Научная статья на тему 'IQTISODIY AXBOROTLARNI JADVAL REDAKTORI VOSITALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA QAYTA ISHLASH DASTURLARI'

IQTISODIY AXBOROTLARNI JADVAL REDAKTORI VOSITALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA QAYTA ISHLASH DASTURLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
39
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Iqtisodiy axborot tizim / Malumotlarning intеgratsiyalashtirish / Malumotlarning yaxlitligi / Malumotlarning aloqadorligi / Matеmatik taminot / Dasturiy taminot / Axborot taminoti / Lingvistik taminot / Tashkiliy taminot / Economic information system / Data integration / Data integrity / Data relevance / Mathematical data / Software data / Information data / Linguistic data / Organizational data.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Rajaboyev Sh.Sh., Bashirova S.J.

Ushbu ilmiy publisistik maqolada iqtisodiy axborotlar, iqtisodiy masalalarni kompyuterlar yordamida yechish bosqichlari, iqtisodiy masalalar turlari va axborot tizimi yordamida ishlash

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROGRAMS FOR PROCESSING ECONOMIC INFORMATION USING TABLE EDITOR TOOLS

In this scientific journalistic article, economic information, stages of solving economic problems with the help of computers, types of economic problems and working with the help of an information system

Текст научной работы на тему «IQTISODIY AXBOROTLARNI JADVAL REDAKTORI VOSITALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA QAYTA ISHLASH DASTURLARI»

Rajaboyev Sh.Sh.

SamISI "Axborot texnologiyalari" kafedrasi assistenti

Bashirova S.J.

SamISI "Buxgalteriya hisobi va menejment'' fakulteti talabasi BH-123

IQTISODIY AXBOROTLARNI JADVAL REDAKTORI VOSITALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA QAYTA ISHLASH

DASTURLARI

Annotasiya. Ushbu ilmiy publisistik maqolada iqtisodiy axborotlar, iqtisodiy masalalarni kompyuterlar yordamida yechish bosqichlari, iqtisodiy masalalar turlari va axborot tizimi yordamida ishlash

Kalit so 'zlar: Iqtisodiy axborot tizim, Malumotlarning intеgratsiyalashtirish, Malumotlarning yaxlitligi, Malumotlarning aloqadorligi, Matеmatik taminot, Dasturiy taminot, Axborot taminoti, Lingvistik taminot, Tashkiliy taminot

Rajaboyev Sh.Sh.

assistant

"Information Technologies" department

SamIES Bashirova S.J. student

Faculty of "Accounting and Management "

BH-123 SamIES

PROGRAMS FOR PROCESSING ECONOMIC INFORMATION USING

TABLE EDITOR TOOLS

Abstract. In this scientific journalistic article, economic information, stages of solving economic problems with the help of computers, types of economic problems and working with the help of an information system

Key words: Economic information system, Data integration, Data integrity, Data relevance, Mathematical data, Software data, Information data, Linguistic data, Organizational data.

Iqtisodiy axborot tizimi - bu professional faoliyatda axborot jarayonlarini avtomatlashtirishga mo'ljallangan texnik dasturiy va tashkiliy choratadbirlar majmui. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi kasbiy faoliyat jarayonida ma'lumotlarni qayta ishlash uchun ba'zi axborot texnologiyalarini joriy qilishni ta'minlaydi. Iqtisodiy ob'ektni boshqarish samaradorligi va sifatini oshirish,

shuningdek korxonaning iqtisodiy faoliyatini tahlil qilish uchun iqtisodiy axborotni tayyorlash, olish, qayta ishlash, uzatish, hisobga olish, nazorat qilish uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan keng qamrovli axborot tizimini yaratish kerak. Kurs loyihasining maqsadi - (ulgurji savdo) iqtisodiy ma'lumotlarni qayta ishlash tizimini avtomatlashtirish.

Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal etish talab etiladi:

• Axborotni qayta ishlashning avtomatlashtirilgan tizimining maqsadini aniqlash;

• Axborotni qayta ishlashning iqtisodiy tizimlari talablari va tuzilishini ko'rib chiqish

• Ob 'ektning umumiy tuzilishini aniqlash;

• Ma 'lumotlar bazasini yaratish;

• Domen modelini tavsiflash.

Avtomatlashtirilgan axborotni qayta ishlash tizimining maqsadi -boshqarish tizimlarini avtomatlashtirish masalalarini ko'rib chiqishda, birinchi navbatda, avtomatlashtirishni aniqlashtirishimiz kerak, ya'ni avtomatlashtirish ob'ektlarini aniqlab olishimiz kerak. Avtomatlashtirish ob'ektlarini aniqlash uchun korxonaning ishlash jarayonini tahlil qilish, tahlil natijasida boshqaruv tizimida ma'lumotlarni qayta ishlash jarayonining tavsifi olingandan so'ng bu jarayon elementlari aniqlanadi. Har qanday boshqaruv tizimi vazifasini hal qilishda axborotni qayta ishlash jarayonini tahlil qilish, unda kiritilgan ma'lumotni ma'lum bir natijaga qayta ishlashning aniq mexanizmini amalga oshirishni o'z ichiga olgan va mansabdor shaxslar tomonidan individual ravishda amalga oshiriladigan o'zaro bog'liq bo'lgan uchta turdagi axborotni ajratib olishga imkon beradi. Insonning kundalik mehnat faoliyati tashqi muhit togrisidagi axborotlarni qabul qilish va toplash, turli masalalarni echish uchun zarur bolgan ma'lumotlarni aniqlash, qayta ishlash kabi amallarni bajarish bilan bogliq boladi. Shu sababli, ham yuqoridagi amallar majmuasi, ularni tatbiq etish usullarini vositalari axborot tizimlarini (AT) yaratish uchun asos bolib xizmat qiladi. Axborot tizimlarining asosiy maqsadi foydalanuvchilarni tegishli sohaga taaluqli bolgan axborot bilan taminlashiga qaratilgan. EHMlarning yaratilishi natijasida avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini (AAT) hosil qilish imkoniyatlari paydo boldi. Hozirgi kunda AATning rivojlanishi ikki yonalishda olib borilmoqda.

Birinchi yonalish - avtonom fayllar asosida axborot tizimlarini hosil qilish. Bunday ATning imkoniyat doiralari chegaralangan va oddiy tuzilishiga ega. Ular avtonom fayllar toplamini qayta ishlash hamda hujjatlarni chiqarish amallarini bajaradigan dasturlar majmuasidan tashkil topadi.

Bunday tizimlar quyidagi kamchiliklarga ega:

- malumotlarning takrorlanishi;

- fayllarni yuritish murakkabligi;

- fayllar bilan birgalikda ishlash qiyinligi;

- dasturlarning malumotlarga bogliqligi va boshqalar

Ikkinchi yonalish - malumotlar bazasini hosil qilish. Malumotlar bazasi asosida hosil qilingan AT foydalanuvchilar majmuasiga xizmat korsatadi va yuqorida korsatilgan tizimlar juda kеng tarqalmoqda. AATning faoliyati axborotlarni toplash va qayta ishlash bilan bogliq. Tizimga kiritilayotgan va foydalanuvchiga bеrilayotgan axborotlar hujjatlar korinishda shakllanadi. Shu sababali ham hujjat moddiy obеkt hisoblanadi va malum bir tartib asosida rasmiylashtirilgan axborotlar toplamidan iborat boladi. AATda axborot manbai sifatida odamlar va tеxnik vositalar hisoblansa, istеmolchi sifatida turli foydalanuvchilarni uch guruhga ajratish mumkin: tizimning mamuriyati, dasturchilar va oxirgi istеmolchilar. Foydalanuvchilarning AAT ga murojaati talab asosida amalga oshiriladi. Talab-mavsumlashtirilgan xabar bolib, unda tеgishli malumotlarni qidirish shartlari va ular ustidan bajarilishi lozim bolgan vazifalar korsatiladi. Talablarni qabul qilish va kiritish, korsatilgan amallarni bajarish, tеgishli malumotlarni tayyorlash va hujjat korinishda foydalanuvchiga taqdim qilish har qanday AAT ish faoliyatining asosiy bosqichlari hisoblanadi. Hozirgi kunda AATlar inson faoliyatining turli sohalarida, masalan, xalq xojaligi tarmoqlarini boshqarishda, ilmiy-tadqiqot ishlarini boshqarishda, marif sohasida loyihalashtirishda qollanilmoqda. Bunda quyidagi ikki usulning biridan foydalaniladi: AATdan avtonom foydalanish. Bunda AAT boshqa tizim tarkibiga kirmaydi, balki mustaqil faoliyat korsatadi. Bunga, masalan, tayyora va tеmir yol chiptalarini sotish tizimlari («Sirena», «Ekspress»), talab boyicha tеgishli hujjatlarni tayyorlovchi axborot - qidirish tizimlari va boshqalar misol boladi. AAT dan yuqori darajali boshqarish tizimining tarkibiy qismi sifatida foydalanish. Bunda hosil qilingan chiquvchi malumotlardan tizimning boshqa elеmеntlari faoliyatida ham qollaniladi. Bunday AATga, masalan, axborot -oqitish tizimlari, loyihalashtirishning avtomatlashtirilgan tizimlari, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari misol boladi. Hujjatli axborot qidirish tizimi (XAQT) hujjatlashtirilgan malumotlarni saqlash va qayta ishlashni amalga oshiradi. Kutubxona faoliyatining avtomatlashtirilgan tizimi XAQT ga misol boladi. Faktografik axborot qidirish tizimi (FAQT) raqmli va mantli malumotlarni saqlashda va qayta ishlashda qollaniladi. Tashkil qilinayotgan AATning asosiy qismi FAQT turidagi tizimga misol boladi. Malumotlarni ishlash usuliga kora AAT ikki qismga: axborot -malumotnoma tizimi (AMT) va malumotlarni ishlashning avtomatlashtirilgan tizimi (MIAT)ga bolinadi.

Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash bazasini tashkil qilish tamoyillari.

Iqtisodiy axborot - bu iqtisodiy jarayonlarning holati va borishini aks ettiradigan o'zgartirilgan va qayta ishlangan ma'lumotlar to'plami. Axborotga bolgan talablarning turli-tumanligi, masalalar kolamining tobora ortib borishi va boshqalar zamonaviy ATlari oldiga bir qator talablar qoymoqda. Bunday talablar jumlasiga quyidagilar kiradi: Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash bazasining aniqligi. Malumki, malumotlar bazasi tеgishli sohaning axborot modеlini tashkil qiladi. Shu sababli ham MB da saqlanayotgan axborotlar obеktlarning holati, xususiyati va ular ortasida aloqalarni toliq va aniq ifodalash lozim. Aks holda

tashkil qilingan MB xatarli bolishi va zarar keltirishi mumkin. Tezkorlik va unumdorlik. Tizimning tezkorligi qoyilgan talabga javob berish vaqti bilan aniqlanadi. Bunda nafaqat EHM ning tezkorligini, balki malumotlarning joylanishi, izlash usullari, talabning qiyinligini va boshqa olimllarni ham hisobga olish zarur. Tizimning unumdorligi esa vaqt birligi ichida bajarilgan talablarning miqdori orqali aniqlanadi. MBdan foydalanishning odiyligi va qulayligi. Bu talab tizimdan foydalanuvchi barcha istemolchilar tomonidan qoyiladi. Shu sababli ham MB dan foydalanishning oson, sodda va qulay usullarini yaratish muhim ahamiyatga ega. Malumotlarni himoyalash. Tizim malumotlar bazasida saqlanilayotgan axborot va dasturlarni tashqi tasirlardan, begona foydalanuvchilardan himoyalashni taminlashi lozim. Tizimning rivojlanishi. Tizim tarkibi doimo yangi elementlar, dasturlar bilan taxminlanishi, axborot massivlari ozgartirilishi va yangilanib borishi zarur.

Yuqorida keltirilgan talablarga javob beradigan MB quydagi tamoyillarga asoslangan holda tashkil qilinishi mumkin:

Malumotlarning integratsiyalashtirish tamoyili. Bu tamoyilning mohiyatiga kora ozaro boglanmagan axborotlar yagona malumotlar bazasiga birlashtiriladi. Buning natijasida malumotlar foylalanuvchi va uning amaliy dasturlariga axborot massivlari korinishida taqdim etiladi. Axborat massivlaridan foydalanilganda kerakli malumotlarni qidirish, qayta ishlash jarayonlarini boshqarish osonlashadi, malumotlarning ortiqchaligi kamayadi, MBni yuritish yengillashadi.

Malumotlarning yaxlitligi tamoyili. Bu tamoyil orqali MBda saqlanayotgan axborotlarning aniqligi ortadi, yani ularning xususiyatlari va tavsifnomalari tegishli soha obektlari toliq ifodalaniladi. Malumotlarning yaxlitligi notogri axborotni kiritish yoki uning malum bir qismini xotiradan ochirib tashlash natijasida buzilishi mumkin. Shuning uchun ham kiritilayotgan axborotlarni nazorat qilish, saqlanayotgan malumotlarni doimo tekshirish, maxsus tizim yordamida tiklash va boshqa tadbirlar orqali MB ning yaxlitligini taxminlash mumkin.

Malumotlarning aloqadorligi tamoiyli. Bu tamoyilning mohiyatiga kora MBdagi barcha axborotlar ozaro boglangan bolib, obektlar ortasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Axborot turlari va ular ortasidagi munosabatlar majmuasi malumotlarning mantiqiy tuzilishini tashkil qiladi.

Malumotlarning yetarli bolish tamoyili. Bu tamoyilning mohiyatiga kora, tegishli axborotlar MBda yagona nusxa saqlanadi va ular istalgan masalani yechish uchun ozaro boglanadi hamda yetarli boladi. Masalan, avtonom fayllardan iborat bolgan AATda bazi bir axborotlar takrorlansa, MB da esa ularning takrorlanishi butunlay barham topadi.

MBni boshqarishini markazlashtirish tamoyili. Bu tamoyilga kora malumotlarni boshqarishning barcha funktsiyalari yagona boshqarish dasturi-malumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT)ga beriladi. Bu tamoyilga rioya

qilish asosida ATdan foydalanishning samaradorligi barcha jarayonlar MBBT orqali amalga oshiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Shoaxmedova N.X., Abdullayeva I.N., "Iqtisodiyotda axborot texnologiyalar va tizimlar". Darslik.Toshkent-2021. -504bet

2. J.Rustamov.,A.Ernazarov.,K.Shadiyarova.,N.Tojiyev.,J.Umirov., "Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar". O'quv qullanma. Samarqand - 2022. -292 bet.

3. Jomonqulova F.E., Shadmanov I.E., Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnalogiyalar va tizimlar. O'quv qullanma. Samarqand, 2021- 455 b.

4. R.Dadabayeva va boshqalar. «Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion tyexnologiyalar va tizimlar. Oquv qollanma. Toshkent, 2019. - 455 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.