Научная статья на тему 'INTERNET VA UNING TARIXCHI UCHUN IMKONIYATLARI'

INTERNET VA UNING TARIXCHI UCHUN IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

270
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Umirzoq Xamza O‘g‘li Yo‘ldashev

Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart internet protokoli (IP) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INTERNET VA UNING TARIXCHI UCHUN IMKONIYATLARI»

g

m

INTERNET VA UNING TARIXCHI UCHUN IMKONIYATLARI

Umirzoq Xamza o'g'li Yo'ldashev

CHDPU Umumiy tarix va ta'lim metodikasi kafedrasi o'qituvchisi

Internet (lotincha: inter - aro va net - tarmoq) - standart internet protokoli (IP) orqali ma'lumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq to'plamidir. Bu ma'lumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP o'zaro bog'liq protokollar yig'indisi bo'lib, internetda ma'lumot tarqalishida asosiy o'rin egallaydi. Internet tarmog'ini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda o'zaro bog'langan sahifalar va boshqa Butunjahon o'rgimchak to'ri servislaridan tashkil topadi.[1]

Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini o'zaro bog'lovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik o'rni, zamon va makondan qat'iy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar o'zaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda iste'molchilarga ma'lumotni saqlash, e'lon qilish, jo'natish, qabul qilish, izlash va ma'lum bo'lgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. ko'rinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi.

Internet tizimi 20-asr. 60-yillarida paydo bo'ldi. O'sha paytlarda Amerika mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga to'g'ri keldi. AQSH mudofaa departamenti urush bo'lib qolgan taqdirda oddiy kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek bo'lsa, o'rniga yangi qo'shimcha kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shug'ullandi. 60-yillar oxiri va 70-yillarda Internet tarmog'i uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki o'n yillik xalqaro tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati doirasi bilan cheklandi. Internetning beqiyos rivojlanish sur'ati davlat, ta'lim, akademik va ijtimoiy tuzilmalarning o'ziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga bog'liq bo'ldi. [2]

20-asr 70-yillarida turli tarqoq kompyuterlar tarmoqlari orasida informatsiyani uzatish va almashinish qoidalari tizimi ishlab chiqildi. Bular

o'zaro hamkorlikka doir qaydnomalar - Internetworking protocols

October 20, 2023

jort^

(IP) bo'lib, global tarmoqni takomillashtirish uchun qulay muhit yaratdi. IP o'rnatgan tartibga ko'ra, har qanday alohida tarmoq informatsiyani ko'p tarmoqlar orqali "birinchi punktdan to oxirgi punktgacha" yetib borishini nazorat qilishi lozim. Shuning uchun Internet negizini tashkil qiladigan qaydnomalar tizimi, xususan, Transmission Control Protocol (TCP), File Transfer Protocol (FTP) ichida IP muhim qaydnomalardan biri hisoblanadi.

Internet rivojlanishining dastlabki bosqichida uni, asosan, AQSH mudofaa departamenti mablag' bilan ta'minlagan. 70-yillar oxiriga kelib esa, asosan, uch ta'minlash manbai ajralib turdi: xukumat, un-tlar va tadqiqot laboratoriyalari (shu jumladan mustaqillari ham).

Internet standartlar tizimi hisoblanadi. U o'z faoliyatida o'zini o'zi rostlab turish, o'zini o'zi boshqarish falsafasiga rioya qilib foliyat yuritadi. Hozirgacha uni boshqarib turadigan yagona tashkilot yo'q. Uning faoliyatiga doir qoidalar kirish mezonlari sifatida ishlab chiqilgan. Texnik masalalar esa "Internet Engineering Forse (IETL) kompaniyasining faol ishtirokida hal qilinadi, barcha standartlar "Internet Architecture Board" (IAB) kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi. 20-asrning oxirgi o'n yilligida Internet tizimi beqiyos darajada o'sdi. Agar 80-yillar oxirida Internet tizimiga taalluqli 28000 dan ortiq asosiy kompyuterlar faoliyat ko'rsatgan bo'lsa, 90-yillar oxiriga kelib ularning soni o'nlarcha mln.gayetdi. Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni butun yer yuzi bo'yicha 160 mln. kishini tashkil qildi (1999).[3]

FidoNet matnli ma'lumotlarni jo'natish global tarmog'i ishga tushdi. Relcom -ilk elektron pochta tarmog'i ishga tushdi. Ma'lumot uzatish tezligi 9600 dan 14400 bodgacha bo'lgan analog modemlar orqali Internet tarmog'iga ulanish imkoniyati tug'ildi. Mazkur xizmatlar Naytov, BCC hamda Silknet (PERDCA) provayderlari tomonidan ko'rsatilgan. 1995 yil 29 aprelda «UZ»domeniga asos solindi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining ma'lumotlarini banklararo uzatish tarmog'iga asos solindi.

1996 yil. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida BMTning O'zbekistonda Internetni rivojlantirish loyihasi tashkil etildi. Keyinchalik bu UzNet nomi bilan tanilgan. Telekommunikatsiya bozorida UzPAK kompaniyasi faoliyatini boshladi. [4]

1997-1999 yillar. Internetning misli ko'rilmagan rivojlanish davri. Har bir provayder xalqaro Internet tarmog'ida o'zining mustaqil kanaliga ega bo'ldi. Ba'zi birlarida Moskvaga qadar modemlari, boshqalarida asinxron sputnik kanallari mavjud bo'lgan.

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

999

TechnoogiaK^n^ÊBmaamÎÊamaimÊaamm

jort^

¿L

O'zbekistonning ilmiy-ta'lim tarmog'i UzSciNet faoliyatini boshladi. Yangi internet provayderlari tashkil etildi. Internetdan bir soat foydalanish bahosi 600 so'm (shu davrda Markaziy bank kursi bo'yicha bu o'rtacha 4 dollarga teng mablag') bo'lgan. Muayyan yo'nalishlar bo'yicha texnologiyalar analogdan raqamli shaklga o'ta boshladi. Naytov hamda UzNet provayderlari faqatgina yuridik shaxslar uchun raqamli modemlar orqali Internet xizmatlarini ko'rsata boshladi. Internetdan foydalanish tariflarini trafikka binoan belgilash amaliyoti boshlandi. Internet tarmog'i orqali ovozli aloqa o'rnatish tajribasi qo'llandi. Sarkor Telecom provayderi Radio Ethernet simsiz tarmoq texnologiyasini joriy qildi. Trans-Osiyo-Yevropa (TAYe) optik aloqa ma'lumotlar uzatish tarmog'idan foydalanila boshlandi.

1999-2000 yillar. BMTning O'zbekistonda Internet tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha yangi loyihasi - UZB/99/016 (UzSciNet) ish boshladi. Bu gal O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshida akademik tarmoq yaratish bo'yicha ish boshlandi. Internet bozorida qator o'zining mustaqil (asosan sun'iy yo'ldosh) kanallariga ega bo'lgan provayderlar faoliyati kuzatildi. Ilk Cisco tarmoq akademiyasi ishga tushdi. [5]

2001-2002 yillar. Tashqi Internet kanallarining o'tkazuvchanlik salohiyati 8,5 Mbit/s. dan 18 Mbit/s.gacha oshdi. Sarkor Telekom ilk marotaba TAYe orqali China Telecomga ulandi. DialUp xizmatlari uchun narxlarning keskin pasayishi kuzatildi. "Naytov Internet" biznesi Buzton kompaniyasiga o'tdi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalqaro kompyuter tarmoqlaridan foydalanishni markazlashtirishdan chiqarish to'g'risida"gi 352-son qarori imzolandi. Unga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 52-sonli qarorida qayd etilgan, O'zbekiston Respublikasi ma'lumotlarni uzatish tarmoqlari operatorlari (provayderlari)ning respublika va xalqaro kompyuter tarmoqlaridan, shu jumladan Internetdan faqat «UzPAK» ma'lumotlarni uzatish davlat tarmog'ini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasining va Ma'lumotlarni uzatish milliy tarmog'ining texnik vositalari orqali foydalanishiga oid belgilangan tartib bekor qilindi. Provayderlar hali ham xalqaro aloqaga ulanishni «O'zbektelekom» AK orqali amalga oshirishlari zarur edi. [6]

O'zbekiston Respublikasi hukumat portali - www.gov.uz tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 6 oktyabrdagi 221-son qaroriga muvofiq, davlat va jamoat organlari, fuqarolar, mulkchilik shakllaridan qat'i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning axborotlarga bo'lgan ehtiyojlarini har tomonlama qondirish maqsadida Ma'lumotlarni uzatish milliy tarmog'ining faoliyat ko'rsatishini va uni rivojlantirishni

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

1000

g

m

ta'minlash «O'zbektelekom» AK zimmasiga yuklatildi. UZINFOCOM markazi esa O'zbekistonning yuqori darajali domeni(ccTLD.uz)ga administratorlik qilish huquqini qo'lga kiritdi.

UZ milliy domenini ro'yxatga oluvchi 6 ta registrator (Tomas, BCC, Sarkor Telecom, Global Study, TV-Inform i Arsenal-D) faoliyat ko'rsatmoqda edi. O'zbekiston AT Assotsiatsiyasi, ZiyoNet axborot ta'lim tarmog'i, kompyuter xurujlariga tezkor choralar ko'ruvchi «UZ-CERT» xizmati, Milliy axborot-qidiruv tizimi WWW.UZ ga asos solindi.

2010-2011 yillar. Foydalanuvchilar soni 7,378 mln.ga yoki aholi miqdoriga nisbatan 24 % ga tedi. [7]

Bundan mobil Internetdan foydalanuvchilar 4,119 mln.ni tashkil qiladi. Bundan ko'rinib turibdiki, ko'pchilik Internetdan foydalanishda mobil aloqani ma'qul ko'radi.

2010 yilda O'zbekistonda Internet foydalanuvchilari soni 3,2 millionga oshib, 2002 yil bilan solishtirganda o'sish 23,8 %ni tashkil qiladi.

O'zbekistonning barcha hududlarida Internet foydalanuvchilari soni muntazam oshib bormoqda va mamlakat aholisining 24 %i xalqaro tarmoqdan foydalanadi. 2010 yil so'ngida Internetdan foydalanuvchi davlat organlari soni 7643 taga yetdi.

UZINFOCOM markazi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, 2010 yilda «.UZ» milliy domenidan ro'yxatdan o'tgan faol domenlar miqdori 11 mingtaga yetgan.

2010 yilda TAS-IX da trafik hajmi 615025,32 GBaytga yetib, 2009 yilga nisbatan 314,8% ga oshgan.

REFERENCES

[1]Bolkunov I. A. Elektron ta'lim: muammolar, istiqbollar, vazifalar // Tavricheskiy ilmiy kuzatuvchi. — 2016. — Nashr. 11-1 (16) .

[2]Satunina A. E. Elektron ta'lim: ijobiy va salbiy tomonlari. // Fan va ta'limning zamonaviy muammolari: jurnal. — 2006. -1-son. -S. 89-90.

[3]Lapchik M. P. Rossiyada masofaviy ta'limning me'yoriy-huquqiy bazasini ishlab chiqish to'g'risida // Rossiya Xalqlar Do'stligi Universitetining axborotnomasi, Ta'limni axborotlashtirish seriyasi. — 2014. — 4-son . — S. 100113 .

[4]Shokirovna, I. F. (2022). ZAMONAVIY OQITUVCHI DAVR TALABI. PEDAGOGS jurnali, 8(3), 68-72.

[5] Shokirovna, I. F. (2022). TARIX FANLARINI O 'QITISH

SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN

October 20, 2023

g

m

HAMKORLIK MEXANIZMLARINING ILMIY-AMALIY AHAMIYATI. Academic research in educational sciences, 3(4), 1236-1244.

[6]Xamza og Y. U. et al. ON THE PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF HIGHER HISTORICAL EDUCATION //Новости образования: исследование в XXI веке. - 2023. - Т. 1. - №. 6. - С. 88-90.

[7]Yoldashev U., Chinibayev O. ON THE PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF HIGHER HISTORICAL EDUCATION //Academic research in educational sciences. - 2020. - №. 3. - С. 655-658.

[8]Haydarova Z. TA'LIM SOHASIDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH ZARURATI// O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI. - 2023/10/1- 225-227.

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.