INKLYUZIV TA'LIMDA MUSIQA TERAPIYADAN FOYDALANISH VA
UNING AHAMIYATI
Azizjon Nabijonovich Talaboyev O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Ushbu maqolada inklyuziv ta'limda musiqa terapiyaning ahamiyati va o'ziga xos xususiyatlari ko'rib chiqilgan. Imkoniyati cheklangan bolalarni ijodiy va aqliy rivojlantirishda musiqaning turli faoliyatlaridan unumli va maqsadli foydalanish muhimdir. Bu jarayonda bolalar musiqa asboblari ijrosi yoki musiqiy asarlarni kuylash yaxshi samara beradi. Maqolada bolalarning qiziqishlari va imkoniyatlarini individual tarzda aniqlab olish metodlari batafsil yoritilgan. Musiqa o'qituvchilarining asosiy vazifalaridan biri bu-inklyuziv ta'limda o'quvchilarni ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish va ijodkor bolalarni sog'lom va serqirra bo'lib ulg'ayishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratgan holda ta'lim-tarbiya berishdir.
Kalit so'zlar: Inklyuziv, reabilitatsiya, musiqa terapiya, primar, oktava.
THE USE OF MUSIC THERAPY IN INCLUSIVE EDUCATION AND ITS
IMPORTANCE
Azizjon Nabijonovich Talaboyev Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: This article discusses the importance and specifics of music therapy in inclusive education. Effective and purposeful use of various activities of music is important in the creative and intellectual development of children with disabilities. In this process, children play musical instruments or sing musical compositions. The article details methods for individually identifying children's interests and opportunities. One of the main tasks of music teachers is to identify and develop students' creative abilities in inclusive education and to create all conditions for creative children to grow up healthy and diverse.
Keywords: Inclusive, rehabilitation, music therapy, primer, octave.
Musiqa terapiyasi-tanadagi va ruhiy kasalliklardan aziyat chekadigan bolalar va kattalarni davolash, reabilitatsiya qilish, o'qitish va tarbiyalashda musiqa ta'siri yordamidan foydalanib musiqani his-tuyg'u bilan idrok etishga asoslangan psixoterapiya usuli. Kuy ohangining ritmik asosidan va ijro etilishidan kelib chiqib, musiqa insonlarga ularning individual ichki kechinmalari va his-tuyg'ulariga qarab
turli xil ta'sir etadi. Musiqani inson kayfiyatiga ta'sir etish maqsadida foydalanish mumkin.
Musiqa terapiyasi - ko'pchilik insonlar o'zlaridagi psixologik zo'riqishni bartaraf etishda, tinchlanish va fikrlarini jamlashda, hissiy holatlarini yaxshilashda qo'llaydigan qadimiy va tabiiy usuldir.
Musiqa terapiyasi - ko'pchilik insonlar o'zlaridagi psixologik zo'riqishni bartaraf etishda, tinchlanish va fikrlarini jamlashda, hissiy holatlarini yaxshilashda qo'llaydigan qadimiy va tabiiy usuldir.
Inklyuziv ta'limda musiqa terapiyasidan foydalanishning maqsadi: hissiy idrok etish jarayonini rivojlantirish va tuzatish (sezish, idrok qilish, namoyish qilish), harakatlanishni kuchaytirish, nutq faoliyatidagi tutulib qolish holatlarida (ijtimoiy va shaxsiy holatdagi keskin o'zgarish tufayli yuzaga keladigan tashvishlanishni olib tashlash) reabilitatsiyaning ijobiy-hissiy muhitini yaratish;
Shu o'rinda Karl Kenigning musiqa terapiyasidagi yondoshuviga murojaat qilamiz:Musiqa organizmga chuqur ta'sir etishi uchun bemorning o'zi faol harakatda bo'lishi (kuylashi, musiqa asboblarida ijro etishi, musiqani harakatlarida namoyon eta bilishi) kerak. Musiqa terapiya mohiyatini biz "maxsus" bolalar imkoniyatlarida ruhiy rivojlantiruvchi va ruhiy his-tuyg'u jarayonlariga ijobiy va davolovchi ta'sir etuvchi, bolaning zahiradagi kuchini san'atning barcha sohalarida va umuman hayotda o'zini boshqarishga to'g'ri yo'naltirishda ko'ramiz.
Musiqiy ritmika tayanch va nutq faoliyatining buzulishida(tik xastaligida, duduqlanish, harakatlanishning nomuvofiqliligi, to'xtab qolishi) ritmni his etish, nutqda, nafas olishdagi kamchiliklarni davolashda foydalaniladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda kichik guruh mashg'ulotlari shaklida ritmik o'yinlar, nafas olish mashqlari, ma'lum bir ritmni tezlashgan va sekinlashgan sur'atda bajarish kabilarda namoyon bo'lib kelmoqda.
Musiqa terapiyasining ikki turini ko'rib chiqamiz: asboblardan foydalangan holda va musiqiy asarlarni kuylash yordamidagi musiqa terapiyasi. Birinchi tur quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi:
- diagnostika;
- bolaning muammosiga mos keladigan asboblar guruhini tanlash;
- bolaning o'zi afzal ko'rgan guruhdan musiqa asbobini tanlash; bolalar tomonidan tanlangan cholg'u asboblar ijro etgan asarlar ro'yxatini aniqlash;
- yakunlovchi bosqich.
Musiqiy asarlar yordamida musiqa terapiyasi quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi:
- diagnostika;
- musiqiy asar tanlash;
- yakunilovchi asar tanlash.
Inklyuziv ta'limda bolalar bilan musiqa asarlari va musiqa asboblaridan foydalangan holda faoliyat tashkil etish mumkin. Bu jarayonda klassik musiqa asarlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Tinglash uchun quyidagi asarlarni tanlash mumkin: Bax, List, Shopen, Raxmaninov, Betxoven, Motsart, Chaykovskiy, Shubert va boshqalar.
Mutaxassislar musiqa terapiyasini passiv va faol shakllarga ajratadilar. Avvalo bemorlarga o'zlarining ruhiy salomatligi va davolanish jarayoniga mos keladigan turli musiqiy asarlarni tinglashni tavsiya qilinadi. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan kamida bir marotaba muloqot qilganlar ularning ko'ngliga yo'l topish qanchalik qiyinligini biladilar. Shu sababli, musiqada mavjud bo'lgan tabiiylik va imkoniyat so'nggi 2-3 o'n yillikda musiqa terapiyasining jadal rivojlanishining sabablaridan biri bo'lib kelmoqda.
Inklyuziv ta'limda musiqa terapiyasining foydali jihatlari quyidagilardir:
- jarayon ishtirokchilari o'rtasida ishonchni, o'zaro tushunishni mustahkamlashga yordam beradi;
- terapiya jarayonini tezlashtirishga yordam beradi, chunki ichki kechinmalar suhbatdan ko'ra musiqa yordamida osonroq ifodalanadi;
- musiqa his-tuyg'ularni faollashtiradi, ongli idrok etishni kuchaytiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi;
- musiqiy malakani bilvosita oshiradi, o'z-o'zini nazorat qilish va fikrlarini tartibga solish jarayoni paydo bo'ladi.
Davolashni qanchalik erta boshlansa, muvaffaqiyatga erishish ehtimoli shunchalik ko'proq bo'ladi. Shuning uchun, imkoniyati cheklangan bolalarni ikki yoshligidan boshlab musiqa terapiya yordamida davolash va rivojlantirish mumkin. Ikki yoshli bolalarda tashqi olam haqidagi tasavvur doirasi juda tor, nutqi yaxshi rivojlanmagan, asab tizimi, eshitish va vizual hislari kuchsiz, harakatlari muvofiqlashmagan, e'tibori noturg'un. Odatda, bunday bolalar tovushlarni taqlid qilish, oddiy musiqiy ohanglarni bo'g'inlab kuylab berish va talaffuz qilish ko'nikma, malakalariga ega bo'lmaydilar. Bolalar musiqa bilan harakatlarini qanday muvofiqlashtirish kerakligini, bilmaydilar, eshitish va ko'rish orqali o'z hatti-harakatlari bilan tashqi signallarga munosabat biladira olmaydilar. Lekin ularda taqlidchanlik xususiyatlari bor, bu ham bo'lsa musiqiy -ritmik harakatlarda, ohanglarni hirgoyi qilishda va qo'shiq kuylashda namoyon bo'ladi.
Ijtimoiy faoliyat texnologiyasi sifatida Imkoniyati cheklangan bolalarda musiqa terapiyaning afzalliklari quyidagilardan iborat:
Inklyuziv ta'limda bolalar bilan ijtimoiy faoliyat texnologiyasi sifatida musiqa terapiyasining afzalliklari quyidagilardir:
1. Mutlaq bezararlik;
2. Qo'llashning yengil va qulayligi;
3. Nazorat qilish imkoniyati;
4. Ko'p vaqt va bosim talab etuvchi boshqa davolovchi usullardan foydalanish zaruratini kamaytirish imkoniyati.
Maxsus tashkil etilgan ovoz kombinatsiyasi kompozitsiyasi yordamida psixofiziologik ta'sir qonunlariga muvofiq tashkil etilgan musiqa muvaffaqiyatli aks etishi va namoyon bo'lishi mumkin:
- Turli xil kayfiyat - quvonch, xursandlik, quvnoqlik, qayg'u, muloyimlik, tushkunlik, ishonch, tashvish;
- Intellektual va irodali jarayonlar-qat'iyatlilik, g'ayratlilik, bosiqlik, g'amxo'rlik, harakatsizlik, irodasizlik, jiddiylik;
- Borliqning umumlashgan xususiyatlari ko'rinishi-kuch, yengillik, davomiyligi, yo'nalishi, kengligi, fazoviyligi;
- Harakatlarning xilma-xilligi xarakteristikasi - tez, mo'tadil, sekin, elastik, kuchli, bo'shang, egiluvchan.
Cholg'u sozlaridan foydalangan holda musiqa terapiyasini o'tkazish texnologiyasi:
Avvalo, mutaxassis, ham psixolog sifatida bolaning ahvolini tashxislash, uning hissiy holatini aniqlagan holda bolaga muvofiq musiqiy kompozitsiyani tanlash kerak.
Tashxis qo'yish va muammolarni aniqlagandan so'ng, bolaning muammosiga mos keladigan asboblar guruhini tanlash kerak, shundan so'ng bir nechta vositalardan qaysi biri afzal ekani aniqlanadi. Buni quyidagi yo'llar bilan hal qilish mumkin:
a) bola yoki o'smirning o'zi afzal ko'rgan guruhdan cholg'u asbobini tanlashi;
b) Tanlangan musiqa asbolarining har biri ijrosidagi asarlardan bir qismini tinglatish va tanlov qilishni taklif qilish;
C) Ma'lum bir cholg'u asbobi ijrosidagi musiqa qismlarini tinglash. Yuqori ta'sir etuvchi musiqa asbobi tanlanadi.
Bir qator defektolog olimlarning ishlaridan biz musiqa terapiyasi turli xil differensiyalangan usullar tizimini o'z ichiga olganini ko'rishimiz mumkin, ularning ba'zilari, albatta, an'anaviy, boshqalari esa nutq buzilishining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib o'zgartiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Музыкотерапия в работе с детьми с ограниченными возможностями здоровья Шушарджан С. В. Здоровье по нотам. - М., Иэд-во АО "Перспектива", 1994. - С. 190.
2. Еремина Н. И. Восстановительная коррекция психологического статуса детей из социально неблагополучных семей методом игровой вокалотерапии. -Диссерт. на соиск. уч. ст. к. психол. н - М., РНЦ ВМ и К, 2009, - С. 133.
3. Асадуллаева М. A. Мактаб ёшидаги болаларда овоз режими ва гигиенаси. Maktab va hayot. Махсус Сон № 125-26 betlar. http://libruary. cspi. uz/book/68
4. Ш. Р. Маукамова. Имконияти чекланган болалар ва хар томонлама етук авлодни тарбиялашда мусиканинг урни. Махсус Сон № 1 22-23 betlar. http://libruary. cspi. uz/book/69
5. USAROV J. E. INKLYUZIV TA'LIMNING NAZARIY VA KONTSEPTUAL MASALALARI //INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. - 2021. - Т. 1. - №.2 37-46
6. Qodirova F. U., Methodical Cluster - An Innovative Mechanism To Increase The Efficiency Of General Secondary And Inclusive Education, Progressive Academic Publishing, 2020