Научная статья на тему 'IQTISODIYOT NAZARIYASINING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI'

IQTISODIYOT NAZARIYASINING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiyot nazariyasi / rivojlangan davlatlar tajribasi / klassik va neoklassik / iqtisodiy sektor / nazariya model. / economic theory / experience of developed countries / classical and neoclassical / economic sector / theory model.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Iskandarov B.A.

Ushbu maqola jahon amaliyotida iqtisodiyot nazariyasini o‘rganish, iqtisodiyot nazariyasining rivojlanish bosqichlarini tahlil etish, iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanish jarayonlari muallif tomonidan o’rganilgan hamda fikr-mulohazalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF ECONOMIC THEORY AS A SCIENCE

In this article, the study of economic theory in world practice, the analysis of the stages of development of economic theory, the formation processes of economic theory as a science are studied by the author, and opinions are given.

Текст научной работы на тему «IQTISODIYOT NAZARIYASINING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI»

Iskandarov B.A.

"Iqtisodiyot nazariyasi" kafedrasi katta o 'qituvchisi

SamlSI

IQTISODIYOT NAZARIYASINING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI

Annotatsiya. Ushbu maqola jahon amaliyotida iqtisodiyot nazariyasini o'rganish, iqtisodiyot nazariyasining rivojlanish bosqichlarini tahlil etish, iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanish jarayonlari muallif tomonidan o 'rganilgan hamda fikr-mulohazalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: iqtisodiyot nazariyasi, rivojlangan davlatlar tajribasi, klassik va neoklassik, iqtisodiy sektor, nazariya model.

Iskandarov B.A. senior teacher department "Economic theory"

SamlES

FORMATION OF ECONOMIC THEORY AS A SCIENCE

Abstract. In this article, the study of economic theory in world practice, the analysis of the stages of development of economic theory, the formation processes of economic theory as a science are studied by the author, and opinions are given.

Key words: economic theory, experience of developed countries, classical and neoclassical, economic sector, theory model.

Kishilaming iqtisoliy hayoti sir-asrorlarini bilishga, xo'jalik faoliyatining asosiy yo'nalishlarini belgilashga bo'lgan tabiiy intilishi qadim zamonlarda ham mavjud bo'lgan. Iqtisodiy bilimlarning ilk ko'rinishlari qadimgi dunyoning mashhur olimlari Ksenofont, Aflotun, Arastu, shuningdek, Qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va O'rta Osiyo olimlari asarlarida o'z aksini topgan. Ming yillar davomida bizgacha yetib kelgan Qur'oni Karim, hadislar, «Qobusnoma», Ibn Xaldun, Ibn Sino, Forobiy, Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug'bekning asarlarini o'qib, ularning iqtisodiy bilimlarni rivojlantirishda xizmati katta ekanligiga yana bir bor amin bo'lamiz. Xususan, arab mutafakkiri Ibn Xaldun (1332-1406) iqtisodiy bilimlar rivojiga katta hissa qo'shgan. U 1370-yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Namunali misollar kitobi») kitobida birinchi bo'lib mahsulotning ikki xususiyatini - foydalanish qiymati va ayirboshlash qiymati tushunchalarini ajratib ko'rsatgan, oddiy va murakkab mehnat, shuningdek, zaruriy va ortiqcha mahsulot to'g'risida fikr-mulohazalar yuritgan. U shuni ta'kidlaydiki, tovar ayirboshlash jarayonida ularni bir-biri bilan solishtirganda, qiymat mehnatni tenglashtirish shaklida namoyon bo'ladi, ya'ni tovarda mujassamlangan mehnat va uning foydaliligi hisobga olinadi.

«Kapital» tushunchasiga yondashishning dastlabki manbalarini Ibn Sino (Avitsenna 980-1037) asarlaridan topish mumkin. U hayotning to'qqiz omilini shakllantirdi: «yer, havo, olov, asablar, hayot sharbatlari, tana qismlari, ruh, kuch, aqliy faoliyat. Bu yerda iqtisodiy, jismoniy, psixologik va axloqiy xususiyatlar bir- biri bilan chambarchas bog'langan bo'lib, ular insonning mehnat salohiyatini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi.

Alisher Navoiy ishlab chiqarish natijasida olingan mahsulotni uch qismga bo'ladi: birinchi qismi xarajatlarni qoplaydi, ikkinchi qismi shaxsiy va oilaviy ehtiyojlarga sarflanadi, uchinchi qismini esa aholining jamoat manfaatlariga sarflashga chaqiradi. Bundan tashqari, A.Navoiy halol mehnat orqali boylikni qo'lga kiritish, jamg'arish va undan foydalanish zarurligini ta'kidlaydi. A.Navoiy mahsulot ishlab chiqarishda mehnatning roli va unda ishlab chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e'tibor beradi.

Iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida dunyoning ko'pgina mamlakatlarida, xususan, Angliya va Fransiyada tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi, milliy va jahon bozorlarining paydo bo'lishi davrida «siyosiy iqtisod» nomi ostida shakllanib boshladi.

Siyosiy iqtisod yunoncha «político» - ommaviy, «oykos» - uy, xo'jalik, «nomos» - qoida, qonun degan so'zlardan olingan bo'lib, birgalikda jamiyatni boshqarish ma'nosini anglatadi. YA'ni, siyosiy iqtisod jamiyat miqyosida iqtisodiy faoliyat qoidalari majmui sifatida qaraladi. Fransuz iqtisodchisi Antuan de Montkretyen (1575-1621) birinchi marta 1615 yilda «Siyosiy iqtisod traktati» asarida bu fanni milliy miqyosda iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asoslab berdi. Klassik iqtisodchilar bu nomni asos qilib olib, siyosiy iqtisodni keng ma'noda, ya'ni «moddiy hayot vositalarini ishlab chiqarish va ularning almashinuvini tartibga soluvchi qonunlar haqidagi fan» sifatida tavsifladilar.Iqtisodiyotnazariyasifaniningshakllanishi jarayonida bir qancha mafkuraviy oqimlar va maktablar vujudga keldi. «Jamiyat boyligi nimadan kelib chiqadi, u qayerdan va qanday ko'payadi» degan savollarga javob topishga harakat qildilar.

Ushbu fan sohasida birinchi maktab merkantilizm - «jamiyat boyligi haqidagi ta'limot» (XY-XYII asrlar) deb nomlangan. Merkantilizm tarafdorlari (italyancha «mercante» - savdogar) jamiyatning boyligini pul (oltin va kumush tangalar) to'plashda ko'rdilar. Ularning fikricha, bunday boylik faqat tashqi savdo tufayli ko'payadi. Savdo sohasida sarflangan mehnat unumli mehnat, boshqa sohalardagi mehnat esa unumsiz hisoblangan. Bu yerda pulning ko'payishi o'z-o'zidan ma'lum: bir mamlakatda tovarlar arzon narxlarda sotib olinsa, boshqasida esa yuqori narxlarda sotiladi. Masalan, Angliyada tashkil etilgan «Rossiya bilan savdo bo'yicha Moskva kompaniyasi» bitta mast daraxtini 25-30 tiyinga sotib olib, uni rossiyaliklarga 4-5 rublga sotdi.

Merkantilistlar iqtisodiyot nazariyasining vazifasini davlat siyosati bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda ko'rdilar. Ularning fikricha, iqtisodiyotda ijobiy savdo balansiga erishish uchun davlat iqtisodiyotga faol

aralashuvi, ya'ni milliy ishlab chiqarishni va savdo-sotiqni o'z homiyligiga olishi kerak.

Keyingi iqtisodiy oqimlardan biri fiziokratlar deb nomlanadi. Merkantilistlardan farqli ravishda fiziokratiya vakillari (F.Kene, A.Tyurgo va boshqalar) boylik qishloq xo'jaligida yaratiladi va ko'payadi, degan g'oyani ilgari surdilar. Fiziokratlar ta'limotining asoschisi F.Kene bo'lib, u fiziokratlar maktabining nazariy asoslarini o'z ichiga olgan mashhur «Iqtisodiy jadval» (1758) asarini yozgan. F. Kene iqtisod fani tarixida birinchi marta milliy iqtisodiyot doirasida tovarlar (xizmatlar) muomalasi va pul mablag'lari oqimining umumiy sxemasini taklif qildi. F.Kene ayirboshlashning ekvivalentligi haqidagi ta'limotni ilgari surdi. Uning fikricha, ayirboshlash yoki savdo-sotiq boylik yaratmaydi, ayirboshlash jarayonida ekvivalent qiymatlar almashinuvi sodir bo'ladi, tovarlarning qiymati bozorga kirishidan oldin aniqlanadi. F.Kene ta'limotida markaziy o'rinni sof mahsulot nazariyasi egallaydi. Kenening fikricha, yalpi ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish xarajatlari o'rtasidagi farq sof mahsulot hisoblanadi. Uning ta'limotida sof mahsulot qo'shimcha qiymat bilan chalkashtiriladi, ya'ni u bu ikki tushunchani bir xil tushunchalar sifatida qabul qiladi. U qo'shimcha qiymat dehqonlarning qo'shimcha mehnati natijasida vujudga keladi, deb tushuntiradi va asarlarida qo'shimcha qiymatni tabiatning sof ne'mati sifatida izohlaydi, uni»yaratishda tabiat ham ishtirok etadi» deb hisoblaydi. Shunday qilib, F. Kene tovarning tannarxi va foydaliligi (foydalanish qiymati) o'rtasidagi farqni ko'ra olmadi.

Merkantilizm va fiziokratizm ta'limotlari tarixiy jihatdan yangi davrda, ya'ni tijorat emas, balki sanoat kapitali iqtisodiy hayotda hukmronlik qila boshlagan davrda o'z ahamiyatini yo'qotdi. Ishlab chiqarishning sanoat bosqichiga o'tishi klassik (lotincha «classicus» - namunali, birinchi darajali) siyosiy iqtisodning paydo bo'lishi bilan birga kechdi. Klassik siyosiy iqtisod merkantilizm va fiziokratiyaning ilmiy jihatdan zaifligini isbotladi. Klassiklarning fikricha, xalqning boyligi savdoda emas, balki ishlab chiqarishda. Ishlab chiqarish bozor qonuniyatlariga asoslanadi, shuning uchun u davlat aralashuviga muhtoj emas.

Klassik siyosiy iqtisod iqtisodiyotning barcha sohalarini: ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va moddiy ne'matlar va xizmatlar iste'molini o'rganadi. Iqtisodiy hodisalarni tavsiflashdan (masalan, tovarni pulga ayirboshlash) ularning mohiyatini va iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlarini o'rganishga qarab boradi. Buning uchun jamiyatning ijtimoiy guruhlari va sinflari o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar chuqur tahlil qilinadi.

Klassik siyosiy iqtisod XYII-XYIII-asrlarda Angliyada gullabyashnagan. Uning asoschilari Uilyam Petti (1623-1687), Adam Smit (1723-1790) va David Rikardo (1772-1823) edi. Ular boylikning umuminsoniy shakli tovar va pulda mujassamlangan qiymat ekanligini ko'rsatib, mehnat qiymati nazariyasiga asos soldilar.

Iqtisodiyot nazariyasining klassik yo'nalishiga eng katta hissa A.Smit tomonidan qo'shildi, u siyosiy iqtisodni ilmiy tizimga aylantirdi, shundan so'ng bu fan oliy o'quv yurtlarida o'qitilib boshlandi. U o'zining asosiy asari «Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini o'rganish» (1776) nomli asarida inson iqtisodiy faoliyatining asosiy rag'batlantiruvchi omili shaxsiy manfaat ekanligini ko'rsatdi. U tushuntirganidek, «inson o'z manfaatlarini ko'zlab, ya'ni mehnat taqsimoti sharoitida foyda olishga intilib, qandaydir mahsulot yoki xizmatni yaratadi, uni boshqalarga yetkazib beradi, shu bilan birga, o'z kapitalini ko'paytiradi va shu orqali jamiyat taraqqiyotiga hissa qo'shadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Mc Connell, Bruc. Economics. 19th edition. Mcgraw-hill/Irvin, USA,2014

2. N.Gregory Mankiw. Principles of Economics, 7th edition. Amazon, USA 2014.

3. Paul A. Samuelson, William D. Nordhaus. Economics. 19th edition. McCraw-Hill Companies. USA. 2009

4. Xodiyev B.Yu., Shodmonov Sh.Sh. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. - T.: "Barkamol fayz media" 2017. - 783 - bet

5. O'lmasov A., Vahobov A.V. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. - T.: "Iqtisod-Moliya" 2014. -480 - bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.