Научная статья на тему 'IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISHNING BOZOR VA DAVLAT MEXANIZMLARI'

IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISHNING BOZOR VA DAVLAT MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
3246
255
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Iqtisodiyot / tartibga solish mexanizmlari / raqobat / bozor mexanizmi. / Economy / regulatory mechanisms / competition / market mechanism.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mustafoyev G’.S., Xamroyev Y.

Mazkur maqolada iqtisodiyotni tartibga solishning bozor va davlat mexanizmlari tushunchalari, iqtisodiyotni tartibga solishda davlat bozor mexanizmi bajara olmaydigan bir qator iqtisodiy vazifalarni bajarish imkoniyatlari keltirilgan va mualliflar tomonidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishlgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article presents the concepts of market and state mechanisms of economic regulation, the possibilities of performing a number of economic tasks that cannot be performed by the state market mechanism in the regulation of the economy, and offers and recommendations have been developed by the authors.

Текст научной работы на тему «IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISHNING BOZOR VA DAVLAT MEXANIZMLARI»

IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISHNING BOZOR VA DAVLAT

MEXANIZMLARI

Mustafoyev G'.S.

SamISI "Raqamli iqtisodiyot" kafedrasi dotsenti v.b., PhD

Xamroyev Y.

SamISI talabasi

Annotatsiya: Mazkur maqolada iqtisodiyotni tartibga solishning bozor va davlat mexanizmlari tushunchalari, iqtisodiyotni tartibga solishda davlat bozor mexanizmi bajara olmaydigan bir qator iqtisodiy vazifalarni bajarish imkoniyatlari keltirilgan va mualliflar tomonidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishlgan.

Kalit so'zlar. Iqtisodiyot, tartibga solish mexanizmlari, raqobat, bozor mexanizmi.

Annotation: This article presents the concepts of market and state mechanisms of economic regulation, the possibilities of performing a number of economic tasks that cannot be performed by the state market mechanism in the regulation of the economy, and offers and recommendations have been developed by the authors.

Key words. Economy, regulatory mechanisms, competition, market mechanism.

Bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan va rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solishning ikki mexanizmi yuzaga keldi: davlat va bozor mexanizmlari. Iqtisodiyotni tartibga solishning maqsadi - davlat va bozor mexanizmlarining o'ziga xos xususiyatlarini yoritishdir. Ular hayotda aralash va o'zaro aloqadorlikda uchraydi. Ularning optimal aloqadorlikda bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Iqtisodiyotni tartibga solishning vazifasi iqtisodiyotni boshqarishda bozor munosabatlari bilan birgalikda davlat mexanizmini qabul qilgan sohalarni va shakllarini ko'rsatish, iqtisodiyotni boshqarishda davlatning o'rni haqidagi turli kontseptsiyalarni tahlil etishdir.

O'z navbatida O'zbekiston Prezidentining 2020 yil 07 dekabrdagi "Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"1gi PQ-4913-sonli Qarori ham mamlakatimizda iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish, davlatning bu boradiga rolini oshirishga qaratilgan.

Bozor - insoniyat taraqqiyotining buyuk yutuqlaridan biridir. Uning rivojlanishi uzoq yo'lni bosib o'tgan: bu jarayon kichik-kichik ishlab chiqaruvchilar bilan iste'molchilar o'rtasidagi aloqalar sifatidagi oddiy shakllaridan boshlab to zamonaviy ishlab chiqarish faoliyatining barcha shakllari, jamiyat iqtisodiy sub'yektlari o'rtasidagi rivojlangan iqtisodiy munosabatlari, ijtimoiy maxsulotni yaratishdan to uni iste'mol etishgacha bo'lgan davrni qamrab oladi.

1 O'zbekiston Prezidentining 2020 yil 07 dekabrdagi "Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4913-sonli Qarori. https://lex.uz/docs/-5146298

Bozor - bu turlí ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish ko'rinishidagi faoliyatlarni muvofiqlashtiruvchi murakkab mexanizmdir. Bunda ijtimoiy mehnat taqsimoti va xususiy mulkchilik bozorni hal etuvchi shartlari bo'lib hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik faoliyatining erkinliklari, ishlab chiqaruvchilarning moddiy manfaatdorliklari raqobatga undovchi asosiy kuch bo'lib hisoblanadi. Ma'lumki, bozorning muxim elementi bu narx va uning darajasi bo 'lib, bu ishlab chiqaruvchi uchun ham, tadbirkor uchun ham va xaridor uchun ham muhim ko'rsatkich hisoblanadi.

Bozor tizimi ishlab chiqaruvchilar va haridorlarni qaror qabul qilishlarida egiluvchanlik va moslashuvchanlik jixatlarini yuqori ekanligi bilan tavsiflanadi. Bozor ishlab chiqaruvchi va iste'molchi o'rtasidagi aloqalarni bo'glaydi. Tarmoqlar o'rtasida resurslarni samarali taqsimlanishida, talab va taklif mutanosibligini ta'minlashda bozor mexanizmi qulaydir. Jamiyat iqtisodiyotining rivojlanishida, ijtimoiy mehnat taqsimotida, davlatlararo aloqalarning kengayishida, iqtisodiyotning tarkibiy qismlari o'rtasidagi aloqalarni tartibga solish kabi iqtisodiy jarayonlarda bozor mexanizmining tartibga solish imkoniyatlari chegaralanganligi namoyon bo'ladi. Bunga iqtisodiyotda yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz davri qarama qarshiliklarini misol keltirish mumkin. 1929-1933 yillarda sodir bo'lgan jahon iqtisodiy inqirozi yaqqol misol bo'la oladi.

Bozor mexanizmi bajara olmaydigan va tartibga sola olmaydigan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining vazifalari mavjud. Sanaot rivojlanishda erkin raqobat asosida ishlab chiqarish kuchlari nafaqat yakka tartibdagi xususiy mulk doirasida o'smoqda, balki jamoa (aktsionerlik)va boshqa mulkchilik shakllarining o'rni ham oshib bormoqda. Biroq, davlat iqtisodiyotning yirik tarmoqlarini o'z zimmasiga olishga, ularni rivojlantirishga va tartibga solishga majbur bo'lmoqda. Masalan: temir yo'l, telegraf, pochta, mudofaa va hokazo.

Bozor mexanizmi bajara olmaydigan ijtimoiy vazifalar ham mavjud. Bundan tashqari, bozor munosabatlari asosidagi ba'zi faoliyat natijalariga davlatning aralashuvi ehtiyoji tu'giladi. Bu, avvalam bor, iqtisodiyotni makro darajada tartibga solishda, aholining ma'lum qismini ijtimoiy himoya qilish va ularga yordam ko'rsatishda (ishsizlarga, tu'gma nogironlarga), pensiya ta'minotida, mudofaani ta'minlashda, ekologik muammolarni xal etishda, ijtimoiy tartibni saqlashda, pul muomalasini tartibga solishda, iqtisodiy takror ishlab chiqarish tsikliga ta'sir etishda, fundamental ilmni rivojlantirishda davlat aralashuviga zarurat tu'giladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarni davlat aralashuvisiz tartibga solib bo'lmaydi. Bozor mexanizmi jamiyat manfaatlarini himoya etish, uzoq davrli ijtimoiy muammolarni va mamlakatlarning o'zaro aloqalarida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf eta olmaydi.

Davlat bozor mexanizmi bajara olmaydigan bir qator iqtisodiy vazifalarni bajaradi. Ular quyidagilardir (1-rasm):

Mamlakatning ijtimoiy -iqtisodiy xavfsizligini va milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini ta'minlash; Barqarorlashtirish vazifalari (pul muomalasini tartibga solish, inflyatsiyani oldini olish va hokazo); Qonuniy tartibga solish vazifasi;

Muvofiqlashtirish vazifasi; Ijtimoiy yo'naltirilgan vazifasi; Taqsimlash;

Nazorat va boshqalar.

1-rasm. Davlat bozor mexanizmi bajara olmaydigan bir qator iqtisodiy

vazifalari

Yuqoridagilarning barchasi hozirgi zamon iqtisodiyotida bozor mexanizmi orqali iqtisodiyotni tartibga solish qanchalik zarur bo'lsa, davlat mexanizmini shunchalar zarur ekanligini ko'rsatadi. Eng muhimi, iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda xar ikkala mexanizmlarni afzal jixatlarini birlashtirishdir. Bu esa iqtisodiyotni ratsional boshqarishdagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning rivojlanishini ikki yirik bosqichga bo'lish mumkin:

1. Ikkinchi jahon urushiga qadar;

2. Ikkinchi jahon urushidan key in.

Birinchi bosqichda davlat xususiy kapitalni takror ishlab chiqarilishi uchun qulay shartsharoitlar yaratib berdi: mehnat, soliq, savdo va ijtimoiy qonunchilik asoslari ishlab chiqildi. Erkin raqobat davrida davlat xarbiy zavodlar va temir yo'l qurilishida xususiy kapitalni kengaytirish yo'li bilan xo'jalik jarayonida ishtirok etishni boshladi. Shu bilan birga davlat alohida sohalarni tartibga solishni boshlaydi (agrar soha, pul-kredit).

Ikkinchi bosqichda bir qator davlatlar tarmoqlarni rejalashtirishga, milliy va hududiy rivojlanishni dasturlashtirishga, davlatning byudjet-kredit sohasida iqtisodiyotni tartibga solish faolligini oshirishdi. Iqtisodiy rivojlanishda davlat aralashuvi umum iqtisodiy xususiyatga ega bo'lib, davlat uzoq muddatli strategik maqsadlarni ishlab chiqdi. Bu bosqich integratsion ittifoqlar doirasida xalqaro darajadagi o'rta muddatli umumdavlat kelishuvlari bo'yicha davlat faoliyatlarini tavsiflaydi. (EI, O'IXT va boshqa).

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish xususiy kapitalni takror ishlab chiqarilishi uchun qulay sharoit yaratishdan to iqtisodiy hamkorlik doirasida o'rta

muddatli umumdavlat dasturini xalqaro kelishuvlar darajasigacha bo'lgan yo'li bosib o'tildi.

Hozirgi kunda davlat iqtisodiy tizimda iqtisodiy indikatorlarga faol ta'sir etuvchi yagona va asosiy tartibga soluvchi, muvofiqlashtiruvchi markaziga aylanmoqda, iqtisodiy o'zgarishlarga qulay sharoit yaratmoqda. Bozor iqtisodiyotini barcha jabxalarni tartibga solishda davlat boshqaruviga zaruriy elementi sifatida qaraladi.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, hozirgi kunda davlat, asosan rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solishda va jamiyatni rivojlantirishda muhim rolni o'ynaydi. Iqtisodiy rivojlanishda davlatning rolini alohida olib ko'rsatish juda murakkabdir. Iqtisodiy rivojlanishni boshqarishda davlat tomonidan tartibga solishning sifat o'zgarishlari yuzaga keladi.

Gap shundaki, davlat va bozorning o'zaro aloqalari, ya'ni o'tish davrida bozor mexanizmi bajara olmaydigan nafaqat davlat vazifalari nazarda tutiladi, balki davlatning zamonaviy fuqarolik jamiyati bo'g'inlari vazifalarini bajarish ham nazarda tutiladi. Bunda ishlab chiqaruvchilar, tadbirkorlar uyushmasi, inson huquqlarini himoya qilish jamiyati, istemolchilar huquqi, hayriya va boshqa fondlar nazarda tutiladi.

References

1. O'zbekiston P^identming 2020 yil 07 dekabráagi "Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohala^a xususiy sektomi jalb etish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4913-sonli Qarori. https://lex.uz/docs/-5146298

2. Юсупова Ш.Инвестиции в человеческий капитал // Журнал «Рынок, деньги и кредит», 2007, № 4. -С.47-48.

3. Журнал «Экономическое обозрение», 2007, № 2. -С.12

4. Education in Uzbekistan: supply and demand ratio. Report on human development.-T.: UN Development Program, Center for Economic Research, 2008, -B. 41.

5. Journal of Business Research. The consumer on stage: Toward a typology of improvisation in consumption contexts.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.