Научная статья на тему 'INKLYUZIV TA’LIMNING ME’YORIY-HUQUQIY ASOSLARI'

INKLYUZIV TA’LIMNING ME’YORIY-HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
inklyuziv ta’lim / uzluksiz ta’lim / huquq / integratsiyalashgan ta’lim / imkoniyati cheklangan bolalar.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Sayfilloyeva Sabina Murod Qizi

Ushbu maqolada nogironligi bo‘lgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash haqida aytib o‘tilgan.Maxsus ta’limga muhtoj bolalar, o‘smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar hayotga moslashtirish xaqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INKLYUZIV TA’LIMNING ME’YORIY-HUQUQIY ASOSLARI»

"INKLYUZIV TA'LIMDAN INKLYUZIV JAMIYAT SARI: STRATEGIYALAR, TAJRIBALAR VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 17-MAY

INKLYUZIV TA'LIMNING ME'YORIY-HUQUQIY ASOSLARI

Sayfilloyeva Sabina Murod qizi

Buxoro innovatsiyalar universitet 1-DEF-23 guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11183668

Annotatsiya. Ushbu maqolada nogironligi bo'lgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish va ularni qo'llab-quvvatlash haqida aytib o'tilganMaxsus ta 'limga muhtoj bolalar, o'smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat'iy nazar hayotga moslashtirish xaqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Inklyuziv ta 'lim,uzluksiz ta'lim, huquq,integratsiyalashgan ta'lim,imkoniyati cheklangan bolalar.

Аннотация. В данной статье говорится о защите прав и интерессов детей с органиченными возможностями здоровья и их поддержке.Существуют мнения об адаптации детей,нуждающихся в специальном образовании,к жизни независимо от особенностей развития или экономических трудностей.

Ключевые слова: инклюзивное образование,непрерывное

образование,право,интечрированное образование,дети с ограниченными возможностями здоровья.

O'zbekiston miqyosida inklyuziv ta'limning huquqiy asoslari:

-"Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida"gi Qonun (1991-yil)

- O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992-yil)

-"Ta'lim to'g'risidagi"Qonun (2020-yil)

-"Ta'lim hamma uchun"Milliy dastur rejasi (2003-yil)

-"Imkoniyati cheklangan bolalar va o'smirlar uchun inklyuziv ta'lim muvaqqat Nizomi" (2005-yil)

-"Ijtimoiy himoya yili"Davlat dasturi (2007-yil)

-"Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining qonuni (2008-yil)

Bugungi kunda Respublika bo'yicha jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun jami 86 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarda 21,2 ming nafar,21 ta sanatoriy turidagi maktab-internatlarda 6,1ming nafar o'quvchilar ta'lim-tarbiya oladi.Shuningdek,uzoq muddat davolanishga muhtoj bo'lgan 13,3ming nafar o'quvchilar uyda yakka tartibda o'qitiladi.Inklyuziv ta'lim-inglizcha so'zdan olingan bo'lib,inclusive,inclusion-uyg'unlashmoq,qamrab olmoq ma'nosini bildiradi.Inklyuziv ta'limning asosiy maqsadi,alohida e'tiborga muhtoj bo'lgan, voyaga yetayotgan o'smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat'iy nazar iytimoiy hayotga moslashtirishga yo'naltirilgan o'quv jarayoniga jalb qilishni ifodalovchi ta'lim tizimidir.O'zbekiston Respublikasi "Talim to'g'risida"gi qonunning 4-moddasida ta'lim sohasidagi asosiy prinsiplar sifatida ta'lim sohasida kamsitishlarga yo'l qo'yilmasligi hamda ta'lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta'minlanishi,qonunning 9-moddasida esa "Jismoniy,aqliy,sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalar,shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo'lgan bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta'lim muassalarida,umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta'lim oladi"deb ko'rsatib o'tilgan.Ta'lim

"INKLYUZIV TA'LIMDAN INKLYUZIV JAMIYAT SARI: STRATEGIYALAR, TAJRIBALAR VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 17-MAY

to'g'risidagi qonunning yangi tahririga ko'ra,qonunga har bir bolaning ta'lim olishdagi teng huquqligini ta'minlash,har qanday diskriminatsiya va kamsitishlarning oldini olishga qaratilgan inklyuziv ta'lim tushunchasi ham kiritildi.Inklyuziv ta'lim tizimida o'quv tarbiya jarayonining tashkil etilishi.Ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalar inklyuziv ta'limida dars jarayonini moslashtirish.Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar inklyuziv ta'limida dars jarayonini moslashtirish.Tayanch harakat a'zolarida muammolari bo'lgan bolalar inklyuziv ta'limda dars jarayonini moslashtirish.Yengil darajadagi aqliy rivojlanishida muammosi bo'lgan bolalar inklyuziv ta'limida dars jarayoniga moslashtirish.

O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2020-yil 13-oktyabrdagi qaroriga muvofiq "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qonuni ishlab chiqilgan.

2020-2025-yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish,alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim sifatini yaxshilash hamda ularga ko'rsatiladigan ta'lim xizmatlari sifati bo'yicha quyidagi ko'rsatkichlarga erishish nazarda tutiladi;

- alohida ta'limga muhtoj bolalar o'qiydigan ta'lim muassalari binolariga qo'yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

- inklyuziv ta'lim tizimini tashkil etish,ta'lim muassalarini maxsus asbob-uskunalar bilan (yuk ko'tarish moslamalari,panduslar,panjara va boshqalar),shuningdek.tegishli xodimlar bilan ta'minlash (maxsus o'qituvchilar,bolalarni psixologik-pedagogik nazorat qilish bo'yicha mutaxasislar)

- alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning ta'limiy muhiti yaxlitligi mustahkamlanadi,ularning jamiyatga integratsiyasi uchun zarur sharoitlar ta'minlanadi.

Integratsiyalashgan ta'limda bolaga muammo sifatida qaraladi.Bu ta'lim tizimining quyidagicha shakllari mavjud;

- Jismoniy integratsiya.Integratsiyaning bu shakli imkoniyati cheklangan bola va imkoniyati cheklanmagan bolalar o'rtasidagi jismoniy farqni kamaytirishga qaratilgan.

- Funksional integratsiya.Bu shakl imkoniyati cheklangan bola va imkoniyati cheklanmagan bola o'rtasidagi funksional muammolarni kamaytirishga qaratilgan.

Inklyuziv ta'limning huquqiy asoslari jahon miqyosida:

- Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948-yil)

- "Bolalar huquqlari to'g'risida"gi konvensiya (1989-yil)

- "Nogironlar huquqlari to'g'risida"gi dekloratsiya (1975-yil)

- "Ta'lim hamma uchun"umumjahon dekloratsiyasi (1990-yil)

- Salamanka Bayonoti (1994-yil)

- Dakar deklaratsiyasi(2000-yil)

Xulosa qilib aytganda,inklyuziv ta'lim-bu alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan bolalarning sog'lom tengdoshlari bilan bir xonada do'stona ta'lim tarbiya olishidir.Davlat tomonida belgilab qo'yilgan har bir qonun-qoidalar barcha uchun tengdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni

2. O'zbekiston Respublikasining Qonuni"Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida"2020-yil 15-oktabr,0'RQ-641-son.https://lex.uz/docs/5049549

3. www.ziyonet.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.