INKYUZIV TA'LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK FANLARNI O'QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Bayjanova S.I.
o 'qituvchi,
Urganch Davlat Pedagogika Instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.11166871
Bugungi globallashuv jarayonlari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion jamiyatga bo'lgan ehtiyoj yoshlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratmoqda. Ular oldiga tezkor qarorlar qabul qilish, ijodiy fikrlashni o'zlashtirishni, innovatsion tafakkurni shakllantirishni, intellektual salohiyatni oshirish bilan birga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo'lishdek mas'uliyatli hayotiy talablarni qo'ymoqda.
"O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 6-iyundagi 422-son qarori"da Umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilarining yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning ongiga umuminsoniy qadriyatlar va yuksak ma'naviyatni yanada chuqur singdirish, ularni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, umumiy o'rta ta'lim muassasalaridagi ma'naviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. [1].
O'zbekiston Respublikasida "Tarbiya" fani konsepsiyasi mazkur fanni davlatning ta'lim-tarbiya sohasidagi siyosatini amalga oshirishda mavjud bo'lgan dolzarb muammolarni hal etishga yo'naltiriladi. Konsepsiya yosh avlod tarbiyasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor vazifalar, asosiy maqsad va yo'nalishlar ko'rsatilgan.
Shu bois, O'zbekiston Respublikasida uzluksiz "Tarbiya" fani davlatning ta'lim-tarbiya sohasidagi siyosatini amalga oshirishda mavjud bo'lgan dolzarb muammolarni hal etishga yo'naltiriladi. Fan yosh avlod tarbiyasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor vazifalar, asosiy maqsad va yo'nalishlarni belgilab beradi.
Keyingi yillarda jamiyatning barcha a'zolariga birdek munosabat ko'rsatish maqsadida mamlakatimizda inklyuziv ta'limga katta e'tibor berilmoqda. Darhaqiqat, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2020-yil 13-oktyabrdagi «Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-4860-son qarori ham fikrimizning isbotidir. [2]
Inklyuziv ta'limning maqsadi - alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan o'quvchilar uchun maktabda maxsus vosita va metodlarni qo'llash orqali maxsus pedagoglarni
jalb etgan holda to'siqsiz moslashtirilgan ta'lim muhitini yaratish, ularning jamiyatga samarali moslashuvi hamda to'laqonli uyg'unlashuviga xizmat qiladigansifatli ta'lim berishni ta'minlashdan iborat. [3]
Bu jarayon bevosita pedagogik fanlarda belgilangan yo'nalishlar mamlakat yoshlarini sog'lom bolalarni ma'nan va jismonan barkamol qilib tarbiyalash. Rivojlanishida nuqsonlari bo'lgan bolalarni ham o'z tengqurlari bilan bir qatorda ta'lim va tarbiyani bir joyda olishlari va ijtimoiy hayotga moslashuvchan qilib tarbiyalash, iqtidori va salohiyatini ro'yobga chiqarish, ularni davlat va jamiyatning rivojiga keng jalb etish, tashabbuslarini yetarli darajada qo'llab-quvvatlash maqsadida huquqiy asoslar, iqtisodiy imkoniyatlar va tashkiliy mexanizmlarni yanada kengaytirishga xizmati nazarda tutilgan.
Inklyuziv ta'lim jarayonida "Tarbiya" o'quv fanining uzluksiz ta'lim tizimiga kiritilishining maqsadi va vazifalari bevosita ta'lim jarayonlarining samarali va sifatli darajada mufavvaqiyatlarini belgilaydi.
Fanning maqsadi - uzluksiz ta'lim tizimida ta'lim oluvchilarda ijtimoiy kompetentsiyalarni tarkib toptirish, yuksak ma'naviy axloqiy va kasbiy sifatlarini rivojlantirishdan iborat.
Fanning vazifasi - uzluksiz ta'lim tizimida ta'lim oluvhchilarda umummadaniy, ijtimoiy, kommunikativ kompetentsiyalar hamda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish layoqatini shakllantirish; tarbiyaga doir xulq-atvor meyorlarini kundalik va kasbiy faoliyatda qo'llay olish ko'nikmasini rivojlantirishdan iborat.
Fan bo'yicha ta'lim oluvchlarning o'quv faoliyati natijalari Maktabgacha ta'lim tizimi uchun:
o'z tuyg'ularini boshqarish ko'nikmalarini rivojlantirish;
o'z xatti-harakatlarini axloqiy talablarga muvofiq boshqarish ko'nikmalarini shakllantirish;
shaxsiy fazilatlar asoslarini paydo qilish;
ijtimoiy motivlar va milliy an'analarga qiziqish, o'zini o'zi namoyon qilishga intilishni tarkib toptirish;
muvaffaqiyatga erishish ehtiyojni paydo qilish;
o'ziga o'zi baho berish, tevarak-atrofdagilarga ma'naviy-axloqiy munosabatni shakllantirish;
Umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional ta'lim tizimi uchun: har bir
bosqichda o'quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash;
o'quvchilarni har tomonlama, jismoniy, ruhiy, ma'naviy-axloqiy rivojlantirish orqali ijtimoiy hayotga moslashtirish va turli murakkab vaziyatlarda to'g'ri qaror qabul qilishga o'rgatish;
faol fuqarolik pozitsiyalarini shakllantirish;
dunyo dinlarining ko'p asrlar davomida avloddan avlodga o'tib kelayotgan ma'naviy qadriyat ekanini tushuntirish bilan bir qatorda, hech bir dunyo dinida zo'ravonlik, terrorizm va ekstremizm g'oyalari targ'ib etilmasligini tushuntirish;
shaxs faoliyatida ijtimoiy-ma'rifiy institutlar bilan hamkorlikni kuchaytirish;
ma'naviy-axloqiy jihatdan muammosi bor yoki tarbiyasida bo'shliqlar mavjud bo'lgan yoki notinch oila farzandlari, jinoyatchilikka moyil bo'lgan yoki profilaktik ro'yxatda turadigan yoshlar bilan individual tarzda ishlash tizimini takomillashtirish.
[4]
Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Usullar deganda ta'sir ko'rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig'indisi tushuniladi. Vosita - bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat - tarbiya vositasi, biroq uni ko'rsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi xatoni ko'rsatish - bu usullar. So'z (keng ma'noda) - tarbiya vositasi, biroq replika taqkoslash - usullar. Bu bilan bog'liqlikda ba'zan tarbiya metodlari qo'yilgan maqsadni muvafaqqiyatli amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud bo'ladi.
Ilm oluvchila r u yoki bu tarbiyaviy ta'sirga turlicha munosabatda bo'ladi. Bu ularning alohida xususiyatlariga, tarbiyalanganlik darajasiga, tarbiya metodlarining qay darajada o'rinli va samarali tanlanganligiga hamda mohirona qo'llanganiga bog'liq.
Ilm oluvchilar tarbiya jarayonidagi ma'naviy kompetensiyalarini bevosita yoki bilvosita amalga oshirishi mumkin. Bevosita talablar qat'iy buyruq yoki ko'rsatma, ishchanlik, yo'l-yo'riq beruvchi tavsifdagi ko'rinishda bo'ladi. Bilvosita talablar kechinma, intilish tuyg'usini uyg'otishi ko'zda tutilgan holda maslahat, iltimos, ta'na qilish, faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg'otish tarzida namoyon bo'ladi. Talablar o'quvchida u yoki bu darajaja ong, asos, maqsad hamda e'tiqod mavjudligini nazarda tutadi. Ayni vaqtda o'qituvchi o'quvchilarga nisbatan qo'yiladigan talablarning me'yorida bo'lishiga qat'iy ahamiyat berishi lozim.
Foydali faoliyat va maxsus tashkil qilinadigan vazifalar jarayonida ijobiy xulq-atvor va xarakterlarga o'rgatib boriladi.
Xo'sh, inson ongi va u borliqni, atrof-muhitni anglashi uchun qanday faoliyat darajasiga yetishi kerak?
Inson ongi - uning idroki, aql orqali hayotiy va dunyoviy haqiqatni fahmlash asosida ma'naviy istiqbolli faoliyat darajasidir.
Aql kishining o'z idroki, qalbi va fikri asosida dunyoviy, hayotiy haqiqatlarni anglash va ularga o'z faoliyatida ma'naviy-insoniy nuqtai nazardan amal qilishdir.
Ta'lim metodlaridan foydalanish orqali pedagogik faoliyatimizda inklyuziv ta'lim sharoitida tarbiya fanini o'qitish barobarida o'quvchilar ongida quyidagi jarayonlar sifat bosqichlarini ko'rinishda izohlashni lozim topildi: -ma'naviy-axloqiy sifatlarning rivojlantirish; -maqsad qo'yish, mazmunni aniqlash va tizim tashkil etish; -ijtimoiy-pedagogik faoliyatni tashkil etish; -baholash va korreksiyalash ishlari olib borish.
Demak hozirgi kunda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan isloxatlar jarayonlarni rivojlantirishga qaratilga me'yoriy huquqiy hujjatlarning tub negizida, inklyuziv ta'lim sharoitida jamiyatga xizmat qiladigan yetuk mutaxassislarni tayyorlash, yoshlar tarbiyasida zamonaviy dunyoqarashi keng, yuksak solohiyatli, jamiyat rivojiga o'zining beminnat xizmatini qo'sha oladigan ma'rifatli insonlarni tarbiyalashga qaratilgan. Bunda albatta ularga ta'lim tarbiyaga berayotgan pedagogik fanlarning va pedagoglarning ham o'rni kattadir.
Adabiyotlar:
1. "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 6-iyundagi 422-son qarori".
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020-yil 13-oktyabrdagi «Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-4860-son Qarori.
3. Pedagogika ensiklopediya -R.: Safarov O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, Toshkent-2015. II jild.
4. Митяева А. М. Развитие индивидуалных стилей учебной деятелности студентов в вузе.-Орел: Картуш, 2015. - 175 с. - С.94.