Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNING IDROK XUSUSIYATLARINI MUSIQA MASHG‘ULOTI JARAYONIDA RIVOJLANTIRISH'

MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNING IDROK XUSUSIYATLARINI MUSIQA MASHG‘ULOTI JARAYONIDA RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1250
173
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Musiqa / ko‗nikima / tasavvur / estetik idrok / estetik tarbiya / hissiyot / tarbiya va ta‘lim / psixologik rivoj / xarakter va vositalar / shaxs / muloqot / trener / empatiya / psixologiya / mimika va harakat. / music / skills / imagination / aesthetic perception / aesthetic education / emotion / upbringing and education / psychological development / character and tools / personality / communication / trainer / empathy / psychology / mimics and action

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sherzodbek Xomidovich Xaydarov

Maktabgacha ta‘lim tashkilotida o‗tiladigan musiqa mashg‗ulotlarini to‗g‗ri tashkil qilishda musiqa rahbari har bir bolaning yosh xususiyatlarni, psixologik rivojini inobatga olishi kerak. Bolaning musiqani idrok qilishi o‗z taraqqiyotida qator bosqichlardan o‗tadi. Musiqa va shodlik kichkintoy ongida uzviy bog‗lanib ketadi. Kichik guruh bolalari uchun repertuar tanlashda ko‗proq obrazli asarlarni tanlash, bolalarni bu asarlarni tinglaganda, kuylaganda obrazli tasavvur qilish orqali idrok qilishiga yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In the correct Organization of music lessons in a preschool organization, the music leader must take into account the young characteristics, psychological development of each child. The child's perception of music goes through a number of stages in his development. Music and joy are inextricably linked in the minds of the little girl. Choosing more figurative works when choosing a repertoire for a small group of children will help the child to perceive them by an imaginative imagination when listening to these works, singing.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNING IDROK XUSUSIYATLARINI MUSIQA MASHG‘ULOTI JARAYONIDA RIVOJLANTIRISH»

MAKTABGACHA TA'LIM YOSHIDAGI BOLALARNING IDROK

XUSUSIYATLARINI MUSIQA MASHG'ULOTI JARAYONIDA

RIVOJLANTIRISH

Sherzodbek Xomidovich Xaydarov

Jizzax viloyati Xalq Ta'limi Xodimlarini qayta tayyorlash va ulaming malakasini oshirish hududiy markazi o'qituvchisi E-mail: haydarovsherzodbek672@gmail .com

ANNOTATSIYA

Maktabgacha ta'lim tashkilotida o'tiladigan musiqa mashg'ulotlarini to'g'ri tashkil qilishda musiqa rahbari har bir bolaning yosh xususiyatlarni, psixologik rivojini inobatga olishi kerak. Bolaning musiqani idrok qilishi o'z taraqqiyotida qator bosqichlardan o'tadi. Musiqa va shodlik kichkintoy ongida uzviy bog'lanib ketadi. Kichik guruh bolalari uchun repertuar tanlashda ko'proq obrazli asarlarni tanlash, bolalarni bu asarlarni tinglaganda, kuylaganda obrazli tasavvur qilish orqali idrok qilishiga yordam beradi.

Kalit so'zlari: Musiqa, ko'nikima, tasavvur, estetik idrok, estetik tarbiya, hissiyot, tarbiya va ta'lim, psixologik rivoj, xarakter va vositalar, shaxs, muloqot, trener, empatiya, psixologiya, mimika va harakat.

ABSTRACT

In the correct Organization of music lessons in a preschool organization, the music leader must take into account the young characteristics, psychological development of each child. The child's perception of music goes through a number of stages in his development. Music and joy are inextricably linked in the minds of the little girl. Choosing more figurative works when choosing a repertoire for a small group of children will help the child to perceive them by an imaginative imagination when listening to these works, singing.

Keywords: music, skills, imagination, aesthetic perception, aesthetic education, emotion, upbringing and education, psychological development, character and tools, personality, communication, trainer, empathy, psychology, mimics and action.

KIRISH

Musiqa — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovushlar majmui vositasida aks ettiruvchi sanat turi. Uning mazmuni o'zgaruvchan

ruhiy holatlami ifodalovchi muayyan musiqiybadiiy obrazlardan iborat. U inson yuragiga juda chuqur kirib borib, ana shu qalb tug'yonini yorqin ifodalash qudratiga ega. Musiqaga yoshlikdan uyg'ongan qiziqish kishining keyingi musiqaviy rivoji da kuchli ta'sir o'tkazadi, boshqa ko'nikima va didlarning shakllanishini ta'minlaydi, yaxshi musiqali didni tarbiyalaydi.Bundan tashqari, musiqa shaxsning irodaviy sifatlarini, uning tabiatini ham yorqin aks ettiradi. Musiqaning ushbu ifodaviytasviriy imkoniyatlari Sharq mutafakkirlari — Farobiy, Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, Bobur, Kavkabiy va boshqalar tomonidan yuqori baholangan. Yunon faylasufi Platonning fíkricha, davlatning kuch-qudrati unda qanday musiqa, qaysi ohang va qay ritmda yangrayotganligiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq. Davlat uchun insonni yuksaklikka ko'tarishda yordam beruvchi musiqa kerak deb hisoblagan. Estetik idrok-bu ikki asosiy komponentlar yig'indisidir: emotsionallik va tushunarlilik, lekin bunga yana hayol va harakat momenti-ritm ham qo'shiladi. Musiqa estetik va manaviy kayfíyatning ulkan manbaidir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Maktabgacha yoshdagi bolalar musiqa tarbiyasi, uning taraqqiyoti timsolida yurtimizning porloq kelajagini ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Musiqaning bola hissiyoti va shakllanishiga, uning mazmunini tushunish va his etishga katta ta'sirini hisobga olganda to'g'ri aks ettirilgan musiqali asarlardan o'rinli foydalanish alogida o'rin tutadi. Musiqali obrazlar shakllanishining asosiy manbai tabiat va kishi nutqiga mos kelishiga, atrof-olamdagi go'zallikni idrok etishiga bevosita bog'liqdir. Musiqali idrok etishning vazifasi va mazmunini aniqlash muhimdir. Bular shaxsning har tomonlama rivoji, jumladan, estetik tarbiya vazifalari bilan bog'liq, umumiy maqsadlar bilan belgilanadi. Bunday vazifalar bolalarni musiqa sohasidagi faoliyatga jalb etish, badiiy musiqaga estetik idrok etishni va emotsional o'zlashtirishni rivojlantirish, unda muhabbatni tarbiyalash, musiqali qobiliyatni o'stirish, musiqali didni shakllantirish, bolalar badiiy ijodkorlik iqtidorini rivojlantirishdan iborat bo'lmog'i kerak. Bolalarda musiqiy idrok rivojlanishining eng yorqin xususiyatlariga eshitish hissi, musiqiy quloq, har xil tabiat musiqalariga hissiy javob sifati va darajalarini ko'rsatish mumkin.

Maktabgacha ta'lim tashkilotida o'tiladigan musiqa mashg'ulotlarini to'g'ri tashkil qilishda musiqa rahbari har bir bolaning yosh xususiyatlarni, psixologik rivojini inobatga olishi kerak. Bolaning musiqani idrok qilishi o'z taraqqiyotida qator bosqichlardan o'tadi. Musiqa va shodlik kichkintoy ongida uzviy bog'lanib ketadi. Kichik guruh bolalari uchun repertuar tanlashda ko'proq obrazli asarlarni tanlash, bolalarni bu asarlarni tinglaganda, kuylaganda obrazli tasavvur qilish orqali idrok

qilishiga yordam beradi. Hissiyot, eshitish, idrokning rivojlanishi asosida bolalarda musiqiy taassurotlar to'plana boshlaydi. Kundan-kunga atrof-muhitni idrok etish chegaralari kengayadi va musiqa kuyining ta'sirida bolalarning ma'lum hissiyot va obrazlari shakllana boshlaydi. Bolalar tanlangan asarlarga obrazli harakat qilishlari, masalan: quyoncha bo'lib sakrash, ayiq singari yurishlari, bu asarlarni oson idrok etishiga yordam beradi, ular tanish musiqani biladilar, marsh, yugurish, alla musiqalarini ajratadilar, musiqaning sokin va quvnoq xarakterini ajratadilar, lekin uni yosh xususiyatlari kuchiga ko'ra so'z orqali ifodalay olmaydilar.

NATIJALAR

Bundan tashqari 3-4 yoshli bolalar bilan ishlashda ko'rsatmali-ko'rish usullaridan foydalanish: rangli rasmlar, o'yinchoqlar, turli qo'llanmalarga murojat qilish katta yordam beradi.

4-5 yoshda bolalar obrazlarni detallashtiradilar, musiqaning kontrast xarakterlarini qisman ajratadilar, musiqa asarlarining ifodaliligi shakl va vositalarini tushunadilar. Musiqa rahbari mashg'ulot o'tish jarayonida faol faoliyatni vujudga keltirish uchun obrazli va she'riy so'z orqali ashula, o'yin, eshitish uchun asar mazmunini yoritadi, bolalarda paydo bo'ladigan hayolni qo'zg'aydi, obrazlarni chaqiradi, uni mazmun asosida fikrlash xarakatiga musiqa asarining mazmuniga jalb qiladi. Musiqa rahbarining o'rganiladigan asarlar haqida bolalarga so'zlab berishi, bu asarlarni bolalar idrok qilishlarini osonlashtiradi, qolaversa bolalarning tasavvur doirasi kengayib boradi. Bu yoshdagi bolalar musiqa rahbarining savoli va talabiga so'z orqali javob qaytaradilar. Ular kattalarning yordamisiz kichik bir qo'shiqni mustaqil ravishda kuylashlari mumkin, bolalarda tanlangan asarlarga ma'lum darajada raqsga tushish va mustaqil ravishda o'ynashga imkon beradigan ko'plab harakatlarni bajarishlariga odatlantirish idrok xususiyatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

6-7 yoshli bolalar tinglagan asarlarini idrok qilishlarida quyidagi terminlar orqali: kirish, band, naqorat, temp, dinamik belgilar, asarni tanish, farqlash, qarama-qarshi va o'xshash qismlarini qiyoslashga, tovush, ritm va boshqalarni, umumlashtirish mumkin. Ular musiqa asarining ifodaliligi xarakter va vositalarini tushunadilar va o'yin obrazlariga etibor beradilar,shuning uchun musiqa rahbari kattaroq hajmdagi asarlarni tanlashi maqsadga muvoriqdir. Bu yoshdagi bolalarga turli-tumanjanrdagi asarlarni tinglatish, qo'shiqlarni o'rgatish bolalarning fikriy qobiliyatlarini rivojlanishiga xizmat qiladi. Musiqa haqidagi olingan bilim va taassurotlarga asoslanib, bolalar nafaqat savolga javob bera olishlari, balki musiqa

asarini mustaqil ravishda tavsiflash, uning ifoda vositalarini tushunish va musiqa tomonidan yetkaziladigan turli xil kayfiyatlarni his qilishlari mumkin.

MUHOKAMA

Shunday qilib musiqa idrokini tarbiyalash quyidagicha boradi:

1. Musiqa materialini ajratib olish

2. Tarbiya va ta'lim metodlarini tizimlashtirish.

3. Ishning turli bosqichlaridan foydalanish

4. Musiqa asarlarining turli-tuman mavzularidan foydalanish.

5. Musiqa asarlarining obrazlar soni va shakliga qarab asta-sekin murakkablashtirib borish.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki maktabgacha ta'lim tashkilotlarida musiqa rahbari bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan xolda musiqa mashg'ulotlari faoliyat turlarini olib borishi, asarlarni o'rgatishda, tinglatishda ijodiy yondashishi bolalarda musiqiy idrok xususiyatlarining rivojlanishiga katta yordam beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida" 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son qarori.

2. Bayyard R.T., Bayyard D. Vash bespokoyniy podrostok. M.: "Prosvetshenie", 1991

3. Zaxarov A.I. Kak predupredit otkloneniya v povedenii rebyonka.: 1986

4. Levi V.L., Nestandartniy rebyonok M., "Levisentr", 1996

5. Lyutova E.K., Monina G.B. Shpargalka dlya vroslix. Psixokorrektsionnaya rabota s giperaktivnimi, agressivnimi, trevojnimi i autichnimi detmi. M.: "Genezis", 2000

6. Erikson E. Identichnost: Yunost i krizis. M.: Progress, 1996

7. Eydemiller E.G. Yustisiskis V. Psixologiya i psixoterapiya Semi. Sankt-Peterburg.: —Piter", 2000.

8. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida milliy g'oya targ'ibot va ma'naviy ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirishda zamonaviy usul va vositalardan foydalanishni takomillashtirishni dolzarb masalalari - Respublika ilmiy amaliy konferentsiyasi TVPKQTMOI - 2014 yil, 6 iyun

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.