Научная статья на тему 'PUL KREDIT SIYOSATI'

PUL KREDIT SIYOSATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
234
109
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PUL - KREDIT SIYOSATI / GLOBAL IQTISODIY INQIROZ / MILLIY MAHSULOT / HISOB STAVKASI

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mamatov M.M.

Ushbu maqolada iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlatning pulkredit siyosati o’rganish asosida uni takomillashtirish, hamda global iqtisodiy inqirozda pul - kredit siyosatining ahamiyati xususida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MONEY CREDIT POLICY

This article discusses the importance of monetary and credit policy in the global economic crisis, as well as its improvement based on the study of the monetary and credit policy of the state in the context of modernization of the economy.

Текст научной работы на тему «PUL KREDIT SIYOSATI»

Mamatov M.M.

Toshkent Moliya Instituti Moliya fakulteti talabasi

PUL KREDIT SIYOSATI

Annotatsiya. Ushbu maqolada iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlatning pulkredit siyosati o'rganish asosida uni takomillashtirish, hamda global iqtisodiy inqirozda pul - kredit siyosatining ahamiyati xususida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: pul - kredit siyosati, global iqtisodiy inqiroz, milliy mahsulot, hisob stavkasi.

Mamatov M.M.

student Finance faculty Toshkent Financial Institute

MONEY CREDIT POLICY

Annotation. This article discusses the importance of monetary and credit policy in the global economic crisis, as well as its improvement based on the study of the monetary and credit policy of the state in the context of modernization of the economy.

Key words: money - credit policy, global economic crisis, national product, discount rate.

Bugungi kunda iqtisodiy o'zgarishlar davri iqtisodiyotni rivojlantirishda moliyaviy va valyuta vositalarining roli, ahamiyati to'g'risidagi tasavvurni sezilarli darajada o'zgartirganligi va tobora rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solish tizimida ularning ustuvorlikka erishganligi isbotini topgan. Hozirgi paytda davlat iqtisodiy siyosati, davlat moliyasi jahon bozorlari rivojlanishining ustuvor yo'nalishlarini, shuningdek, jahon raqobati qoidalarini hisobga olishi kerak. Shu sababli ham davlat moliyasi barqarorligini ta'minlashda pul-kredit siyosatini yuksaltirish o'rinlidir.

10Bugungi kunga kelib dunyo markaziy banklari, jumladan O'zbekiston Respublikasi Markaziy bank faoliyatining bosh mezoni bu - narxlar barqarorligi, inflyatsiyani nazorat qilish samaradorligidir. Hozirda ko'pchilik tomonidan umumiy qabul qilingan nuqtai nazar: narxlar barqarorligi, iqtisodiy o'sish va bandlikni ta'minlash uchun zaruriy shart-sharoitni ta'minlashdir. Agar

10 Kolpakova G.M. Finansbi. Denejnoe obra^enie. Kredit: Uchebnik.postr. - 2-e izdatelstvo, pererab. i dop. - M.: Finansbi i statistika, 2005. 400-402 s. 2 www.ziyonet.uz.

'^KOHOMHKa h соцнумм №4(107)-2 2023

www.iupr.ru

193

mamlakatda yuqori inflyatsiya uzoq muddat davr davom etishi iqtisodiyot uchun salbiy oqibatlarga olib keladi. Аyni vаqtdа vаlyutа bоzоrini libеrаllаshtirish bоrаsidаgi is^^t^ming muvаfаqqiyatli tugаllаnishi ko'p jihаtdаn pul-kredit siyosаtini tаkоmillаshtirish, tijоrаt bаnklаri fаоliyatini mustаhkаmlаsh hаmdа bаnk tizimini rivоjlаntirish chоrаlаri sаmаrаdоrligi bilаn chаmbаrchаs bоg'liq. Hozirgi vaqtga kelib davlatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini amalga oshirishda davlat moliyasining ahamiyati yanada yuksaldi. Takror ishlab chiqarish jarayonlarini ta'minlash, xalqning moddiy va ma'naviy jihatdan farovon turmush tarziga ega bo'lishi uchun zarur shart-sharoitlar barpo qilish, davlat organlarini mablag' tomonlama ta'minotini qoplash, davlatni idora qilish singari sohalarda yetakchi vosita sifatida o'rin egalladi.

Pul - kredit siyosatini amalga oshirishning muhim vositalardan biri — bu hisob stavkasi siyosatidir. Hisob stavkasi yoki qayta moliyalash stavkasi deb Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudaning foiz stavkasi tushuniladi. Amaliyotda, davlatlar hisob stavkasi siyosatini ochiq bozordagi operatsiyalar siyosati bilan muvofiqlashtirilgan holda olib borishga harakat qiladilar. Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan yana biri — bu, majburiy bank zaxira me'yorini o'zgartirish siyosatidir. Majburiy zaxiralar — bu, kredit maqsadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir. Ular mijozlar tomonidan o'z omonatlarini talab qilib olganda zarur bo'ladi. Zaxira normasi ikki asosiy funktsiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda ushlab turishga majbur bo'lgan zaxiralarning eng quyi normasini o'rnatadi va shu vosita yordamida ular kreditlash qobiliyatiga, imkoniyatiga ta'sir etadi. Bu me'yor qanchalik yuqori bo'lsa, ortiqcha zaxiralar shunchalik kam va tijorat banklarining kredit berish yo'li bilan «pullarni barpo etish» qobiliyati past bo'ladi. Pul kredit siyosati vositalari albatta alohida-aloxida ishlatilishi shart emas. Aksincha ko'pincha bir necha vosita birdaniga qo'llanilishi, ya'ni kompleks siyosat o'tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi.

11Davlat tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati YaIM, bandlik va baholar darajasiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Faraz qilamizki, iqtisodiyotda ishlab chiqarish qisqarmoqda va ishsizlar soni ortib bormoqda. Bunday sharoitda davlat Markaziy bank orqali pul taklifini biz yuqorida ko'rib chiqqan vositalar yordamida oshirishga harakat qiladi. Natijada pul taklifi o'sadi, foiz stavkasi esa kamayadi. Bu esa investitsiyalarga bo'lgan talabni oshiradi va o'z navbatida, YaIM miqdorining ko'payishiga olib keladi. Bu bilan davlat ma'lum davrda o'z maqsadiga erishadi, ishlab chiqarishning orqaga ketishi to'xtaydi, ishsizlar soni kamayadi, jamiyatning daromadlari esa oshadi.

Pul-kredit siyosatining oqibati to'g'risida gapirganda, bu siyosatning qisqa muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini farqlash kerak. Agarda qiska muddatli

3 A.V.Vahobov., T.S.Malikov.Moliya. «N0SHIR».Toshkent-2012. 6362. Мадина Гайфулина./специалист департамента. Оценка эффэктивности операционного механизма денежно-кредитной политики. Тошкент. 2021

davrda davlat pul taklifini oshirgan va buning natijasida YalM miqdori o'sishini rag'batlantirgan hamda ma'lum darajada samaradorlikka erishgan bo'lsa, uzoq muddatli davrda esa bu choralarning samaradorligi pasayishi mumkin. Pulkredit siyosati asosida iqtisodiyotga pul-kredit siyosatining ta'sir etishi jarayonlarini o'rganuvchi pul nazariyasi yotadi. Ushbu nazariyaga ikki xil yondashuvchi iqtisodchilar o'rtasida ko'p yillardan beri tortishuvlar bo'lib kelmoqda. Bularga neokeynschilar nazariyasi va zamonoviy pul miqdori nazariyasi tarafdorlarini kiritamiz. Har ikki nazariya tarafdorlari ham pul taklifining nominal YalM ga ta'sirini inkor etmaydilar, ammo bu ta'sirning ahamiyatiga xar xil baxo beradilar. Keynschilar fikricha, monetar siyosat yuritishda foiz stavkasi darajasiga asoslanishi, monetaristlar fikricha esa, pul taklifining darajasiga asoslanishi lozim. Keynschilar bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlat aralashuvi shart deb xisoblashadi, monetaristlar esa uni ortiqcha deb hisoblaydilar. Iqtisodiyotni samarali rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlardan biri, Markaziy bankning biznes faoliyatini barqarorlashtirish, tijorat banklarining faoliyatini nazorat qilishga, pul muomalasini barqarorlashtirishga imkon beradigan pul siyosatining aniq mexanizmini shakllantirishdir.

Pul-kredit siyosati - bu mamlakat iqtisodiyotiga ko'pchilik, biznes tizimining subyektsiyasini buzmaydigan darajada ta'sir ko'rsatishi uchun juda samarali vositadir. Garchi ularning iqtisodiy erkinliklari doirasini cheklash (bu holda iqtisodiy faoliyatning har qanday tartibga solish imkonsiz, ammo ushbu fanlar tomonidan qabul qilingan asosiy qarorlar faqat bilvosita ta'sir qiladi. Pulkredit siyosati deganda, to'liq bandlik sharoitida yalpi milliy mahsulotni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta'sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o'zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Pul kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank amalga oshiradi.Uning yordamida har qanday davlat mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash vazifasini hayotga tadbiq etadi.

12Pul-kredit siyosati bevosita va bilvosita vositalar orqali amalga oshiriladi:

1) Bevosita vositalar — moliyaviy institutlardagi moliyaviy aktivlar narxlari (foiz stavkalari)ni yoki ular hajmini to'g'ridan to'g'ri boshqarish orqali olib boriladi. Markaziy bank tomonidan tijorat banklaridagi mavjud depozit ko'rinishidagi pullarni hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar narxlari va hajmini ham nazoratda tutadi.

2) Bilvosita vositalar — Markaziy bank tomonidan moliyaviy institutlar resurslarita bozor mexanizmlari (majburiy zahira talablari, ochiq bozordagi

4Mirazizov A., Radjabova I., Rasulov N., Faizulloyev M., Mamatkulov A., Davlatzoda D., Azimov H., Dzuhrayev G., Ahmadov B./ The effektivnenes of financial and monetary instruments of sustainable devolopement 'S./ Economy and ways of improving them./ Journal of internet Banking &Commerce.2016. Vol.21 Issue 3, p1-13./ 13p.

https://sbk03.ru/uz/rol-finansov-v-denezhnyh-otnosheniyah-finansy-finansovaya-sistema-raspelitelnaya-funkciya-finansov/

'^KOHOMHKa h ^HyMM №4(107)-2 2023

www.iupr.ru

195

operatsiyalar, tijorat banklarini qayta moliyalash va Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklaridan depozitlarni qabul qilish va boshqalar) orqali iqtisodiyotdagi pul massasiga ta'sir etadi. Bulardan tashqari, Markaziy bank foydalanadigan vositalarning har biri foiz stavkalarining o'sishiga, kreditlash va qarz olish hajmini kamaytirishga, lozim bo'lganda foiz stavkalarini oshirishga yoki aksincha, tushirishga xizmat qiladi. Ochiq bozordagi operatsiyalar, majburiy eng kam zahiralarning bo'lishi, hisobga olish siyosati, valyuta siyosati pul-krediti siyosatining asosiy tarkibiy qismlarini tashkil etadi. Pul-kredit siyosati haqida gapirganda, albatta uning ob'yektlari va sub'yektlarini qatordan tushirib qolmaslik lozim. Negaki, pul-kredit siyosatining ob'yekt va sub'yektlari qaysidir ma'noda uning «tana a'zolari» hisoblanadi.

Bugungi kunda jamiyatning iqtisodiy jihatdan yuksalib borayotganligi valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi ko'pgina jihatdan pul-kredit siyosatini yuksaltirish, tijorat banklari faoliyatini yanada mustahkam qilish va albatta, bank tizimini ham rivojlantirish sohasidagi choralarning naqadar samaradorli ekanligiga chambarchas bog'liqdir.

Yuqorida ta'kidlanganlardan kelib chiqib, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bir necha qaror va farmonga buyruq berdilar. Xususan, «Valyuta bozorini liberallashtirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida»gi Farmonlarining e'lon qilinganiga u qadar ko'p vaqt bo'lmay, davlatimiz rahbarining «Pul-kredit siyosatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorlari qavul qilindi. Hamda pul-kredit siyosatini 2017-2021-yillar davomida rivojlantirish va inflatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o'tish bo'yicha ham chora-tadbirlar Kompleksi o'z tasdig'iga ega bo'ldi.

Foydalangan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to'g'risida Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi: No 03/19/582/4014.

2. Мишкин, Ф.С. (2013). Экономическая теория денег, банковского дела и финансовйх рйнков. Пер. с англ. (п.485). Мосcоw: OOO «I.D. Williams».

3. Taylor, J. (1993). The Robustness and Efficiency of Monetary Policy Rules as Guidelines for InterestRate Setting by European Central Bank. Journal of Monetary Economics, Vol. 43. Issues, b. 655-679.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.