Научная статья на тему 'Zamonaviy axborot vositalarini yurtimizdagi rivoji va ta'lim sohasidagi ahamiyati'

Zamonaviy axborot vositalarini yurtimizdagi rivoji va ta'lim sohasidagi ahamiyati Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
455
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
O‘zbekistonda internet rivoji / telekomunikatsiya / uzatish tarmog‘i

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shahzoda Vohid Qizi Qayimova

Bu maqolada zamonaviy axborot texnologiyalari rivoji haqida, yurtimizga kirib kelishi, axborot vositalarining yurtimizdagi rivoji haqida ma'lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Zamonaviy axborot vositalarini yurtimizdagi rivoji va ta'lim sohasidagi ahamiyati»

Zamonaviy axborot vositalarini yurtimizdagi rivoji va ta'lim

sohasidagi ahamiyati

Shahzoda Vohid qizi Qayimova

BuxDPI

Annotatsiya: Bu maqolada zamonaviy axborot texnologiyalari rivoji haqida, yurtimizga kirib kelishi, axborot vositalarining yurtimizdagi rivoji haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: O'zbekistonda internet rivoji, telekomunikatsiya, uzatish tarmog'i

The development of modern media in our country and its importance in the field of education

Shahzoda Vahid kizi Kayimova

BuxSPI

Abstract: This article provides information about the development of modern information technologies, their entry into our country, and the development of information media in our country.

Keywords: Internet development in Uzbekistan, telecommunications, transmission network

O'zbekiston Respublikasida internet rivoji bevosita mamlakat taraqqiyoti bilan uzviy bog'lanadi. U o'zida zamonaviy davlat va aholi turmush tarziga xos barcha bosqichlarni aks ettiradi. O'zbekistonda Internet rivojini quyidagi asosiy davrlarga bo'lish mumkin: 1990-yillar boshi. UUCP ma'lumotlar uzatish tizimida elektron pochta orqali ma'lumot almashish imkoni paydo bo'ldi.

Foydalanuvchilar analog modemlar yordamida Moskvaga yoki boshqa shaharlararo qo'ng'iroqni amalga oshira boshladilar. Ma'lumotlar uzatish tezligi 1200-2400 bod (bit/s) ni tashkil qilgan. 1992-1995 yillarda UUCP mahalliy provayderi faoliyatini boshlagan. U tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar tezligi 9600-14400 bod (bit/s) ni tashkil qilgan. Shundan so'ng BCC (Biznes Aloqalar Markazi), CCC va PERDCA (Silk.org) provayderlari tashkil etilgan. SONET elektron tijorat tarmoqlariga ulanish boshlangan. FidoNet matnli ma'lumotlarni jo'natish global tarmog'i ishga tushdi. Relcom - ilk elektron pochta tarmog'i ishga tushdi. Ma'lumot uzatish tezligi 9600 dan 14400 bodgacha bo'lgan analog modemlar orqali Internet tarmog'iga ulanish imkoniyati tug'ildi. Mazkur xizmatlar Naytov,

WWW.0PENSCIENCE.UZ / ISSN 2181-0842 945 [EÏ^^^Hl

BCC hamda Silknet (PERDCA) provayderlari tomonidan ko'rsatilgan. 1995 yil 29 aprelda «UZ»domeniga asos solindi.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining ma'lumotlarini banklararo uzatish tarmog'iga asos solindi. 1996 yil. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida BMTning O'zbekistonda Internetni rivojlantirish loyihasi tashkil etildi. Keyinchalik bu UzNet nomi bilan tanilgan. Telekommunikatsiya bozorida UzPAK kompaniyasi faoliyatini boshladi. 1997-1999 yillar. Internetning misli ko'rilmagan rivojlanish davri. Har bir provayder xalqaro Internet tarmog'ida o'zining mustaqil kanaliga ega bo'ldi. Ba'zi birlarida Moskvaga qadar modemlari, boshqalarida asinxron sputnik kanallari mavjud bo'lgan. O'zbekistonning ilmiy-ta'lim tarmog'i UzSciNet faoliyatini boshladi. Yangi internet provayderlari tashkil etildi.

Muayyan yo'nalishlar bo'yicha texnologiyalar analogdan raqamli shaklga o'ta boshladi. Naytov hamda UzNet provayderlari faqatgina yuridik shaxslar uchun raqamli modemlar orqali Internet xizmatlarini ko'rsata boshladi. Internetdan foydalanish tariflarini trafikka binoan belgilash amaliyoti boshlandi. Internet tarmog'i orqali ovozli aloqa o'rnatish tajribasi qo'llandi. Sarkor Telecom provayderi Radio Ethernet simsiz tarmoq texnologiyasini joriy qildi. Trans-Osiyo-Yevropa (TAYe) optik aloqa ma'lumotlar uzatish tarmog'idan foydalanila boshlandi. 1999 yil. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №52-son qarori imzolandi.

Qarorga muvofiq xalqaro ma'lumotlar uzatish, shuningdek Internet tarmog'iga ulanish O'zAAA dan xalqaro tarmoqqa chiqishga huquq beruvchi litsenziyani olib, O'zbekiston Respublikasi ma'lumotlarni uzatish tarmoqlari operatorlari (provayderlari)ning respublika va xalqaro kompyuter tarmoqlaridan, shu jumladan Internetdan faqat «UzPAK» ma'lumotlarni uzatish davlat tarmog'ini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasining va Ma'lumotlarni uzatish milliy tarmog'ining texnik vositalari orqali foydalanishiga oid belgilangan tartib belgilandi. "Iskra" hukumat aloqa tarmog'i va boshqa bir qator ma'lumotlar uzatish vositalari orqali xalqaro tarmoqqa chiqish to'xtatildi. UzNet uskunalari, tarmog'i va xodimlar UZPAK boshqaruviga o'tkazildi. Barcha provayderlarga tarmoqlarini UZPAK tarmog'iga birlashtirish tavsiya qilindi. Provayderlar faoliyatining quyidagi jadvali ommalashtirildi: barcha trafik shaxsiy yoki sotib olingan kanallar orqali o'tkazilgan, UzPAK kanalidan (odatda bu 33600 bod (bit/s)li analog modem bo'lgan) zahira sifatida foydalanilgan. O'sha mahalda UzPAK xizmatlari narxi boshqa provayderlarnikidan yuqori bo'lgan. Shunday bo'lsa ham, asinxron aloqa foydalanuvchilari soni o'sib borgan. 1999-2000 yillar. BMTning O'zbekistonda Internet tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha yangi loyihasi - UZB/99/016 (UzSciNet) ish boshladi.

Bu gal O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshida akademik tarmoq yaratish bo'yicha ish boshlandi. Internet bozorida qator o'zining mustaqil (asosan sun'iy yo'ldosh) kanallariga ega bo'lgan provayderlar faoliyati kuzatildi. Ilk Cisco tarmoq akademiyasi ishga tushdi. 2001-2002 yillar. Tashqi Internet kanallarining o'tkazuvchanlik salohiyati 8,5 Mbit/s. dan 18 Mbit/s.gacha oshdi. Sarkor Telekom ilk marotaba TAYe orqali China Telecomga ulandi. DialUp xizmatlari uchun narxlarning keskin pasayishi kuzatildi. "Naytov Internet" biznesi Buzton kompaniyasiga o'tdi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalqaro kompyuter tarmoqlaridan foydalanishni markazlashtirishdan chiqarish to'g'risida"gi 352-son qarori imzolandi.

Unga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 52-sonli qarorida qayd etilgan, O'zbekiston Respublikasi ma'lumotlarni uzatish tarmoqlari operatorlari (provayderlari)ning respublika va xalqaro kompyuter tarmoqlaridan, shu jumladan Internetdan faqat «UzPAK» ma'lumotlarni uzatish davlat tarmog'ini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasining va Ma'lumotlarni uzatish milliy tarmog'ining texnik vositalari orqali foydalanishiga oid belgilangan tartib bekor qilindi. Provayderlar hali ham xalqaro aloqaga ulanishni «O'zbektelekom» AK orqali amalga oshirishlari zarur edi. 2003-2005 yillarda. Tashqi Internet kanallarining o'tkazuvchanlik salohiyati 32 Mbit/s dan 143,1 Mbit/s gacha oshdi. DSL orqali Internet tarmog'iga ulanish ham jismoniy, ham yuridik shaxslar o'rtasida keng ommalashdi.

Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta'lim sohasida, o'quv faoliyatida va o'quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratiladi. Axborot texnologiyalari ta'limni amalga oshish jarayonida hayot bilan uyg'unlashtirishga imkon beradi. O'qitishni kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan chambarchas bog'lash imkoniyati paydo bo'ladi. Axborot texnologiyalarini qo'l-lashda o'quvchi shaxsining butun imkoniyatlarini amalga oshirishga: kompyuter vositalari orqali bolaning bilishga oid, axloqiy, ijodiy, muloqot qilish va estetikaviy imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ro'yobga chiqarishga intilish lozim.

Zamonaviy texnologiyalar Internet tarmoqlarida ta'limga yo'naltirilgan turli hil saytlar kanallarni uchratish hozirgi kunda juda keng tarqalib bormoqda. Bu albatta quvonarli holat yoshlarning savodhonligi ortib borishida, zamon bilan hamnafaslikda, rivojlangan davlatlar bilan fikr almashishda juda katta imkoniyatlar yaratib beradi. XXI asr talabi ham aynan shunday imkoniyatlardan to'gri va keng foydalanishdir. Bugungi kunda hayotimizni osonlashtiradigan bu vositalardan har bir sohada to'gri va imkoniyatlardan maksimal darajada keng foydalanish shu sohaning rivojiga albatta katta imkoniyatlarni yaratib beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.https://www.researchgate.net/publication/349125987_TA'LIM_SOXASIDA_I NTERNET_-TEXNOLOGIYALARIDAN_FOYDALANISH

2. https://uz.warbletoncouncil. org/como-influye-tecnologia-sociedad-4858

3.Texnologiya va jamiyat. 2017 yil 13 oktyabrda wikipedia.org saytidan olindi

4. Siyosatga texnologik ta'sir. 2017 yil 13 oktyabrda publicspheresalons.com saytidan olindi

5. Texnologiyalarning hayotimizga ta'siri. 2017 yil 13 oktyabrda mydailyalerts.com saytidan olindi

6. Texnologiyaning insoniyatga ta'siri. 2017 yil 13-oktabrda munosabatlar-economy.com saytidan olindi

7. Zamonaviy texnologiyalarning Jamiyatga ta'siri. 2017 yil 13 oktyabrda ukessays.com saytidan olindi

8. Ostonov J.Sh. Basic strategies for coping behavior in adolescents. E-Conference Globe 2021/7/26 275-277 с

9. Ostonov J.Sh. Coping behavior and its research style. Proceedings of 7th Global Congress on Contemporary Sciences & Advancements// Hosted online from,New york, USA//June 25, 2021. 237-239 b

10. Ostonov J.Sh. Socio-Psychological Basics of The Study of The Styles of Attitude in Coping by. Adolescents Middle europen scientific bulletin Volume 13 June 2021. Б. 442-446

11. Остонов Ж.Ш. Изучение копинг-стратегий и психологических защит у подростков в трудных учебных ситуациях. Вестник интегративной психологии //- Ярославль, 2021. Выпуск 22. С.144-146

12. Остонов Ж.Ш. Концепция копинга: определение, функция и виды. Вестник интегративной психологии //- Ярославль, 2020. Выпуск 22. С.279-281

13. Остонов Ж.Ш. Усмирларда психологик х,имоя ва копинг хулк-атвор омиллари намоён булишининг узига хос хусусиятлари. Psixologiya jurnali. 2021 й. 4-son. 66-73 b

14. Остонов Ж.Ш. Факторная структура копинг-поведения подростков. Психология илмий журнали. 2020. № 4. Б.47-50

15. Остонов Ж.Ш. Копинг-ресурсы личности и адаптационный потенциал. Мактабгача таълимда компетенциявий ёндашувлар: истикболлар, муаммолар ва ечимлар Республика масофавий илмий-амалий анжумани. БУХОРО, 2020 йил, 3-ноябрь Б.297-299

16. Остонов Ж.Ш. Усмирлардаги копинг хулк-атвор ва унинг шахс мувафаккиятидаги узаро алокадорлигининг назарий асослари. Ижтимоий сохдни модернизациялаш контекстида педагогик таълим тараккиёти: муаммо ва истикболлар //Республика илмий-амалий анжуман2021 йил 28 май Б.134-135

WWW.OPENSCIENCE.UZ / ISSN 2181-0842 948 [Щ^^^И

17. Остонов Ж.Ш. Копинг-стратегии: развитие в онтогенезе. Педагогик махорат илмий журнали. Бухоро, 2020. №6 Б.102-104

18. Остонов Ж.Ш. Усмирлардаги енгга олиш хулк-атворининг асосий стратегиялари. Ижтимоий сохани модернизациялаш контекстида педагогик таълим тараккиёти: муаммо ва истикболлар. Республика илмий-амалий анжуман 2021 йил 28 май Б.132-133

19. Остонов Ж.Ш. Усмирларда копинг хулк-атвор омиллари шаклланишининг ижтимоий психологик механизмлари. Тафаккур ва талкин мавзусида //Республика микёсидаги илмий-амалий анжуман туплами 2021 йил, 27-май Б.817-820

20. Остонов Ж.Ш. Усмирлардаги копинг хулк-атвор ва унинг шахс мувафаккиятидаги узаро алокадорлигининг назарий асослари. Тафаккур ва талкин мавзусида // Республика микёсидаги илмий-амалий анжуман туплами 2021 йил, 27-май Б.812-817

21. Z. Kurbonova. The Importance of the use of Educational Technologies Aimed at the Development of the Child's Personality in Preschool Education. Центр научных публикаций (buxdu. uz) 8 (8

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.