Научная статья на тему 'MAVZU: MADANIY MEROS VA TURIZM OB’EKTLARI MA’LUMOTLAR BAZASINI YARATISH'

MAVZU: MADANIY MEROS VA TURIZM OB’EKTLARI MA’LUMOTLAR BAZASINI YARATISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Malumotlar bazasi / madaniy meros / ArcGIS / Atribut jadval / turizm / Xorazmda voxasi / Qoraqum / Amudaryo. / Database / cultural heritage / ArcGIS / Attribute table / tourism / Khorezm vox / Karakum / Amudarya.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Raximova Z.I.

Ushbu maqolada madaniy meros ob’ektlarini xaritaga olishning zamonaviy metodlari va texnologiyalari yordamida madaniy meros ob'ektlari va turizm haqidagi ma'lumotlarni to’plash, tahlil qilish, saqlash va ularni qayta ishlash asosida modellashtirish tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SUBJECT: CREATION OF A DATABASE OF CULTURAL HERITAGE AND TOURISM OBJECTS

This article analyzes modeling based on the collection, analysis, storage and processing of information about cultural heritage sites and tourism using modern methods and technologies for mapping cultural heritage sites.

Текст научной работы на тему «MAVZU: MADANIY MEROS VA TURIZM OB’EKTLARI MA’LUMOTLAR BAZASINI YARATISH»

Raximova Z.I.

MAVZU: MADANIY MEROS VA TURIZM OB'EKTLARI MA'LUMOTLAR BAZASINI YARATISH

Annotatsiya. Ushbu maqolada madaniy meros ob'ektlarini xaritaga olishning zamonaviy metodlari va texnologiyalari yordamida madaniy meros ob'ektlari va turizm haqidagi ma'lumotlarni to'plash, tahlil qilish, saqlash va ularni qayta ishlash asosida modellashtirish tahlil qilingan.

Kalit so'zlar. Malumotlar bazasi, madaniy meros, ArcGIS, Atribut jadval, turizm, Xorazmda voxasi, Qoraqum, Amudaryo.

Rakhimova Z.I.

SUBJECT: CREATION OF A DATABASE OF CULTURAL HERITAGE

AND TOURISM OBJECTS

Abstract. This article analyzes modeling based on the collection, analysis, storage and processing of information about cultural heritage sites and tourism using modern methods and technologies for mapping cultural heritage sites.

Keywords. Database, cultural heritage, ArcGIS, Attribute table, tourism, Khorezm vox, Karakum, Amudarya.

Mavzuning dolzarbligi. Milliy iqtisodiyotimizni muhim tarkibi sifatida madaniy meros ob'ektlari va turizm sohasini barqaror rivojlantirishda kartografik metod muhim o'rin tutadi. Xarita va atlaslar ma'lumotlarning boshqa manbalaridan farq qilib, ancha ko'rgazmali bo'lib, madaniy meros va turizm ob'ektlarining fazoviy hududiy joylashuvi, holatini, rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini va istiqbolini yaqqol ko'rsatadi. Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan turizm saloxiyatini rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda.

GAT va kartografik ma'lumotlar bazasi hamda bilimlari asosida avtomatik ravishda kartalarni tuzish va ulardan foydalanishdir [1]. Ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi quyidagilardan tashkil topadi:

1. Ma'lumotlar omborini aniqlash va yangi axborot resurslarini joriy etish;

2. Ma'lumotlarni bir-biridan farqlash ya'ni ajratish;

3. Ma'lumotlarni kiritish sistemasi;

4.Ma'lumotlarni yangilab borish;

4.Xisobot tizimiga solish;

5.Bildirish tuzilmasini boshqarish;

Zarur manbalarni kompyuter xotirasidan axborotning nazariy modeliga rioya qilgan holda topib beradigan vazifani ma'lumotlarni idora qilish tizimi bajaradi. Ushbu tizimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

1. Kiritilgan manbalarni tartibga solish;

2.Manbalarni tartib sanasini belgilash;

3.Ma'lumotlarni ularning mohiyatiga ko'ra guruhlarga ajratish,

4.Manbalarni kompyuter xotirasidan topib berish,

5.Izlanish natijalari xususida xisobotni tayyorlab berish.

Geografiya axborot tizimining tuzilishida ma'lumotlar bazasi muhim o'rin tutadi va u bir necha vazifalarni bajaradi:

1. Hamma bor axborotni yaratish va tahrir qilish.

2. Xisobotlarni yozish.

3. Tanlangan xisobot shakllaridan foydalanish.

4. Axborotni berilgan qoidaga rioya qilgan holda topib berish.

5. Yangi ma'lumotlarga ko'ra axborotni yangilab turish.

6. Turli xil ma'lumotlarni bir biriga bog' lash.

Ma'lumotlar bazasi xar qanday xarita va atlaslarni tuzish uchun asosiy manba sanaladi va har qanday mavzuli va umumgeografik xaritalarni tuzish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Har bir geografik axborot tizimining asosiy negizini ma'lumotlar bazasi tashkil etadi. Malumotlar bazasi deganda obektning holatini, uning xossalari va boshqa obektlar bilan o'zaro munosabatlarini aks ettiruvchi malumotlarning nomlangan to'plami hamda bu malumotlar bazasini yuritish uchun zarur bo'lgan texnik va dasturli vositalarning kompleksi tushuniladi.

Ma'lumotlar bazasining ierarxik, tarmoqli va relyatsion modellari mavjud.

Ierarxik ma'lumotlar bazasi modelida axborotlarning jadval shaklida ifodalangan tizimi mavjud bo'ladi.Masalan mavzuli xaritalar tuzganda "Xorazm viloyati madaniy meros va turizm ob'ektlari" uchun ierarxik modeli tuzilsa jadval shaklida bo'lib ma'lumotlar o'zaro ustunlar va qatorlar bo'yicha tavsiflanadi.

Xorazm viloyati madaniy meros ob'ektlari va turizm saloxiyatini GAT da xaritaga olishda bu usul o'ziga xosligi bilan farqlanadi. Ma'lumolar bazasida xar qanday ma'lumotlar jamlanishi kerak bo'ladi. ArcGIS dasturlari bazasiga manbalar joylashtiriladi va ArcGIS dasturlari ichiga Microsoft word, Microsoft excel, Microsoft power point va boshqa office dasturlari joylashtirilgan. SHuning uchun xam ma'lumotlar omborida xamma manbalar jamlansa maqsadga muofiq ish bo'ladi.

Jadvallarning har bir ustunida joylashgan raqamlarning barchasi bir turga tegishli ma'lumotlar hisoblanadi. Masalan, Atribut jadvallarda tuman markazi ustunida faqat so'zlar bo'lsa, maydon ustunida o'nlik sonlar, ustundagi butun sonlar foydalanuvchilar tomonidan o'rnatilgan obektlarning kodini bildiradi. Jadvallararo aloqa hoshiyalar bo'yicha amalga oshiriladi.

1- rasm. Ma'lumotlar bazasi ieraxik modelida tasvirlash

Manba:Arc GIS oilasiga mansub bo 'lgan Arc Map dasturi

Jadvallar o'ziga tegishli bo'lgan ustunlar to'plamiga ega. Jadvallarning ustun va qatorlariga ob'ektlar atributlariga mos kelishi, jadvallar qatorlarida sonlar cheklanmagan bo'lishi kerak. Jadvalda xar bir yozuv Hozirgi kunda malumotlarning relyatsion bazasi axborotni saqlash uchun ommabop bo'lgan model hisoblanadi, chunki u o'zida tasvirni ko'rgazmali tasvirlashni, ular bilan ishlashni ma'lum darajada soddalashtirishni taminlaydi[7].

1-jadval.

_Atribut jadval_

№ Tumanlar Tuman markazlari Ob'ekt tartib raqami Maydoni Axoli soni

1 Urganch Urganch 22 350 663000

2 Xiva Xiva 11 254 124522

3 SHovot SHovot 2 221 213642

Manba:Arc GIS oilasiga mansub bo 'lgan Arc Map dasturi

Kartografiyada GATdan foydalanishda, ma'lumotlar bazasining relyatsion modelida ikki turkum ma'lumotlar saqlanadi - grafikli va atributli (mazmunli). Ma'lumotlarning grafikli bazasida xaritaning grafikli yoki o'lchamli asosi raqam ko'rinishida saqlanadi. Ma'lumotlarning mazmunli bazasida esa kartaning mazmuni va kartaga to'g'ridan-to'g'ri kiritilishi mumkin bo'lmagan fazoviy ma'lumotlarga tegishli qo'shimcha axborotlar saqlanadi. Ularga ob'ektning sifati tavsifini ifodalovchi mintaqaning matni kiradi, ob'ekt atributlarini o'z ichiga

7 Сафаров Э.Ю. Географик ахборот тизимлари. - Тошкент, Университет, 2010

olgan jadval atributiv jadval deyiladi. Kartografik atributiv axborot - bu ob'ekt yoki hodisalarning miqdor va sifat jihatdan tavsifi haqidagi raqamli yoki matn -grafikli ko'rinishidagi axborotlardir. Masalan, qishloq xo'jalik ekinlarini ifodalaydigan atributlarni quyidagicha berish mumkin (2-jadval). Xuddi shunday qilib shaharlar bo'yicha aholi soni, teatrlar, konsert zallari, avtomobil va aloqa yo'llari uzunligi ma'lumotlarini jadvalda to'plash, rayonlar bo'yic ha esa uning umumiy maydoni, erlardan foydalanuvchilar soni, korxona xodimlarining ismi-sharifi, jinsi, yoshi, ish staji, oylik maoshi va h.k. haqidagi ma'lumotlarni saqlash uchun atributiv jadvallar ishlatiladi. GIS da ma'lumotlarni saqlashdan tashqari, ularni tasvirlash va ta'riflash uchun ma'lumotlar bazasini boshqaradigan maxsus tizimli dasturlar ham mavjud.

Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimidan foydalanish jarayonida axborotlarni qidirish, tanlash, bir-biriga qo'shish va xatoliklarni tuzatish ishlarini bajarish mumkin. Bu modul yangi atributiv jadvallar tuzish, ularni to'ldirish va xarita bilan bog'lash imkonini ham beradi.

2-jadval

Atribul jadval._

Atribut Moxiyati

Ob'ekt kadastr raqami 22:11:02:03:02:0112:0001:001

Toifasi 1. Arxitektura yodgorliklari 2. Monumental san'at yodgorliklari 3. Arxeologiya yodgorliklari 4. Diqqatga sazovor j oylar

Mulkchilik shakli 1. Davlat mulki 2. Xususiy mulk

Maydoni 1.25 ga

Perimetri 2951 m

Manba:Arc GIS oilasiga mansub bo 'Igann Arc Map dasturi

Afsuski, bazani qayta qurish ishlarini barcha GIS larda ham bajarib bo'lmaydi. Masalan, ArcView dasturida ma'lumotlar bazasi tuzilgandan keyin, unga biror-bir oddiy jadval ustunini qo'shish va o'zgartirish mumkin emas. Bunday vaqtda foydalanuvchi ma'lumotlar keltirilgan jadval ustunini boshqa ko'rinishda saqlashi va tuzishi zarur [3].

Jadvallarga o'zgartirishlar bevosita ArcGIS bilan ishlash jarayonida kiritilishi mumkin. Jadvallarga ustun qo'shish yoki olib tashlash, ularning joylashish tartibini, nomini, turkumini va o'lchamini o'zgartirsa bo'ladi. Bu jadval va fayllarning mazmuni, ular bilan ishlash tartibi haqida keyingi bo'limlarda so'z yuritiladi. Shuni ta'kidlash joizki, grafikli ob'ektlar o'zicha, atributivlar o'zicha faoliyat ko'rsatadi, deb tushunmaslik kerak, aksincha, integratsiya shu darajaga etdiki, grafikli ob'ekt jismoniy jihatdan atributiv jadvalning bir ustuni bo'lib, boshqa ko'plab ustunlar esa amalda ma'lumotlar bazasi jadvalida ko'rinmaydi, lekin avtomatik ravishda kuzatilayotgan ob'ektning

geografik ko'rsatkichlarini (uzunligini, perimetrini, yuzasini va h.k.) ifodalaydi

[4].

Ma'lumotlarning atributiv bazalari turli ob'ektlarni har xil ifodalab qolmasdan, balki fazoli talablarni bajarishda atributiv ob'ektni aniqroq farqlashga yordam beradi - eng oddiy holda biz xaritadagi ob'ektni belgilasak, u haqida to'liq ma'lumotlarni (tartib raqamini, ismini, yoki nomini, o'lchamini va h.k.) olishimiz mumkin. Atributiv jadvallar orqali xaritadagi ob'ektlar haqida kerakli axborotni olishni Perimetri 6428 m tashkil etish mumkin, chunki ob'ektlarni farqlash - ularning atributiv yozuvlarini bir-biridan ajratish bilan bog'liqligi avvaldan ma'lum. Istalgan GATda atributiv ma'lumotlar bazasiga murojaat etsa bo'ladi.

Shuni ta'kidlash joizki, konturning oxirgi nuqtasi koordinatasi uning birinchi nuqtasi koordinatasi bilan bir xil bo'lishi kerak, aks holda kontur yopilmaydi. Lekin ma'lumotlar bazasidagi ixtiyoriy ob'ektning grafikli va atributiv ma'lumotlari o'xshash bo'lsa ham, real borliqning xarita ko'rinishidan u ancha uzoq. Fazoviy ob'ektlar to'g'risidagi bir qancha raqamli ma'lumotlar joyning raqamli modelini hosil qiladi, ob'ektning o'rni (koordinatalari), xossalari to'plami va atributlari tasnifini beradi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, O'zbekiston Respublikasida madaniy meros va turizm sohasida xalqaro talablarga mos ravishda rivojlantirishda xususiy turistik korxonalarning faoliyat doirasini yanada kengaytirish va ularning samaradorligini oshirish borasida talaygina siljishlarga erishilmoqda. 2019 yil Xorazm viloyatida 713 mexmonxonalar faoliyat yuritgan.Bu esa 2017-yilga nisbaban 40.9 % ga ko'payib 3.1 ming o'ringa yetgan. Turistik firmalarning tashabbusi bilan mamlakatimizda mavjud turizm resurslarining boshqa turlaridan samarali foydalanishning amalga oshirilayotganligi va boshqa shu kabi o'zgarishlar fikrimizning yaqqol isboti bo'la oladi.

1.Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, bu kabi muammolarni bartaraf etish borasida ko'plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xorazmda voxasida joylashgan barcha tarixiy me'moriy ob'ektlarni to'liq pasportizatsiyadan o'tkazish, ularni tamirlash va ulardan maqsadli foydalanishni yo'lga qo'yish maqsadida xududning 2D va 3D xaritalarini yaratish,xar xil turdagi animatsiyalar yaratish va unlarni ishlab chiqarishga jalb etish lozim. "Ichan-kal'a" davlat muzeyi qo'riqxonasi fakat turistlarga ekskursiya xizmati sifatida foydalanishini kattik nazorat kilish. "Dishan kal'a" devorlarini saqlash bo'yicha chora tadbirlar ishlab chiqish; madaniy meros va turistik yo'nalishlarning yangi turlarini ishlabchikish:ovchilik va balikchilik turizmini xaritalashtirish.

2- rasm SHakllangan ma'lumotlar bazasi asosida tuzilgan Xorazm viloyati

xaritasi

Manba:Arc Map 10.S dasturida tayyorlangan xarita

2. Xorazm viloyatida muxofaza qilinadigan tabiiy xududlarda xamda Qoraqum, Amudaryo qirg'oqlari xududlariga yangi turistik yo'nalishlarini ochish bo'yicha (tuyalarda) ekologik turizmni yo'lga qo'yish va kerakli tartibda xaritaga olish; qishloq joylarida mavjud tarixiy yodgorliklarni xaritaga olish, ta'mirlash va turizm infratuzilmasini barpo etib yangi turistik marshrutlarni tashkil etish va; aviareyslarni turistik mavsumlarda ko'paytirish va charter reyslarni tashkil etish, mamlakatimiz turistik shaxarlari Buxoro, Samarkand yonalishlarida tezyurar poezdlarni tashkil kilish, Buxoro viloyatini bog'lovchi avtomagistral yo'lini ta'mirlash va yo'l bo'yida jahon andozalariga javob beradigan kempinglar, dam olish maskanlari, meditsina xizmatlari ko'rsatish, avtomobillarga yoqilg'i quyish shaxobchalarini tashkil etish va ularni zamonaviy xaritaga olish.

Umuman olganda, turizm kelajakda mamlakatimizning eng yuqori daromadli tarmoqlaridan biriga aylanadi. Buning uchun mamlakatda barcha imkoniyatlar, siyosiy tinchlik va eng asosiysi, xalqning insonparvarligi va mexmondo'stligi nihoyatda muhim omil bo'lib xizmat kiladi.

Adabiyotlar ro'yxati: 1. E.YU.Safarov, SH.M Prenov, O.R Allanazarov, A.K Sayidov, D.N Raxmonov kartografiya va geovizuallashtirish.T.2015

2. Gulyamova L.H., Safarov E.YU., Abdullaev I.O'. Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari. O'quv qo'llanma. 2 qism. Toshkent, 2013.

3. Mirzaliev T. Problembi kompleksnogo i tematicheskogo kartografirovaniya Uzbekistana. - T.: Fan, 1987.

4. Сафаров Э.Ю. Географик ахборот тизимлари. - Тошкент, Университет, 2010

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.