Научная статья на тему 'INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY NAZARIY MASALALARI VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI'

INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY NAZARIY MASALALARI VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
7
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nutq / talaffuz / sintaktik qurilish / "tilni sezish" / mantiqiylik / pedagog

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abrorxonova Kamolaxon Abrorxon Qizi, Rajabova Sarvinoz Shovkatjon Qizi

Ushbu maqolada nutq madaniyati , uni oʻstirish usullari , nutqni rivojlanishida belgilab qoyilgan talablar va oʻqituvchining nutq madaniyati haqida soʻz boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY NAZARIY MASALALARI VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI»

INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY - NAZARIY MASALALARI

VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI

JAbrorxonova Kamolaxon Abrorxon qizi, 2Rajabova Sarvinoz Shovkatjon qizi

1Nizomiy nomidagi TDPU kafedra mudiri, pedagogika bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, 2Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich fakulteti 1-bosqich talabasi.

1kabrorxonovna@mail.ru. 2sarvinozr1221@gmail.com. 1Telefon: +998933052904

2Telefon: +998903934099 https://doi.org/10.5281/zenodo.10680134

Annotatsiya. Ushbu maqolada nutq madaniyati , uni o 'stirish usullari , nutqni rivojlanishida belgilab qoyilgan talablar va o 'qituvchining nutq madaniyati haqida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: Nutq, talaffuz, sintaktik qurilish, "tilni sezish", mantiqiylik, pedagog.

Аннотация. В данной статье говорится о культуре речи, методах ее развития, требованиях, предъявляемых к развитию речи и культуре речи учителя.

Ключевые слова: Речь, произношение, синтаксическое построение, «языковое восприятие», рациональность, педагог.

Abstract. This article talks about speech culture, methods of its development, requirements set for speech development and teacher's speech culture.

Keywords: Speech, pronunciation, syntactic construction, "language perception", rationality, pedagogue.

Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishi faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O'quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta'lim olish qurolidir.

Nutq o'stirish nima? Agar o'quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko'zda tutilsa, nutq o'stirish deganda tilni har tomonlama ( talaffuzi, lug'ati, sintaktik qurilishini , bog'lanishli nutqni) faol amaliy o'zlashtirish tushuniladi [1].

Nutq faoliyati uchun , shuningdek, o'quvchilar nutqini o'stitish uchun bir necha shartga rioya qilish zarur:

1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo'lishi kerak. O'quvchilar nutqini o'stirishning metodik talabi o'quvchi o'z fikrini , nimanidir og'zaki yoki yozma bayon qilish xohishini va zaruriyatini yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi. Pedagog fan , o'tiladigan mavzudan kelib chiqib, dars mobaynida o'quvchilarning nutqini rivojlantirish uchun shunday vaziyatlarni yaratish maqsadga muvofiqdir.

2. Har qanday nutqning mazmuni , materiali bo'lishi lozim. Bu material qanchalik to'liq, boy , qimmatli bo'lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo'ladi. Shunday ekan, o'quvchilar nutqini o'stirishning ikkinchi sharti nutqqa oid mashqlarning materiali bo'lishidir.

3. Bayon qilinayotgan fikr tinglovchi tushunadigan so'z , so'z birikmalari , gap, nutq birliklari bilan ifodalansagina tushunarli bo'ladi. Shuning uchun nutqni o'stirishning uchinchi sharti - nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi. Nutqni eshitish va undan o'z tajribasida foydalanish natijasida bolalarda ta'lim metodikasi asoslanadigan ongli ravishda "tilni sezish" shakllanadi.

O'quvchilar nutqini o'stirishda aniq belgilangan bir qator talablarga rioya qilinadi :

a) o'quvchilar nutqi mazmundor bo'lsin;

b) nutqda mantiqiylik bo'lsin;

d) nutq aniq bo'lsin;

e ) nutq til vositalariga boy bo'lsin;

f) nutq tushunarli bo'lsin;

g) nutq ifodali bo'lsin;

h) nutq to'g'ri bo'lsin.

Nutq o'stirish metodikasi hikoya, insho uchun materialni puxta tayyorlashni, ya'ni material yig'ish, uni muhokama qilish, to'ldirish, asosiy mazmunni ajratish, zaruriy izchillikda joylashtirishni talab qiladi. O'quvchi dalillar, kuzatishlar, taassurotlarini haqiqatga mos ravishda oddiy bayon etibgina qolmay, shu maqsadning eng yaxshi til vositalaridan ( so'z, so'z birikmasi, gaplardan) foydalangan holda , maxsus tasvirlar bilan ifodalashga o'rgatilsa, ularning nutqi aniqlik bilan tuziladi.

Biz bilamizki, sinonim so'zlari ko'p bo'lgan til boy til deb yuritiladi. Shuningdek, o'quvchi nutqi boy bo'lishi uchun har qanday vaziyatda ham kerak bo'ladigan sinonimlardan foydalanishni bilishi lozim. To'g'ri, boshlang'ich sinf o'quvchilariga til boyligi yuzasidan ko'p talab qo'yib bo'lmaydi, ammo o'qituvchi o'quv ishlarida ularning so'z boyligini oshirib borishni har vaqt ko'zda tutishi kerak. Maktab o'quvchilari uchun nutqning adabiy til me'yorlariga mos va to'g'ri bo'lishi alohida ahamiyatga ega. Yozma nutq grammatika, imlo va punktuatsiya jihatdan, og'zaki nutq esa orfoepik jihatdan to'g'ri tuzilishi talab etiladi.

Bolalarning nutqini o'stirishda didaktik o'yinlardan foydalanish ham maqsadga muvofiqdir. Masalan, " Kerak so'zni tanlab ol " o'yini:

Bu o'yin o'quvchilarni so'z birikmasi bilan tanishtiradi. U haqida o'quvchilar bir qator ma'lumotlar oladilar. Amaliy so'z birikmasi tuzadilar. Ushbu o'yinni o'tkazish uchun o'qituvchi ko'chma xattaxtaga so'zlarni ikki ustun qilib yozib keladi. O'quvchilar xattaxtadagi so'zlarbilan tanishadi, keyin chap tomondagi so'zlardan mosini qo'yib ko'chirish topshiriladi. O'yinni butun sinf bo'yicha ham parta qatorlari orasida ham o'tkazish mumkin. Qaysi guruh topshiriqni tez va to'g'ri bajarsa, g'olib hisoblanadi. O'yin bolalarning ijodiyliigni tarbiyalaydi, o'quvchilarda ziyraklik, sinchkovlik sifatlarini va mustaqil fikrlash malakasini shakllantirishga yordam beradi.

tez qush

yam-yashil ukam

baland bola

sayroqi bino

qiziqarli kitob

mening yuk

bilimli gapirdi

og'ir o'tloq

kuzgi ekin

O'quvchilar nutqi mantiqan to'g'ri bo'lishi, fikr izchil, asosli bayon etilishi, asosiy o'rinlar tushirib qoldirilmasligi va o'rinsiz takrorga, mavzuga taalluqli bo'lmagan ortiqchalikka yo'l qo'yilmasligi talab etiladi. Boshlang'ich sinflardagi boshqa darslarda ham o'quvchilar nutqi xilma-xil so'zlar bilan boyitiladi. Kuzatish va turli ko'rgazmali qurollar bu darslarda ham bilim olish, tushunchalarni shakllantirish vositasi hisoblanadi.

Matematika darslarida bolalar yangi tasavvur va tushunchalar, juda ko'p so'z va atamalar bilan o'z nutqlarini boyitadilar, sodda va qo'shma gap tuzishga o'rganadilar: 5soni 3sonidan katta yoki uch soni besh sonidan kichik (3<5); bitta o'nlikka ikkita o'nlik va 5 ta birlikni qo'shsak, uchta o'nlik va 5ta birlik hosil bo'ladi ( 10 + 25 = 35 ) va hokazo.

O'quvchilar nutqini o'stirishda o'qituvchining nutq madaniyati katta ahamiyatga ega. O'qituvchi barcha darslarda, sinfdan va maktabdan tashqari mashg'ulotlarda faqat orfoepik talaffuz va adabiy til me'yorlariga rioya qilgan holda ifodali, ta'sirli so'zlashni, shuningdek, har doim o'quvchi daftariga, barcha hujjatlarga husnixat va imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozishi zarur. Bu bilan u bolalarni ifodali so'zlashga, xatosiz , chiroyli yozishga o'rgatadi, tilga sezgirlikni uyg'otadi.

REFERENCES

1. Рождественский Н. С., Кустарева В. А. Методика начального обучени русскому языку. - М.: " Просвещение" [1].

2. J. Xudoyqulov " Boshlang'ich sinf ona tili darslarida didaktik o'yinlardan foydalanish ". Samarqand 2020

3. J. Xudoyqulov. "Boshlang'ich ta'limda zamonaviy metodlardan foydalanish". 2021y.

4. J. Xudoyqulov. "Umumta'lim maktablarda inklyuziv ta'limni tashkil etish ". Samarqand 2023.

5. Qosimova K., Matchonov S., G'ulomova X., Yo'ldosheva Sh., Sariyev S. "ona tili o'qitish metodikasi". Darslik. T., "Noshir" 2009.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.