Научная статья на тему 'AYOLLAR VA YOSHLARNI BIZNESGA JALB QILISNING AMALIY STRATEGIYALARI'

AYOLLAR VA YOSHLARNI BIZNESGA JALB QILISNING AMALIY STRATEGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
20
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Conferences
Область наук
Ключевые слова
maxsus o‘quv kurslar / notijorat tashkilot / tadbirkorlik / biznes / gender tengsizlik / uzoq muddatli kredit / ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish / xorij tajribasi / iqtisodiy o‘sish / moliyaviy erkinlik / special educational courses / non-profit organization / entrepreneurship / business / gender inequality / long-term credit / socio-economic growth / foreign experience / economic growth / financial freedom

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Asila D. Xaydaraliyeva

Bugungi kunda yosh ayol-qizlarning shaxsiy biznes va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi davlat siyosatining ajralmas bir qismiga aylanib ulgurdi. Buning natijasida mamlakatda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratilishiga, yoshlarning bandligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi. Ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlagan holda amaliy yordam ko‘rsatishni davlat asosiy vazifalari qatoriga qo‘ygan. Ushbu maqolada biznes va tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan yosh xotin-qizlarning bugungi faoliyati, orttirgan tajribalari va ushbu jarayonda duch keladigan qiyinchiliklar, xorijiy davlatlardagi ayollar faoliyati va izlanuvchilarning tadqiqotlari haqida ma’lumot beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRACTICAL STRATEGIES FOR ENGAGING WOMEN AND YOUTH IN BUSINESS

Today, the establishment of private business and entrepreneurial activity by young women has become an integral part of state policy. As a result of this, additional opportunities aimed at creating additional jobs and ensuring employment of young people were created in the country. Supporting their activities, providing practical assistance is one of the main tasks of the state. This article provides information about today's activities of young women who have established business and entrepreneurship, the experiences they have gained and the difficulties they face in this process, the activities of women in foreign countries and the researches of researchers.

Текст научной работы на тему «AYOLLAR VA YOSHLARNI BIZNESGA JALB QILISNING AMALIY STRATEGIYALARI»

DOI: https://doi.org/10.24412/cl-36892-2024-48-376-382

Pages: 376-382

SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS

4th INTERNATIONAL CONFERENCE

AYOLLAR VA YOSHLARNI BIZNESGA JALB QILISNING AMALIY

STRATEGIYALARI

Asila D. Xaydaraliyeva

talaba

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Toshkent, O'zbekiston E-mail: xaydaraliyevaasila2 @gmail. com

MAQOLA HAQIDA

Kalit so'zlar: maxsus o'quv kurslar, notijorat tashkilot, tadbirkorlik, biznes, gender tengsizlik, uzoq muddatli kredit, ijtimoiy-iqtisodiy o'sish, xorij tajribasi, iqtisodiy o'sish, moliyaviy erkinlik

Annotatsiya: Bugungi kunda yosh ayol-qizlarning shaxsiy biznes va tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yishi davlat siyosatining ajralmas bir qismiga aylanib ulgurdi. Buning natijasida mamlakatda qo'shimcha ish o'rinlarini yaratilishiga, yoshlarning bandligini ta'minlashga qaratilgan qo'shimcha imkoniyatlar yaratildi. Ularning faoliyatini qo'llab-quvvatlagan holda amaliy yordam ko'rsatishni davlat asosiy vazifalari qatoriga qo'ygan. Ushbu maqolada biznes va tadbirkorligini yo'lga qo'ygan yosh xotin-qizlarning bugungi faoliyati, orttirgan tajribalari va ushbu jarayonda duch keladigan qiyinchiliklar, xorijiy davlatlardagi ayollar faoliyati va izlanuvchilarning tadqiqotlari haqida ma'lumot beriladi.

PRACTICAL STRATEGIES FOR ENGAGING WOMEN AND YOUTH IN BUSINESS

Asila D. Khaydaraliyeva

student

National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek Tashkent, Uzbekistan E-mail: khaydaraliyevaasila2 @gmail. com

ABOUT ATRICLE

Key words: special educational courses, non-profit organization, entrepreneurship, business, gender inequality, long-term credit, socioeconomic growth, foreign experience, economic growth, financial freedom

Abstract: Today, the establishment of private business and entrepreneurial activity by young women has become an integral part of state policy. As a result of this, additional opportunities aimed at creating additional jobs and ensuring employment of young people were created in the country. Supporting their activities, providing practical assistance is one of the main tasks of the state. This article provides information about today's activities of young women who

have established business and entrepreneurship, the experiences they have gained and the difficulties they face in this process, the activities of women in foreign countries and the researches of researchers.

ПРАКТИЧЕСКИЕ СТРАТЕГИИ ПРИВЛЕЧЕНИЯ ЖЕНЩИН И МОЛОДЕЖИ К

БИЗНЕСУ

Асила Д. Хайдаралиева

студент

Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека

Ташкент, Узбекистан E-mail: khaydaraliyevaasila2 agmail. com

О СТАТЬЕ_

Аннотация: Сегодня налаживание частного бизнеса и предпринимательской деятельности молодыми женщинами стало неотъемлемой частью государственной политики. В результате этого в стране созданы дополнительные возможности, направленные на создание дополнительных рабочих мест и обеспечение занятости молодежи. Поддержка их деятельности, оказание практической помощи - одна из главных задач государства. В данной статье представлена информация о сегодняшней деятельности молодых женщин, основавших бизнес и предпринимательство, полученном ими опыте и трудностях, с которыми они сталкиваются в этом процессе, деятельности женщин в зарубежных странах и исследованиях исследователей._

Kirish. Ayolga hurmat, uni e'zozlash- xalqning bugungi va ertangi kuniga, kelajak avlodga bo'lgan e'tiborni namoyon etadi. So'nggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar, yoshlar masalasida jamiyatda gender tengligini ta'minlash, ular uchun munosib mehnat va turmush sharoitini yaratish, bilim va salohiyatini oshirish kabilarni ta'minlovchi tizimlar yaratildi. Ularning har jabhada faolligini oshirishni davlat oliy maqsadlari qatoriga qo'ydi. Bu kabi shart-sharoitlarga javoban xotin-qizlar o'z iqtidorini namoyon etmoqdalar. Ushbu maqolada yosh xotin-qizlarning mardonovor boshlagan biznes va tadbirkorlik faoliyati, xorijiy oliygohlarda Prezident tashabbusi bilan ta'lim olayotgan yoshlarning faoliyati, ularning harakatiga turtki bo'lgan amaliy strategiyalar haqida ma'lumot beriladi.

Asosiy qism. Mamlakatimizda yangi O'zbekistonni barpo etishdek ulug' maqsadga erishish yo'lida asosiy tayanchimiz bo'lgan harakatchan xotin-qizlarga, yoshlarga e'tibor qaratish, ularga barcha sohalarda o'z iqtidori va salohiyatini namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi hisoblanadi. Uy bekalari bo'lgan yosh xotin-qizlarga, o'rta-maxsus ta'lim muassasalarini ni tamomlagan yoshlarga maxsus o'quv kurslarining yo'lga qo'yilgani shular jumlasidandir. Bu kabi tashabbuslarning

Ключевые слова:

специальные образовательные курсы, некоммерческая

организация,

предпринимательство, бизнес, гендерное неравенство,

долгосрочный кредит,

социально-экономический рост, зарубежный опыт, экономический рост,

финансовая свобода.

asosiy maqsadi- yigit-qizlarni ish bilan ta'minlash, zamonaviy kasb-hunarlar, IT-texnologiyalarni o'rgatish, tadbirkorlikka jalb etish, yoshlarning bo'sh vaqtini samarali tashkil etishga qaratilgan. Qolaversa, mahallalarda "Yoshlar daftari", "Ayollar daftari" kabi kam ta'minlangan oila yoshlariga har tomonlama ko'mak berish, tanlagan kasblariga mos jihozlar bilan ta'minlash- yosh avlodga bo'lgan e'tibor kuchini yanada kuchliroq isbotladi. Chunki bugungi kunda yoshlar faolligi har qachongidan muhim. Ular jamiyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi asosiy kuchdir. Aynan yoshlar zimmasiga yorqin kelajak barpo etish vazifasi ishonib topshirilgan. Bu jarayonda ayol-qizlar barchaga birdek namuna bo'lmoqda. Bir paytlar ayollar o'qishi, ishlashi, davlat lavozimlarida faoliyat yuritishiga e'tibor qaratilmagan bo'lsada, lekin bugungi kunda bu tizim butunlay yo'q qilindi. Asosiy e'tibor ularning bilim olishi, qiziqishlariga mos kasb va hunarga yo'naltirish muhim siyosat darajasiga ko'tarildi. Qayd etilishicha bugungi kunda 400 dan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti ayollarni kasbga o'qitish, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, ijtimoiy yordam k o'rsatish bo'yicha yaxshi tajriba yaratgan. Shu bois qishloq joylarida bunday loyihalarni amalga oshirish uchun nodavlat tashkilotlarga 2 milliard so'mgacha grantlar ajratilgan. "Ayollar bandligini ta'minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish uchun qancha kerak bo'lsa, shuncha sharoit, imkon yaratamiz",- deydi prezident. Chunki ko'plab xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, xotin-qizlarning tadbirkorlik va biznes faoliyatini qo'llab-quvvatlash dasturlari xususiy tadbirkorlik va kichik biznesda gender tengsizlikning kamayishiga, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda ayollar faolligini oshirishga, bandlik ko'rsatkichining yaxshilanishiga, oxir-oqibatda esa mamlakat iqtisodiy o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.1 Tadbirkorlik faoliyatini boshlagan xotin-qizlarga mahsulot va xizmatlarni bozorga olib chiqish bilan bog'liq barcha to'siqlarni bartaraf etish, tadbirkorlik faoliyatini to'xtatgan yoshlarga o'z faoliyatini qayta boshlashida ko'mak berish, ularni zaruriy jihozlar bilan ta'minlash, tadbirkorlik hamda biznes faoliyati bo'yicha bilim va ko'nikmalarni oshirish bo'yicha keng ko'lamli ishlarni olib borish, shuningdek, qishloq joylarida vaqtincha ishsiz ayollarni tadbirkorlikka yo'naltirish mamlakatimizda tadbirkorlik va biznesda xotin-qizlar ulushining ortishiga, ishchi kuchi yaratilishiga xizmat qiladi2.

Natijalar va muhokama. Kundan- kunga jamiyatda ayol-qizlar, yoshlar faolligini oshiruvchi loyihalar ishlab chiqilmoqda. Masalan, "Qizlar ovozi" qisqa vaqt ichida minglab qizlarni atrofiga jamlay olgan dastur. Bu loyiha qizlarning jamiyatda o'z o'rnini topishiga, iste'dodi, iqtidorini namoyon etishga qaratilgan. Bundan tashqari loyiha ichida yo'lga qo'yilgan yosh uy bekalari uchun hunar, kasbga o'rgatvchi online platformalarning yaratilgani yanada quvonarli. Keyingisi, "Istiqbolli kadrlar". Ayni paytda saralash bosqichlarini amalga

1https://yuz.uz/uz/news/ayollar-va-yoshlarni-qollab-quvvatlash-borasida-yangi-va-samarali-tizim-yaratiladi

2 https://yuz.uz/uz/news/ayollar-tadbirkorligini-qollab-quvvatlash-boyicha-yangi-tizim-yaratildi

SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS 378

oshirayotgan bu maxsus dastur - yosh ayol-qizlarni davlat kadrlari zaxirasiga olish bo'yicha o'quv-kurs tashkil etishni rejalashtirgan. Bu kelajakda rahbar ayollar safini kengaytirishda poydevor strategiya bo'lib xizmat qiladi. Bugun o'z biznes loyihasini amalga oshirishda, tadbirkorligini yo'lga qo'yishda yoshlarning yosh chegarasi ahamiyatga ega emas. Muhimi ularning aytar so'zi borligi. Ularga banklardan foizsiz uzoq muddatli kreditlar ajratilishi ularning ishini yanada yengillashtirmoqda. Bu kabi yoshlar orasida kichik jussasi bilan jonbozlik ko'rsatayotgan Mamirova Madinabonu ham bor. U o'z tadbirkorlik faoliyatini 2021-yilda davlat sherikchiligida xususiy bog'cha ochish bilan boshlagan. "Shodon bolajon" bog'chamizni bitta guruh bilan boshlagan edik, hozir ularning soni to'rttaga yetdi,- deydi u." Uning aytishicha, shaxsiy tadbirkorlik unga yanada ko'plab imkoniyatlar eshigini ochgan. Birinchi navbatda moliyaviy erkinlik. Ikkinchi navbatda, shaxsiy rivojlanish, mamlakat taraqqiyotiga, o'ziga o'xshagan yosh-ayol qizlarning ish bilan ta'minlanishiga hissa qo'sha olishini u oliy maqsadi deb biladi. Qolaversa, "Ayol-qizlarning oldiga qo'ygan maqsadi, shaxsiy karyerasi ustida ishlashi uni har xil yomon illatlarga aralashishdan, bekorchilikdan xalos etadi. Hozir puxta reja tuzish va uni amalga oshirishda biroz harakat qilish kifoya. Imkoniyatlar eshigi hamis ha ochiq", - deydi u.1

Shahribonu Umirboyeva o'ziga berilgan imkoniyatlardan juda erta foydalana olgan "businnesslady"lardan. U o'z faoliyatini 20 yoshida tur firma ochish bilan boshlagan. Hali yosh bo'lishiga qaramay, shaxsiy rivojlanishga ahd qilgan va ko'plab qiyinchiliklarni yengib o'tgan. Turli biznes trening va televideniya ko'rsatuvlari orqali tanilgan Shahribonu Umirboyeva hozirda ayollar kiyimi do'konida o'z faoliyatini olib bormoqda. Yillab orttirgan tarjibalaridan kelib chiqib, u shunday deydi: "Har bir ayolmi, qizmi biznes yoki tadbirkorlik boshlaganda unga to'g'ri yo'l ko'rsatadigan, uni qo'llab-quvvatlaydigan yaqin insoni bo'lishi kerak. Hozirgi kun yoshlari juda harakatchan. Doim nimadir qilishga intilishadi. Bu jarayonda ularni qiziqishlarini to'g'ri tushunish, imkoniyatlardan to'g'ri, yetarlicha foydalanishga ko'mak beradigan insonlar bo'lishi kerak deb o'ylayman. Ularga berilgan kichik bir sharoit, imkoniyatlar ham kelajakda ularning amalga oshirgan buyuk ishlarining debochasi bo'lishi mumkin. Bugungi kundagi ayollar biznesi va tadbirkorligi "discrimination"ni kamaytirdi, ba'zi sterotiplar yo'qoldi. Ularning haqiqiy shaxs bo'lib tanilishiga imkon yaratdi".2

Yaqindagina 2023-yilda o'z tadbirkorligini boshlagan Irodaxon Berdiyeva ham ish jarayonlarida ayol-qizlarning ijtimoiy faolligini, bandligini ta'minlash bo'yicha ma'lum bilim va ko'nikmalarni orttira oldi. "Tadbirkorlikni yaqin o'tgan yilda boshladim. Bu yo'lda

1 Madinabonu Mamirova 2000-yilda tug'ilgan. 2018-yil "Zulfiya" davlat mukofoti sohibasi. Hozirda Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati institutida Yoshlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi lavozimida ishlaydi

2 Shahribonu Umirboyeva 2000-yilda tug'ilgan. "Dinastiya" ayollar kiyim do'koni rahbari, yosh tadbirkor SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS 379

qiyinchiiklarga duch kelmadim deya olmayman. Sohani ichiga kirib borganimiz sayin uning muammo va kamchiliklari, yutuqlarini bilib boraveramiz. Ushbu faoliyatda amaliy tajriba muhim ekan. Bilimli, o'ziga ishongan inson qaysi qanday ish tutishni bila oladi. Shuni anglab boryapmanki, qaysi sohaning vakili bo'lmaylik bilim olishdan to'xtamaslik kerak. Ham ilmda, ham ijtimoiy hayotda faollik insonga shaxs sifatida tanilish va yangi muvaffaqiyatlarni olib keladi. Bularga erishish uchun esa imkoniyatlar talaygina. Xususan, 2023-yilning 18-mart kuni zamonaviy Yangi O'zbekiston qurilishiga tamal toshi qo'yish marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, davlat va jamoat tashkiloti vakillari, nuroniylar, ziyolilar va yoshlar qatorida men ham ishtirok etib, o'z takliflarimni bildirdim. Uchrashuvda xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash yuzasidan berilgan taklifimni davlatimiz rahbari qo'llab-quvvatlab, menga tikuv sexi ochilishida amaliy ko'mak berdilar. Bugungi kunda men kabi ayol-qizlarga berilayotgan bu kabi imkoniyatlar biz uchun katta yangilanishlar eshigini ochmoqda. Bilaman, ishni boshlash oson emas, lekin bu yo'lda qo'rquvni va ikkilanishni yengib o'tishi kerak. O'zim ham bu yo'lning boshidaman deb o'ylayman va uchragan to'siqlarni mardonavor yengib o'tish bir kuni natija berishiga ishonaman. Kelajakda o'z sohamni yanada yaxshiroq o'rganib, seximizda tikilayotgan milliyligimizni ifodalovchi kiyim-kechaklar dunyo yuzini ko'rishiga o'z hissamni qo'shish niyatidaman. Qolaversa, davlatimiz rahbarining yuksak ishonchi, Olmazor tumani hokimligining qo'llab-quvvatlashi doim olg'a intilishimga, boshqalarga nisbatan mas'uliyatliroq bo'lishim kerakligini eslatib turadi 1.

Biznes va tadbirkorlik sohasida yaqin yillardan keyin Yevropa standartlari bilan raqobatlashsak, ajab emas. 2017-yil ma'lumotlariga qaraganda, Qo'shma Shtatlarda biznes boshlagan ayollar soni erkaklardan bir yarim barobar ko'p. Jahon iqtisodiyot forumi tashkilotiga ko'ra, bunday samarali tadbirkorlikni yo'lga qo'yish erkak va ayollar o'rtasidagi iqtisodiy tafovutni kamaytirishga hissa qo'shadi. Ayni damda Amerika bizneslarining uchdan bir qismini ayollar boshqaryapti va bu ko'rsatkich o'sishi kutilmoqda. "1970-yilda atiga besh foiz, hozir esa 35 foiz biznesni ayollar boshqaryati",-deydi Brus Purdi.2

Xatto Afg'oniston ayollari ham biznesni chetlab o'tishmadi. Bu mamlakatda ovqatlanish joylarida asosan erkaklar xizmat ko'rsatar edi. Lekin so'nggi yillarda bu ishga ayollar ham qo'l urdi. Zohira Xaydariy Bomiyon viloyatida "Haydaron" nomli o'z oshxonasini ochdi. Bu yerda faqat ayol-qizlarning ishlashi va noan'anaviy taomlarning tayyorlanishi ayol xo'randalarning tashrifi soni oshishiga sabab bo'ldi.

1 Iroda Berdiyeva O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institute tayanch doktoranti. "Iroda's fashion home" tikuv sexi rahbari

2 https://www.amerikaovozi.com/a/women-start-business/3975793.html

Ta'kidlash joizki, 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasining 69-maqsadida xotin-qizlarning ta'lim va kasbiy ko'nikmlalarini oshirish,munosib ish topishlariga har tomonlama ko'maklashish, tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini t o'g'ri yo'naltirish yuzasidan ayollar orasidagi ishsizlik darajasini kamaytirish, 700 mingdan ziyod ishsiz xotin-qizlarni davlat hisobidan kasb-hunarga o'qitish, ish bilan band bo'lmagan yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va o'zini o'zi band qilish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha vazifalar belgilangan. 1 Bundan tashqari, O'zbekiston Resoublikasi Konstitutsiyasi "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi Qonunning tegishli qoidalari asosida mamlakatning uzoq muddatli maqsadlari va ustuvorligiga muvofiq O'zbekiston Respublikasida 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasining ishlab chiqilganligi hamda ayollarning barcha sohalarda, xususan, iqtisodiyotdagi o'rnini mustahkamlash bo'yicha belgilangan vazifalarning ahamiayatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Ushbu vazifalarni amalga oshrishda xotin-qizlarning tadbirkorlik va biznes faoliyatini qo'llab-quvvatlash bo'yicha xorijiy mamlakatlar tajribasini o'rganish muhim ahamiyatga ega. Xususan, Delaver universiteti professori Amanda Bullou ayollar tadbirkorligi mamlakatda yangi ish o'rinlarini yaratishda va ijtimoiy-iqtisodiy o'sishni ta'minlashda katta hissaga ega ekanligini yoritib bergan. Shuningdek, olim o'z tadqiqotlarida ayollar tadbirkorligi va madaniyatini tadqiq qilib, iqtisodiyot tarmoqlarida ayollarning gender rolini oshirish imkoniyatlarini ochib bergan.2

Mastercard kompaniyasi tomonidan 2017-yilda ilk marotaba "tadbirkor ayollar indeksi" ishlab chiqilgan. Kompaniya tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ayollar, asosan, o'z bizneslarini ehtiyojdan kelib chiqib iroda kuchi bilan rivojlantiradilar. Ayollarning o'z biznesini boshlashga to'sqinlik qiladigan ikkita asosiy to'siq, ya'ni cheklangan madaniy an'analar va kasbiy o'sish imkoniyatlarining yetishmasligi keltirilgan. Lekin bu muammolar allaqachon bartaraf etilgan. Davlat tomonidan bu kabi cheklovlarni yo'q qilish va moliyaviy xizmatlardan foydalanish va tijorat faoliyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlovchi qulay muhitni yaratish xotin-qizlarning tadbirkorlik va kichik biznes faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xulosa. Ko'plab xorijiy mamlakatlar, qolaversa, o'z kuzatishlarimiz natijasi shuni ko'rsatadiki, xotin-qizlarning tadbirkorlik va biznes faoliyatini qo'llab-quvvatlash mamlakatda gender tengsizlikning pasayishiga, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda yoshlarning faolligini oshishiga, moliyaviy erkin bo'lishiga, qo'shimcha ishchi o'rinlarining yaratilishiga, ishsizlikning

1 O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli farmoni

2 https://doi.org/10.1007/s11187-020-00429-6

SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS 381

kamayishiga, yoshlarning jamiyatda shaxs sifatida tanilishiga va asosiysi mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar ro'y berishida asosiy poydevor bo'lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. https://yuz.uz/uz/news/ayollar-va-yoshlarni-qollab-quvvatlash-borasida-yangi-va-samarali-tizim-yaratiladi

2. https://yuz.uz/uz/news/ayollar-tadbirkorligini-qollab-quvvatlash-boyicha-yangi-tizim-yaratildi

3. Madinabonu Mamirova "Shodon bolajon" xususiy bog'cha rahbari. 22.01.2024-yildagi ovozli suhbatdan foydalanildi

4. Shahribonu Umirbayeva "Dinastiya" ayollar kiyim do'koni rahbari. 23.01.2024-yildagi ovozli suhbatdan foydalanildi

5. Iroda Berdiyeva "Iroda's fashion home" tikuv sexi rahbari. 26.01.2024-yildagi ovozli suhbatdan foydalanildi

6. https://www.amerikaovozi.com/a/women-start-business/3975793.html

7. https://ijtimoiy.uz/2074/

8. https://doi.org/10.1007/s11187-020-00429-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.