Научная статья на тему 'IQTISODIY TIZIMLAR VA ULARNING MODELLARI'

IQTISODIY TIZIMLAR VA ULARNING MODELLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiyot nazariyasi / iqtisodiy tizimlar / klassik va neoklassik / iqtisodiy sektor / iqtisodiy tizim modellari. / economic theory / economic systems / classical and neoclassical / economic sector / economic system models.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Iskandarov B.A.

Ushbu maqola jahon amaliyotida iqtisodiyot nazariyasini o‘rganish, iqtisodiyot tizimlarning rivojlanish bosqichlarini tahlil etish, iqtisodiy tizimlar va ularning modellari muallif tomonidan o’rganilgan hamda fikrmulohazalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ECONOMIC SYSTEMS AND THEIR MODELS

This article examines the theory of economics in world practice, analyzes the stages of development of economic systems, economic systems and their models are studied by the author, and comments are presented.

Текст научной работы на тему «IQTISODIY TIZIMLAR VA ULARNING MODELLARI»

Iskandarov B.A.

"Iqtisodiyot nazariyasi" kafedrasi katta o 'qituvchisi

SamlSI

IQTISODIY TIZIMLAR VA ULARNING MODELLARI

Annotatsiya. Ushbu maqola jahon amaliyotida iqtisodiyot nazariyasini o 'rganish, iqtisodiyot tizimlarning rivojlanish bosqichlarini tahlil etish, iqtisodiy tizimlar va ularning modellari muallif tomonidan o 'rganilgan hamda fikr-mulohazalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: iqtisodiyot nazariyasi, iqtisodiy tizimlar, klassik va neoklassik, iqtisodiy sektor, iqtisodiy tizim modellari.

Iskandarov B.A. senior teacher department "Economic theory"

SamlES

ECONOMIC SYSTEMS AND THEIR MODELS

Abstract. This article examines the theory of economics in world practice, analyzes the stages of development of economic systems, economic systems and their models are studied by the author, and comments are presented.

Key words: economic theory, economic systems, classical and neoclassical, economic sector, economic system models.

Insoniyat tarixi - bu ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning sodda - bir quyi bosqichidan keyingi, tarixiy taraqqiyotning yuqori bosqichiga bosqichma-bosqich o'tishi tarixidir. Ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishning turli bosqichlari uchun maxsus iqtisodiy tizimlar mos keladi. Kishilik jamiyatining rivojlanish bosqichlarini va har bir bosqichga xos bo'lgan iqtisodiy tizimlarning umumiy xususiyatlarini o'rganish iqtisodiy jarayonlar va ularning rivojlanish sabablarini tushunishda muhim ahamiyatga ega.

Ijtimoiy rivojlanish bosqichlarini tushunishda turlicha yondashuvlar mavjud bo'lib, ularning asosiylari: o'zgaruvchan iqtisodiy tizimlar nuqtai nazaridan: formatsion, sivilizatsion(taraqqiyot), texnologik yondashuvlardir.

Formatsion yondoshuvni idrok etish - bu ijtimoiy rivojlanish bosqichlarini bilishni insoniyat tarixini ishlab chiqarish usullari yoki ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarga bo'lishdan kelib chiqadi va ular quyidagilarga bo'linadi:

- ibtidoiy jamoa;

- quldorlik;

- feodal,

- kapitalistik;

- sotsialistik.

Texnologik yondashuv mehnat vositalari, materiallar, texnologiyalar, energiya, axborot va ishlab chiqarishni muvofiq tashkil etishning jamlanmasidan kelib chiqadi.

Ishlab chiqarishning bir texnologik usulidan ikkinchisiga o'tishi insoniyat taraqqiyotining uzoq tarixiy bosqichlari oralig'ida sodir bo'ladigan ilmiy-texnik taraqqiyoti natijasida mehnat vositalari va qurollarining o'zgarishi bilan belgilanadi.

Texnologik ishlab chiqarish usullarining uch bosqichi mavjud bo'lib, ular -oddiy kooperatsiya, manufaktura va mashinali ishlab chiqarishdir. Oddiy kooperatsiya - bir xil turdagi ishni bajaradigan ishchilar birlashmasining eng oddiy shakli bo'lib, ular ma'lum bir tartib asosida birgalikda ishlaydigan odamlar guruhidir. Manufaktura - bu jamiyat a'zolarining mehnat taqsimotiga asoslangan, mashinalarsiz ishlab chiqarish hamkorligidir. Shu bilan birga, bu turdagi ishlab chiqarish, kooperatsiyada bo'lgani kabi, qo'l mehnati va qo'l mehnatiga asoslangan qurollarga tayanadi. Yirik mashinali ishlab chiqarish (XVIII asr oxiri) mashinalarning funksiyalari bilan belgilanadigan mehnat taqsimotiga asoslangan kooperatsiya bo'lgan.

Sivilizatsiya davri. Ko'pgina olimlar, masalan, D.Gelbrayt, V.Rostou va boshqalar jamiyat taraqqiyotini o'rganishni, uni fan, texnika, texnika va axborot tizimidagi o'zgarishlarga qarab 3 bosqichga bo'lishni tavsiya etadilar: sanoatdan oldingi jamiyat, sanoat jamiyati, postindustrial yoki axborot jamiyati.

Industriyallashgan davrdan oldingi davrning belgilariga:

a. natural xo'jalikning hukmronligi;

b. aholining asosiy qismining qishloq xo'jaligida bandligi;

c. qo'l mehnatining ustunligi;

d. dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq o'rtasida sezilarsizmehnat taqsimotining mavjudligi bilan tavsiflanadi.

Jamiyat taraqqiyotining ikkinchi bosqichi - industrial jamiyatining asosiy belgilariga:

A. mexanik ishlab chiqarish;

B. sanoatni fan va texnika yutuqlariga asoslangan holda rivojlanishi, undagi ishchi xodimlar sonining ortishi;

C. shahar aholisining o'sishi va boshqalar.

Rivojlanishning uchinchi bosqichi - postindustrial jamiyat bo'lib, u quyidagilar bilan farqlanadi:

a. xizmat ko'rsatish sohasining yuqori rivojlanishiva ushbu sohaga ishchi kuchining salmoqli qismining (60-70%) jalb qilinganligi;

b. fan va texnika yutuqlarini jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchiga aylantirilishi, ilmiy tadqiqotchilar va yuqori malakali mutaxassislar rolining ko'payishi;

c. iqtisodiyotning barcha sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishi;

d. tovarlar va xizmatlar sifatiga salbiy ta'sir etmaydigan, barcha turdagi resurslarni tejash imkonini beruvchi zamonaviy turdagi texnika va texnologiyalardan foydalanishi kabilar.

Texnik taraqqiyotining barcha bosqichlari (oddiy kooperatsiya, manufaktura, mashinali ishlab chiqarish) oxirgi 250-300 yilga to'g'ri keladi, ya'ni, tovar xо'jaligining rivojlanish davriga teng keladi. Bu esa, ko'pgina iqtisodchilarning jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini iqtisodiy tizimlarga bo'lib o'rganishni boshlashiga sabab bo'ldi.

Ijtimoiy rivojlanish bosqichlarini tushunish va ularni davrlashtirishga bo'lgan barcha yondashuvlar orasida eng keng tarqalgani - iqtisodiy tizimlar nuqtai nazaridan yondashuv edi.

Iqtisodiy tizim ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilishning iqtisodiy jarayonlari, ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari, mulkiy munosabatlar va iqtisodiy jarayonlarga ta'sir qilishning iqtisodiy mexanizmidir.

Iqtisodiyot nazariysida iqtisodiy tizimlar iqtisodiy tizimning maqsadlariga, ishlab chiqarish vositalariga egalik shakllariga ko'ra, xo'jalik yuritish shakllari bo'yicha, iqtisodiy faoliyatni tartibga solish usullari kabi mezonlarga ko'ra tasniflanadi. Neoklassik yondashuv vakillari iqtisodiy tizimlarning quyidagi modellarini ajratadilar: an'anaviy iqtisodiyot, ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan yoki rejali iqtisodiyot, bozor iqtisodiyoti (3.1-rasm).

H^thco^hh TH3HMJiap MO^JiejuiapH

■ L JL -Jl

A HT,H H il P.IIH HKTIICOÎÎHCT r 1 MabMypuii-ôyiipyiyOoi.ihkka acocjiaHraH iiktiicouhct / Bo3op HKTHCoflnëTH

r

il

KuaccHK 6o3op HKTHCo^HëTH

Apajiaiu 6o3op HKTHCoanëTH

1 - rasm. Iqtisodiy tizimlar modellari.

An'anaviy iqtisodiyot avloddan-avlodga o'tib kelayotgan an'analarga asoslanadi. Bu an'analar qanday tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni, kim uchun va qanday ishlab chiqarilishini belgilaydi. Tovarlar ro'yxati, ishlab chiqarish texnologiyasi va uning taqsimoti ma'lum bir mamlakatning odatlariga asoslanadi. Jamiyat a'zolarining iqtisodiy o'rni merosiy va qabilaviy aloqadorligi bilan belgilanadi.

Iqtisodiyotning bu turi bugungi kunga qadar texnologik taraqqiyot katta qiyinchiliklar bilan kirib kelayotgan ayrim rivojlanmagan mamlakatlarda saqlanib

qolgan, chunki u, odatda, ushbu mamlakatlarda o'rnatilgan urf-odat va an'analarga zid keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Mc Connell, Bruc. Economics. 19th edition. Mcgraw-hill/Irvin, USA,2014

2. N.Gregory Mankiw. Principles of Economics, 7th edition. Amazon, USA 2014.

3. Paul A. Samuelson, William D. Nordhaus. Economics. 19th edition. McCraw-Hill Companies. USA. 2009

4. Xodiyev B.Yu., Shodmonov Sh.Sh. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. - T.: "Barkamol fayz media" 2017. - 783 - bet

5. O'lmasov A., Vahobov A.V. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. - T.: "Iqtisod-Moliya" 2014. -480 - bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.