Научная статья на тему 'INNOVATSION YONDOSHUV ASOSIDA PROFESSIONAL KOMPETENTLIKNING RIVOJLANTIRISH MEZONLARI'

INNOVATSION YONDOSHUV ASOSIDA PROFESSIONAL KOMPETENTLIKNING RIVOJLANTIRISH MEZONLARI Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kompetentlik / texnologiya / metodika / profetsional / motivatsiya / subʼekt / pedagogika / intelekt / induvid. / Competence / technology / methodology / profesional / motivation / subject / pedagogy / intelect / induvid.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Zaynolobidinova Xumora Raxmiddin Qizi

Ushbu maqolada innovatsion yondashuv asosida professional kompetentsiyani rivojlantirishning maqsadi va asosiy mezonlari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CRITERIA FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE BASED ON AN INNOVATIVE APPROACH

This article describes the purpose and main criteria for the development of professional competence based on an innovative approach.

Текст научной работы на тему «INNOVATSION YONDOSHUV ASOSIDA PROFESSIONAL KOMPETENTLIKNING RIVOJLANTIRISH MEZONLARI»

ЙЕЯЙЙ®

EURASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL THEORY AND COMPUTER SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.906 www.in-academy.uz

CRITERIA FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE BASED ON AN INNOVATIVE APPROACH

Xumora Zaynolobidinova

Fergana State University student Tel: +998903033369 xumora_z@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.12580679

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 23th June 2024 Accepted: 27th June 2024 Online: 28th June 2024

KEYWORDS Competence, technology, methodology, profesional, motivation, subject,

pedagogy, intelect, induvid.

This article describes the purpose and main criteria for the development of professional competence based on an innovative approach.

КРИТЕРИИ РАЗВИТИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНОМ КОМПЕТЕНТНОСТИ, ОСНОВАННЫЕ НА ИННОВАЦИОННОМ ПОДХОДЕ

Хумора Зайнолобидинова

Студентка Ферганского государственного университета Тел: +998903033369 xumora_z@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.12580679

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 23th June 2024 Accepted: 27th June 2024 Online: 28th June 2024 KEYWORDS

В данной статье описываются цель и основные критерии развития профессиональной

компетентности на основе инновационного подхода.

Компетентность,

технология,

методология,

профессиональный,

мотивация, предмет,

педагогика, интеллект,

индувид.

INNOVATSION YONDOSHUV ASOSIDA PROFESSIONAL KOMPETENTLIKNING

RIVOJLANTIRISH MEZONLARI Zaynolobidinova Xumora Raxmiddin qizi

Farg'ona davlat universiteti talabasi.

Тел: +998903033369 xumora_z@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.12580679 ARTICLE INFO ABSTRACT

Received: 23th June 2024 Accepted: 27th June 2024 Online: 28th June 2024

Ushbu maqolada innovatsion yondashuv asosida professional kompetentsiyani rivojlantirishning maqsadi va asosiy mezonlari bayon etilgan.

KEYWORDS

Kompetentlik, texnologiya,

metodika, profetsional,

motivatsiya, sub'ekt,

pedagogika, intelekt, induvid.

Kirish. Pedagogning professional kompetentligini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirish ta'lim muammolari, muloqot yo'llari haqida to'liq tasavvur beradi. Hodisani har tomonlama nazariy, uslubiy va amaliy o'rganish innovatsion yondashuv asosida pedogogning metodik kompetensiyasining rivojlanish darajasini tizimli aniqlashda yuzaga keladigan yondashuvni taqdim etishga imkon beradi. Harakat tartibi hamda ularning tarkibi pedagoglarning aqliy va amaliy imkoniyatlarini hisobga olib yetarli darajada ishlab chiqilishi zarur. Har qanday ta'lim texnologiyasi ba'zi bir metodologik talablarga yoki texnologik mezonlarga javob bera olishi kerak.

Adabiyotlar tahlili:

Innovatsiya - bu vosita, ya'ni yangi usul, metodika, texnologiyadir. Innovatsiya ta'lim jarayonida rivojlanadi. Ta'lim jarayonida innovatsiyani rivojlantirish uchun tashabbuskorlikni oshirish, tashabbusni oshirish uchun muammoli vaziyatni hosil qilish kerak. Qachonki muammoni hal qilish uchun yoki muammoli vaziyatdan chiqish uchun pedagog yangi g'oya bilan chiqish qiladi. Xususan, Respublikamiz olimlaridan L.Axmedova, U.Begimqulov, N.Muslimov, B.Rahimov, N.Tayloqov, Sh.Sharipov va boshqalar ta'lim sohasida ijtimoiy-pedagogik, akmeologik masalalarga doir ilmiy tadqiqotlar olib borishgan va bu tadqiqotlarda bevosita aloxida yo'nalishdagi mutaxassislarning kasbiy kompetenliklarini takomillashtirish masalalari keltirib o'tilgan.

Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi davlatlarida V.Baydenko, A.Zalevskaya, E.Zeyer, I.Zimnyaya, O.Polyakov kabi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish va takomillashtirish usullarini turli jarayonlarda tahlil qilish va tizimlashtirish masalalarini ko'rib chiqishgan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Maqolada innovatsion yondashuv asosida professional kompetentlikning rivojlantirish mezonlari, pedagogik va texnologik muammolarni aniqlash va hal qilish, pedagogik faoliyatda pedagoglarning professional kompetensiyasini rivojlantirishda hamda kasbiy va ijtimoiy faollik uyg'unligi ta'minlash, eng avvalo faollik tushunchasining mazmun mohiyatini anglash, shu asosda pedagoglarda faollikka motivatsiyani shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik asoslari tahlil qilindi.

Tahlillar va natijalar.

Innovatsion yondashuv asosida professional kompetensiyani rivojlantirishning maqsadi - kasbiy va shaxsiy rivojlanish jarayonida kelajakdagi ta'limning tarkibiy qismlarini ishlab chiqish bo'lib, o'z-o'zini anglash, baholash va boshqarish va turli ta'lim muassasalarida ishlashga tayyorgarlik, umumiy va maxsus fanlarning vazifalari ishlab chiqilishi kerak.

EURASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL THEORY AND COMPUTER SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.906 www.in-academy.uz

Pedagogik va texnologik muammolarni aniqlash va hal qilish bo'lajak professional pedagogning pedagogik faoliyatini asosi bo'lib, pedagogik, kasbiy bilimlarni egallashga ijobiy munosabatda bo'lishga yordam beradi. Kelajakdagi kasbiy faoliyatning individual usulining asosi sifatida o'quv, pedagogik va ishlab chiqarish faoliyatining reproduktiv va ijodiy usullari shakllanadi, muhim kasbiy va ijodiy bilimlar rivojlanadi, pedagogik fazilatlar, kasbiy va shaxsiy o'zini o'zi rivojlantirish ehtiyoji paydo bo'ladi[1-4].

Izlanish jarayonida, aniqlanadiki, innovatsion yondashuv asosida pedagogning yangiliklarni ta'lim muammosiga kiritish bo'yicha ijodiy faoliyatini jalb etishga tayyorgarligi, nazariy va amaliy mashg'ulotlar tashkil etish uchun innovatsiyalar kiritishga qaratilgan harakatlar natija berishga ishonchi, shaxsiy maqsadlarining innovatsion faoliyat bilan mosligi va muvofiqligi hamda pedagog o'zini innovatsion faoliyatiga yo'naltirish uchun yangilikni idrok qilishga tayyorlash va yangicha harakat qila olish ko'nikmasini shakllantirish.

Ta'limga innovatsion yondashuv faqatgina ma'lumotlar va ko'nikmalarning yig'indisini egallashdan iborat bo'lgan ta'lim natijalariga emas, balki, shaxsning kasbiy faoliyatda turli xil muammolarni mustaqil ravishda yecha olishga qodirligi va tayyorligiga yo'naltirilgan ta'lim natijalarining yangi turlarini yuzaga keltiradi.

Jamiyatning barcha sohalaridagi rivojlanish, faol kadrlarga bog'liq bo'lib hisoblanadi. Zero, jamoa, tashkilotni har bir a'zosi u yoki bu darajadagi kadr hisoblanadi. Demak, kadrlar faoliyatini baholashda shaxsning ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga ahamiyat qaratish zarur.

Pedagoglarning professional kompetentligini rivojlantirishda ularning pedagogik faoliyatdagi faolligini oshirish, kasbiy faolligi uchun to'g'ri motivatsiyani bera olish talab etiladi. Psixologiyada "faollik" inson faoliyatidagi muhim xususiyat sifatida xarakterlanadi. Shuningdek, shaxsni ijtimoiylashuvi jarayonidagi ehtiyojlari va ontogenezda orttirilgan, tug'ma, hayotni umumjamlangan xarakteristikasi hisoblanadi.

Pedagogik faoliyatda pedagoglarning professional kompetensiyasini rivojlantirishda kasbiy va ijtimoiy faollik uyg'unligi talab etilar ekan, eng avvalo faollik tushunchasining mazmun mohiyatini anglash, shu asosda pedagoglarda faollikka motivatsiyani shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik asoslarini ko'rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Demak, "faollik" - insonni tashqi muhitga intensiv ta'siri va maqsadga erishishdagi to'siq(qarama-qarshilik)larni yengib o'tishidir. Bu organizm va tashqi muhit, subyekt va tashqi-muhit, shaxslararo va ijtimoiy muhitdagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga qaratiladi.

Motivatsiyaning xususiyati va dinamikasi qator faktorlar orqali yuzaga keladi. Psixik jarayonlarvaziyat, irodaviy, emotsional, shaxs tuzilishiga bevosita bog'liq bo'lgan (ehtiyoj, qadriyatlarga yo'nalganlik), shaxsni tashqi olamga munosabati, shaxsiy faollik, natijalarni rejalashtirish, oldindan belgilashdir.

Pedagogik jarayonda pedagogning professional kompetentligini yuksak ko'rinishda namoyon etuvchi o'ziga xos kasbiy xususiyatlar va qobiliyatlar ham mavjud bo'lib, ularga: - amaliy intellekt - mantiqiy va tanqidiy fikrlash, amaliy masalalarni hal etishda bilim va tajribani tez va effektiv qo'llay bilish. Pedagogik faollik effektivligi ko'p jihatdan ma'lumotlar bilan ishlay olish va pedagogik mahorat va muomalarga bog'liq bo'ladi;

sotsial intellekt - atrofdagilarning ichki kechinmalarini to'g'ri tushunish va tahlil qilish;

EURASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL THEORY AND COMPUTER SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.906 www.in-academy.uz

- adekvat o'z-o'zini baholash. Bu pedagogning o'z-o'zini kuzatish, xatti-harakatlarini tanqidiy, tahliliy, nazorat o'lchovida baholash qobiliyatlarida namoyon bo'ladi.

Inson faoliyati va uning xatti-harakatlari klassifikatsiyasi vaziyat, hoxish, moyil va maqsad natijasida amalga oshishi kerak. Insonning har qaysi xatti-harakati tashqi ta'sirga javob reaksiyasi ya'ni, reaktiv xatti-harakati yoki faollikning qandaydir ichki negizi ya'ni, faol faoliyat, ichki moyil yoki hoxishni yuzaga kelishi natijasi bo'lishi mumkin. Inson faoliyatining maqsadi odatiy, turg'un holatni saqlab qolish yoki o'zida yangi qirralarni, natijalarni o'zlashtirish, ya'ni rivojlanish bo'lishi mumkin. Ana shunday ichki va tashqi ta'sirlar insonda o'z faoliyatini u yoki bu darajadagi subyektiv analizini amalga oshirishda xizmat qiladi. Inson shu asosda kelajakdagi faoliyati uchun zarur korreksiya yoki xulosalarni amalga oshiradi. Demak, pedagogning professional kompetensiyasi vaziyat, hoxish, moyil va maqsad uyg'unligi asosida shakllanadi. Agar pedagogda ular uyg'un bir-birini to'ldirgan holda shakllangan bo'lsa, unda turli kompetensiyalar integral rivojlanib boradi.

Shuningdek, pedagoglarning professional kompetentligini rivojlantirishda ularga motivatsion munosabatni shakllantirish, muvafaqiyat motivatsiyasini ham bera olish talab etiladi. Faollikni yuzaga kelishiga, uni ro'yobga chiqishiga asosiy omil pedagogdagi motivatsion yo'nalganlikdir. Muvaffaqiyatga nisbatan motivatsiya, muvaffaqiyatdan qochishga nisbatan motivatsiya, tavakkalchilikdan qochishni pedagoglar faolligida namoyon bo'lish muhim ahamiyatga ega.

Motiv - ehtiyoj predmeti hisoblanib, maqsad va vazifalardan kelib chiqadi. Subyektning turli ehtiyojlarini qondiradi, rag'batlantiradi va faoliyatini yo'naltiradi. Shuningdek, motivatsiya shaxs asosini tashkil etib, inson hayotida juda muhim o'rin tutadi. Shu nuqtai nazardan faoliyat bilan bog'liq barcha voqea-hodisalarni o'rganishda motivatsiyani ham tadqiq etish zarur. Chunki, har qanday faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshishi motivatsiyaga bog'liq bo'ladi deb hisoblaydi.

Eng muhim darajadagi faol faoliyat va muvaffaqiyat motivatsiyasini o'zaro bog'liqlik xarakteriga ko'ra, uchta muhim motivatsion yo'nalishga ega:

1. Individ oldida turgan vazifani shaxs uchun muvaffaqiyatliligi va qiyinchiligining ehtimollari to'g'risidagi individual subyektiv tasavvur;

2. Subyekt uchun vazifaning ahamiyatlilik darajasi, shu bilan birga qo'llab-quvvatlashga va o'ziga nisbatan bahoni oshirishga bo'lgan intilish kuchi;

Shaxsni muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik uchun mas'uliyatni o'ziga, boshqa insonlarga va vaziyatga adekvat bog'lashga moyilligi.

Faoliyatni amalga oshirish uchun, yetarli darajada motivatsiya bo'lishi zarur, biroq motivatsiya o'ta yuqori bo'lsa, faollik va zo'riqish darajasi oshadi va bu o'z o'rnida faoliyat, xatti-harakat samaradorligini yomonlashishiga sabab bo'ladi. Shu nuqtai nazardan motivatsiyaning o'ta yuqori darajasi faoliyatda salbiy holatlarga olib kelishi mumkin bo'lgan negativ emotsional ta'sirlar: stress, hayajon, zo'riqishni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan ko'rinadiki, motivatsiyaning o'ta yuqori darajasi har doim ham eng yaxshi jihat hisoblanmaydi. Pedagoglarning kasbiy faoliyatidagi muvaffaqiyat ham ularning kasbiy-kognitiv faoliyati, bilim va ko'nikmalarini muntazam oshib borishi va shu bilan birga undagi motivatsiyaga bog'liq bo'lib qoladi.

Xulosalar.

EURASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL THEORY AND COMPUTER SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.906 www.in-academy.uz

Xulosa qilganda, bugungi pedagoglarning kasbiy faoliyati juda murakkab faoliyat turi bo'lib, ularda professional pedagogik faoliyatni va faolikni namoyon qilish orqali yuqori natijalarga, ta'lim sifatiga erishish mumkin bo'ladi.

References:

1. Qodirov K.R., Nishonboyev A.S., Y.U.Yigitaliyev. Matematika darslarini loyixalash metodologiyasining ba'zi elementlarini o'qitishda vakolatlarga asoslangan yondashuv. NamDU ilmiy axborotnomasi. 2020. №9. 390-394b.

2. Kodirov K.R., Nishonboyev A.S. On the scientific basis of forming students' logical competence. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. Vol. 11, Issue

3. March 2021

3. Qodirov K.R., Nishonboyev A.S., Qodirova X.K. 5-6 sinf o'quvchilarini matematika o'qitish jarayonida mantiqiy kompetentligini shakillantirish. NamDU ilmiy axborotnomasi. 2021. №4. 353 -357b.

4. Turgunbayev R.M., Qodirov K.R., Nishonboyev A.S. Matematika o'qitishda faoliyatli yondashuv va uning ahamiyati. NamDU ilmiy axborotnomasi. 2022. №9. 518 -523 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.