Научная статья на тему 'INKLYUZIV TA’LIMGA YO‘NALTIRILGAN MAKTABLARDA MADANIY MUHITNI SHAKLLANTIRISH'

INKLYUZIV TA’LIMGA YO‘NALTIRILGAN MAKTABLARDA MADANIY MUHITNI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inklyuziv / inklyuziv ta’lim / imkoniyati cheklangan bolalar / madaniy muhit / alohida ta’lim ehtiyoji / tolerantlik.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Malikova Dilraboxon

Ushbu maqolada inklyuziv ta’limning dolzarbligi, uni tadbiq etishdagi muammolar hamda ularni bartaraf etish usullari haqida so‘z boradi. Shuningdek, inklyuziv ta’limga yo‘naltirilgan ta’lim muassasalarida madaniy muhitni tashkil etishning muhimligi ko‘rib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INKLYUZIV TA’LIMGA YO‘NALTIRILGAN MAKTABLARDA MADANIY MUHITNI SHAKLLANTIRISH»

INKLYUZIV TA'LIMGA YO'NALTIRILGAN MAKTABLARDA MADANIY MUHITNI SHAKLLANTIRISH

Malikova Dilraboxon

O'zPFITI mustaqil tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11186891

Annotatsiya. Ushbu maqolada inklyuziv ta'limning dolzarbligi, uni tadbiq etishdagi muammolar hamda ularni bartaraf etish usullari haqida so'z boradi. Shuningdek, inklyuziv ta'limga yo'naltirilgan ta 'lim muassasalarida madaniy muhitni tashkil etishning muhimligi ko'rib chiqiladi.

Tayanch so'z va iboralar: inklyuziv, inklyuziv ta'lim, imkoniyati cheklangan bolalar, madaniy muhit, alohida ta'lim ehtiyoji, tolerantlik.

Абстрактный: В статье речь идёт об актуальности инклюзивного образования и о проблемах, а так же их решениях по внедрении в школах Узбекистана. Рассмотривается необходимость организования и улучшение культурной среды в школах инклюзивного образования.

Ключевые слова и фразы: инклюзивное, инклюзивное образование, дети с ограниченными возможностями, культурная среда, особые образовательные потребности, толерантность.

Bola aqlini taniy boshlaganida, aka-opalariga havas qilib, maktabga borishni orzu qiladi. Kitob va daftarlarni olib, o'qish, yozishni o'rganshga intiladi. Yetti yoshga to'lgan bolajonlar maktab ostonasini hatlab o'tganida ularning quvonchli nigohlari barchaga oshkor bo'ladi. Ammo bolalarning hammasi ham bu baxtga ega bo'la olmasligi mumkin. Chunki ularning imkoni cheklangan va bu kichkintoylar boshqalar qatori maktabga bora olmaydilar. Mamlakatimizda ta'lim olish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Pedagogika oliy o'quv yurtlarida defektologiya fakultetlari ochilgan.

Bugungi kunda Ozbekiston respublikasida 86 ta maxsus maktab va maktab-internatlarda yigirma ikki mingga yaqin imkoniyati cheklangan o'quvchi tahsil oladi. Maktablarga Brayl alifbosida chop etilgan darsliklar, alohida e'tiborga muhtoj o'quvchilar uchun maxsus o'quv qo'llanmalari va hokazolar etkazib beriladi. Maxsus dasturlar o'rnatilgan kompyuterlar bilan jihozlangan informatika va axborot texnologiyalari darslarini tashkil qilishga moslashtirilgan o'quv xonalari ko'pgina maxsus ta'lim muassasalarida mavjud va faoliyat yuritmoqda. Tayanch-harakat tizimida muammolari bo'lgan o'quvchilar uchun jismoniy mashqlar bajarishga mo'ljallangan sport zallari barpo etilgan.

Jahon tajribasidan ma'lumki, taraqqiy topgan davlatlarda imkoniyati cheklangan o'quvchilar boshqa tengdoshlari singari o'zlariga ma'qul bo'lgan maktablarda ilm olmoqdalar. Muallimlar o'qish jarayonida brayl alifbosini, surdo tilini o'rganadilar. Bu kabi tajriba mamlakatimizda ham joriy etilmoqda. Pedagogika oliy o'quv yurtlari talabalariga brayl alifbosi majburan o'rgatilmoqda. O'quvchilar ehtiyojlari to'laqonli qamrab olinishiga harakat qilinmoqda.

Inklyuziv ta'lim nima?

Ko'pchilik o'ylaganidek, biror tomonlama ajralib turadigan o'quvchilarni alohida maxsus maktablarda o'qitish emas, balki ularni barcha ehtiyoj va talablarga javob beradigan umumta'lim o'rta maktablarida o'qitishni tashkil etishdir. Masalan, panduslar, mahalliy tilni bilmaydiganlar

uchun ko'rgazmali mo'ljallar, ko'zi ojizlar uchun yo'l ko'rsatgichlar va hokazo. Barcha talablarga javob beradigan inklyuziv ta'limga moslashtirilgan ta'lim muassasalari juda oz va ularni qurish uchun qo'shimcha vaqt hamda xarajat lozim.

Inklyuziv ta'lim tarixidan bizga shu ma'lumotlar ayonki, o'tgan asrning etmishinchi yillariga kelib, Skandinaviya mamlakatlarida barcha ehtiyojlarni e'tiborga olgan tarzda ta'lim beradigan maktablar qurish haqida fikrlar paydo bo'la boshladi. 1994 yilga kelib, Yunesko boshchiligida Ispaniyaning Salamanka shahrida alohida ta'lim Ehtiyojlari mavjud insonlar uchun xalqaro konferensiya o'tkazildi va u erda bir qancha hujjatlar imzolandi. Bugungi kunda dunyo hamjamiyatida imkoniyati cheklangan o'quvchilar boshqalar qatorida, ya'ni maxsus maktab yoki maktab-internatlarda emas, balki o'zga o'quvchilar singari umumiy o'rta ta'lim maktablarida tahsil olishlari tashkil qilinmoqda.

Mamlakatimizda alohida ta'lim ehtiyojlari mavjud o'quvchilar uchun to'la talabga javob beradigan maktablarni qurish, ularda malaka va tajribasi etarli o'qituvchi, psixolog hamda boshqa mutaxassislarni jalb etgan holda ta'lim jarayonini tashkil etishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo faqatgina maktablarni qurish, ularning hududida barcha sharoitlarni yaratishning o'zi bilan masalaga echim topish mushkul. Ta'lim dargohida mutaxassislar muammosi bilan bir qatorda u erda yaratilgan madaniy muhit haqida ham unutmaslik kerak. Jismoniy nuqsonlari bo'lgan o'quvchilar va ularning tengdoshlari o'rtasida do'stona munosabatlarning shakllanishida tajribali pedagoglarning o'rni muhim. O'quvchilar orasidagi nizolar va kelishmovchiliklar kundalik muammoga aylanib qolmasligi shart. Ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda bir o'quvchini ikkinchisidan ajratmaslik talab qilinadi. Maktabdagi hayotda o'quvchilarning barobar ishtirokini ta'minash lozim. Dars jarayonlarida barcha o'quvchilardan teng o'zlashtirish kerak va o'qituvchilar o'quvchilar bilimini haqqoniy baholashlari o'zaro munosabatlarga ta'sir ko'rsatishining oldini oladi.

O'zlashtirish darajasi yuqori bo'lgan o'quvchilar, garchi ular boshqa tengdoshlaridan ajralib tursa ham, fan olimpiadalarida, ko'rik tanlovlarda ishtirok etishlari va rag'batlantirilishlari ularning yanada yaxshiroq o'qib-o'rganishlariga xizmat qiladi.

Hozirda Aqsh, Yaponiya, Janubiy Afrika respublikasi, Daniya va boshqa bir qator mamlakatlarda inklyuziv ta'lim taraqqiy topgan. Hindiston, Pokiston, Rossiya va boshqa bir qator davlatlarda ta'limning bu yo'nalishi rivojlanib bormoqda. Maktablardagi o'quvchilarning jismoniy va aqliy nuqsonlari ularning imkoni cheklanmagan tengdoshlari kabi ilm olishlari hamda muvaffaqiyatlarga erishishlarida to'sqinlik qilmaydi. Demak, vaqti kelib, bizning mamlakatimizda ham inklyuziv ta'lim rivojlanishi yutuqlarga olib kelishi mumkin. Buning uchun esa, pedagoglarni tayyorlaydigan oliy o'quv yurtlarida maktabdagi madaniy muhit va o'quvchilarda har jihatdan bag'ri kenglik hissini shakllantirish ma'ruzalari tashkil qilinishi maqsadga muvofiq. Ayniqsa, maktabda inklyuziv ta'lim yo'lga qo'yilgan bo'lsa, bu dargohda nafaqat ta'lim muhiti balki madaniy muhitning ham ahamiyati muhim o'rin egallaydi. Chunki, maktab jamoasi, o'quvchilar va ularning ota-onalari imkoniyati cheklanganlarga qanday muomala, munosabatda bo'lishlariga qarab, bu muassasadagi umumiy muhitga, xususan, madaniy muhitga baho berish mumkin. Inklyuziv ta'lim joriy etilgan maktablarda oddiy darslardan tashqari, nutqida nuqsoni bo'lgan o'quvchilar uchun logoped mashg'ulotlari, ko'zi ojizlar uchun mo'ljal olish mashqlari, tayanch-harakat tizimida muammosi bo'lganlar uchun davolash kompleks mashqlari o'tkazishga ixtisoslashtirilgan maxsus xonalar bo'lishi shart, eshitishida nuqsoni bo'lgan o'quvchilar uchun mashg'ulotlar o'tkaziladigan xonalar so'nggi texnik vositalar bilan jihozlangan bo'lishi lozim.

Maktabning texnik bazasi, jamoa va o'quvchilarning tolerantligidan tashqari, binoning joylashuvi hamda boshqa bir qancha omillar hisobga olinishi kerak. Sababi o'quvchilar o'z vaqtida darsga kela olishlari, maktab hududida mustaqil harakatlana olishlari, ta'lim va madaniy hayotda to'sqinliksiz ishtirok etishlari lozim. Ular o'zlarini ta'lim muassasasining to'laqonli a'zosi ekanligini har doim his qilib turishlari o'quvchilarning muvaffaqiyatlariga asos bo'ladi.

Imkoniyati cheklangan o'quvchilar o'zlarining boshqa tengdoshlaridan ajralib turishlarini, ba'zi hollarda kamsitilgan kabi his qilmasliklari uchun ularga jismoniy yoki bo'lak nuqsonlarini tinimsiz eslatmaslik, hamma qatori munosabatda bo'lish lozim. Alohida e'tibor qaratish ayrim vaqt salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Viloyat markazlarida mavjud maxsus maktab va maktab-internatlarda hamma o'quvchilarning ham tahsil olish imkoni bo'lavermaydi. Ayrim bolalar esa, ota-ona qaramog'iga va parvarishiga doimiy muhtoj. Masalan, bronxial astma, qandli diabet va boshqa kasalliklarga chalingan bo'lsa. O'quvchilar orasida yuzaga keladigan sog'lom raqobat ularning o'zlashtirishlarida aks etishidan tashqari, sinflar kesimidagi fanlar bo'yicha musobaqalar sinfdoshlarning bir-birini qo llab-quvvatlashiga turtki beradi. Hatto sport musobaqalari ham o'quvchilar orasidagi "devor"larni olib tashlashga xizmat qiladi. Ayniqsa, maktab madaniy hayotidagi voqealar o'quvchilarning o'zlarinigina emas, ota-onalarni, o'qituvchilarni va maktab jamoasining barcha vakillarini hamjihatlikka olib keladi.

Hamkorlikda tuzilgan rejalar, amalga oshirilgan ishlar o'quvchilardagi ichki yashirin xususiyatlarni, qobiliyatlarni ochib beradi. Maktablarda to'garaklar tuzilib, ularga o'quvchilarni ko'proq jalb etish ularning bir-birlari bilan yaqinroq tanishishlariga sabab bo'ladi. Do'stona munosabatlar esa, tengdoshlarning ehtiyojlarini o'rganib, zarur paytda yordam qo'lini cho'zish imkonini yaratadi.

Afsuski, ayrim kishilar haligacha farzandlarini maktabda o'qitishni istamaydilar. Ba'zilar jismoniy kamchiliklarga yuqumli kasallik singari qaraydilar. Pedagoglarning orasida ham inklyuziv ta'limga keskin qarshilik qiladiganlari ko'plab topiladi. Muvaffaqiyat kalitini topish uchun kechagina tashkil qilingan maktablardan bugunning o'zida darhol natija kutish noto'g'ri. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qish o'n bir yildan iborat.

Garchi Evropa, AQSH va Osiyo davlatlarida o'ttiz va undan ortiq yildan buyon faoliyat yuritayotgan inklyuziv maktablar ko'plab topilsa ham, ularning tashkilotchilari ta'lim muassasalari rivoji ustida ishlashdan to'xtamoqchi emas. Mutaxassislar fikricha, inklyuziv ta'limning kelajagi bor. O'quvchilarni ajratib o'qitish ularning huquqlarini kamsitishga tengdir. Alohida ta'lim ehtiyojlari mavjud o'quvchilar bilan ishlaydigan maktab jamoalari o'z tajribalarini hamkasblarga ham taqdim etishlari bu yo'nalishning keng tarqalishiga olib keladi, turli steriotiplar bartaraf etiladi. Imkoniyati cheklangan o'quvchilarning tengdoshlari bilan hamjihatlikda ta'lim olishi ularning kelgusi hayotiga ham ijobiy ta'sir qilishi kuzatiladi. Boshqalardan alohida o'qitilganlardan farqli ravishda inklyuziv ta'limga ixtisoslashgan maktab bitiruvchilari sharoitga tezroq moslashadilar.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, jamiyatimiz rivojlanishida inklyuziv ta'lim alohida o'rin tutadi. Erkin fuqarolik jamiyatida o'quvchi yoshlar keng ta'lim tanloviga ega bo'lishlari lozim. To'g'ri, biz hali maxsus maktab va maktab-internatlardan batamom voz kecha olmaymiz, ammo ular sonini kamaytirish taqdir taqozosidir. Vaqt o'tib barcha o'quvchilar bir xil sharoitda sifatli ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'ladilar, ertangi kun natijalari uchun harakat bugundan boshlanishi lozim.

Tavsiyalar:

1. Inklyuziv maktablar tashkil etish uchun avvalo mutaxassislar tayyorlash lozim.

2. Inklyuziv ta'lim maktablarida bilim oladigan o'quvchilar o'rtasida iliq do'stona munosabatlarni shakllantirish zarur.

3. Inklyuziv ta'limga yo'naltirilgan maktablardagi pedagoglar jamoasidan tolerantlik, ya'ni bag'rikenglik talab qilinishi shart.

4. Inklyuziv ta'lim muassasalaridagi pedagog va psixolog mutxassislarning maxsus maktab va maktab-internatlardagi hamkasblari bilan tajriba almashishlarini tashkillashtirish muhim.

5. Inklyuziv ta'lim maktablarida ta'lim muhiti bilan birga madaniy muhit rivojiga ham alohida e'tibor qaratish talab qilinadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. D.S.Qahhorova. Inklyuziv ta'lim texnologiyasi, fan va texnologiya nashriyoti 2014.

2. ^аххоров С.К. ^аххорова Д.С. Инклюзив таълим тахлили. современное образование журнали 2015.

3. Komila Tadjibayeva Sobit qizi. "Inklyuziv ta'lim sifatini shakllantirishning asosiy ustivor yo'nalishlari". Akademik Ressurc in Edukeyshen sains -2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.