Научная статья на тему 'INSHOOTLARNI GAZLASHTIRISHDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNALOGIYALARIDAN FOYDALANIB AHOLI TURMUSH DARAJASINI OSHIRISH USULLARI'

INSHOOTLARNI GAZLASHTIRISHDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNALOGIYALARIDAN FOYDALANIB AHOLI TURMUSH DARAJASINI OSHIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
31
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gazlashtirish / xalq xo‘jaligi / ilmiy-texnika tarqqiyoti

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Jaxongir Kamiljonovich Narmuminov

Hozirgi vaqtda xalq xo’jaligining hamma tarmoqlarida qayta qurish jarayoni sekin-asta amalga oshirilmoqda. Bunday o’zgarishla maorif — o’qish-o’qitish sohalarida ham kuzatilyapti. Bu tabiiy albatta. Ilmiy-texnika taraqqiyoti hayotda yangi-yangi masalalarni, jamiyat bilan tabiat o’rtasidagi munosabatlarni tubdan o’zgartirib yubordi. Fan sohasida erishilayotgan yutuqlar texnika rivojiga ta’sir ko’rsatmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INSHOOTLARNI GAZLASHTIRISHDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNALOGIYALARIDAN FOYDALANIB AHOLI TURMUSH DARAJASINI OSHIRISH USULLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

INSHOOTLARNI GAZLASHTIRISHDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNALOGIYALARIDAN FOYDALANIB AHOLI TURMUSH DARAJASINI

OSHIRISH USULLARI

Jaxongir Kamiljonovich Narmuminov

Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti magistranti

Hozirgi vaqtda xalq xo'jaligining hamma tarmoqlarida qayta qurish jarayoni sekin -asta amalga oshirilmoqda. Bunday o'zgarishla maorif — o'qish-o'qitish sohalarida ham kuzatilyapti. Bu tabiiy albatta. Ilmiy-texnika taraqqiyoti hayotda yangi-yangi masalalarni, jamiyat bilan tabiat o'rtasidagi munosabatlarni tubdan o'zgartirib yubordi. Fan sohasida erishilayotgan yutuqlar texnika rivojiga ta'sir ko'rsatmoqda.

Kalit so'zlar: gazlashtirish, xalq xo'jaligi, ilmiy-texnika tarqqiyoti

Hozirgi vaqtda xalq xo'jaligining hamma tarmoqlarida qayta qurish jarayoni sekin -asta amalga oshirilmoqda. Bunday o'zgarishla maorif — o'qish-o'qitish sohalarida ham kuzatilyapti. Bu tabiiy albatta. Ilmiy-texnika taraqqiyoti hayotda yangi-yangi masalalarni, jamiyat bilan tabiat o'rtasidagi munosabatlarni tubdan o'zgartirib yubordi. Fan sohasida erishilayotgan yutuqlar texnika rivojiga ta'sir ko'rsatmoqda. Tibbiyot va gigiena fani ham bundan istisno emas. Kommunal yoki turar joy gigienasi shahar, posyolka va qishloq aholisi hayoti va sog'lig'i bilan bog'liq bo'lgan va unga to'g'ridan -to'g'ri ta'sir etuvchi omillarning oldini olishga doir tadbir-choralarni ishlab chiqadi. Kommunal gigiena ko'p qirrali fan bo'lib, uning har bir qismida ilmiy asosga tayangan holda insonning sihat-salomatligani saqlash uchun turli gigienik tadbir-choralar ishlab chiqilgan. U qonuniy ravishda bajarilishi zarur bo'lgan normativ hujjatlarni tayyorlaydi va turli vazirliklar yordamida bu hujjatlar sanitariya qoidalari, ko'rsatmalar, qo'llanmalarni tasdiqlab ularning amalda joriy qilinishini kuzatadi. Bu hujjatlarning asl maqsadi sanitariyagigiena tadbirlarini amalga oshirish, yuqumli va yuqumsiz kasalliklar tarqalishining oldini olish va tashqi muhitning ifloslanishiga yo'l qo'ymaslikdir.

Shahar, shaharcha va qishloq aholisiga xizmat ko'rsatuvchi korxonalar, xizmatlar va xo'jaliklar majmui. Shaharlarda shahar xo'jaligi tarkibiga kiradi. Ko'pgina shahar va shaharcha Kommunal xo'jalik korxonalari sanoat korxonalarini suv, elektr energiyasi, gaz va boshqa bilan ta'minlaydi. Mahalliy sharoitlarga qarab sanoat korxonalarining kommunal maqsadlardagi o'z inshootlari barpo etiladi.

Kommunal xo'jalikning taraqqiyot darajasi va faoliyati aholining farovonligiga, turmush sharoitiga, suv hamda havoning tozaligiga bevosita ta'sir ko'rsatadi.

ANNOTATSIYA

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Kommunal xo'jalikga quyidagilar kiradi: 1) sanitariya-texnika korxonalari — vodoprovodlar, kanalizatsiya, aqoli yashaydigan joylarni tozalash bilan shug'ullanuvchi korxonalar, kir yuvish korxonalari, hammomlar va suzish-cho'milish hovuzlari; 2) transport korxonalari — shahar passajir transporti (metropoliten, tramvay, trolleybus, osma yo'llar, avtobus hamda taksilar), mahalliy suv transporti; 3) energetika korxonalari — elektr, gaz va issiqlik taqsimlovchi tarmoqlar, issiqlik elektr markazlari, isitish-bug' qozonlari va elektr styalari, aholi yashaydigan joylarga xizmat ko'rsatuvchi gaz zavodlari. Shuningdek, yo'l va trotuarlar, ko'priklar, yer osti qamda yer usti o'tish yo'llari, umumiy foydalanishdagi ko'kalamzorlar, ko'cha chiroklari, mehmonxonalar, yerdan foydalanish, imoratlar va inshootlarni inventarlash xizmatlari, uy-joy fondiga xizmat ko'rsatadigan ta'mirlash, qurilish tashqilotlari, mozorlar, krematoriylar ham Kommunal xo'jalik tarkibiga kiradi.

20-asr boshlarigacha O'zbekiston Kommunal xo'jalik umumdavlat xo'jaligi tarmog'i sifatida shakllanmagan edi. Aholi ichish uchun buloq, quduq, oqar suvlar (anhor, ariklar)dan foydalangan. Shaharlardagi dahalarning har bir mahallasida kattakichik hovo'zlar bo'lgan. Mahalliy aholi yashaydigan uy-joylar qishda faqat sandal (tancha) bilan isitilgan.

20-asrning 20-yillaridan obodonchilik tadbirlari shaharlar rivojlanishining bosh rejasi bo'yicha olib borildi, har bir tumanda kommunal xo'jaligi bo'limlari tashqil etildi. Keyingi o'n yilliklar davomida O'zbekistonda Kommunal xo'jalik yirik sohaga aylandi, sanoat ishlab chiqarishning rivoji va aholining tez o'sishiga bog'liq holda ildam sur'atlar bilan rivojlandi. Qishloq joylarida aholi yashaydigan joylarni obod qilishda loyihalash ishlari yo'lga qo'yildi, shaharchalar, eksperimental agroshaharlar ko'plab qurildi.

O'zbekistonning ko'p tarmoqli Kommunal xo'jalik tarkibida uy-joy xo'jaligiga xizmat ko'rsatish va uni asrash, suv ta'minoti va kanalizatsiya, issiqlik va gaz ta'minot i, aholi yashaydigan joylarni tozalash bilan shug'ullanuvchi sanitariya-texnika tashqilotlari, shahar yo'lovchilar tashish elektr transporti (tramvay, trolleybus, metropoliten), elektr, gaz va taqsimlovchi tarmoqlar, shahar xo'jaligini obodonlashtirish, sanoat, ta'mirlash-qurilish, loyihalash korxonalari, tashqilotlari va boshqa mavjud.

Respublika Kommunal xo'jalikda umumiy quvvati bir kecha-kunduzda 6,4 mln. m3 ichimlik suvni olish kuchiga ega bo'lgan inshootlar, 17245 km uzunlikdagi suv o'tkazgich shoxobchalari va suv o'zatgich (vodovodlar), bir kecha-kunduzda umumiy quvvati 3,4 mln. m3 chiqindi suvlarni tozalash kuchiga ega bo'lgan inshootlar, 5114 km kollektorlar va kanalizatsiya shoxobchalari, bir soatda 6035 Gkal issiqlik berish

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223P

quvvatiga ega bo'lgan isitish qozonxonalari, 3716 km issiqlik tarmog'idan foydalanilmoqda (2001).

O'zbekiston Respublikam Prezidentining 1993 i. 15 yuldagi "O'zbekiston Respublikasida kommunal xizmat ko'rsatishni boshqarishni takomillashtirish to'g'risida"gi Farmoniga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy Kommunal xo'jalik va undan foydalanish birlashmalari barpo etildi. 1996-yilning boshida respublika Kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi tizimida 345 korxona va inshoot xususiylashtirildi, kommunal xizmat ko'rsatish korxonalari negizida 20 aksiyadorlik jamiyati barpo etildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 18-dek.dagi "Kommunal xizmatini boshqarish tizimini yanada isloh qilish to'g'risida" Farmoni asosida Respublika Kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi tugatildi va "O'zkommunxizmat" agentligi tashqil etildi.

Shahar, shaharcha va tuman markazlarida aholini suv bilan ta'minlash, shuningdek, ichimlik suvi sifatini yaxshilash maqsadida 1988—95 yillarda sutkasiga 381 ming m3 ichimlik suvi yetkazib beradigan vodoprovod shoxobchalari qurilib ishga tushirildi (Samarqand, Urganch, Nukus, Jizzax, Termiz, va boshqa shaharlarda). 90-yillarda Tuyamo'yin — Urganch, Tuyamo'yin — Nukus, Damxo'ja va boshqa suv quvurlari foydalanishga topshirildi. Respublikada vodoprovod tizimining umumiy quvvati bir kecha-kunduzda 12,0 mln. m3 (1990-yilda — 10,5 mln.m3), ko'cha vodoprovodlari yakka tarmog'ini o'z. 56231,5 km (1990-yilda — 24204,3 km)ga yetdi.

Uy-joylarni obodonlashtirishda kanalizatsiya muhim ahamiyatga ega. O'zbekistonda arxeologik qazilmalar davrida ayrim yirik shaharlarda (Samarqanddagi Afrosiyob qal'asi, Toshkentdagi Qoratosh hammomi harobasidan) sopol quvurli tazar (kanalizatsiya) qoldig'i topilgan. Aholi, asosan, kir o'ralar, xaniqlardan foydalangan. 20-asr o'rtalaridan kanalizatsiya tarmog'i kengaya bordi. Kanalizatsiya-tozalash inshootlarining bir kecha-kunduzdagi kuvvati esa 3,7 mln. m3 ni tashqil etadi. 1992-yildan respublika shahar va ayniqsa, qishloqlarini gazlashtirish ustuvor davlat siyosatiga aylandi. 1991 — 2001-yillarda aholi gaz iste'moli 3,6-marta ko'paydi va 17 mlrd.m3 ga yetdi (1990-yilda 4,7 mlrd. m3). 3,6 mln. xonadon tabiiy gaz bilan ta'minlandi (2001). Respublikada jami gaz tarmoqlari o'z. 103 ming km ni tashqil etdi.

Respublika kommunal xo'jaligining yana bir muhim tarmog'i — shahar, shaharcha va tuman markazlari sanitariya holatini yaxshilash, qattiq va quyuq chiqindilarni o'z vaqtida yig'ish va ularni chiqindi maydonlariga olib borib zararsizlantirishdir. Bu xizmat 113 shahar, 97 shaharchada yo'lga qo'yilgan. Umumiy maydoni 930 ga bo'lgan 173 chiqindilar zararsizlantiriladigan maydonlar bor. Yiliga 11 mln. m3 qattiq va 5 mln. m3 dan ortiq suyuq chiqindi yig'iladi va ular 5 mingdan ortiq mashina va mexanizmlar

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

(ko'cha supuradigan, suv sepadigan, axlat tashiydigan, kanalizatsiya va kir o'ralarni tozalaydigan va boshqalar) orqali chiqindixonalarga tashiladi. Yirik shaharlar — Andijon, Buxoro, Namangan, Uchqo'rg'on, Farg'ona va boshqalarda maxsus ixtisoslashtirilgan avtobazalar bor.

Фойдаланилган адабиётлар

1. Тумашев А.Р., Котенкова С.Н., Тумашева М.В.Экономическая теория. Часть I. Введение в экономическую теорию. Микроэкономика.Kazan 2011

2.Б. А. Райсберг . курс экономики // экономика. — 1997. — № 3456. — С. 56-60. О. Ю. Мамедов. Современная экономика // — 2019. — № 5. — С. 165-170. Райзберг Б.А., Лозовский Л.Ш., Стародубцева Е.Б. "Современный экономический словарь. - 6-е изд., перераб. и доп. - М." (ИНФРА-М, 2011)

3. Кейнс Дж. Избранные произведение. Пер. с анг. - М.: Экономика, 1993. -436 с. Портер М. Международная.

конкуренция: пер. с англ. под ред. Щепшина В.Д. - М.: Международные отношения, 1993.-886 с.

4. Гранберг А.Г. Основы региональной экономики.- М.: «Экономика», 2000. -346 с. Гаврилов А.И. Региональная экономика и управление.- М.: ЮНИТИ, 2002. -239 с.

5. Mukhitdinov Khudoyar Suyunovich1, Juraev Farrukh Do'stmirzayevich. Methods of Macroeconomic Modeling . Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN:

2456 - 6470

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.