Научная статья на тему 'INTENSIV BOGʻLARDA TOMCHILATIB SUGʻORISH TEXNOLOGIYASINI QOʻLLASH'

INTENSIV BOGʻLARDA TOMCHILATIB SUGʻORISH TEXNOLOGIYASINI QOʻLLASH Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
32
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
suv tejovchi / olmа bogʻlаri / sugʻorish usuli / sizot suvlаr sаthi / sugʻorish rejimlаri / Chegаrаviy dаlа nаm sigʻimi (ChDNS) / water saving / apple orchards / irrigation method / seepage water level / irrigation regimes / Limiting field moisture capacity (CFS)

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Bakhronova Z.Kh.

Qishloq xoʻjаligi ishlаb chiqаrishini yаnаdа bаrqаror rivojlаntirish, sugʻorilаdigаn yerlаrning meliorаtiv holаtini yаxshilаsh vа irrigаtsiyа tizimlаrini rivojlаntirish chorа-tаdbirlаri kompleksini oʻz vаqtidа vа sifаtli аmаlgа oshirishni soʻzsiz tаʼminlаsh hаmdа suv vа yer resurslаridаn oqilonа foydаlаnish hаmdа intensiv bogʻlаrni sugʻorishdа mаqbul sugʻorish rejimi ushbu mаqolаdа ishlаb chiqildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

APPLICATION OF DRIP IRRIGATION TECHNOLOGY IN INTENSIVE GARDENS

Unconditional provision of timely and high-quality implementation of a set of measures for a more sustainable development of agricultural production, improvement of reclamation of irrigated lands and development of irrigation systems, as well as the rational use of water and land resources, as well as the optimal irrigation regime for irrigating intensive gardens.

Текст научной работы на тему «INTENSIV BOGʻLARDA TOMCHILATIB SUGʻORISH TEXNOLOGIYASINI QOʻLLASH»

Bakhronova Z.Kh. trainee teacher

National Research University "Tashkent Institute of Irrigation and

Mechanization Engineers" Agriculture"

INTENSIV BOG'LARDA TOMCHILATIB SUG'ORISH TEXNOLOGIYASINI QO'LLASH

Annotatsiya. Qishloq xojaligi ishlab chiqarishini yanada barqaror rivojlantirish, sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va irrigatsiya tizimlarini rivojlantirish chora-tadbirlari kompleksini o Z vaqtida va sifatli amalga oshirishni so'zsiz ta'minlash hamda suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish hamda intensiv bog'larni sug'orishda maqbul sug'orish rejimi ushbu maqolada ishlab chiqildi.

Kali so Zlar: suv tejovchi, olma bog'lari, sug'orish usuli, sizot suvlar sathi, sug'orish rejimlari, Chegaraviy dala nam sig'imi (ChDNS).

Bakhronova Z.Kh. trainee teacher

National Research University "Tashkent Institute of Irrigation and

Mechanization Engineers" Agriculture"

APPLICATION OF DRIP IRRIGATION TECHNOLOGY IN

INTENSIVE GARDENS

Abstract. Unconditional provision of timely and high-quality implementation of a set of measures for a more sustainable development of agricultural production, improvement of reclamation of irrigated lands and development of irrigation systems, as well as the rational use of water and land resources, as well as the optimal irrigation regime for irrigating intensive gardens.

Key words: water saving, apple orchards, irrigation method, seepage water level, irrigation regimes, Limiting field moisture capacity (CFS).

Kirish: O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishda, suv xo'jaligining ahamiyati katta. Shu bois bu sohada ilmiy va amaliy tadqiqotlarni talab darajasida tashkil etish, ekinlarni sug'orishda yangi zamonaviy innovatsion texnologiyalarni sinab ko'rish va keng maydonlarga joriy qilishni talab qiladi.

Mintaqamizda hozirgi kunda ortib boryotgan suv taqchilligi sharoitida qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining barqarorligi va rivojlanishi ko'p jihatdan sug'orish texnologiyalarining samaradorligiga bog'liq. Qishloq xo'jaligi

ekinlarini sug'orish usullari orasida tomchilatib sug'orish tizimi samaralï resurs tejamkor texnologiyalaridan biri hisoblanadi.

Qishloq xo'jalik ekinlari egatlar orqali sug'orilganda o'q ariqlardan sug'orish suvining tuproq qatlamlariga shimilishi, bug'lanishi natijasida behuda yo'qotishlar kuzatiladi. Bundan tashqari, qishloq xo'jaligi ekinlari hamda bog' va uzumzorlarga ishlov berilishini o'z vaqtida amalga oshirilmasligi natijasida sug'orish suvlari katta miqdorda isrof bo'ladi. Bog', uzumzorlar va sug'oriladigan hududlarini sug'orish me'yorini ilmiy asoslash hamda kunlik evapotranspiratsiyani hisobga olish muhimdir. Ananaviy sug'orilganda sizot suvlar sathi yer yuzasiga yaqinlashganligi sababli vegetatsiya davrida namlikning bug'lanishi yuqori bo'ladi va ildiz tizimi rivojlanadigan qatlamda zararli tuzlarning to'planishi sodir bo'ladi. Shu boisdan suv taqchilligini hisobga olib suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish, sug'orishda ilg'or zamonaviy innovatsion suv tejamkor texnalogiyalarni qo'llash dolzarb masala hisoblanadi. Suvdan tejamli va samarali foydalanish, mineral o'g'itlar, o'sishni sozlovchi (stimulyatorlar) moddalarni suv bilan aralashtirib berishga imkoniyat beruvchi istiqbolli usullardan biri bu tomchilatib sug'orishdir. Respublikamizda tomchilatib sug'orish tizimi turli tabiiy-iqlim sharoitlarida tajriba, tajriba ishlab chiqarish va ishlab chiqarish maydonlarida sinovdan o'tkazilgan. Biroq qishloq xo'jaligi ekinlarini tomchilatib sug'orish rejimlarini Respublikamizning tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilmagan. Bu esa o'z navbatida ilmiy asoslangan resurs tejamkor tomchilatib sug'orish tartiblarini ishlab chiqishda ushbu maqola muayan darajada xizmat qiladi.

Olingan natijalar va ularning muhokamasi: Namlik tanqisligi bo'yicha sug'orish me'yori aniqlash.Tomchilatib sug'orish tizimi uchun sug'orish me'yori quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

mnt = 100 • h • a • 5 • (Wdn • Wi ); m3 fga

Bu yerda: a- tuproqning hajmiy og'irligi, t / m3;

h-hisobiy qatlam chuqurligi. m;

S-umumiy maydonga nisbatan namlantiriladigan maydon;

Wdn-chegaraviy dala nam sig'im, % quruq tuproq massasidan;

Wi-sug'orish oldi namligi, % quruq tuproq massasidan.

Bunda bizga kerak bo'lgan ma'lumotlar, tuproq hajmiy massasi va dala nam sig'imi _____

Hajmiy massasi g/sm3 Chegaraviy dala nam sig'imi % Chirindi % 0-10 sm chuqurlikda Chirindi % 10-25 sm chuqurlikda Chirindi % 25-40 sm chuqurlikda Chirindi % 40-70 sm chuqurlikda

1,3 24 1,2 07 0,35 -

1 jadvalda berilgan. Ushbu ma'lumotlar asosida turli hil sug'orish rejimlari

bo'yicha aniqlangan sug'orish me'yorlari quyidagi 2 jadvalda keltirilgan.

2- jadval. Namlik tanqisligi bo 'yicha sug 'orish me'yorlari va davomati

№ CHDNS ga nisbatan Sug'orish me'yorlari m 3 /g

sug'orish oldi tuproq Namlantirish Sug'orish Namlantirish Sug'orish

namligi, % qatlami davomati, qatlami davomati,

chuqurligi, soat chuqurligi, soat

0,6 m 0,8 m

1 70 187 27,5 249,3 36,6

2 75 155,8 23 207,8 30,5

3 80 124,6 18,3 166,23 24,4

Vegetatsiya davomida sug'orishlar soni o'rganilayotgan variantlar bo'yicha sug'orish oldi namlik tanqisligi va tuproqni namlantirish chuqurligiga bog'liq bo'lib, ushbu miqdor turli hil rejimda turlicha bo'ladi. Agar namlantirish chuqurligi qiymati qancha yuqori bo'lsa sug'orishlar soni ham shuncha kamayadi.

3-_jadval. Vegetatsiya davomida sug 'orishlar soni

O'rganilayotgan variantlar bo'yicha

№ CHDNS ga nisbatan sug'orish oldi tuproq namligi, % Mavsumiy sug'orishlar soni

Namlantirish qatlami qalinligi,0,6 m; Namlantirish qatlami qalinligi, 0,8 m;

1 70-70-70 20 15

2 80-70-80 26 19

3 75-75-75 26 19

4 70-75-80 27 21

Nazorat variant bo'yicha

№ Variant Mavsumiy sug'orishlar soni

1 Nazorat 6

4- jadval. Mavsumiy sug'orish me'yorlari

O'rganilayotgan variantlar bo'yicha

№ CHDNS ga nisbatan sug'orish oldi tuproq namligi, % Mavsumiy sug'orish me'yori m3 /ga

Namlantirish qatlami qalinligi,0,6 m; Namlantirish qatlami qalinligi, 0,8 m;

1 70-70-70 3740 3735

2 80-70-80 3863,6 3822

3 75-75-75 4050,8 3948,2

4 70-75-80 3987,6 3989,24

Nazorat variant bo'yicha

№ Variant Mavsumiy sug'orishlar soni

1 Nazorat 5600

Dala tajribalari davomida shu narsa ma'lum bo'ldiki intensiv bog'larda parvarishlanayotgan mevali daraxtlar tuproq namligiga bo'lgan talabi dala nam sig'imiga nisbatan 70-80% bo'lishini taqozo etadi. Ushbu talab bajarilgandagina daraxtlar yaxshi o'sib rivojlanadi. Egatlab sug'orilganda tuproqda namlik keragidan ortib ketdi va daraxtlar suvga bo'kishi hisobiga tuproqda kislorod

yetishmasligi sezildi. Ko'pchilik o'simliklar uchun tuproqda suvning yetishmasligi singari mevali daraxtlarda ham tabiiyki namning haddan tashqari ortiqcha bo'lishi ham zararlidir. Tomchilatib sug'orilganda esa suv ekinnining talabiga qarab berilib tajriba maydonining hamma yeri bir xil namlandi va tuproqda ortiqcha namlik 65 yuzaga kelmadi. Intensiv bog'larda yetishtirilayotgan meva daraxtlatining ildiz tizimi popuk ildiz bo'lib, ildiz sistemasi asosiy qismi tuproqning 50-80 sm chuqurlikda joylashganligini sababli qurg'oqchilikka chidamsizligi aniqlandi. Egatlab sug'orilganda sug'orishlar orasi uzoqligi sababli tuproq qurib daraxtlar suvsiz qoldi. Daraxtlarga suv yetishmaganligi sababli, ular erta va tezroq gulladi. Bu esa o'z navbatida meva tugishini kamaytirdi va ko'p meva to'kilishiga olib kelib, daraxt hosiliga sezilarli darajada salbiy tasir ko'rsatdi. Bu masalaning birinchi tomoni masalaning ikkinchi tomoni esa agar o'simlik yetarlicha nam bilan taminlanmagan tuproqda o'sib rivojlansa, uning ildizi suv qidirib tuproqning nam qatlamiga qarab intiladi va ildiz tizimi tuproqqa chuqur kirib, yon tarafga keragidan ortiq tarqalib ketadi. Bu jarayon esa intensiv bog'larda daraxtlarni kuchli o'sishini keltirib chiqaradi va hosilni kamayishiga olib keladi. Ushbu holat yuzaga kelganda intensiv bog'larda qo'shimcha xarajatni talab etadigan daraxt ildizlarini qirqish ishlari bajariladi. Tajriba sxemasi bo'yicha tomchilatib sug'orish qo'llanilgan variantlarda daraxt ildiz qatlamining namligi bir hilda ushlab turildi. Tuproq nam bilan yaxshi ta'minlanganligi sababli ildiz tuproqqa ko'p chuqur kirmasdan tuproq yuzasiga yaqin joylashdi va mevali daraxtlar o'z energiyasini ko'p qismini hosiliga sarfladi.

5-jadval. Variantlar bo 'yicha hosildorlik

№ CHDNS ga nisbatan Hisobiy qatlam Hosildorlik, Nazorat Nazorat

sug'orish oldi tuproq chuqurligi, m s/ga varianti variantiga

namligi, % bo'yicha nisbatan

hosildorlik, hosildorlikni

s/ga ortishi

1 70-70-70 0,6 65 35,76 29,24

0.8 66,67 30,91

2 80-70-80 0,6 74,2 38,44

0.8 77,6 41,84

3 75-75-75 0,6 69,09 33,33

0.8 71,96 36,2

4 70-75-80 0,6 70 34,24

0.8 73,79 38,03

O'tkazilgan dala tajribalarida eng yuqori hosildorlikka CHDNS ga nisbatan sug'orish oldi tuproq namligi 80-70-80 % hisobiy qatlam chuqurligi 0,8 m bo'lgan variantda erishilib, hosildorlik 77,6 s/ga ni tashkil etdi. Eng kam hosildorlikka esa nazorat variantida erishildi. Tomchilatib sug'orish usuli qo'llanilgan har bir variantda egatlab sug'orish usuli qo'llanilgan nazorat variantiga nisbatan yuqori hosil olishga erishildi. Tajriba natijalari shuni ko'rsatdiki, tomchilatib sug'orish

tizimi qo'llanilganda hosildorlik albatda ortadi va suv resusrlari an'anaviy usullarga nisbatan kam sarf bo'ladi.

Xulosa

Havodagi namlikni yetarli bo'lishi mevali daraxtlarga ijobiy tasir ko'rsatadi. Shu sababli mamlakatimiz sharoitida yangi barpo qilingan bog'larda qator oralig'iga oraliq ekinlar ekib foydalanish bog'ni va mevali daraxtlarni rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, yerdan foydalanish samaradorligini hamda tuproq unumdorligini oshiradi. Bog' qator oralaridan foydalanishda oraliq ekinlar to'g'ri tanlashni bilish lozim. Chunki ba'zi o'simliklar baqlajon, qalampir, pamidor kasalliklar tarqatish xususiyatiga ega uchun ularni qator oralariga oraliq ekin sifatida ekmagan maqul. Intensiv bog'ni mevali daraxtlarning rivojlanish fazalaridagi suvga bo'lgan talabini inobatga olgan holda sug'orish rejimini belgilash juda muhim masala hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1-martdagi 144-sonli "Qishloq xo'jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori

2. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20-aprelda 201-sonli "2022-2026 yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori

3. Dala tajribalarini o'tkazish uslublari. -Toshkent 2007., 176-b.

4. Toshmatov M. - Suv resurslarini tejovchi texnologiya. O'zRQVSXV, PSUYeAITI, IKARDPA, IVMI o'tkazgan xalqaro ilmiy - amaliy konferensiya ma'ruzalari asosidagi maqolalar to'plami. Toshkent - 2007, 76 - bet.

5. Astraxova S. A - "Meva sabzavotchilik" Toshkent 2005-yil.

6. Bespalov. N. F - O'zbekistob qishloq xo'jalik jurnali. 5-son. 11-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.