Научная статья на тему 'IQTISODIY О‘SISHINI TA’MINLASHDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK FAOLIYATINING О‘RNI'

IQTISODIY О‘SISHINI TA’MINLASHDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK FAOLIYATINING О‘RNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1499
188
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
kichik biznes / tadbirkor / ishsizlik / bandlik / iqtisodiy barqarorlik / iqtisodiy tarmoqlar. / small business / entrepreneurship / unemployment / employment / economic stability / economic sectors.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shoxistaxon Nomanjanovna Axunova

Maqolada О‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining о‘rni va iqtisodiy tarmoqlardagi iqtisodiy holatlari chuqur tahlil qilinib, uning milliy iqtisodiyotni barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyati bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP IN ECONOMIC GROWTH

The article deeply analyzes the importance of small business and private entrepreneurship in the economy of the Republic of Uzbekistan, its state of the economy, the author offers suggestions and recommendations for its development in the national economy.

Текст научной работы на тему «IQTISODIY О‘SISHINI TA’MINLASHDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK FAOLIYATINING О‘RNI»

IQTISODIY O'SISHINI TA'MINLASHDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK FAOLIYATINING O'RNI

Shoxistaxon Nomanjanovna Axunova

Farg'ona politexnika instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada О'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining o'rni va iqtisodiy tarmoqlardagi iqtisodiy holatlari chuqur tahlil qilinib, uning milliy iqtisodiyotni barqarorligini ta'minlashdagi ahamiyati bayon etilgan.

Kalit so'zlar: kichik biznes, tadbirkor, ishsizlik, bandlik, iqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy tarmoqlar.

THE ROLE OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP IN

ECONOMIC GROWTH

ABSTRACT

The article deeply analyzes the importance of small business and private entrepreneurship in the economy of the Republic of Uzbekistan, its state of the economy, the author offers suggestions and recommendations for its development in the national economy.

Keywords: small business, entrepreneurship, unemployment, employment, economic stability, economic sectors.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish O'zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Kichik biznes kapital taqchilligi sharoitida ko'p va yirik mablag' talab etmaydigan xo'jalik faoliyati sifatida resurslar aylanmasining yuqori sur'atlarini ta'minlaydi, iqtisodiyotni qayta qurish, iqtisodiy beqarorlik va resurslar chegaralanganligi sharoitida iste'mol bozorini shakllantirish va uni to'ldirish muammosini tez hamda tejamli tarzda hal etadi. Kichik korxonalar bozor talabining o'zgarishiga darhol moslashadi va shu yo'l bilan iste'mol bozoridagi zaruriy muvozanatni ta'minlaydi. Shuningdek, kichik biznes yangi ish o'rinlarini yaratishi bilan o'sib boruvchi ishsizlik muammosini yumshatadi. Bu esa o'z navbatida respublikamiz aholisining 60% dan ortig'i qishloq joylarda yashashini hisobga olsak, ushbu sohani rivojlantirish va taraqqiy etishini ta'minlash hozirgi kunda eng muhim dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masala ekanligi yorqin namoyon bo'ladi. Bu borada barqaror iqtisodiy o'sishini ta'minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarning ko'lamiga

qaramasdan bu sohada hali o'z yechimini kutayotgan muammolar mavjud. Jumladan iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlariga kichik biznesni rivojlantirishning ilg'or xorijiy tajribalarini tatbiq etish, ularining o'ziga xos ilmiy-uslubiy asoslarini o'rganish, kelgusidagi istiqbolli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish hamda tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy samaradorligini oshirishning tashqi va ichki omillarini aniqlash lozim. Shu nuqtai nazardan, respublikamizda real sektor tarmoqlarining barqaror iqtisodiy o'sishini ta'minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini istiqboldagi izchil rivojlantirish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish bugungi kunning muhim va dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.

Ko'plab xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mazmun mohiyati, uni rivojlantirishga ta'sir etuvchi omillar, ki chik biznes subyektlarining iqtisodiyotdagi o'rni hamda ahamiyati to'g'risida ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan, V.Dolyaning "Ensiklopediya biznesmena" lug'atida «Tadbirkor degani yangi bir ishga qo'l urish, uni bajarishga kirishish, qandaydir kattaroq ishlarni amalga oshirishdir»-deb ta'rif berilgan bo'lsa, R.Xizrich va M. Piterslar "Tadbirkor, ya'ni o'ylab ish ko'ruvchi kishi - korxona ishini yurgizishga moyil, qobiliyatli, katta hajmdagi ishlarga qo'l ura oladigan, jasur, cho'rtkesar va bunday ishlarga botir bo'lgan kishidir»-deb ataganlar. Rossiyalik olimlardan A.G.Aganbegyan iqtisodiyotda kichik biznes subyektlarining iqtisodiyotda mahsulotlar ishlab chiqaruvchi, boylik yaratuvchi va xizmat ko'rsatish sohalarini o'z ichiga oladigan soha ekanligi ammo, unga moliya-kredit, birja faoliyati kirmasligini ta'kidlagan bo'lsa, A. Komov o'zining "Russkoye ekonomicheskoye obshestvo" jurnalida bergan ilmiy maqolasida kichik biznes subyektlarini iqtisodiyotning yirik tarkibiy qismi ekanligi va uning rivojlanishida kredit tizimining ahamiyati to'g'risida fikr yuritgan. Umuman olganda, kishining tadbirkorlik holati - bu tashabbuskorligi, novatorligi, manfaatdorligi, ishga eskicha emas, yangicha yondashishdir.

O'zbekistonda kichik biznes korxonalarini barpo etish orqali mustaqil xo'jalik yurituvchi mulk egalari shakllandi. Kichik biznes korxonalari bozor iqtisodiyotiga xos turli makroiqtisodiy shart-sharoitlar va talablariga moslashishi imkoniyatlariga egaligi bilan ustuvor ahamiyatga ega. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish milliy iqtisodiyotimiz barqarorligini ta'minlashning muhim makroiqtisodiy omillaridan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda kichik biznes taraqqiyoti natijasida ularning mamlakatda yaratilayotgan yalpi ichki mahsulot salmog'idagi ulushining ortib borayotganligi bilan izohlash mumkin.

Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish dasturi doirasida iqtisodiy o'sishni ta'minlash, yangi ish o'rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o'rin tutayotgan kichik biznes va

xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, rag'batlantirish va qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratiladi.

REFERENCES

1. Ахунова, Ш. Н., & Абдуллаева, Б. (2015). Динамика и перспективы развития частного предпринимательства в Узбекистане. Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов, (5), 23-25.

2. Ахунова, Ш. Н. (2015). К проблемам оптимизации налоговой нагрузки субъектов предпринимательства. Молодой ученый, (2), 246-248.

3. Кундузова, К. И., & Ахунова, Ш. Н. (2019). Пути развития дехканских хозяйств и повышения их эффективности. Известия Ошского технологического университета, (3), 273-277.

4. Kurpayanidi, K., Nabiyeva, N., Akhunova, S., & Tukhtasinova, M. (2021). Analysis of the State's Macroeconomic Policy. Revista Geintec-Gestao Inovacao E Tecnologías, 77(4), 4669-4680.

5. Ахунова, Ш. Н., & Аширалиев, Ф. (2015). К вопросам развития строительной индустрии в сельской местности Узбекистана. Молодой ученый, (6), 375-377.

6. Ахунова, Ш. (2021). Эволюционная структура и функции конкуренции. Общество и инновации, 2(2), 87-92.

7. Ахунова, Ш. Н., Мамаджанов, И. Б., & Урозова, Д. Д. (2019). Химическая промышленность Узбекистана: проблемы развития и пути их преодоления. Экономика и бизнес: теория и практика, (6-1), 34-38.

8. Ахунова, Ш. Н. (2014). Организационно-правовые механизмы формирования семейного предпринимательства. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук, (4-1).

9. Namanzhanovna, A. S., & Shokhsanam, T. (2021). GLOBAL TRENDS AND PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF THE INNOVATION ECONOMY IN UZBEKISTAN.

10. Axunova, S. N. (2021). INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE DIGITAL ECONOMY. Theoretical & Applied Science, (1), 290-292.

11. Axunova, S. N. (2021). SMALL BUSINESS IN THE DIGITAL ECONOMY AND ITS SECURITY. Theoretical & Applied Science, (1), 347-349.

12. Axunova, S. N. (2020). DIGITAL TRANSFORMATION OF ECONOMIC SYSTEMS PRODUCING INTERNATIONAL BUSINESS INVESTMENT ACTIVITY. Theoretical & Applied Science, (5), 773-776.

13. Ахунова, Ш. Н. (2020). УЛУЧШЕНИЕ ЭКОНОМИЧЕСКИХ МЕХАНИЗМОВ ИНВЕСТИЦИОННОЙ СТРАТЕГИИ РЕГИОНОВ. In МИНТАКА ЩТИСОДИЁтНИ ИНВЕСТИЦИЯЛАШНИНГ МОЛИЯВИЙ-ХУКУКИЙ ВА ИННОВАЦИОН ЖИХАТЛАРИ (pp. 178-183).

14. Muminova, E., Honkeldiyeva, G., Kurpayanidi, K., Akhunova, S., & Hamdamova, S. (2020). Features of introducing blockchain technology in digital economy developing conditions in uzbekistan. In E3S Web of Conferences (Vol. 159, p. 04023). EDP Sciences.

15. Ахунова, Ш. Н. The main directions of cooperation of large and small businesses in industries of Fergana region Akhunova SH. N.(Republic of Uzbekistan) Основные направления кооперации крупного и малого бизнеса в промышленности Ферганской области.

16. Nomanzhanovna, A. S. (2016). The main directions of cooperation of large and small businesses in industries of Fergana region. Проблемы современной науки и образования, (2 (44)).

17. Ахунова, Ш. Н. (2020). ЭКОБИЗНЕС. Экономика и социум, (2), 104-107.

18. Nomanjanovna, A. S. (2012). Development issues of free economic zones. International Journal on Integrated Education, 2(5), 83-86.

19. Akhunova, S. N. (2019). ЭКОНОМИЧЕСКИЙ МЕХАНИЗМ ПРИМЕНЕНИЯ АНТИКРИЗИСНОГО УПРАВЛЕНИЯ НА ПРЕДПРИЯТИИ. Theoretical & Applied Science, (5), 34-39.

20. Ахунова, Ш. Н., & Толибов, И. Ш. У. (2019). К проблеме повышения эффективности привлечения инвестиций в экономику Узбекистана. Достижения науки и образования, (7 (48)), 18-22.

21. Тешабоев, А. М., & Рубидинов, Ш. F. У. (2022). ВАКУУМНОЕ ИОННО-ПЛАЗМЕННОЕ ПОКРЫТИЕ ДЕТАЛЕЙ И АНАЛИЗ ИЗМЕНЕНИЯ ПОВЕРХНОСТНЫХ СЛОЕВ. Scientific progress, 3(2), 286-292.

22. Тешабоев, А. М., Рубидинов, Ш. F. У., & Fайратов, Ж. F. У. (2022). АНАЛИЗ РЕМОНТА ПОВЕРХНОСТЕЙ ДЕТАЛЕЙ С ГАЗОТЕРМИЧЕСКИМ И ГАЛЬВАНИЧЕСКИМ ПОКРЫТИЕМ. Scientific progress, 3(2), 861-867.

23. Рубидинов, Ш. F. У., Fайратов, Ж. F. У., & Ахмедов, У. А. У. (2022). МАТЕРИАЛЫ, СПОСОБНЫЕ УМЕНЬШИТЬ КОЭФФИЦИЕНТ ТРЕНИЯ ДРУГИХ МАТЕРИАЛОВ. Scientific progress, 3(2), 1043-1048.

24. Yulchieva, S. B., Olimov, A., & yusuf Yunusov, M. (2022). Gas Thermal and Galvanic Coatings on the Surface of Parts. International Journal of Innovative Analyses and Emerging Technology, 2(2), 26-30.

25. Рубидинов, Ш. Г. У., & Fайратов, Ж. Г. У. (2021). Куп операцияли фрезалаб ишлов бериш марказининг тана деталларига ишлов беришдаги унумдорлигини тахлили. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(9), 759-765.

26. Рубидинов, Ш. F. У., Fайратов, Ж. F. У., & Райимжонов, К Р. У. (2021). ИЗНОСОСТОЙКИЕ МЕТАЛЛОПОДОБНЫЕ СОЕДИНЕНИЯ. Scientific progress, 2(8), 441-448.

27. Рубидинов, Ш. F. У., & Раимжонов, К Р. У. (2022). ИЗМЕНЕНИЕ МИКРОРЕЛЬЕФА ПОВЕРХНОСТИ И ШЕРОХОВАТОСТИ ДОПУСКОВ ДЕТАЛЕЙ ПОСЛЕ ХИМИЧКЕ-ТЕРМИЧЕСКИЙ ОБРАБОТКИ БОРИРОВАНИЯ. Scientific progress, 3(1), 34-40.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.