Научная статья на тему 'MERKANTILIZM VA FIZIOKRAT MAKTABLARI NAMOYONDALARINING NAZARIY QARASHLARI'

MERKANTILIZM VA FIZIOKRAT MAKTABLARI NAMOYONDALARINING NAZARIY QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
778
85
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Iqtisodiyotni tartibga solish / merkantilizm maktabi / fiokrat maktabi / siyosiy iqtisodiyot. / Economic regulation / mercantilism school / fiocrat school / political economy.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mustafoyev G’.S., Eshmurodov Z.

Usbu maqolada iqtisodiyotni tartibga solishda merkantilizm va fiziokrat maktablari namoyondalarining nazariy qarashlari to’g’risida mualliflar tomonidan fikr-mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, iqtisodiyotni tartibga solishda ushbu maktablarning o’ziga xos xususiyatlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article presents the opinions of the authors on the theoretical views of representatives of the mercantilism and physiocrat schools in the regulation of the economy. In addition, the specific characteristics of these schools are mentioned in the regulation of the economy.

Текст научной работы на тему «MERKANTILIZM VA FIZIOKRAT MAKTABLARI NAMOYONDALARINING NAZARIY QARASHLARI»

MERKANTILIZM VA FIZIOKRAT MAKTABLARI NAMOYONDALARINING NAZARIY QARASHLARI

Mustafoyev G'.S.

SamISI "Raqamli iqtisodiyot" kafedrasi dotsenti v.b., PhD

Eshmurodov Z.

SamISI talabasi

Annotatsiya: Usbu maqolada iqtisodiyotni tartibga solishda merkantilizm va fiziokrat maktablari namoyondalarining nazariy qarashlari to'g'risida mualliflar tomonidan fikr-mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, iqtisodiyotni tartibga solishda ushbu maktablarning o'ziga xos xususiyatlari keltirilgan.

Kalit so'zlar. Iqtisodiyotni tartibga solish, merkantilizm maktabi, fiokrat maktabi, siyosiy iqtisodiyot.

Annotation: This article presents the opinions of the authors on the theoretical views of representatives of the mercantilism and physiocrat schools in the regulation of the economy. In addition, the specific characteristics of these schools are mentioned in the regulation of the economy.

Key words. Economic regulation, mercantilism school, fiocrat school, political economy.

Dastlabki iqtisodiy nazariyalar kapitalizmning boshlang'ich davriga to'g'ri keladi (XVXVII asrlar). Bu davrda merkantilistlar jamiyat boyligi muomala sohasida yaratiladi, millat boyligi esa pul miqdori bilan aniqlanadi degan fikrni ilgari surishadi. Merkantilizm - bu iqtisodiy nazariyadagi birinchi maktab bo'lib, uning mashhur namoyondalaridan biri Tomas Men hisoblanadi (1571-1641 y.).

Merkantilizm kapitalni dastlabki jamg'arilishi davriga xos bo'lib, savdo burjuaziya manfaatlarini ifoda etadi. Merkantilizmga ikki xususiyat xosdir:

1) boylik pul bilan ifodalanadi (davlat qancha ko'p pulga ega bo'lsa, u shuncha badavlat hisoblanadi);

2) davlat xokimiyati yordamida pul boyliklarini jamg'arishga erishish mumkin.

Ushbu maktab namoyondalari mamlakatga olib kirilgan va olib chiqilgan

tovarlar o'rtasidagi farqning (aktiv savdo balansi) yuqoriligi bilan davlat boyligi oshadi va davlat aktiv savdo balansida siyosiy ishlarni olib borishi zarur deb hisoblashadi. Davlat mamlakatdan tovarlarni olib chiqishni rag'batlantirish va mamlakatga tovarlar olib kirishni cheklash, ba'zi tovarlarni esa olib kirilishini ta'qiqlash bilan protektsionizm siyosatini yuritishi lozim. Bunda quyidagi tamoyil ol'ga suriladi: chet eldan arzon bahoga sotib olish, boshqa davlatlarga qimmatroq sotish.

Merkantilizm maktabi «Siyosiy iqtisod» atamasining paydo bo'lishi bilan bo'gliq. U frantsuz merkantilisti A.Monkrettonning 1615 yilda chiqqan «Siyosiy iqtisod traktlari» kitobiga kiritilgan edi. Merkantilistlar birinchi bo'lib iste'mol qiymatini emas, balki almashinuv qiymatini boylik deb e'lon qildilar. Keyingi

iqtisodiy maktab fiziokratlar edi. Ushbu maktabning eng ko'zga ko'ringan namoyondasi - F.Kene (1694-1774 y.). Uning xizmati: fiziokratlar muomala sohasini taxlil etishdan ishlab chiqarishni taxlil etishga tomon burilish yasadi. Faqat ular qishloq xo'jaligi bilan chegaralanishdi. Kene ekvivalent ayirboshlash ta'limini ol'ga surdi va savdodagi ayirboshladan xech qanday boylik yaratilmasligini va ayirboshlash xech narsa ishlab chiqarilmasligini isbotladi.

F.Kene «tabiiy tartiblanish» holatini, ya'ni bozor narxining beqaror tebranishi, erkin raqobat va ba'zi hollarda davlat aralashuvi asosida iqtisodiyotni rivojlatirishni ol'ga surdi. Fiziokratlar iqtisodiy rivojlanish o'zida tabiiy jarayonni namoyon qilishi, qonunlarga amal qilinishi va odamlar ta'siridan holi bo'lishini lozim deb bilishdi. Bu ularning mutloq yutuqlari edi.

Bozor munosabatlarining rivojlanishi tadbirkorlar sinfíni vujudga kelishi va mustaxkamlanishi bilan tavsiflanadi. Iqtisodiyotni rivojlanishida davlatning aralashuvi ushbu maktab nuqtai nazarida, ya'ni merkantilizmni iqtisodiy liberalizm g'oyasi bilan almashinish oqibatida tadbirkorlik faoliyatini cheklangan va iqtisodiyotga davlatning aralashuvini salbiy baholagan. Bu g'oya A.Smit va D.Rikardolarning ilmiy ishlarida asoslangan. Ular klassik siyosiy iqtisod maktabi asoschilari bo'lib, qiymatining mehnat nazariyasini yaratdi, kapitalning mazmunini va qo'shilgan qiymat nazariyasini yoritib berdi.

Iqtisodiyotni rivojlanishida davlatning roli xususidagi ularning qarashlari davlatning aralashuvi iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtiradi degan fikrdan kelib chiqadi. Masalan, Smit g'oyasi quyidagicha: «Bozor iqtisodiyoti o'zini-o'zi boshqarishga moslashgan, uning asosida qanday qilib ko'proq fayda olishga harakat qilish bilan bog'liq «ko'rinmas qo'l» - shaxsiy manfaat yotadi». Smit xulosasiga ko'ra, iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning aralashuvi olib tashlansa, iqtisodiyot samarali amal qiladi va bozor butunlay erkin bo'lmog'i lozim.

D.Rikardo, J.B.Sey, D.Mil, A.Marshallar A.Smit g'oyasining davomchilari bo'lib, ular iqtisodiy liberalizm g'oyasi ilgari surishdi va hozirgi kunga qadar zamonaviy iqtisodchilar tomonidan ijobiy baholanmoqda (neoklassik yo'nalish). Klassiklar ja'mi talab va ja'mi taklif mutanosibligini o'zlariga xos talqin etishdi. Ular: ja'mi taklifning o'zgarishi unga mos ja'mi talabni o'zgarishini yuzaga keltiradi degan fikrdan kelib chiqishadi. Bu Sey qonunida o'z aksini topadi, ya'ni taklif etilgan tovar unga mos ravishda talabni keltirib chiqaradi, bu esa talab va taklif o'rtasidagi yuzaga keladigan farqlarni bartaraf etadi. Oldindan ishlab chiqarishning o'rni yo'qoladi. Tovar ishlab chiqarishning o'sishi, ish haqlarini oshishiga olib keladi, buning natijasida taklifga mos ravishda talab ham oshadi.

Haqiqatda esa barcha daromadlar tovarlarga ayirboshlanilmadi. Jamg'arish yuzaga keladi va jamg'arilgan pul miqdori investitsiyaga har doim ham teng bo'lmaydi. Klassikchilar ja'mi talab va ja'mi taklifga bo'gliq holda narxning tebranishi barcha bozorlarni, shu o'rinda mehnat bozorini ham, resurslar bozorini ham barqarorlashtiradi deb hisoblashdi. Bo'glanish: bozorda narxning pasayishi ish haqini pasayishiga olib keldi yoki ish haqi avvalgiday qolsa u holda ishsizlik yuzaga keldi.

Biroq iqtisodiy inqirozlarning keskinlashuvi oqibatida asosan 1929-1933 yillardagi, klassik iqtisodiy liberalizm nazariyasini zaif ekanligini ko'rsatdi. Iqtisodiy inqiroz bozor mexanizmining o'zi iqtisodiyotni tartibga soluvchi va barqarorlashtiruvchi yagona mexanizm bo'la olmasligini ko'rsatdi. Iqtisodiy liberalism kontseptsiyasining ta'siri zaiflashdi. 1929-1933 yillarda bo'lib o'tgan iqtisodiy inqiroz davrida ishlab chiqarish sur'ati 45% ga pasaydi, ishsizlik darajasi oshib ketdi va hokazo. Asosan 1929-1933 yillardagi inqiroz o'zgaruvchan sharoitda bozor davlatning aralashuvisiz ishlab chiqarishni tartibga solishga va resurslardan samarali foydalanishni ta'minlash imkoniyatiga ega emasligini ko'rsatdi.

Ingliz iqtisodchisi Dj.M.Keyns (1883-1946) taklif etgan kontseptsiya iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli haqidagi qarashlarning rivojlanishida yangi va muhim bosqichi hisoblanadi. U bozor iqtisodiyotida davlatning roli haqidagi klassik qarashlarda keskin burilish yasadi. U tartibga solishning bozor mexanizmi bilan uy'gunlashtirilgan iqtisodiyotda davlatning aralashuvisiz iqtisodiyot samarali rivojlana olmasligini ko'rsatib berdi. Keyns kontseptsiyasi o'sha davrdagi xo'jalik tizimini xalokatli larzalardan saqlab qolishga qaratilgan edi. U iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning o'rniga klassik(iqtisodiy liberalizm) qarashlarda burilish yasadi.

Iqtisodiyotni rivojlanishida bozor va davlatning roli, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning zarurati haqidagi Keyns qarashlari iqtisodiy rivojlanishda davlatning roli haqidagi qarashlarda keyns inqilobi nomini oldi. Keyns iqtisodiy modelning mazmunini «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936 y.) asarida yoritib berdi. Bu tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti doktrinasi edi. U bozor iqtisodiyoti «kasal» uni davolash lozim deb hisoblaydi.

«Keyns inqilobi» jarayonida ol'ga surilgan g'oya klassik siyosiy iqtisodchilarni qarashlarida bozor iqtisodiyotiga qarashlarida burilish yasadi. Keyns yalpi talab va taklifni takomillashtirishda davlat siyosatidan foydalanmasdan turib ishlab chiqarish inqirozidan chiqish mumkin emasligini ko'rsatib berdi. Ja'mi talabni pul-kredit va moliya mexanizmlari orqali davlat tomonidan tartibga solish - Keyns g'oyasining asosini tashkil etadi. Keyns ta'limotidagi asosiy tezis: talab taklifni belgilaydi.

Ishsizlikni va resurslardan to'liq foydalanilmaslikni qisqartirish uchun esa davlat o'zning harajatlarini kengaytirish yo'li bilan talabni ra'gbatlantirishi, kam foizli soliq tizimi orqali xususiy investitsiyani ra'gbatlantirishi lozim. Keyns modeli narxlar va ish haqlari qisqa davr ichida sekin o'zgarishi bilan klassik modeldan farqlanadi. Keyns Seyning taklif shaxsiy talabni yuzaga keltiradi degan qonunini rad etdi. Keyns ja'mi talab ja'mi taklifni yuzaga keltiradi, degan fikrni ilgari suradi.

References

1. O'zbekiston Prezidentining 2020 yil 07 dekabrdagi "Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar tog''risida"gi PQ-4913-sonli Qarori. https://lex.uz/docs/-5146298

2. Юсупова Ш.Инвестиции в человеческий капитал // Журнал «Рынок, деньги и кредит», 2007, № 4. -С.47-48.

3. Журнал «Экономическое обозрение», 2007, № 2. -С.12

4. Education in Uzbekistan: supply and demand ratio. Report on human development.-T.: UN Development Program, Center for Economic Research, 2008, -B. 41.

5. Journal of Business Research. The consumer on stage: Toward a typology of improvisation in consumption contexts.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.