Научная статья на тему 'Innovatsion yangi metodlar'

Innovatsion yangi metodlar Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
16
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
Prezident fikrlari / innovatsiya / “Zehn matni” usuli / “She’rni tikla” usuli / “Grafik test” o‘yin texnologiyasi / “Ma’lumot ayt” metodi / “Begona so‘z” usuli

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shahlo Eshmurodova

Ma’lumki, dars jarayonida yangi metodlardan foydalanib dars o‘tilsa, dars qiziqarliroq bo‘ladi. Ushbu maqolada innovatsion yangi metodlar haqida ma’lumot berilgan va ularni dars jarayonida tashkil etilish sabablari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Innovatsion yangi metodlar»

Innovatsion yangi metodlar

Shahlo Eshmurodova shahloeshmurodova@gmail.com Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Annotatsiya: Ma'lumki, dars jarayonida yangi metodlardan foydalanib dars o'tilsa, dars qiziqarliroq bo'ladi. Ushbu maqolada innovatsion yangi metodlar haqida ma'lumot berilgan va ularni dars jarayonida tashkil etilish sabablari.

Kalit so'zlar: Prezident fikrlari, innovatsiya, "Zehn matni" usuli, "She'rni tikla" usuli, "Grafik test" o'yin texnologiyasi, "Ma'lumot ayt" metodi, "Begona so'z" usuli

Innovative new methods

Shahlo Eshmurodova shahloeshmurodova@gmail.com Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after

Alisher Navoi

Abstract: It is known that the lesson will be more interesting if new methods are used during the lesson. This article provides information about innovative new methods and the reasons for their organization in the course of the lesson.

Keywords: President's thoughts, innovation, "Text of the mind" method, "Restore the poem" method, "Graphic test" game technology, "Tell information" method, "Stranger word" method

Har bir davlatning ertangi kuni va kelajagi albatta, fuqarolarning intellektual salohiyatiga, ma'daniyatiga, bunyodkorligiga va ta'lim jarayoniga qaratilgan bo'ladi. Qachonki, maktablarimizda eski ta'lim-tarbiya berish metodlaridan foydalanishni yo'qotmas ekanmiz, kelajakda farzandlarimiz hech qanday yutuqlarga erishmaydilar. Maktablarda har bir fandan dars o'tilyotganda turli xil innovatsion yangi metodlardan foydalanib dars o'tilsa, o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishi yuqori darajada bo'ladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Innovatsiya-bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo'lsak, uni aynan innovatsion g'oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak"

Innovatsiya so'zi lotincha "novatio" so'zidan olingan bo'lib, "yangilanish yoki "o'zgarish" degan ma'noni, "in" qo'shimchasi esa lotinchadan "yo'nalishida" deb tarjima qilinadi. Agar bu so'zni yaxlit holatda tarjima qilsak - "o'zgarishlar

yo'nalishida" deb izohlanishi mumkin. Birinchi bo'lib innovatsion tushunchasi XX asrning ilmiy tadqiqotlarida paydo bo'lgan.

Innovatsion yangi metodlarga misollar:

1. "Zehn matni" usuli. Bu metoddan asosan darslikda berilgan matn bilan o'quvchilar tanishib bo'lgach zehnini sinash uchun, yoki uyga vazifa qilib berilgan matnni mustahkamlash maqsadida qo'llaniladi. Buning uchun o'quvchilarga ustozlari matn yozilgan qog'ozni tarqatishadi. Matn ichidagi ayrim so'z yoki raqamlar o'zgartirib qo'yiladi. O'quvchilar esa o'sha xatolikni topib, matn tagida berilgan jadvalga joylab chiqishadi.

Bu metodning natijaviyligi:

Ziyraklikni oshiradi;

Mustaqil fikrlash ko'nikmasini rivojlantiradi;

Qiyosiy o'rganish rivojlanadi;

So'z ajratish malakasi rivojlanadi.

2. "She'rni tikla" usuli metodida ham adabiyot kitobdagi biron bir she'r asos qilib olinadi. O'quvchilar berilgan vaqt ichida she'rni qayta tiklashi hamda o'z ziyrakliklarini namoyish etishlari shart. Buning uchun sinfdagi o'quvchilarni 3 guruhga bo'lib olamiz. Guruhlarga esa bir xil she'r matni ichidan har bir satri ajratib kesib olingan holda berib chiqiladi. O'quvchilardan talab qilinadigan narsa misralarning o'rnini to'g'ri tanlashi kerak bo'ladi.

Bu metod natijasida o'quvchilarning:

Ziyrakligi sinaladi;

Bir eshitgandan eslab qolish ko'nikmasi sinovdan o'tkaziladi;

She'rni mantiqan davomini topish malakasi rivojlantiriladi;

She'r yozish uslubini o'rganishadi.

3. "Grafik test" o'yin texnologiyasi metodida har bir o'quvchiga maxsus jadvalli varaqlar tarqatiladi. O'quvchilar esa oldindan o'qituvchi tomonidan tayyorlangan savollarni o'qiydi va har bir savolga javob variantlaridan mosini tanlab shu katakchani bo'yab chiqadi. Jarayon so'ngida esa hosil bo'lgan shakl namunaviy shakl bilan solishtiriladi.

4. "Ma'lumot ayt" deb nomlangan metodimizda o'qituvchi tomonidan biron bir adabiyot darslikda berilgan barcha shoir va yozuvchilarimizni rasmini doskaga orqa tarafini qilib magnit bilan yopishtirilib chiqiladi. Har bir o'quvchi doskaga chiqqanda xohlagan rasmini tortib u qaysi yozuvchi yoki shoir ekanligini topadi. Keyin o'sha adib haqida bilgan ma'lumotlarini aytadi. Kim ko'p ma'lumot aytsa o'sha o'quvchi g'olib bo'ladi va taqdirlanadi.

Bu metodimizning natijaviyligi:

Bolada ma'lumotlarni eslab qolish ko'nikmasini shakllantiradi;

Yozuvchi va shoirlarni tanib qolish malakasini rivojlantiradi.

5. "Begona so'z" usuli metodida "Ona tili kitobi" dan berilgan biror bir she'r yoki matn asos qilib olinadi. O'quvchilar esa berilgan vaqt mobaynida jadvalda berilgan 5 ta so'zdan matn yoki she'rda uchramaydigan so'z yoki so'zlarni topishi kerak bo'ladi.

Bu metodning natijasida:

O'quvchilardagi mantiqiy fikrlash ko'nikmasini rivojlantirish;

Matnni tahlil qila olish malakasini sinash;

Mustaqil fikrlay olish qobiliyatini shakllantirish;

Qiyosiy o'rganishga o'rgatish yotadi.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, ayrim o'quvchilarda nazariy ma'lumotlarni yetarlicha o'zlashtira olmaslik holatlari kuzatiladi. Bunday vaqtlarda o'qituvchi dars jarayonida innovatsion metodikalar orqali mavzuni tushuntirsa, o'quvchining mavzuni tushunishi va o'zlashtirishi oson bo'ladi. Undan tashqari o'qituvchining ko'p qirrali faoliyatini ochib berishda, balki o'quv jarayonini jadallashtirish, bilim olish amaliyotini faollashtirish, o'quvchilarning ishtiyoqini kuchaytirish va jadallashtirishga samarali xizmat qilishi mumkin. Shuning uchun har bir pedagog o'z ustida ko'proq ishlashi talab etiladi. Eski qoida yodlatish va ko'chirtirish metodlaridan voz kechishi kerak. Darsini qiziqarli va samarali bo'lishini ta'minlashi kerak. Har bir daqiqadan unumli foydalanib, o'quvchilarning bilim olishiga o'z hissasini qo'shishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Prezident Shavkat Mirziyoevnmg Oliy Majlisga murojaatnomasi. https://www.xabar.uz/siyosat/prezident-shavkat-mirziyoyevnmg-oHy-majlisgamurojaatnomasi

2. Инновации: теория, механизм, государственное регулирование: Учебн. пособие /Под ред. Ю.В. Яковца. - М.: РАГС, 2000.

3. Инновации: теория, механизм, государственное регулирование: Учебн. пособие /Под ред. Ю.В. Яковца. - М.: РАГС, 2000.

4. Мамадов Н.С. Умумий таълим мактаблаини инновацион бошкариш. Педагогика фанлари номзоди. ... дисс. - Т., 2009. - Б.17.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.