Научная статья на тему 'INSON UYG‘UNLIGINING BADIIY TALQINI (ULUG‘BEK HAMDAMNING “MUVOZANAT” ROMANI MISOLIDA)'

INSON UYG‘UNLIGINING BADIIY TALQINI (ULUG‘BEK HAMDAMNING “MUVOZANAT” ROMANI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
143
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Poetik / syujet / ijodiy / mantiqiy / muvozanat / modernizm / konsepsiya

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Tashanov Kamil Yuldashevich, Nortojiyeva Nargiza Choriyevna

Ushbu maqolada Ulug‘bek Hamdamning “Muvozanat” romanida asar qahramonlarining ichki va tashqi xarakter xususiyatlari, asarning mazmuniy, shakliy, uslubiy xususiyatlarini bilan birlashtiruvchi va farqlash tomoillarini ko‘rsatish, qahramonlarning borliq haqidagi mushohadalari orqali ichki konflikt yaratish usullari, davr muammolarini ko‘rsatishda ijodkorning boshqalardan ajratib turuvchi mahorat usullari tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INSON UYG‘UNLIGINING BADIIY TALQINI (ULUG‘BEK HAMDAMNING “MUVOZANAT” ROMANI MISOLIDA)»

INSON UYG'UNLIGINING BADIIY TALQINI (ULUG'BEK HAMDAMNING

"MUVOZANAT" ROMANI MISOLIDA)

Tashanov Kamil Yuldashevich tash_kamil@mail.ru Filologiya fanlari nomzodi Nortojiyeva Nargiza Choriyevna Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada Ulug'bek Hamdamning "Muvozanat" romanida asar qahramonlarining ichki va tashqi xarakter xususiyatlari, asarning mazmuniy, shakliy, uslubiy xususiyatlarini bilan birlashtiruvchi va farqlash tomoillarini ko'rsatish, qahramonlarning borliq haqidagi mushohadalari orqali ichki konflikt yaratish usullari, davr muammolarini ko'rsatishda ijodkorning boshqalardan ajratib turuvchi mahorat usullari tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: Poetik, syujet, ijodiy, mantiqiy, muvozanat, modernizm, konsepsiya.

ARTISTIC INTERPRETATION OF HUMAN HARMONY (IN THE EXAMPLE OF THE NOVEL "EQUILIBRIUM" BY ULUGBEK HAMDAM)

Tashanov Kamil Yuldashevich tash_kamil@mail.ru Candidate of Philological Sciences Nortojiyeva Nargiza Choriyevna Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyaz

Abstract: In this article, in Ulugbek Hamdam's novel "Equilibrium", the internal and external character traits of the heroes of the work, the principles of unifying and differentiating them with the substantive, formal, and stylistic features of the work, the ways of creating internal conflict through the observations of the heroes about existence, the skills of the creator that distinguish him from others in showing the problems of the time are presented methods are scientifically analyzed.

Keywords: Poetic, plot, creative, logical, balance, modernism, concept.

Yozuvchi mahorati hayot materialini badiiy aks ettirishda rang-barang tasvir vositalaridan nechog'li unumli foydalana olganligi bilan o'lchanar ekan, roman janri cheksiz imkoniyatlarga egaligi bilan boshqa adabiy janrlardan jiddiy tafovutlanadi. Adib unda inson hayotining solnomasini mufassal ifodalashga, obrazlar tizimini

yaratar ekan, ma'lum maqsadlarni ko'zlab ish tutadi va buni ro'yobga chiqarishda ijodkor mahorati katta rol o'ynaydi. Boshqacha aytganda, odamzod takomilidagi muhim evrilishlar badiiy shakl miqyoslarini belgilab beradi. Shu nuqtai nazardan, Ulug'bek Hamdamning "Muvozanat" romanida qahramon shaxsiyatiga katta falsafiy-ijtimoiy, ma'naviy-ruhiy vositalar singdirilar ekan, asarda tasvir, oshkor qatlamning mavjudligi, ijodiy mustaqillik va mantiqiy tugallanganlikni uyg'unlashtirgan holda, yaxlit poetik tizimga jipslanganligiga guvoh bo'lamiz. Dastlab asar qurilishiga e'tibor bersak, ham mazmuniy, ham shakliy, ham uslubiy butunlik asarning umumlashma badiiy ko'rinishiga qanchalik uyg'un ekanligiga guvoh bo'lamiz. Misol uchun Yusuf kursdoshi Zahro bilan bo'lgan o'zaro munozarasida ko'ngil maishati uchun emas, balki borliq xususidagi mushohadalari bilan yuzma-yuz kelamiz. Yusuf va Zahrolarning hayot haqidagi tasavvurlari, Yusufning so'nggi paytlarda olgan achchiq tajribasi, Zahroni esa haddan ortiq boylik ortirish natijasida "insoniylik muvozanati"dan chiqishi ikki olam vakillarini psixologik jihatdan konflikt holatiga, hayotda esa bir-biriga "darddosh, maslakdosh" qilib qo'yadi. Aynan, ikki suhbatdosh jamiyatdagi og'ir kechmishlarni "vaqtinchalik" deb baholaydi. Bu esa, romandagi muvozanat sari qadam tashlayotgan qahramonlar xarakterida maromiga yetadi.

Ulug'bek Hamdam "Vatan haqida qo'shiq" nomli maqolasida bu borada quyidagicha mulohaza yuritadi:

"...Kuni kecha menpoezdda bir nechtayoshlar bilan gaplashib keldim. Va iqror bo 'Idimki, butunlay yangi avlod yetishib kelyapti ekan. Ular tarbiyasida o 'tmishga nisbatan keragidan ortiq tanqidiy ruh, bugunni esa behad ideallashtirishga

0 'xshagan qusurlarni payqagan bo 'lishimga qaramay, mulohaza yurita-yurita oxiri sevinib ketdim. Sababki, ular o 'tmishni qo 'msab qiynalmaydi, bu yoqda do 'ppi tor kelganda u yoqqa talpinib, o 'zi shundoq ham qiyin ahvolni battar murakkablashtirmaydi, katta avlodlarga o'xshab har bir kishi o'z botinida ikkiga bo 'linib ketmaydi, balki biri u sohada, kimi bunda o 'zligini yangi kelajakni bunyod etish ishiga bag'ishlaydi. To ular bor ekan, ertaga - qurilayotgan yangi davlatda bugun oyoq osti bo 'lib yotgan qadriyatlarning, qonun-qoidalaru tartib-intizomning qaytadan qad rostlashi muqarrar" [1.55.]

Ijodkorning shu mulohazalaridan kelib chiqib tahlil qiladigan bo'lsak, romanda yoshligidan o'z muvozanatini saqlab qolishga intilgan Yusuf, hali ruhiy sokinlikka erishishga vaqt borligini yozuvchi sirtdan baholab boradi. Romanning syujeti markazida realistik tasvir tamoyilidan unumli foydalana olganini ko'rishimiz mumkin. Yusuf o'z yolg'izligidan siqilgan Zahroning tashvishlari bilan andarmon bo'lib, vaqtincha ichki iztiroblarini unutadi. U botinidan tushkun kayfiyatni quvib solgan hodisaning mantiqini anglashga urinar ekan, bunga hech bir ism topib berolmaydi. Binobarin, Yusuf ruhiy xotirjamlik bor joyda inson muvozanati doimo saqlanishini romanning bir necha o'rinlarida atrofidagilarga ta'kidlaydi. Ayni paytda,

uning o'sha muvozanat sari ildam yurishi jamiyat hayotining ham iziga tusha borayotganidan dalolat beradi. Demak, Yusufga xos muvozanat jamiyat muvozanatini ham bildiradi.

Qadrdon kasbini tark etishni "munofiqlik" deb bilgan Yusufning ichki olamida doimo omonsiz jang boradi. Uning ichki olam muvaffaqiyatlarini dag'al dunyoga muhaqqaq olib chiqish va hayotga tadbiq etish orqali muqaddas Muvozanatni ta'minlash orzusi romanning leytmotivini tashkil qiladi. Yusuf ilohiy mazmundagi farz amallarni majoziy mohiyatda halollik, yaxshilik va ezgulikka xizmat qilish tarzida idrok etadi. Shu nuqtada akasi Amirdan butkul ajralib turadi. Muallif haq yo'l qaysiyu botil qay biri ekanligini ajratishda hakamlik qilmaydi. Aksincha, istakning o'zi bilangina maqsadga erishib bo'lmasligini munozara jarayonida yorqin ochadi.

Ammo bosh qahramon qarashlari yozuvchi konsepsiyasini aks ettirmaydi. Roviy obrazi qahramonlarning emin-erkin harakat qilishlarini, o'zlarini namoyon etishlarini ta'minlaydi. Boshqacharoq aytganda, yozuvchi konsepsiyasi o'sishda, o'zgarishda, harakatda beriladi va romanga jalb etilgan barcha qahramonlar yaxlitlikda nosirning konsepsiyasini aks ettirishadi. Ular o'z qarashlari, hayotiy munosabatlari, dard va armonlari bilan muhi haqidagi tasavvurlarimizni yanada mukammallashtiradi. "Muvozanat" romanining kitobxon diliga yaqin pafosi ham, ta'sirchanligi ham har biri o'z yo'li, hayotiy qarashlariga ega bo'lgan rango-rang personajlar orqali ta'minlangandir.

Yozuvchi romanda ulkan imkoniyatlarning odam fe'liga ta'sirini alohida shaxsning parvozi hamda inqirozi ya'ni kuchli va ojiz tomonlari fonida ko'rsatishni maqsad qiladi. Bu esa, shubhasiz tabiiy chiqqan va buni Mirazim hamda Saidning hayoti misolida ko'rishimiz mumkin. Mansab pillapoyalaridan ko'tarilib borayotgan Saidning kutilmaganda "qulab tushishi" bu yorug' olamda hamma narsa omonat ekanligini anglab yetishiga zamin hozirlaydi.

Adibning "Muvozanat" romani ham xilma-xil adabiy yo'sinning qorishuvidan tarkib topgan bo'lib, uni real mohiyatga ega realistik roman deyish to'g'ri bo'ladi. To'g'ri, unda modernizmga xos kayfiyat ham o'z aksini topgan. Chunki voqelikni badiiy idrok etishning norealistik va realistik metodining ba'zi xususiyatlari bir-biriga o'tib turishi odatiy hodisa hisoblanadi. Mohiyat-e'tibori bilan aytganda, ifoda mustaqilligi, ruhiyat tasviri, "an'anaviy-qodiriyona" roman tafakkurning hissi, "oybekona" mushohadalarning teranligi, "rumiyona" fikrlar mantiqiyligi ko'zga tashlanadi. Ammo yozuvchining individual uslubi barchasini o'ziga simirib, real tasvir va badiiy psixologizm uyg'unligida ifoda etgan. Negaki, har qanday badiiy talqin inson ruhiy borlig'ini kashf etishga qaratilgan bo'ladi. Jumladan, Yusufning qaynoq hayot ichkarisida chorasiz qolishi, ko'ngil, oila xalovatining buzilishi, millat ruhiyatidagi muayyan evrilishlar davomiyligi romanda xilma-xil taqdirlar kesishuvida real mohiyat kasb etadi. Hammamiz his qilgan, ko'nikkan qadriyatlar zamonlar

evrilishida boshqacha mohiyat kasb etishi mumkin. Oraliqda qolgan inson nafaqat azob chekadi, balki o'z hayotini izidan chiqarishi turgan gap. Ana shunday inson xarakterini, uning ruhiy olamini anglash va badiiy ochib berish juda murakkab va zahmattalab jarayon hisoblandi. Romanida o'zbek xalqi hayotining so'nggi o'n yilliklar, ya'ni asosan istiqlolga erishilgan pallalardagi "o'tish davri" qiyinchiliklarini mohirona tasvirlaydi:

"Hammalari dasturxon atrofiga o 'tirishganda duo o 'qildi. So 'ng Halima aya turib, non-choy keltirdi. Elbekka bir hovuch yong'oq berib, o'g'lim shularni chaqib kel, deya o 'zi cho 'kka tushib non ushata boshladi. Yusuf sumkasidan qand va pishloq olib dasturxonga qo'ydi. Odil aka har doimgi joyida bo'lsa ham avvalgidek yonboshlab emas, balki tizzalarini omonatgina bukib, oyoqlarini iloji boricha o 'ziga yaqin tortib o 'tirardi" [ 2. 234.]

Ushbu lavhadagi Odil akaning psixologik portreti moddiy qiyinchilik, yo'qchilikdan ruhan ezilgan otaning xijolati misolida gavdalanadi. Shuningdek, realistik tasvir zamirida milliy ruhiyat Halima aya misolida yaxshi ochilgan. Odatda, o'zbek oilalarida dasturxon tuzash, borini imkon darajasida hamma bilan baham ko'rish uchun ayollar mas'ul hisoblanadi. Bu yerda ham Halima aya nonushta qilish uchun zarur ozuqlik kamligini bilintirmaslikka harakat qilib, yong'oq chaqtiryapti, non ushatyapti.

Romanda asosiy e'tiborni tortadigan jihatlar, xususan, millat boshiga yog'dirilgan kulfatlar orqasida haq-huquqlarini to'la anglab etmagan, bunga imkoniyat bermagan sharoit va xalq mentaliteti aks etganligida ko'rinadi. Bunga misol tariqasida Muhammadjon aka hayotini tasvirlar ekan, uning o'tmishi yolg'onlar qurshovida o'tganligini o'ziga xos bo'yoqlarda aks ettiradi. Bu esa o'z navbatida mustamlaka siyosati manfaatlarining ifodasi bo'lib, hukmron mafkura targ'iboti aynan shuni taqozo etishiga diqqatni qaratadi. Jumladan, Muhammadjon aka siyratiga xos chizgilar Yusufning keyingi hayoti arosatda o'tmasligiga ishora etadi. Romandagi har bir ijodiy talqinda mujassamlashgan muallif konsepsiyasi qahramon xarakteriga oydinlik kiritadi. Asosiy obraz tadriji tasavvur chiziqlarini markazlashtiradi, tasvir unsurlari esa epik maydon falsafiy teranliklarini badiiy umumlashtirishga xizmat qiladi. Muhammadjon akaning: "Mening umrim yolg'on bilan kechdi. Yolg'onga bosh egib, yolg'onni yozganlarning, shuni istagan kimsalarning xizmatini qilib kechdi. Seniki shunday kechmasin ", - deya kuyinishlari Yusuf tafakkurida milliy o'zligini anglashga turtki bo'ladi [2. 26.]

Ayniqsa, adib ijodida kuzatiladigan bir jihatni ta'kidlab o'tish joiz: ba'zan yozuvchi talqinida ruhiy tahlil muayyan izchillik kasb etmaydi, balki tarqoq qirralarga singdiriladi. Ushbu xususiyat Said va Manzura, Mirazim va Zahro, Yusuf va Oygul, Amir va Gulshoda kabi markaziy personajlar timsolida reallashadi. Bu holat zamirida hayotiy qonunlarning mantiqiy asoslanganligi yotadi. Mantiqiy asos

muayyan tafsilotlar, turli shart-sharoit, milliy qadriyatlar ta'siri hosilasidir. Muallif romanning g'oyaviy tayanch markaziga birdaniga o'tmaydi. Yozuvchi o'quvchini asta-sekinlik bilan psixologik vaziyatga tayyorlab boradi. Davr ruhiyatini qahramon ichki nutqi vositasida ochib beradi. Inson mohiyati, hayot o'lchovi va yashashdan kuzatiladigan maqsad to'g'risida falsafiy mushohada yuritgan adib yangilanayotgan tafakkur va ijtimoiy sharoit taqozosini mohirlik bilan uyg'unlashtirib yuboradi. Butun hayot yo'lini taftish qilayotgan Yusuf og'ir iztiroblar iskanjasida qovriladi. Uning ongida kechayotgan mushohadalar millat ruhiyatini ham taqdim etadi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, yozuvchi roman tafakkur unsurlari bilvosita jamiyatni harakatlantiruvchi kuch hisoblanadigan yangi shaxs konsepsiyasining ma'naviy-axloqiy mezonlarini qahramonlar hayoti orqali ochib beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Улугбек Хамдам. Ватан хакида кушик. Маколалар ва давра сухбатлари. Тошкент. Академнашр. 2014

2. Хамдам Улугбек. Мувозанат. Тошкент. Шарк . 2007. 234-бет

3. Умаров Х. Бадиий психологизм ва хозирги узбек романчилиги. Тошкент. Фан. 1983

4. Норматов У., Хдмдам У. Дунёни янгича куриш эхтиёжи // Жахон адабиёти. 2002. 12-сон

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.