Научная статья на тему 'LOGISTIK AXBOROT TIZIMI VA TEXNOLOGIYALARI'

LOGISTIK AXBOROT TIZIMI VA TEXNOLOGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
logistika tizimi / logistik xizmat / axborot almashinuvi / teskari aloqa. / логистическая система / логистический сервис / обмен информацией / обратная связь.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Jomonqulova Fazilat Esgripovna

Ushbu maqolada Logistika maqsadlariga erishish uchun logistik jarayonlarni boshqaruv orqali doimiy kuzatish va ta’sir ko‘rsatish zarurligi haqida tahliliy jarayon olib boriladi. Bu holatda boshqaruv ishlab chiqarishda va mahsulot sotishda band bo‘lgan hamma bo‘linmalarning faoliyatini bir-biriga moslashtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Для достижения логистических целей необходимо постоянно контролировать логистические процессы и влиять на них посредством управления. В этом случае руководству поручено согласовать деятельность всех подразделений, занимающихся производством и реализацией продукции.

Текст научной работы на тему «LOGISTIK AXBOROT TIZIMI VA TEXNOLOGIYALARI»

LOGISTIK AXBOROT TIZIMI VA TEXNOLOGIYALARI

Jomonqulova Fazilat Esgripovna

SamISI "Axborot texnologiyalari" kafedrasi dotsenti, t.f.n.

Annotatsiya: Ushbu maqolada Logistika maqsadlariga erishish uchun logistik jarayonlarni boshqaruv orqali doimiy kuzatish va ta'sir ko'rsatish zarurligi haqida tahliliy jarayon olib boriladi. Bu holatda boshqaruv ishlab chiqarishda va mahsulot sotishda band bo'lgan hamma bo'linmalarning faoliyatini bir-biriga moslashtirishga yo'naltirilgan bo'ladi.

Kalit so'zlar: logistika tizimi, logistik xizmat,axborot almashinuvi,teskari

aloqa.

Аннотация: Для достижения логистических целей необходимо постоянно контролировать логистические процессы и влиять на них посредством управления. В этом случае руководству поручено согласовать деятельность всех подразделений, занимающихся производством и реализацией продукции.

Ключевые слова: логистическая система, логистический сервис, обмен информацией, обратная связь.

Abctract: In this article, an analytical process is carried out about the need to constantly monitor and influence logistics processes through management in order to achieve logistics goals. In this case, the management will be directed to align the activities of all units engaged in production and sale of products.

Key words: logistics system, logistics service, information exchange, feedback.

Kirish. Logistika tizimi asosida axborot - texnika bazasining tashkil etilishi, boshqarishda zarur bo'lgan strategik va taktik vazifalarni hal etishda axborotlarni yig'ish va ularni ajratib olish asosiy rol o'ynaydi. Axborotlarning xarakteri va uning sifatli ajratilishi qabul qilinadigan qarorlarning natijasiga katta ta'sir ko'rsatadi.Bu shu narsa bilan bog'liqki, ajratib olingan axborotlar quyidagilarni o'z ichiga oladi, masalan: o'rganilayotgan halqa yoki predmetning material yoki pul oqimlari bilan boshqarilishinigina emas, balki o'sha raqib korxonaning kuchli va bo'sh tamoyillarini baholash hamda u yoki bu masala tamoyillarining echimi va yo'qotish tavakkalligini ham baholaydi. Shunday qilib, gap faqat axborotlar sonida emas, balki strategik va taktik qarorlarni ishlab chiqishda zarur bo'lgan, birinchi navbatda axborotlarning sifatida va ularni to'g'ri ajratib olishdadir.

Logistika tizimning tuzilishi amaliyotda shuni ko'rsatadiki, axborotlarni to'g'ri ajrata bilishda, ularni tahlil qilib, korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rganib, axborotlarni yig'ish va tayyorlash asosiy ko'rsatkichlariga e'tibor berish zarurdir. Bunday tahlil, shu soha bo'yicha puxta, qiziquvchi mutaxassislar bilan o'tkazilishi lozim.Bu sohada ma'lum bo'lgan yo'nalishlardan biri, ya'ni ishchi guruhni tashkil etish bo'yicha shu axborotlardan foydalanuvchi mutaxassislarni jalb etishdir. Raqobat hozirgi zamonda xo'jalik yuritishning asosiy shartlaridan hisoblanadi. Shuning uchun

raqiblarni to'g'ri baholash ma'lum miqdorda shu korxonani boshqarishdagi kamchiliklarni ham baholashdir.Material va pul oqimlarini boshqarishda tez qaror qabul qilish uchun statistik axborotlar, masalan, soliqlar, ishchilarga q o'shimcha ish haqi va hokazolar katta rol o'ynaydi. Bu kabi axborotlar korxona ichida material oqimlarini boshqarishni ularga ma'lum tuzatishlar kiritishning imkonini beradi.

Axborotlarni ma'lum tuzilmaga solish axborotlarning bir ko'rinishi hisoblanadi.Axborotlarning quyidagi ko'rinishlari mavjud:

1. Marketing bo'yicha axborot:

- mahsulot sotilish tahlili;

- mahsulot sotish bashorati;

- bozorni o'rganish.

2. Taqsimlanish bo'yicha axborot:

- hisob varaqlari;

- iste'molchilar to'lovi;

- transport nakladnoylari;

- mahsulotga buyurtmalar.

3. Loyiha axboroti:

- ishlab chiqariladigan mahsulotni loyihalash bilan bog'liq bo'lgan logistik xizmatlarga yuklaydilar;

- asbob - uskunalar bo'yicha chizmalar;

- operatsion kartalar;

4. Jamg'armalar bilan boshqarish:

- jamg'armalar hisobi;

- materiallarni boshqarish.

5. Moliyaviy axborot:

- debitorlar bo'yicha hisob-kitob;

- moliyaviy boshqarish.

6. Ishlab chiqarish bo'limi:

- ishlab chiqarish jarayonining to'lov hisobini baholash;

- ishlab chiqarish resurslari bo'yicha hisobot;

- ishlab chiqarilgan mahsulot bo'yicha hisobot;

- umumiy vaqt ichida mahsulot ishlab chiqarish jadvali;

- ishlab chiqarishga buyurtma;

- mahsulot jo'natish bo'yicha talabnoma;

- tovar - material qiymatlarini hisoblash.

7. Ta'minot:

- to'lov raqamlari bo'yicha hisob;

- sotib olish bo'yicha buyurtmalar;

8. Logistik xizmat logistik xizmat bo'yicha yuk xatlarini o'rganib chiqishdir

- transportai boshqarish.

Logistika axborotlari tizimi sifatining oshishi, mahsulot g'amlab qo'yilishi, jo'natish, omborga joylash, pul oqimlarini ta'minlash masalalarini samarali hal etishda xizmat qiladi. Axborot oqimlarini yig'ish katta foyda beradi, lekin bular harajatsiz

bo'lmaydi.Teskari aloqaga ega axborot tizimi tushunchasi asosiy tuzilmani tuzishda, logistik tizimni boshqarishdagi jarayonlarning turli tomonlarini integratsiyalashda asos bo'lib xizmat qiladi. Teskari aloqaga ega axborot atrof - muhit imkoniyati yaratilgan, ma'lum to'g'ri qaгoгlaг qabul qilinib, ular shu muhitni yaxshilashga ta'siг ko'rsatgan joyda mavjud bo'ladi va EHM bazasida logistik axborot tizimlarini ko'rish mobaynida bir qancha tamoyillarga rioya qilinadi va ular quyidagi tamoyillarga amal qiladi.Apparat va axborot modullarini ishlatish tamoyili. Apparat moduli asosida radio apparaturalar bosh vazifasini mustaqil bajarilgan buyum sifatida tushuniladi.

Dastur va apparat modullari tamoyiliga rioya qilish shuni taqozo etadi:

- boshqaruvning turli darajalaridagi, hisoblash texnikasi va dasturlar bilan ta'minlash;

- logistika axborot tizimlari vazifasi foydasini ko'tarish;

- ular narxini tushirish;

Sharoitdan kelib chiqqan holda bosqichma - bosqich tizimini yaratish tamoyili. Boshqa avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari kabi EHM bazasida qurilgan logistika axborot tizimlari doimiy rivojlanishdagi tizimdir. Bu shuni bildiradiki, loyhalashtirilayotgan vaqtda doimiy avtomatlashtirilgan obyektlarning o'sishini oldindan ko'rish, axborot tizimlari orqali tarqatilayotgan vazifalar va yechiladigan masalalar sonini kengaytirish. Lekin shuni nazarda tutish keraki, birinchi o'rinli masalalarni tanlash logistik axborot tizimlarining rivojlanishi va uni foydali ishlatishga katta ta'sir ko'rsatadi.

To'g'ri kelgan joyini juftlash. To'g'ri kelish joylarida, material va axboгotlaг to'plami, o'z vazifasi chegarasidan o'tib ketadi. Shu to'g'ri kelish joylaridan o'zgaruvchanlik bilan o'tib ketish logistikaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Tizimdan foydalanuvchilarga qulaylik tamoyili «Inson va mashina». Logistika axborot tizimlari uch guruhga bo'linadi:

- rejali;

- dispozitsion;

- tezkor (vazifa o'taydigan).

Har xil guruhlarga kiradigan logistika axborot tizimlari o'z vazifaviy va ta'minlaydigan tizimlari bilan ajralib turadi. Vazifaviy tizimlaгi yechiladigan masalalar tarkiblari bilan ajгaladi. Ta'minlovchi axboгot tizimlari o'zining texnikaviy, axborot va matematik ta'minlash elementlari bilan ajralib tuгishi mumkin. Biz alohida biг axboгot tizimlariga to'xtab o'tamiz. Rejali axborot tizimlari. Bu tizimlar ma'muriy boshqaгish darajasida yaratiladi va strategik xarakterli uzoq muddatli yechimlarni qabul qilish uchun xizmat qiladi. Yechiladigan masalalar ichida quyidagilar bo'lishi mumkin:

- logistik guruhlar zanjirini yaratish va kengaytirish;

- doimiy - shartli yoki kam o'zgaruvchan berilmalar.

Quyida bir necha misollar keltiramiz:

Termostat harorat bo'yicha axborot oladi va pechning yoqilishi bo'yicha qaror qabul qiladi, harorat ko'tarilsa, pech o'chiriladi. Iste'molchilarga xizmat ko'rsatish bo'yicha qarorlar ombordagi jamg'armalar hajmi va mahsulotga buyurtmalar bilan bog'liq bo'ladi.Teskari aloqaga ega axborot tizimi quyidagi tavsifga ega: tuzilma.

kechikishi. tizimning kuchayishi. Tuzilma tizimda ma'lum qismlarning o'zaro bog'liqligini ko'rsatadi. Kechikish axborotlarni qabul qilishda mavjud bo'ladi.Tizimlar tamoyillariga ko'ra, har qanday tizim avvalo tashqi omillar bilan izlanishi, so'ng ichki tizimda izlanishi shart. Bu tamoyil tizimning bosqichma -bosqich yaratilishi tamoyilidir. Logistika axborot tizimlarini loyihalashtirish vaqtida bu tamoyilga rioya qilish shart.

Logistika jarayoniga kelish tizimi uch darajaga bo'linadi:

Birinchi daraja. Logistikada materiallar to'plamining ish o'rni harakatlanadi, qadoqlanadi va hokazo.

Ikkinchi daraja. Ish joylarini aniqlash va yuklarni transportlash jarayoni, o'tkazilayotgan joyi - hudud, sex, ombor.

Uchinchi daraja. Bu transportga joylash, butun bir harakat tizimi va bir qator hodisalar zanjiridir. Shu darajada boshlanishidan oldin sotuvchi xomashyoni tushirish payti desa bo'ladi, shu zanjir yakunlanishi esa tayyor mahsulotlarni iste'molchilarga yetkazib berish bo'ladi.

Rejali axborot tizimlarida logistik tizimni umumiy materiallar to'plami bilan bog'laydigan masalalarni hal etadi. Shu bilan birga «sotuv- ishlab chiqarish- tarqatish» rejasi zanjiri bajariladi. Bu ishlab chiqarishning foydali tizimini tashkil qilishga yordam beradi. Shu bilan birga rejali tizimlar, logistik tizimlar tashqi omil bilan bog'langanday bo'ladi.Dispozitiv va bajarish tizimlari belgilangan rejalarni qismlarga bo'ladi va ularni ishlab chiqarishning alohida hududlarida bajarilishini ta'minlaydi.

Har xil guruhlarga tegishli bo'lgan logistik axborot tizimlarining konsepsiyalari asosida ular yakka axborot tizimiga jamlanadi. Ular vertikal va gorizontal integratsiyalarga ajratiladi. Vertikal integratsiya rejali, dispozitiv va boshqarish tizimlari o'rtasidagi aloqa hisoblanadi. Gorizontal integratsiya esa axborot to'plamlari orqali dispozitiv va bajarish tizimlaridagi alohida masalalar majmui orasidagi omil hisoblanadi.Integratsiyalashtirilgan axborot tizimlarining barcha yutug'i quyidagilarda aks etadi:

- axborot almashuvi tezligi oshadi;

- ishlab chiqarishni rejalashtirish;

- zahiralarni umumiy boshqarish;

- zahiralarni boshqarish va boshqa masalalar.

Dispozitiv axborot tizimlari.Bu tizimlar omborni yoki sexni boshqarish darajasida yaratiladi. Bu yerda quyidagi masalalar bajarilishi mumkin:

- zahiralarni qisman boshqarish (ombor joylarida); - korxona yoki ombor transportini ishlatish;

- yuklarni tanlash va ularni joylashtirish, jo'natilayotgan yuklar hisobi va boshqa masalalar.

Bajarish axborot tizimlari. Tezkor yoki ma'muriy boshqarish darajasida yaratiladi. Axborotlarga tizimlarda ishlov berish, EHM ga kelib tushish tezligi amalga oshiriladi. Bu ish jadvali hozirgi vaqtdagi yuklarning harakati haqida axborot olish va ularga nisbatan ma'muriy va boshqarish ta'siri ko'rsatiladi. Bu tizimlar bilan har xil masalalar bajarilishi mumkin: ishlab chiqarishga tezkor xizmat ko'rsatish; binolar,

materiallar to'plamini boshqarish va h.k. Ko'p darajali avtomatlashtirilgan tizimlar material to'plamlarining boshqarilishini barpo etish, dastur bilan ta'minlashni ishlab chiqish uchun sarf qilish bilan bog'liq. Bu bir tomondan, tizimning ko'p vazifaliligini ta'minlaydi, boshqa tomondan esa uning integratsiya darajasini ko'taradi.Hozirgi paytda yetarli darajada yaxshilangan dasturlash paketlari yaratilmoqda. Birgina ular hamma axborot tizimlarida ishlatila olmaydi. Bu integratsiyalar to'plamini boshqarish masalalari yechimi boshqarish darajasi andozalariga bog'liq:Masalalarni yechish, yuqori darajadagi andozalarini rejalashtirish axborot tizimlarida balandroq bo'ladi. Shu yerda tizimlarni ta'minlashga ko'nikish uchun qiyinchiliksiz erishishga yordam beradi.

Axborot tizimlarida ularning andoza paketlarini ko'niktirish ayrim sabablarning kelib chiqishi bilan bog'liqdir. Masalan:

-ishlab chiqarish jarayonining oldindan o'zlashtirib kelinishi va andozalar o'zgarishlariga qiyinchilik bilan keladi;

-ma'lumotlar qayta ishlash tizimi, hamma qo'llovchilarda bir xil emas. Bajaruvchi axborot tizimlarida tezkor darajada qoidadagidek, yakka dasturlarni ta'minlashda ishlatiladi.Tizimning kuchayishi butun axborot tizimi ichida bo'lib, asosan logistik tizimda ma'lum qarorlarni qabul qilishda ko'rinadi. Logistika axborot tizimlari, logistika jarayonlarini boshqarish uchun avtomatlashtirilgan tizimlardir.

Xulosa va takliflar. Bugungi kunda logistika markazlari juda faol yaratilmoqda va rivojlanmoqda, yangi logistika yo'nalishlari ishlab chiqilmoqda va mavjudlari takomillashtirilmoqda. Mahsulotlarni reklama qilish va zaxiralarni saqlash jarayonlarini amalga oshirish, shuningdek, axborot logistika jarayonlarini amalga oshirish uchun turli xil texnik vositalardan foydalanish kerak. Ushbu vositalar, ulardan foydalanish usullari, shuningdek ularning ishlashini ta'minlash tizimlari logistika jarayonlarining o'ziga xos infratuzil-masini tashkil qiladi. U barcha asosiy logistika funksiyalarini uzluksiz va tejamkor ishlashini ta'minlashga yordam beradi.Logistika jarayonlarining axborot oqimlari ommaviy xarakter, operatsion ishlov berish zarurati (real vaqtda), boshqaruv jarayonida axborot va uning tashuvchilaridan ko'p foydalanish bilan tavsiflanadi. Bularning barchasi tegishli axborotni qayta ishlash vositalari va texnologiyalaridan foydalanish uchun ob'ektiv sharoit yaratadi. Ular, shuningdek, korxonalarda logistika jarayoni infratuzilmasining muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Ayupov R.X. Excel jadval hisoblagichida iqtisodiy va moliyaviy masalalarni yechish.Toshkent 2012.-148 bet.

2. Axborot tizimlari va texnologiyalari. S.S.G'ulomov, X.S.Lutfullayev va boshqalar.T.:"Sharq",2000. 332-368 betlar.

3. Akbarov D.Y.Axborot xavfsizligi ta'minlashining kriptografik usullari va ularning qo'llanishlari.''O'zbekiston markasi" nashryoti. Toshkent-2009 YIL-398 bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.