INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
DAVLAT MOLIYASI BARQARORLIGINI TA'MINLASHDA PUL-KREDIT
SIYOSATINING AHAMIYATI Abdullayev Suxrobiddin Ismoilovich
TDIU «Davlat moliyasi va Xalqaro moliyasi yo'nalishi» magistranti TDIU «Moliya va buxgalteriya hisobi» «Moliya» kafedrasi assistenti https://doi.org/10.5281/zenodo.7193527
Annotatsiya. Mazkur maqola O'zbekiston Respublikasida iqtisodiy rivojlanishga erishish yo'lida hamda davlat moliyasi barqarorligini ta 'minlashda pul-kredit sohasining ahamiyatini tahlil qiladi va ularni takomllashtirish yo'llarini o'rganadi. Iqtisodiy o'zgarishlar davri iqtisodiyotni rivojlantirishda moliyaviy va valyuta vositalarining roli haqidagi tasavvurni sezilarli darajada o'zgartirganligi va taraqqiy etayotgan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solish tizimida ularning ustuvorligi yuksalganligi haqida o'quvchiga ma'lum darajada ma'lumot beradi.
Kalit so'zlar: davlat moliyasi, pul-kredit siyosati, pul muomalasi, Markaziy bank, pul bozori, kredit sohasi, banklar, operatsion maqsad.
РОЛЬ ДЕНЕЖНО-КРЕДИТНОЙ ПОЛИТИКИ В ОБЕСПЕЧЕНИИ СТАБИЛЬНОСТИ ГОСУДАРСТВЕННЫХ ФИНАНСОВ
Аннотация. В данной статье анализируется роль денежно-кредитного сектора в достижении экономического развития в Республике Узбекистан и обеспечении стабильности государственных финансов и исследуются пути их улучшения. Период экономических перемен в определенной степени информирует читателя о том, что представления о роли финансово-денежных инструментов в экономическом развитии существенно изменились и повысился их приоритет в системе государственного регулирования стран с формирующейся рыночной экономикой.
Ключевые слова: государственные финансы, денежно-кредитная политика, денежное обращение, Центральный банк, денежный рынок, кредитный сектор, банки, оперативное назначение.
THE IMPORTANCE OF CREDIT POLICY IN ENSURING THE STABILITY OF
PUBLIC FINANCES
Abstract. This article analyzes the importance of the monetary and credit sector in achieving economic development and ensuring the stability ofpublic finances in the Republic of Uzbekistan, and explores ways to improve them. The period of economic changes significantly changes the perception of the role of financial and currency instruments in the development of the economy and gives the reader some information about the rise of their priority in the system of state regulation of the developing market economy.
Keywords: state finance, monetary and credit policy, money circulation, Central Bank, money market, credit sector, banks, operational purpose.
KIRISH
Bugungi kunda iqtisodiy o'zgarishlar davri iqtisodiyotni rivojlantirishda moliyaviy va valyuta vositalarining roli, ahamiyati to'g'risidagi tasavvurni sezilarli darajada o'zgartirganligi va tobora rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solish tizimida ularning ustuvorlikka erishganligi isbotini topgan. Hozirgi paytda davlat iqtisodiy siyosati, davlat
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
moliyasi jahon bozorlari rivojlanishining ustuvor yo'nalishlarini, shuningdek, jahon raqobati qoidalarini hisobga olishi kerak.
Shu sababli ham davlat moliyasi barqarorligini ta'minlashda pul-kredit siyosatini yuksaltirish o'rinlidir. Bu boradagi ishlar haqida so'z boshlashdan oldin davlat moliyasi va pulkredit siyosati haqida aniq va to'liqroq ma'lumotlarga ega bo'lish uchun ayrim nazariyalarni keltirib o'tish joizdir:
Davlat moliyasi bu — davlat ixtiyorida pul jamg'armalarining tashkil etilishi, taqsimlanishi va sarflanishi sohasidagi munoasabatlardir. Davlat moliyasidagi mavjud bo'lgan mablag'lar dastavval umummilliy manfaatlar yo'liga safarbar qilinadi. Davlatning funksiyalarini bajarishda ham davlat moliyasining xizmati mavjuddir. Davlat moliyasi pul jamg'armalari, moliya mexanizmi, davlatning moliya institut (idora)lari va moliya siyosatini o'zida mujassam qilgan.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Davlat moliyasining tarkibiy qismiga nazar soladigan bo'lsak, unda davlat byudjeti, mahalliy, ya'ni munitsipal byudjetlar, davlat korxonalarining moliyasi (ularning byudjeti), hukumatga qarashli maxsus jamg'armalar, davlat krediti (davlat qarz olgan va qarz beradigan vositalari) singari turlarga duch kelamiz.
Barcha soha va yo'nalishlarning o'z tarixi bo'lgani kabi davlat moliyasi ham o'z tarixiga egadir. Tarix shuni ko'rsatadiki, dastlabki marotaba «davlat moliyasi» tushunchasi XVI asrda Fransiya davlatida amalda qo'llanilgan. U vaqtlarda davlat moliyasi turfa soliqlar sifatida iqtisodiyot maydonida ko'rina boshlangan. Katta-katta davlarning paydo bo'lishi bilan ularning sarf-xarajatlari ham yiriklashib borgan. Bu esa davlatlarning naqd pulga bo'lgan ehtiyoj darajasini oshishiga sabab bo'la boshlaydi. Shuning natijasida xalqdan olinadigan soliqlar, asosan, pul shaklida yig'ib olinish yo'liga o'tadi. Majburiy zayomlar va zayomlar ham davlat zayomlariga o'rnini bo'shatib beradi. Bu davlat moliyasining murakkab tizimining paydo bo'lishiga sabab bo'ldi [1].
Hozirgi vaqtga kelib davlatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini amalga oshirishda davlat moliyasining ahamiyati yanada yuksaldi. Takror ishlab chiqarish jarayonlarini ta'minlash, xalqning moddiy va ma'naviy jihatdan farovon turmush tarziga ega bo'lishi uchun zarur shart-sharoitlar barpo qilish, davlat organlarini mablag' tomonlama ta'minotini qoplash, davlatni idora qilish singari sohalarda yetakchi vosita sifatida o'rin egalladi.
Monetar siyosat tushunchasi inglizcha sanaladi aslida. Bizda esa pul-kredit siyosati deb talqin qilinadi. Pul-kredit siyosati — pul-kredit organlarining makroiqtisodiy siyosati, pul bozori shart-sharoitlari (qisqa muddatli foiz stavkasi, nominal valyuta kursi yoki joriy likvidlik darajasi) orqali yalpi talabni boshqarishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Bank sektorining yakuniy kombinatsiyasiga erishish, jumladan, narxlar barqarorligi, barqaror ayriboshlash kursini saqlab qolish, moliyaviy jihatdan ham barqarorlik va muvozanatli iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish hamdir.
• Hukumatning pul muomalasi va kredit sohasida olib boradigan bosh yo'li, mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini, uning samarali faoliyatini ta'minlashga, pul tizimini lozim darajada mustahkam saqlab turishga qaratilgan chora-tadbirlar pul-kredit siyosati deb yuritiladi. Pul-kredit siyosati — davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi sanaladi va odatiy hollarda uni Markaziy bank amalga oshiradi. Pul-kredit siyosati orqali
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
muomaladagi ortiqcha pul massasi qisqartirilishiga erishiladi yoki ko'paytiriladi. Inflyatsiyani pasaytirish chora-tadbirlari ko'riladi. Markaziy bank pul-krediti siyosatini olib borishda pul bozoriga to'g'ridan-to'g'ri — o'zining boshqaruv vakolatlari yordamida va pul emissiyasi orqali ta'sir o'tkazishi mumkin.
Pul-kredit siyosati bevosita va bilvosita vositalar orqali amalga oshiriladi:
1) Bevosita vositalar — moliyaviy institutlardagi moliyaviy aktivlar narxlari (foiz stavkalari)ni yoki ular hajmini to'g'ridan to'g'ri boshqarish orqali olib boriladi. Markaziy bank tomonidan tijorat banklaridagi mavjud depozit ko'rinishidagi pullarni hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar narxlari va hajmini ham nazoratda tutadi.
2) Bilvosita vositalar — Markaziy bank tomonidan moliyaviy institutlar resurslarita bozor mexanizmlari (majburiy zahira talablari, ochiq bozordagi operatsiyalar, tijorat banklarini qayta moliyalash va Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklaridan depozitlarni qabul qilish va boshqalar) orqali iqtisodiyotdagi pul massasiga ta'sir etadi.
Bulardan tashqari, Markaziy bank foydalanadigan vositalarning har biri foiz stavkalarining o'sishiga, kreditlash va qarz olish hajmini kamaytirishga, lozim bo'lganda foiz stavkalarini oshirishga yoki aksincha, tushirishga xizmat qiladi. Ochiq bozordagi operatsiyalar, majburiy eng kam zahiralarning bo'lishi, hisobga olish siyosati, valyuta siyosati pul-krediti siyosatining asosiy tarkibiy qismlarini tashkil etadi [2].
Pul-kredit siyosati haqida gapirganda, albatta uning ob'yektlari va sub'yektlarini qatordan tushirib qolmaslik lozim. Negaki, pul-kredit siyosatining ob'yekt va sub'yektlari qaysidir ma'noda uning «tana a'zolari» hisoblanadi. Shu boisdan quyida pul-kredit siyosatining ob'yeklari hamda sub'yektlariga alohida urg'u berib o'tamiz:
Pul-kredit siyosatining ob'yektlari:
pul-kredit organlari;
banklar;
nobank tashkilotlarining harakatlari natijasida o'zgaruvchan pul bozoridagi talab va taklif.
Pul-kredit siyosatining sub'yektlari:
Markaziy bank;
Markaziy bank o'zaro aloqada bo'lgan iqtisodiy agentlar;
moliya tizimi faoliyatida ishtirok etuvchi banklar va boshqa moliya institutlari.
Davlat moliyasi va barqarorligini ta'minlashda pul-kredit siyosatining o'rni va ahamiyati haqida ko'pgina iqtisodchi olimlar turfa muzokaralar olib borganlar. Mazkur masala yuzasidan turli millat vakillari ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirganlar, maqolalar va monografiyalarni chop ettirganlar. Biroq Shunday bo'lsa-da bugungi kunda ham ushbu mavzu yana bir qator iqtisodchi va amaliyotchilar tomonidan keng muhokamaga sabab bo'lmoqda va muhokamaning markazida turib kelmoqda. Davlat barqarorligini ta'minlashda pul-kredit siyosatining ahamiyati xorijlik iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlarida ham o'z aksini topgan. Bunga misol tariqasida dastavval, Departamentning maxsus xodimasi Madina Gayfulinaning 2021-yilda chop qilingan «Оценка эффэктивности операционного механизма денежно-кредитной политики» mavzusidagi maqolasini aytishimiz mumkin. Madina Gayfulina ushbu maqolasida bugungi kunda davlat moliyasi barqarorligida pul-kredit tizimi va siyosati qay darajada ekaniga, uning enh ahamiyatli tomonlariga alohida e'tibor qaratgan hamda baho berib o'tgan.
Shuningdek, Tojikistonlik bir qator olimlar va iqtisod sohasining munosib izlanuvchilari: Mirazizov A., Radjabova I., Rasulov N., Faizulloyev M., Mamatkulov A., Davlatzoda D.,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Azimov H., Dzuhrayev G., Ahmadov B singarilar ham xalqaro miqyosida «Tojikistonning taraqqiy etishida pul va moliyaviy vositalari» nomi bilan e'lon qilingan ilmiy ishlarida Tojikiston avlati timsolida pul-kredit siyosati haqida ma'lumotlar va takliflar beradilar.
Yana Mayexl N. ham o'zining «Monetar siyosatni qo'llash: Rivojlanayotgan monetary rejimlarga ega mamlakatlardagi operatsion masalalar» mavzusidagi ilmiy maqolasi orqali pulkredit siyosati borasida o'z fikrlarini namoyon qilgan. Shuning bilan bir qatorda bu ishi bilan Mayexl N. Davlat moliyasi barqarorligini ta'minlashda pul-kredit siyosatining ahamiyatiga ham e'tibor berganini ko'rishimiz mumkindir.
Davlatimizga qarashli «O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi»da ham ushbu soha rivojiga taalluqli so'zlar yozilganini aytib o'tish darkor. Milliy ensiklopediyamizda ham davlatimiz rivoji uchun ushbu sohaga doir takliflar ham berib o'tilgan.
Bulardan tashqari bir necha saytlarda ham turli mualliflar tomonidan har xil nomlar ostida davlat moliyasi barqarorligini ta'minlashda pul-kredit siyosatining ahamiyati borasida maqolalar, ilmiy izlanmalar e'lon qilingan.
TADQIOQT NATIJALARI
Yuqorida keltirilgan nazariy ma'lumotlardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, davlat moliyasi va pul-krediti siyosati o'zaro bog'liqlikda amalga oshadi. Bu munosabatlarni bir-biridan ayri holatda tushunish qiyindir. Sababi pul-krediti siyosati orqali davlat moliyasining kelajagini ta'minlash, uning taraqqiy etishida qator yutuqlarga erishish mumkin bo'ladi. Qator yutuqlarga erishish uchun esa albatta, davlat moliyasi barqarorligini ta'minlashda pul-krediti siyosatining ahamiyatini yuksaltirish lozim.
Ayni shu maqsadni ko'zlagan holda respublikamizda 2017-yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari ahamiyatini yuksaltirishga qaratilgan iqtisodiy ishlohotlarning avval qo'llanilmagan bosqichi o'rta muddatli istiqbolda bank tizimi va albatta, pul-krediti siyosatini oldinga yuksaltirishning ustuvor yo'nalishlarini belgilab berdi.
Bu yo'nalishlar samarasiz bo'lib qolmasligi uchun amaliy harakatlarda isbotlanib bordi. Aniqroq aytadigan bo'lsak, aynan mana shu yo'nalishdagi muhim qarorlardan biri milliy valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanish tamoyillarini joriy qilish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan ilk amaliy qadamlardan biri qo'yildi.
Aynan mana shu o'rinda Markaziy bank asosiy obrazni qo'lga oladi, ya'ni valyuta kursining shakllanish jarayonida butunlay o'zgacha bo'lgan uslubdan foydalanmoqlik hamda o'z navbatida, Markaziy bankning asosiy diqqat-e'tiborini ichki bozordagi narxlar barqarorligiga qaratish joiz hisoblanadi. Buning asnosida esa pul-kredit siyosatini yanada taraqqiy ettirish imkoniyatini paydo qiladi.
Bugungi kunda jamiyatning iqtisodiy jihatdan yuksalib borayotganligi valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi ko'pgina jihatdan pul-kredit siyosatini yuksaltirish, tijorat banklari faoliyatini yanada mustahkam qilish va albatta, bank tizimini ham rivojlantirish sohasidagi choralarning naqadar samaradorli ekanligiga chambarchas bog'liqdir.
Yuqorida ta'kidlanganlardan kelib chiqib, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bir necha qaror va farmonga buyruq berdilar. Xususan, «Valyuta bozorini liberallashtirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida»gi Farmonlarining e'lon qilinganiga u qadar ko'p vaqt bo'lmay, davlatimiz rahbarining «Pul-kredit siyosatini yanada rivojlantirish
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorlari qavul qilindi. Hamda pul-kredit siyosatini 2017-2021-yillar davomida rivojlantirish va inflatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o'tish bo'yicha ham chora-tadbirlar Kompleksi o'z tasdig'iga ega bo'ldi [3].
Respublika rahbarining tashabbusi bilan tasdiqlangan ushbu konsepsiya 2018-2021-yillar uchun mo'ljallangan chora-tadbirlar «yo'l xaritasi»ni qamrab oladi. Ayni mana shu yillar qamrovi doirasida pul-kredit siyosati orqali ham davlat moliyasining barqarorligini ta'minlash borasida natijakor ishlar amalga oshirilishi ham nazarda tutiladi.
Bundan tashqari mazkur yo'l xaritasini ishlab chiqishda asosiy e'tiborni inflyatsion targetlashni mexanizm va tamoyillarini o'rta muddatli istiqbolda samarali tadbiq qilish uchun joiz bo'lgan shart-sharoitlarni yaratish bo'yicha choralarni amalga oshirish ishlari jalb qiladi.
Shu o'rinda alohida ta'kidlab o'tish lozim bo'lgan holat mavjud. Ya'niki, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yondashuvlarining takroran ko'rib chiqilishi davrida rivojini topayotgan yangi voqeliklarda pul-kredit sohasidagi o'zgarishlarning aholi va tadbirkorlik sub'yektlari tarafidan to'g'ri qabul qilinishi barobarida qo'llab-quvvatlanmog'i ham ahamiyati jihatidan yuqoridir.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o'rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatini takomillashtirish hamda Uni amalda joriy qilish Konsepsiyasi kommunikatsiyalar kanalining jamoatchilik fikrini shakllantirish hamda infyatsion targetlash rejimini amaliyotga joriy qilishdagi ilg'or roli inobatga olingan holda ishlab chiqilgan.
Har bir ishni amalga joriy qilishdan maqsad ko'zlanadi. Ushbu konsepsiyani amalga oshirishdan ham ko'zlangan maqsad mavjud, ya'ni bu konsepsiyaning asosiy maqsadi inflyatsion targetlashga o'tishning konseptual asoslarini hamda bu pul-kredit siyosati rejimini amaliyotga muvaffaqiyatli joriy qilish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish bo'yicha o'rta muddatli rejalar xususida jamoatchilikka keng va to'liq ma'lumotlar yetkazish va albatta, batafsil bayonot berishga qaratilgan desak, mubolag'a bo'lmaydi.
Pul-kredit siyosati makroiqtisodiy barqarorlik va uning rivojlanishini ta'minlashda ham o'z o'rniga egadir. Davlat moliyasi barqarorligini ta'minlashda pul-krediti siyosatining ahamiyati iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri bo'ladi. Shu bilan bir qatorda, «kredit portlashi» ehtimoli va moliyaviy beqarorlik bilan bog'liq salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida ham iqtisodiyotni pul-kredit siyosatining maqbul darajasini ta'minlash zarur. Bunday sharoitda malakali makroiqtisodiy boshqaruvning ham ahamiyati yuqori [4].
Ushbu jarayonning asosiy tarkibiy qismlaridan biri samarali pul-kredit siyosatidir. Markaziy bankning pul-kredit siyosatini amalga oshirishdagi asosiy vositasi boshqaruv yig'ilishlarida ko'rib chiqiladigan asosiy stavka hisoblanadi. Ushbu vositaning ko'magi bilan Markaziy bank pul bozori kurslariga ta'sirini ko'rsatadi. Operatsion maqsad — pul bozori kurslarini asosiy kursga yaqinlashtirish bo'ladi. Bu maqsadga erishish uchun bank tizimida likvidlikni boshqarish uchun pul-kredit siyosati vositalari majmuasidan foydalaniladi [5].
Mamlakatda ichki narxlarning barqaror ekanligining ta'minlanganligi makroiqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning kafolati bo'ladi. Iqtisodiy islohotlarni imkon qadar jadal sur'atlarga chiqarish va yuksaltirish dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda zaruriy sharoit ham hisoblanadi.
MUHOKAMA
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning markaziy banklari tajribalari hamda xalqaro moliya institutlari izlanishlari natijalari pul-kredit siyosatini amalga oshirishda narxlar
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
barqarorligini ta'minlash maqsadining shak-shubhasiz ustuvorligini ko'rsatmoqda. Shu bilan birga, pul-kredit siyosatini amalga oshirish tartibi va ketma-ketligi turli mamlakatlarda iqtisodiyotning xususiyatlari hamda tarkibiy tuzilishiga qarab farqlanadi.
Amaldagi O'zbekiston Respublikasining «O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»gi Qonuniga ko'ra, Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyuta barqarorligiga zamin yaratish hisoblanadi. Bunda «milliy valyuta barqarorligi» tushunchasini ikki xil, ya'ni almashuv kursining chet el valyutalariga nisbatan barqarorligi yoxud uning ichki xarid qobiliyati barqarorligi deya talqin qilish mumkin.
* Almashuv kursining erkin shakllanishi sharoitida milliy valyutaning barqarorligi uning ichki harid qobiliyatini saqlash orqali erishiladi.
Bunda, erkin suzib yuruvchi almashuv kursi iqtisodiyotni ichki barqarorlashtiruvchi funksiyasini bajaradi. Boshqacha qilib aytganda, to'lov balansi bilan bog'liq tashqi shok va qiyinchiliklar kuzatilganda almashuv kursining mos ravishda o'zgarishi ekportyorlar va import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag'batlantirishga xizmat qiladi.
Ayni paytda Markaziy bank pul-kredit siyosatining asosiy maqsadini ikki xil tushunilishini oldini olish va uning faoliyati asosiy yo'nalishini aniq belgilab olish maqsadida qonunchilikka tegishli o'zgartirishlar kiritilishi ko'zda tutilgan.
Alohida qayd etish lozimki, narxlar barqarorligi deyilganda, nol darajadagi yoki salbiy infyatsiya ko'rsatkichlari nazarda tutilmaydi. Narxlar barqarorligi deyilganda, narxlarning turg'un holatda turishi emas, balki ularning past darajada o'sishi tushuniladi. Bir qarashda narxlarning turg'un turishi maqbul ko'rinsa-da, narxlarning past va barqaror o'zgarishi iqtisodiyotning samarali faoliyati uchun eng qulay sharoit hisoblanadi.
Barqaror iqtisodiy rivojlanish va makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish usullarining bozor instrumentlaridan foydalanish asosida tubdan qayta ko'rib chiqilishi munosabati bilan ichki bozordagi narxlar barqarorligini ta'minlash pul-kredit siyosatining bosh maqsadini belgilaydi.
Bunda inflyatsiya sur'atini pasaytirish va uni past darajada saqlab turish o'rta muddatli istiqbolda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sishni ta'minlashda asosiy shart sifatida qaraladi.
Ichki valyuta bozorining liberallashtirilishi pul-kredit siyosatining tamoyil va usullarini bosqichma-bosqich inflyatsion targetlashga qaratish uchun zarur bo'lgan asosni yaratadi. O'rta va uzoq muddatli istiqbolda narxlar barqarorligini ta'minlashda inflyatsion targetlash samarali usul hisoblanadi [6].
Bizning davlatimiz sharoitidan kelib chiqib aytsak, inflyatsion targetlash rejimining tanlab olinishi bir necha sabablarga ko'ra sharxlanadi. Buning ilk sababi bugungi kunda inflyatsion targetlash pul-kredit siyosatining ta'siri kuchli sanaladigan rejimi sifatida o'zini oshkor qiladi hamda o'rta muddatli istiqbolda narxlar barqarorligiga zamin yaratish maqsadiga muvofiq keladigan rejim sifatida ham qaraladi. XULOSA
Bugun jadal rivojlanish pog'onalarida borayotgan jamiyatimizda iqtisodiyotning tiklanish sur'atlari juda yuqori bo'lganda, kelajakda inqirozlarga yo'l qo'ymaslik uchun iqtisodiy o'sish sur'atlarini kamaytirish choralari ham ko'rilishi lozim. Buning uchun pul-krediti siyosati yanada qattiqlashadi. Eng avvalo, foiz stavkalarini oshirish uchun qator choralar ko'riladi. Pul massasini sterilizatsiya qilish bo'yicha operatsiyalar amalga oshiriladi, ya'ni bozordan ortiqcha bo'sh
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
moliyaviy resurslarni olib tashlash uchun qarz qimmatli qog'ozlarning ishlab chiqarilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Bundan tashqari esa, muayyan qonunchilik cheklovlarini joriy qilinishi ham foydadan holi bo'lmaydi.
Pul-kredit siyosatini amalda muvaffaqiyatli joriy qilish uchun, kelajakda faqat yuqori natijani ko'zlash maqsadida bir necha metodlarga murojaat etish ham albatta zaruriy amaliyotdir. Bunga aniqlik kiritish uchun hozirgi vaqtda pul-kredit siyosatining keng miqyosda tarqalib ulgurgan quyidagi usullarini keltirsh o'rinli:
* Markaziy bankning rasmiy diskont stavkasining o'zgarishi (hisob yoki diskont siyosati);
* kreditlarning ayrim turlarini tartibga solishning tanlangan usullari;
* banklarning majburiy zahiralari normalarini o'zgartirish;
* ochiq bozor operatsiyalari (veksellarni, davlat obligatsiyalarini va boshqa qimmatli qog'ozlarni sotib olish va sotish);
* banklar uchun iqtisodiy standartlarni tartibga solish (naqd pul zahiralari va depozitlar, o'z kapitali va ssuda kapitali hamda aktivlari o'rtasidagi bog'liqlik va boshqalar);
* alohida banklar yoki kreditlar uchun bank kreditlari hajmini bevosita cheklash (kredit shiftlari deb ataladigan);
* hisob siyosati;
* kredit tashkilotlarini qayta moliyalashtirish;
* pul masssasining o'sishi uchun mezonlarni belgilash.
Iqtisodiyotni kreditlashni kengaytirish yoxud aksincha, qisqartirish orqali Markaziy bank pul massasining barqaror va mo'tadil o'sishiga erishadi, bu esa ishlab chiqarish hajmining mos ravishda o'sishi bilan narxlarning barqaror darajasini ta'minlab beradi.
Pul-kredit siyosati pul massasi ma'lum darajada ushlab turilganda qat'iy va hukumat foiz stavkasini ma'lum darajada ushlab turishga harakat qilganda moslashuvchan bo'lishi mumkin. Ammo pul massasini ham foiz stavkasini ham bir vaqtning o'zida to'g'irlab bo'lmaydi. Demak, bundan kelib chiqadiki, pulga talabning ortishi bilan pul massasini ma'lum darajada «ushlab turish» uchun foiz stavkasini oshirmoqlik talab etiladi. Foiz stavkasining o'sishiga yo'l qo'ymaslik uchun esa pul massasini ko'paytirish masalasiga katta e'tibor qaratib, buni joriy qilish o'rinli bo'ladi.
Shuning uchun ham amalda Markaziy bankning asosiy vazifasi pul-kredit siyosatining yuqoridagi ikki maqsadni muvozanatlash va birlashtirishdan iborat bo'ladi.
Qo'shimcha sifatida aytish joizki, moliyaviy vositachilikni takomillashtirish, xususiy bank faoliyatini kengaytirishning hisobiga ham uning samaradorligini oshirish, chakana bank faoliyatida narxdan tashqari omillarni bartaraf qilish, inflyatsiya kutilmalarini pasaytirish va umumiy makroiqtisodiy barqarorlashtirish kelgusida pul-kredit siyosatining transmessiya mexanizmini rivojlantirish yo'lida xizmat qiladi [7].
Demak, bu nazariyalardan kelib chiqib xulosa tarzida ayta olamizki, davlat moliyasi barqarorligini ta'minlashda pul-kredit siyosati o'z ahamiyati bilan bevosita ishtirok etadi. Uning bu ishtiroki albatta, xalqning farovon turmush tarziga ega bo'lishiga, obod hayot kechirishi uchun zaruriy shart-sharoitlarning yaratilishida o'zini ochiq-oydin namoyon qiladi. Pul-kredit siyosati — davlat iqtisodiy tarkibiy qismi ekan, davlat moliyasi barqarorligini ta'minlanishi yo'lida doimo xizmatda turuvchi soha bo'lib qoladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
REFERENCES
I. A.V.Vahobov., T.S.Malikov.Moliya. «N0SHIR».Toshkent-2012. 6362. Мадина Гайфулина./специалист департамента. Оценка эффэктивности
операционного механизма денежно-кредитной политики. Тошкент. 2021
3. Mirazizov A., Radjabova I., Rasulov N., Faizulloyev M., Mamatkulov A., Davlatzoda D., Azimov H., Dzuhrayev G., Ahmadov B./ The effektivnenes of financial and monetary instruments of sustainable devolopement in Tadjikistan'S./ Economy and ways of improving them./ Journal of internet Banking &Commerce.2016. Vol.21 Issue 3, p1-13./ 13p.
4. Mayexl N., Monetar siyosatni qo'llash:Rivojlanayotgan monetary rejimlarga ega mamlakatlardagi operatsion masalalar(XVF).
5. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Birinchi jild./2000-yil.
6. O'zbekiston Respublikasi Farmoni,01.08.1997-yildagi PF-1827-son.
7. https://www.ebsco.com.(EBSCO Information Services).
8. https://uz.wikipedia.org./wiki/Davlat_moliyasi/
9. https://uz.wikipedia.org./wiki/Pul-kredit_siyosati/
10. https://cbu.uz/uz/monetary-policy/concept/
II. https://banki.ru/wikibank/denejno-kreditnaya_politika/
12. https://sbk03.ru/uz/rol-finansov-v-denezhnyh-otnosheniyah-finansy-finansovaya-sistema-raspelitelnaya-funkciya-finansov/
13. https://lex.uz/docs/264548
14. em.tiiame.uz