Научная статья на тему 'INSON ICHKI DUNYOSI KONTSEPTLARINING INGLIZ LINGVOMADANIYATIDAGI O‘ZIGA XOSLIKLARI'

INSON ICHKI DUNYOSI KONTSEPTLARINING INGLIZ LINGVOMADANIYATIDAGI O‘ZIGA XOSLIKLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
moddiy va ma'naviy hayot / ichi va tashqi dunyo / dunyoning lisoniy manzarasi / gnoseologiya / genderli belgilar / ayol va erkak ichki dunyosi

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Turdiyeva Nilufar Yokubovna, Rahmatullayeva Guljaxon Normomin Qizi

Mazkur maqolada kontseptologiya uchun dolzard yo`nalish hisoblangan kingvomadaniyatshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik bilan uzviy bog`liq holda inson ichi dunyosini aks ettiruvchi konseptlar tahlili olib borilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INSON ICHKI DUNYOSI KONTSEPTLARINING INGLIZ LINGVOMADANIYATIDAGI O‘ZIGA XOSLIKLARI»

INSON ICHKI DUNYOSI KONT SEPTLARINING INGLIZ LINGVOMADANIYATIDAGI O'ZIGA XOSLIKLARI

1Turdiyeva Nilufar Yokubovna, 2Rahmatullayeva Guljaxon Normo'min qizi

1SamDChTI dotsenti, f.f.n, 2SamDChTI doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10820410

Annotatsiya. Mazkur maqolada kontseptologiya uchun dolzard yonalish hisoblangan kingvomadaniyatshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik bilan uzviy bog liq holda inson ichi dunyosini aks ettiruvchi konseptlar tahlili olib borilgan.

Kalit so^zlar: moddiy va ma'naviy hayot, ichi va tashqi dunyo, dunyoning lisoniy manzarasi, gnoseologiya, genderli belgilar, ayol va erkak ichki dunyosi

Insonning ichki va tashqi hayoti, moddiy va ma'naviy hayot qadriyatlari, odamlar o'rtasidagi munosabatlar va o'ziga bo'lgan munosabat - bularning barchasi jamiyat va ma'lum bir tilda so'zlashuvchi shaxs qiyofasini yaratgan holda u yoki bu tarzda tilda o'z aksini topadi. Muayyan tilida so'zlashuvchilar tomonidan ularning ichki dunyosini talqin qilishning lingvistik o'ziga xosligi o'zlarini bilish ob'ekti va sub'ekti sifatida aks ettirish to'g'risida qimmatli ma'lumot manbai va tilda "inson omili"ni aniqlash uchun o'ziga xos asos bo'lib xizmat qiladi.

Tilshunoslik rivojlanishining hozirgi bosqichida inson ichki dunyosining lisoniy sodda manzarasini, ya'ni o'zini bilish ob'ekti sifatida namoyon qilishni o'rganish zarurati paydo bo'ldi. Tadqiqotchilar har bir insonning ichki dunyosi (qaysi tilga mansubligidan qat'i nazar) individualdir va muayyan tilida so'zlashuvchilarni birlashtirgan narsaning asoslarini topishga harakat qilmoqda. Bu savolni hal qilish, ehtimol, ma'lum bir tilda so'zlashuvchilarning ichki dunyosining barcha yoki ko'plab "tarkibiy qismlarini" o'rgangandan so'ng amalga oshirilishi mumkindir.

"Dunyoning lisoniy manzarasi" atamasi deganda biz tilda aks ettirilgan dunyo haqidagi bilimlarning umumiyligini, shuningdek, yangi bilimlarni olish va talqin qilish usullarini nazarda tutamiz, tilni ma'lum kontseptual tizim va dunyo haqidagi bilimlarni ifodalash vositasi sifatida ko'rib talqin qilamiz. Dunyoning har bir lisoniy manzarasida ob'ektiv voqelik bilan bog'liq bo'lgan elementlarning mavjudligi ma'lum bir nuqtaga qadar olamning ushbu manzarasini dunyoning o'zi singari tushunishga imkon beradi [1] Tadqiqotchilar ko'pincha dunyoning manzarasi haqida emas, balki dunyoning o'zi haqida gapirishadi, chunki dunyoning manzarasi aslida biz bu dunyoni qanday ko'rishimiz.

Zamonaviy gnoseologiyada yangi ma'lumotning qayta ishlanishi uning kontseptualizatsiyasi jarayonida amalga oshirilishi belgilanadi, ya'ni ma'lum kontseptga xos bo'lgan belgilar u bilan bog'liq bo'lgina assotsiativ maydondagi so'zlarga ko'chirilishi mumkin. Inson tajribasidagi assotsiativ aloqalar "tashqi inson" "ichki inson"ga ham mosligini aniqlab, bu maydonga tegishli bo'lgan kontseptlarni ham antropomorf belgilar bilan kontseptuallashtirdi.

Taxlili olib borilayotgan konseptlarning ingliz lingvomadaniyatiga xos bo'lgan belgilar bu ularning:

1. Genderli belgilari:

ayol qalbi - woman's soul - I'll take one woman's soul;

Dorothea had little vanity, but she had the ardent woman's need to rule beneficently by making the joy of another soul. Djordj Eliot, «Midlmarch».

Ayol qalbi ingliz tilida turli talqinlarda beriladi, masalan:

feminine mind - There was a womanish strain in his character which lent him insight into the feminine mind. Agata Kristi, "Uch parda tragediyasi";

feminine soul - 'Eyes that invited you to plunge the depths of her feminine soul. "Uyatsiz" filmidan.

women's nature - I shall learn more from this than I could learn from a thousand private talks, forto my face they will tell me what I wish to hear, but in secret shall I divine the true nature of these women. Iz filma «Kniga Yesfir»;

o'zbek tilidagi qalb konsepti ingliz tilidagi ba'zi misollarda yurak heart konsepti bilan ham berilganligining guvohi bo'lamiz. Masalan:

woman's heart - Her heart was my last ticket in the lottery, my fortune depended upon it. Onore de Balzak;

The children's mother received the King kindly, and was full of pity; for his forlorn condition and apparently crazed intellect touched her womanly heart. Mark Tven, "Shaxzoda va tilanchi";

A woman's heart is a deep ocean of secrets "Titanik" filmidan; A woman's heart is a deep and mysterious place, almost impossible to reach. erkak aqli ingliz tilida turli talqinlarda beriladi, masalan:

man's vigorous brain - And for the rest, though you have a man's vigorous brain, you

have a woman's heart and-it would not do." Sharlotta Bronte, «Djen Eyr», "So your smart duchesses, who are men in brains only, write masterpieces. Onore de Balzak;

man - smart - "I know we agreed not to let women into upper management, but Veronica Palmer is man- smart. "Yana bir bor, Ted" filmidan. Rejissyor — Maykl Fresko;

masculine intellect - So much masculine intellect. "Toqqa sayohat" filmidan; man' s mind - A man' s mind should be deep like the sea. Iz filma «Yettinchi pichoq haqida afsona». Rejissyor — Nam-ki Kwon. 2. Emotsional belgilar:

Emotsional belgilar doirasida quyidagi mikrokonseptlarni taxlil qilishimiz mumkin -shodlik, quvonch, azob, xayajon, iftixor, faxr. Masalan:

Shodlik, quvonch,- Exuberant high spirits - jo'shqin quvonch, yuqori kayfiya; A sudden wild hilarity was born. Agata Kristi, «O'lim bilan uchrashuv» (shodlik, quvonchning tug'ilishi)

Everyone looked cheerful even if the cheer was strained. Margaret Mitchell, «Shamollarda qolgan hislarim. Tom 1» (shodlik, quvonchning yuzakiligi)

He could picture the fiery and malicious exhilaration with which they had made their wreckage, and their sanctimonious, ruthless sense of right and dedication. Djozef Xeller, «Ulovka-22» (zarar keltiruvchi shodlik)

Azob - I don't need bloody broken hearts! (singan yuraklar obrazi orqali tasvirlash) In the midst of my pain of heart and frantic effort of principle, I abhorred myself (yurak og'rig'i obrazi orqali berish)

He would no more meet with sympathy here for his bodily ills than he had received it at her hands for the distress in his heart. (yurakdagi qayg'u obrazi orqali berish). Xayajon - Nis imagination was perturbed bu the story;

He was particularly perturbed by some words spoken on the day of the funeral by Mr Abernethie's sister, Mrs Lansquenet. Words spoken in this very room."

He sounds perturbed.

Iftixor, faxr - a prouder-hearted man.

"A loving and proud little heart," I thought. "And how long it has taken me to win the right to call you Nellie!"

Insonning ichki dunyosining lingvistik tasviri "yaxlitlik, izchillik, to'liqlik va mualliflikni da'vo qila olmaydi", chunki inson ichki dunyosi ko'p yillik tajriba lardan shakllanadi va o'zgarib boradi ya'ni insonning realistik, empirik olami mifoepik, faylasufona tushunchalar bilan bog'liqdir. Bunga ishonch hosil qilish uchun inson ichki dunysining "ma'naviy", "lingvistik anatomiyasini" jihati bilan tanishib chiqish kifoyadir Birinchidan, unga kvazi-somatik, nomoddiy, "tasavvur qilingan" organlar (jon - soul, ruh, ichki olam - inner world, sezgi va boshqalar) kiradi.

Badiiy asarda qahramon ichki dunyosining shakllanishida muallif idiolekti muxim orin tutadi. Kommunikativ-faoliyat yondashuvi tarafdorlari tomonidan taklif qilingan lingvistik shaxs tushunchasiga asoslanadi. Uning nazariyasiga ko'ra, har qanday badiiy asar ma'lum bir muallifga xos xususiyatlarni aks ettiradi va uni o'ziga xos, individual lisoniy shaxs sifatida belgilaydi. Yozuvchi va shoirning o'ziga xos xususiyatlari barcha darajalarda ochib beriladi: leksik birliklarni tanlashdan boshlab, personajlarni, kompozisiyani va hokazolarni tasvirlash usuligacha [4, 15]. Ushbu konsepsiyaning asosiy g'oyasi quyidagichadir: "Har bir tahlil qilingan matn o'zida quyidagilarni mujassam etadi: a) muallifning lisoniy dunyo manzarasining bir parchasini (uning leksikasi, semantikasi, grammatikasi, bu orqali asarning badiiy dunyosi modellashtirilgan bo'lib, muallifning atrofdagi voqelik haqidagi tasavvurini aks ettiradi); b) muallifning estetik shaklda aks ettirilgan axborot tezaurusini; v) uni asar yaratishga undagan va matnning g'oyaviy hamda badiiy xususiyatlarida o'z aksini topgan ijodkorning maqsadlari va motivlari". Bu vaziyatda, idiouslub matn prizmasi orqali o'rganiladi, bu esa o'z navbatida muallif va o'quvchi o'rtasidagi kommunikativ faoliyat jarayonida vositachi hisoblanadi. Kognitiv yondashuv idiouslubni "shoirning ichki dunyosini badiiy voqelik, she'riy til tomonidan yaratilgan matnning badiiy olami bilan o'zaro bog'laydigan ifoda vositalari tizimi" deb hisoblashni taklif qiladi. Ushbu yondashuv markazida konsept tushunchasi turadi. Konsept yozuvchining g'oyalarini amalga oshirishni, shuningdek, uning nutqiy fikrlash qobiliyatini anglatadi. Taqdim etilgan konsepsiya doirasida tadqiqotchilar yozuvchilarning konseptosferasini modellashtirish vositalarini o'rganadilar. Oxirgi ikki yondashuv (kognitiv va kommunikativ-faoliyat) idiouslub atamasini o'rganishda tilshunoslikning nisbatan yangi va istiqbolli yo'nalishlari hisoblanadi. Ular bizga yozuvchining o'ziga xos xususiyatlarini shakllantirishning ichki mexanizmlarini o'rganishga va bevosita faoliyat jarayonida individual mualliflik konseptlarining rivojlanishini o'rganishga imkon beradi [4, 1516].

Bundan tashqari, inson psixikasi bilan bog'liq qo'shimcha funksiyalar mapteriallashtiriladi, aslida mavjud (somatik) organlarga va tananing suyuq vositalariga tnglashtirish. Bular, masalan, jigar, yurak, safro, qon, insonning hissiy sohasiga "xizmat qiladi" (butun qalbingiz bilan sevish, butun borig'i bilan nafratlanish, tomirlaringizda qon qaynashi; bottom of soul, the harmony of soul and body, blood runs cold, blood-curdling, It has chilled the blood to the very bottom of my veins, that sound seemed to freeze my very blood, my blood boil, blood congeal with horror, love with all/whole one's heart, hating him with every fiber of your being).

Dunyoning lisoniy manzarasini o'rganish bo'yicha olib borilayotgan tadqiqot ishlarda asosiy narsa - dunyoning ilmiy manzarasini shakllantiradigan bilimlarning ilmiy paradigmasi va

inson ilmiy bilimlardan nisbatan mustaqil ravishda foydalanadigan bilimlarning sodda paradigmasi qarama-qarshiligidir. Zamonaviy insonga xos bo'lgan dunyo modeli dunyo haqidagi sodda va ilmiy g'oyalarni o'zida mujassam etadi.

Tilshunoslikda insonning til belgisi ma'nosida "yashirin"bo'lgan, tilda ifodalangan dunyo haqidagi ma'lum bilimlarning tashuvchisi sifatida sodda tasavvurlarini o'rganish tendentsiyasi mavjud. Muayyan tilda so'zlashuvchilarning dunyo haqidagi sodda tasavvurlari - bu uzoq vaqt davomida shakllangan va hozirgi kungacha saqlanib qolgan, dunyoqarash va dunyo idrokini aks ettiruvchi, tilda mustahkamlangan, konservativ milliy madaniyat doirasi bilan cheklangan dunyo manzarasidan boshqa narsa emas. Tegishli kontseptual tizimlarni o'rganish shaklida tilni o'rganish orqali (unda dunyoning lisoniy manzarasining alohida qismlari haqidagi bilimlar ifodalanadi) sodda dunyo idroki natijasida shakllangan spontan kognitiv faoliyatni aniqlash mumkin [5].

REFERENCES

1. Jonson M. Moral Imagination: Implications of Cognitive Science for Ethics. - Chicago: University of Chicago, 1993. - 170 p.

2. Gaskell E. Cranford. - London: Penguin popular classic, 1994. - 228 p.

3. Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik. Jizzax: Sangzor, 2006. -92 b.

4. Turdiyeva N. Y., Umarogli Y. Idiolekt tushunchasini o 'rganishga yondashuvlar //E Conference Zone. - 2023. - С. 11-17.

5. Аскольдов С.А. Концепт и слово. Статья. Опубликована в книге: Русская словесность: От теории словесности к структуре текста: Антология / Под общ. ред. В.П. Нерознака. - М.: Academia, 1997. - С. 267-279.

6. Худойберганова Д.С. Матннинг антропоцентрик таджики. — Т.: Фан, 2013. — 83 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.