratila boshlandi.

1976 yilda Shvarts[8] tomonidan ayollar tadbirkorligi haqidagi ilk ilmiy maqola nashr qilindi. Keyinchalik butun dunyoda ushbu mavzu bo'yicha ko'plab tahliliy ishlar va siyosiy chiqishlar qilindi. Avvaliga ilmiy ishlar tadbirkor ayol tushunchasiga[18, 19] yoki ularni erkak tadbirkorlar bilan solishtirishga[20, 21] qaratilgan bo'lsa, keyinchalik ayollarning tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga va muvaffaqiyatli yuritishiga ta'sir etuvchi omillar haqidagi tadqiqotlar ommalashdi[9, 11, 12]. So'nggi tadqiqotlarda olimlar raqamli iqtisodiyotning ayollar biznesini boshlashiga ta'sirini ham tadqiq qila boshladilar[22, 23, 24].

G'arb adabiyotlarida tadbirkor ayol tushunchasi birinchi marta tijorat korxonasini yurituvchi, tashkil etuvchi va boshqaruvchi ayol sifatida tavsiflangan. Hozirda xotin-qizlar tadbirkorligi iqtisodiyotga katta ijobiy ta'sir ko'rsatishi chuqur anglab yetilayotgani bu sohaga jiddiy e'tibor qaratilishiga sabab bo'lmoqda. Ayollar tadbirkorligi ham shaxslar, ham jamoalar, shuningdek, mamlakatlar uchun ham muhim ahamiyatga ega.

A.Abritalinaning fikricha, ayollarning ish o'rinlari yaratish, iqtisodiy o'sish va boylik to'plashda milliy iqtisodiyotga qo'shgan hissasi nihoyatda katta va hozirda hech kim bunga shubha qilmayapti. Bundan tashqari, ayollarning tadbirkorlik faolligi yuqori bo'lgan davlatlar

moliyaviy inqirozlarga nisbatan himoyalanish darajasi kuchliroq va iqtisodiy pasayish ehtimoli kamroqdir. [10].

Metodologiya

Ushbu tadqiqot uchun aralash usullar qo'llanildi. Birinchi bosqichda statistik ma'lumotlar va milliy hisob-kitoblar tahlil qilindi. Ikkinchi bosqichda ayollar tadbirkorligi bo'yicha intervyu va fokus-guruhlar tashkil etildi. Uchinchi bosqichda esa muvaffaqiyatli ayollar tadbirkorlari misollari o'rganildi. Ushbu usullar orqali ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda duch kelinayotgan muammolar va imkoniyatlar aniqlanadi.

Taxlil va natijalar.

Ayollar tadbirkorligining o'sish sur'atlari va shakllari turli mamlakatlarda turlicha ekanini kuzatish mumkin. Ularni har doim ham daromad darajasi yoki madaniy jihatdan farqlar bilan tushuntirib bo'lmaydi[4]. So'nggi yillarda ayollar tomonidan yangi biznes faoliyatini shakllantirish darajasi bir qator mamlakatlarda (masalan AQSHda) erkaklarnikidan sezilarli darajada oshdi[13]. Xuddi shunday tendensiyalar rivojlanayotgan dunyoda ham kuzatilayotganiga qaramay, ayollar hali ham erkaklarga qaraganda kamroq korxonalarga egalikqilishda va ularni boshqarishda davom etmoqdalar [14].

1-rasmda 2Q14-2Q18 yillar oralig^ida ayoIIarga tegishli boIgan yangi tashkil etilgan MChJIar (Mas'uIiyati cheklangan jamiyatlarjning barcha MCHJIardagi ulushining 5ta mamIakatlar ^'rsatkichlari o'rtasidagi farqlar ^'rsatilgan.

35,0%

30,0%

25,0%

20,0%

15,0%

10,0%

5,0%

0,0%

. I

ъ

14

niya

iya

Daniya Germa Malayz Turkiy BAA

20

18,3% 15,0% 31,0% 11,8% 9,

2017

18

2015 20

16

20,0% 20, 1%

15,0% 14, 7%

29,8% 29, 9%

9,7% 8,8

%

10,0% 8,7

%

1-rasm. Dunyoning 5 mamlakatida ayol biznes egalarining ulushi (yangi tashkil etilgan MChJegalari orasida).

20,2% 14,8% 29,3% 16,0% 9,7%

20

20,5% 14,6% 28,8% 16,6% 8,8

7%

%

Umuman olganda, deyarli barcha mamlakatlarda tadbirkor ayollar ulushining barqarorligini ko'rish mumkin. Malayziya tahlil davrida biroz pasayish tendensiyalari kuzatilganiga qaramay, ayol biznes egalarining eng yuqori ulushini ko'rsatdi. Germaniya va Birlashgan Arab Amirliklarida ishbilarmon ayollar son jihatdan ko'paygan, ammo umumiy tadbirkorlar sonidagi ulushida biroz pasayish tendensiyasi kuzatildi. Turkiya o'zining 2017 yildagi nisbatan keskin o'sish ko'rsatkichi bilan ajralib turmoqda.

O'zbekistonga kelsak, 2018 yilda ayollarga tegishli firmalar ulushi 21,9 foizni tashkil etdi. Bu ko'rsatkich bo'yicha ba'zi yillardagi ma'lumotlar yuritilmagani va global indikatorlardan biroz farq qilgani sababli maqolada tadbirkor ayollar bo'yicha olib borilgan tahlillarda foydalana olmadik. Mamlakatdagi hozirgi holatga to'xtalsak, 2021-yil yakuniga ko'ra, O'zbekistonda xotin- qizlar rahbarlik qilayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 36 472 tani, faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning umumiy sonidagi ulushi esa 11,3 foizni tashkil qildi. Shuningdek, 2021 yilda ayollar egalik qilayotgan firmalar ulushi 38 %ni tashkil qilmoqda[15].

Ma'lumotlarning ishonchliligi va to'liqligidan kelib chiqqan holda 8 tasi tadqiqot uchun tanlab olindi. Tadqiqot doirasidagi mamlakatlarning har biri bo'yicha korrelyatsiya matritsasi tuzildi va ayollar boshchiligidagi korxonalar soni va raqamlashtirish o'zgaruvchilari o'rtasidagi bog'liqlik aniqlandi.

1-jadvalda raqamli iqtisodiyotning har bir elementi bilan tadbirkor ayollar soni o'rtasidagi munosabatni ifodalovchi koeffitsientlar keltirilgan. Korrelyatsiya 5 ta davlat holatida baholangani bois, ko'rsatkichlar o'rtasidagi munosabat zichligini aniqroq tahlil qilish imkonini berdi.

1-jаdvаl Tаhlil dоirаsidаgi rаqаmlаshtirish kоmpоnentlаrining аyоl tаdbirkоrlаr sоni bitan kоrrelyаtsiyа kоeffitsientlаri

■ x1 x2 + x3 # x4 ■ x5 P x6 x7 x8

Daniya 0.84 0939 0.99 1878 0.99242 0.97 0998 0.96 2904 0.39171 0.95 6231 0.2575

Germani ya 0.04943 0.95 4927 0.98738 0.05 4819 0.93 9179 0.63 659 0.94 5103 0.21 6997

Malayzi ya 0.02979 0.07355 0.51 7452 0.03624 0.47 4902 0.24096 0.32 7782 0.73 9029

Turkiya 0.88 8808 0.88 6726 0.33439 0.88 0371 0.83 9523 0.93 3912 0.90 3458 0.80 3072

BAA 0.88 5305 0.99 2224 0.46 2258 0.93 3664 0.82 7485 0.53 8348 0.75 643 0.84 4097

Daniyada tadbirkor ayollar sonining x2, x4, x5 va x7 bilan juda kuchli ijobiy bog'langanligini ko'rishimiz mumkin. Shuningdek, jadvaldagi x3ning -0,99 korrelyatsiya koeffitsienti, bu ko'rsatkichning Daniyadagi ayol tadbirkorlar soni bilan kuchli salbiy munosabatidan dalolat beradi.

Tahlilda Germaniyadagi ayol tadbirkorlar soni bilan x1 va x4 orasida bog'liqlik mavjud emasligi aniqlandi. x2, x5 va x7 kabi ko'rsatkichlar esa mustaqil o'zgaruvchi bilan ijobiy va

kuchli munosabatlarni tavsiflaydi. Mazkur mamlakatdagi raqamlashtirish ko'rsatkichlari orasida tadbirkor ayollar soni bilan eng kuchli salbiy bog'liqlik x3 da namoyon bo'ldi.

Malayziyada esa ayollar tadbirkorligi mahalliy raqamli iqtisodiyot bilan sust bog'liqlikka egaligi malum bo'ldi. Ammo bu yerda x8 ko'rsatkichi yuqorida tahlil qilingan mamlakatlarga qaraganda Y bilan ijobiy va yaxshi korrelyatsiyani ko'rsatmoqda. Bundan tashqari, Malayziyadax3 boshqa 4 davlatga qaraganda Y bilan eng ijobiy munosabatlarga ega.

Turkiya boshqa tanlangan mamlakatlardan o'zgaruvchilar o'rtasidagi barqaror va ijobiy korrelyatsiya bilan ajralib turdi. x3dan tashqari barcha ko'rsatkichlarning korrelyatsiyasi 0,80 dan 0,99 gachaligi ular o'rtasidagi kuchli ijobiy munosabatdan dalolat beradi.

Jadvaldan Birlashgan Arab Amirliklarida ayollar tadbirkorligi va raqamlashtirish o'rtasida to'liq ijobiy bog'lanishni ko'rish mumkin, lekin yuqorida tilga olingan mamlakatlardek kuchli korrelyatsiya aniqlanmadi. Ayollarga tegishli bo'lgan korxonalarning eng yuqori bog'liqligi x2 vax4 koeffitsientlari bilan namoyon bo'ldi.

Umuman olganda, x2, x5 va x7 ko'rsatkichlar ayollar tadbirkorligi bilan eng yuqori korrelyatsiya darajasiga ega ekanligi aniqlandi. Bundan tashqari, shakllangan jadvalda x1 va x4 ham Y bilan yaxshi munosabati ko'rsatilgan.

Ayollar tadbirkorligi global jamiyatning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo'lib, ularning iqtisodiyotdagi roli va faoliyati katta e'tibor chekadi. Hozirgi zamonning talabalik, ish, va ijtimoiy rivojlanish jarayonlarida, ayollar tadbirkorligi xavfsiz, samarador va innovatsion yondashuvni ko'rsatmoqda. Bu maqolada, ayollar tadbirkorligini rivojlantirishning bir necha muhim yo'nalishlarini tahlil qilamiz.

Ta'lim va o'qitish: Ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda ta'lim va o'qitish sohasi muhim ahamiyatga ega. Ayollar tadbirkorlikni o'rganish, innovatsion yondashuvni rivojlantirish, yangi texnologiyalarni o'rganish va ularni biznesda amalga oshirishda muhimdir. Ayollar uchun maxsus biznes maktablarining tashkil etilishi, ularga mentoring va coaching kurslari tashkil etilishi kerak.

Huquqiy muamolalar va maslahatlashish: Ayollar tadbirkorligi sohasida huquqiy muamolalar va maslahatlashishning muhim roli bor. Ayollar biznesda muomalalar va sherikliklar bo'yicha bilim va tajribalarini rivojlantirish uchun huquqiy muamolalar bo'yicha kurslar, loyihalar tashkil etilishi kerak. Maslahatlashish va mentorlikning ko'paytirilishi, ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda samarador usul bo'ladi.

Moliya va investitsiyalar: Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun moliya va investitsiyalar muhimdir. Ayollar biznesidagi investitsiyalar, kapitalni jalb qilish, kreditlarni olish va investitsiya portfeli boshqarish bo'yicha bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishga yo'l qo'ymoq kerak. Davlat va xususiy sektorlar ayollarga investitsiyalarni oshirish uchun qo'llanmalar va dasturlar yaratishga e'tibor berishi kerak.

Teknologiyalar va innovatsiyalar: Ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda innovatsiyalar va yangi texnologiyalar muhim ahamiyatga ega. Ayollar uchun maxsus innovatsion markazlar, texnologiyalar bo'yicha kurslar va dasturlar tashkil etilishi, ularni yangi texnologiyalarni o'rganish va ularni biznesda qo'llashda o'rtacha davom etishi kerak.

Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish: Ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish muhimdir. Ayollar

uchun biznes tashkilotlarida barqaror, inkluziv va qo'llanmalar muhitini yaratishga yordam beruvchi dasturlar va qo'llanmalar tashkil etilishi kerak.

Bu yo'nalishlar, ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda asosiy yo'nalishlar hisoblanadi. Bu yo'nalishlar ustida amal qilish, ayollar tadbirkorligi va iqtisodiyotning umumiy rivojlanishiga e'timadli ta'sir ko'rsatadi. Huquqiy muamolalar va maslahatlashish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda cheklangan ro'lini o'z ichiga oladi. Bu bo'yicha kurslar va loyihalar tashkil etish, maslahatlashish va mentorlikning ko'paytirilishi, ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda samarador usul bo'ladi.

O'zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi xotin-qizlarni yanada ko'paytirish maqsadida "Bizneschi ayollar" dasturi qabul qilinib, uning doirasida 8 trillion so'm mablag'yo'naltirilishi hukumat qarorlari bilan belgilab qo'yilgan. Shuningdek, joriy yilda ipoteka kreditlari bo'yicha beriladigan subsidiyalarning 40 foizi xotin-qizlar uchun ajratiladi. Bu muhtoj ayollarni 12 mingta qulay uy-joy bilan ta'minlash imkoniyatini beradi. Bunday keng ko'lamli ishlar ijrosi uchun davlat budjetidan 15 trillion so'm mablag'yo'naltiriladi. Davlatimiz rahbari tomonidan ayollarni ijtimoiy himoya qilish masalalarigaalohida e'tibor qaratib, 2022-yil 1-sentyabrdan xususiy sektorda rasmiy ishlayotgan ayollarga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan to'lash tizimini yo'lga qo'yish bo'yicha ko'rsatma berildi. Bu maqsadlar uchun joriy yilda byudjetdan 200 milliard so'm, 2023-yilda esa 1 trillion 700milliard so'm yo'naltirilishi qayd etildi.

2022-2024-yillar uchun "Biznes ayollar" dasturi qabul qilinishi belgilandi. Uning ijrosiga jami 8 trillion so'm yo'naltiriladi. Ayollar uchun tadbirkorlik kurslaritashkil etiladi, imtiyozli kreditlar beriladi.Davlatimiz rahbari ehtiyojmand xotin-qizlar bandligini ta'minlagan tadbirkorlarni ham qo'llab-quvvatlash zarurligini ta'kidladi. Ular uchun ko'plab soliq va savdo imtiyozlari belgilandi.Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatidagi ishbilarmonlik ko'nikmalarini shakllantirish, salohiyatini oshirish va ularning orzu-umidlarini ro'yobga chiqarish yo'lida davlatimiz tomonidan keng ko'lamli islohotlar amalga shirilmoqda. Bundan maqsad, ayollarni qo'llab quvvatlash, ularni ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarda rolini yanada oshirish, ishsizlikni kamaytirishdan iboratdir.

XULОSА VА TАKLIFLАR

Ayollar tadbirkorligi sohasida huquqiy muamolalar va maslahatlashish ahamiyati juda yuqori. Huquqiy muamolalar, ayollarni biznesda muomalalar, sherikliklar va shaxsiy huquq tushunchalari bo'yicha bilim va tajribalarni rivojlantirishda katta ro'l o'ynaydi. Bu yo'l bilan, ayollar o'zlarini muvaffaqiyatli biznes insonlari sifatida ko'paytirishadi.

Maslahatlashish va mentorlik, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun juda muhim. Bu maslahatlar ayollar uchun yo'l ko'rsatish, muammolarni hal qilish va biznesda yangi yo'l ochishda yordam beradi. Bu jarayonni ko'paytirish uchun, kurslar, loyihalar va mentorlik dasturlari tashkil etilishi kerak. Huquqiy muamolalar va maslahatlashishning muhim roli ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda kengaytirilishi kerak.

Bu yo'l bilan, ayollar o'zlarini rivojlantirish va biznesda muvaffaqiyatga erishishlarini ta'minlashadi. Jumladan, iqtisodiyotda band bo'lgan xotin-qizlarimizning ulushi 60 foizga yetgani xamda yuksak ma'naviyatli va ma'rifatli, namunali odobi va tarbiyasi bilan e'tirof etilgan onalarimizning izdoshlari bugun davlat va jamiyat qurilishida, ishlab chiqarishda, ilmfan, madaniyat, tibbiyot, ta'lim va hatto harbiy sohada xizmatlari beqiyos.

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH IF = 5.441 ,

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning mavqeini yanada yuksaltirish, ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, yurtimizda olib borilayotgan islohotlarda ular faolligini ta'minlashning asosiy omili xisoblanadi. Minglab ayollarimiz tadbirkorlik sohasining turli yo'nalishlarida ishlab chiqarish korxonalarini ochib, xotin-qizlar uchun yangi ish o'rinlari yaratayotganligini alohida qayd etish maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 22-sentyabr kuni tarmoq va hududlarda raqamli iqtisodiyot hamda elektron hukumatni joriy qilish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishidagi nutqi URL: https://yuz.uz/uz/news/prezident-raqamli-iqtisodiyotsiz-mamlakat-iqtisodiyotining-kelajagi-yoq

2. Degryse C. Digitalisation of the economy and its impact on labour markets. Work- ingPaper. URL: http://ssrn.com/abstract=2730550.

3. Malik, P. (2017). Gendering digital entrepreneurship: from research to practice using a tensional lens. ProQuest Dissertations Publishing: Purdue University http://docs.lib.purdue.edu/dissertations/AAI10266070/

4. GEM Report. Women's Entrepreneurship 2020/21: Thriving Through Crisis.

5. Minniti, M., Allen, E. and Langowitz, N. (2006) The 2005 Global Entrepreneurship Monitor Special Topic Report: Women in Entrepreneurship. Center for Women Leader-ship, Babson College. Babson Park, MA.

6. O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi URL: https://lex.uz/en/search/ext?okoz=6806

7. Minniti, M. (2009) Gender issues in entrepreneurship. Foundations and Trends in Entrepreneurship 5(7-8): 497-621.

8. Schwartz, E. (1976). Entrepreneurship: A new female frontier. Journal of Contemporary Business, 5, 47-76

9. Ahl, H., & Nelson, T. (2010). Moving forward: Institutional perspectives on gender and entrepreneurship. International Journal of Gender and Entrepreneurship, 2, 5-9.

10. A6pHTa^HHa, A.C. ^eHCKoe npegnpHHHMaTe.flbCTBo: сoцнa^bнo-экoнoмннескне mothbm H ^aKTopbi: ^нссертaцнн KaHgugaTa сoцнo^oгннескнх HayK: 22.00.03. - CapaToB, 2006. - 153 c

11. Gundry, L. K., Ben-Yoseph, M., & Posig, M. (2002). Contemporary perspectives on women's entrepreneurship: a review and strategic recommendations. Journal of Enterprising Culture, 10, 67-86

12. Brush, C. G., de Bruin, A., & Welter, F. (2009). A gender-aware framework for women's entrepreneurship. International Journal of Gender and Entrepreneurship, 1, 8-24.

13. CWBR - Center for Women's Business Research. (2004) Women Owned Businesses in 2004: Trends in the U.S. and 50 States. Washington D.C: Center for Women's Business Research.

14. Maria Minniti and Wim Naude. What Do We Know about the Patterns and Determinants of Female Entrepreneurship across Countries? European Journal of Development Research Vol. 22,

15. O'zbekiston Respublikasi statistika qo'mitasi. Ayollar egalik qilayotgan firmalar ulushi. URL: https://stat.uz/en/press-releases/17513-2022

Volume 2, Issue 11, November 2024

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH IF = 5.441 ,

16. Terjesen, S., & Lloyd, A. (2015). The 2015 Female Entrepreneurship Index. Report. The Global Entrepreneurship and Development Institute (GEDI). https://thegedi.org/research/womensentrepreneurshipindex/.

17. World Bank. Gender Statistics - World Bank DataBank https://databank.worldbank.org/source/gender-statistics

18. Birley, S., Moss, C. and Saunders, P. (1987) Do women entrepreneurs require different training? American Journal of Small Business 12(1): 27-35.

19. Holmquist, C. and Sundin, E. (1988) Women as entrepreneurs in Sweden: Conclusions from a survey. Frontiers of Entrepreneurship Research 1988: 626-642.

20. Sexton, D.L. and Kent, C.A. (1981) Female executives and entrepreneurs: A preliminary comparison. In: K.H. Vesper (ed.) Frontiers of Entrepreneurship Research. Bos-ton, MA: Babson College, pp. 40-55.

21. Masters, R. and Meier, R. (1988) Sex differences and risk-taking propensity of entrepreneurs. Journal of Small Business Management 26(1): 31-35.

22. Kamberidou, I. (2020). "Distinguished" women entrepreneurs in the digital economy and the multitasking whirlpool. Journal of Innovation and Entrepreneurship. https://link.springer.com/article/10.1186/s13731-020-0114-y

Volume 2, Issue 11, November 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.