Научная статья на тему 'INKLYUZIV TA’LIMDA ATEB BOLALARNI SAVODGA O‘RGATISHDA 2+3 TEXNOLOGIYASI'

INKLYUZIV TA’LIMDA ATEB BOLALARNI SAVODGA O‘RGATISHDA 2+3 TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inklyuziv ta’lim / o‘qitish / metod / texnologiya / tizim.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — O‘Rmonova Feruza Karimovna

Mazkur maqolada inklyuziv ta’limda ATEB bolalarni savodga o‘rgatish masalalari 2+3 texnologiyasi misolida muhokama etiladi. Maqolada muallifning shaxsiy asosida ayrim taklif va mulohazalar olib boriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INKLYUZIV TA’LIMDA ATEB BOLALARNI SAVODGA O‘RGATISHDA 2+3 TEXNOLOGIYASI»

INKLYUZIV TA'LIMDA ATEB BOLALARNI SAVODGA O'RGATISHDA 2+3 TEXNOLOGIYASI

O'rmonova Feruza Karimovna

Farg'ona viloyati Qo'shtepa tumani 17-maktab maxsus pedagogi https://doi.org/10.5281/zenodo.11186924

Annotatsiya. Mazkur maqolada inklyuziv ta'limda ATEB bolalarni savodga o'rgatish masalalari 2+3 texnologiyasi misolida muhokama etiladi. Maqolada muallifning shaxsiy asosida ayrim taklif va mulohazalar olib boriladi.

Kalit so'zlar: inklyuziv ta 'lim, o'qitish, metod, texnologiya, tizim.

Biz hammamiz boshqachamiz,ammo barchamiz tengmiz!

Hamma bolalar har hil,har bir bola noyob.

KIRISH

Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasida maktabgacha va maktab ta'lim tizimini samarali tashkil etish bo'yicha,jismonan sog'lom va barkamol avlodni shakllantirish,o'quv jarayoniga ta'lim tarbiyaning samarali shaklllari hamda usullarini joriy etishni ta'minlashga qaratilgan keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.

Zamonaviy jamiyatning muhim vazifalaridan biri bu alohida ehtiyojli bolalarga g'amxo'rlik qilish va ularga birinchi navbatda inklyuziv ta'limni joriy etish orqali sifatli ta'lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining"Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"2020 yil 13-oktabrdagi PQ-4860-sonli qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"2021 yil 12-oktabrdagi 638-sonli qarorining 1- ilovasi"Umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'limni tashkil etish tartibi to'g'risida"gi hujjatlarga muvofiq umumta'lim muassasalarida taskil etiladigan inklyuziv hamda boshlang'ich tayanch korreksion sinflarda faoliyat olib boradigan maxsus o'qituvchi o'quvchilarga individual ta'lim dasturlarini o'zlashtirish,nuqsonlarni tuzatish (korreksiya)va ular bilan bogliq holda bola rivojlanishining o'ziga hosliklarni bartaraf etish ishlarida barcha darslar sinfdan tashqari ishlarni amalga oshirish ko'zda tutilgan.

ASOSIY QISM

Hamma bolalar har hil,har bir bola noyob.Amaliyot shuni ko'rsatatadiki,inklyuziv sinflarda o'z kasbiy faoliyatini amalga oshiradigan ta'lim munosabatlarining barcha ishtirokchilari uchun juda murakkab vazifa o'quv jarayonida pedagog bolalarning individual hususiyatlarini hisobga olish kerak bo'lgan inklyuziv ta'limni individuallashtirishdir.

Har qanday yangilik kabi inklyuziv amaliyot ham yuqori sifatli natijalarga erishish uchun ta'lim munosabatlarining barcha ishtirokchilari tomonidan maxsus professional va ayni paytda ijodiy yondashuvni talab qiladi.

Avvalo inklyuziv ta'limning muvaffaqiyati pedagoglarning inklyuziya muammolarini hal qilishga tayyorgarlik darajasiga,psixologlar,o'qituvchi va maxsus pedagoglarning to'liqligiga shuningdek pedagoglar,ota-onalar ortasidagi o'zaro munosabatlar sifatiga bog'liqdir.

Bizning maktabimizda ham3 ta inklyuziv sinflar tashkil qilingan bo'lib,5 nafar ATEB bolalarimiz mavjud.Pedagogik-psixologik komissiyaning xulosasiga ko'ra 3 nafar o'quvchimiz ruhiy rivojlanishdan orqada,1 nafar o'quvchimiz ruhiy-aqliy rivojlanishdan orqada,1 nafar o'quvchimiz tayanch-harakati a'zosi falaji tashxisi bilan yuborilgan.5 nafar o'quvchimizning 4-nafari 2-sinfda ta'lim oladi,ular uchun 2ta inklyuziv sinflar tashkil etilgan,1 ta 1chi sinfimizda tashkillangan unda BSFbolamiz tahsil oladi.Men shu 5 ta bolaga maxsus pedagogman.Ular bilan navbatma-navbat darslarda birga o'tiraman,ertagalik darslar mavzusini o'qituvchi bilan ishlab chiqaman.Darsdan so'ng vazifalarni birga qilamiz va sog'lomlashtiruvchi o'yinlar va mashqlar bajaramiz.Chunki inklyuziv ta'lim jarayonida o'qituvchi maksimal darajada hushmuomalalik va sabr -toqatni namoyon qilishi,qo'pollik va hurmatsizlikka mutlaqo yo'l qo'ymasligi talab qilinadi.O'quvchi bilan muloqot do'stona ruhda,optimistik kayfiyatda bo'lishi talab etiladi.

1-rasm. Dars jarayonidan lavha

Maxsus pedagogning bolalarga berayotgan har qanday ma'lumotida insonparvarlik,samimiylik aks etib turishi,inklyuziv ta'limda faoliyat olib borayotgan bunday o' qituvchi bilan bir marta muloqotga kirishgan shaxs(ota, ona,bola)da u bilan yana suhbatlashish,muammolari bilan dardlashish istagi paydo bo'ladigan bo'lsin.Shunda ko'zlangan maqsadga tez va samarali erishish mumkin.Shunday tamoyillarga men har kungi faoliyatimda amal qilaman.Bugun yoritmoqchi bo'lgan metodikam ba'zi inklyuzivga olinganATEB bolaning savodini chiqarishda sinovdan o'tgan yaxshi samarali usul haqida yoritmoqchiman.

Savodga o'rgatish metodikasi-yani elementar o'qish va yozishga orgatish.Bolalarni savodga o'rgatish nafaqat ATEB bolada balki sog'lom bolada ham jiddiy masaladir.Chunki xalqning savodxonligi mustaqillik uchun,siyosiy onglilik uchun,ma'daniyat uchun kurash qurolidir.Savodga o'rgatish 3 bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqich. Harflarning nomini yodlatish. (harfiy metod)

2-bosqich. Bo'g'in hosil qilish.

3-bosqich. Bo'g'inlarni qo'shish.

Ushbu tamoyillarga asoslanib harflarni tanitib olgan ustoz kesma harflardan so'z tuzdirishni boshlaydi.Tuzilgan so'zlarni bo'ginlab o'qitishga urg'u berish kerak. Chunki bo'g'inni bir nafasda to'g'ri o'qigan bola keyinchalik so'z va gaplarni sidirg'asiga o'qishga qiynalmaydi.

Bunda qo'l keladigan usul 2+3 texnologiyasidir.ushbu usulda ustoz bo'g'indagi harflarni sonini aytib turadi.Bilamizki ko'pincha bo'g'inlar 2 yoki 3 ochiq yoki yopiq bo'ginlardan tashkil topadi.Masalan:Ka-pa-lak

Maxsus pedagog:2 deydi bunda bola 2 ta harfni qo'shib o'qiydi,yana 2 deydi yana 2 harfni qo'shib o'qiydi,3 deydi 3 ta harfni qo'shib o'qiydi.Har qanday bo'g'inni o'qishda unli tovushni cho'zib aytib turish talab etiladi.Hech qaysi harfni o'zini yolg'iz talaffuz ettirmay sherigi bilan aytishga undash kerak shunda natija tez va samarali bo'ladi.

2-rasm. 2+3 texnologiyasi

Bu usul shaxsan mening faoliyatimda deyarli barcha ATEB bolalarimda yahshi samara berdi. Ayniqsa ruhiy va aqliy rivojlanishida nuqsoni bor F87 o'quvchim ham harflardan bo'gin hosil qilishga va bo'g'inlarni qo'shib o'qishga yahshi harakat qilmoqda .Quyida ushbu bolalar bilan faoliyatimdan lavhalarni ilova qilaman. Hamda ajoyib bir o'yinni tavsiya qilaman. "Bo'g'inlardan so'z tuzing" ta'limiy o'yin uchun materiallar Mashg'ulotning borishi:

Maxsus pedagog bolalarga o'rganilgan harflarni ,,Harf jildi "dan o'qitadi. Ularga xos xususiyatlarni savollar yordamida eslatadi: Bular qanday xarflar? Ular nimalarni ifodalaydi? Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil bo'ladi? Ular nima hosil qiladi? (Bo'g'in hosil qiladi.) Bu harflarning nechta shakli bor?

Bugun bolalar "D" tovushi va bosh va kichik "Dd" harflari bilan tanishamiz Di-van so'zi necha bo'g'inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: Di-van men shu so'zni qayta aytaman, siz birinchi tovushni aytasiz: D-D-Di-van, Xattaxtaga bitta to'rtburchak chizaman. Endi: 2- tovushni ayting: Di-v-v-van, 2- to'rtburchak chiziladi. 3-tovushni toping: Di-v-v-van 3-to'rtburchak chiziladi: — Di-van so'zining modeli hosil bo'ladi: "D" tovushi bolalarga talaffuz qildirtiriladi.ana endi o'zingiz o'qing! Maxsus pedagog:2 deydi Bolalar :2 ta harfni qo'shib talaffuz etadi-Di Maxsus pedagog:3 deydi Bolalar :3 ta harfni qo'shib talaffuz etadi-Van

Ana endi bo'g'inlarni qo'shib o'qiymiz!Qani Di-van Maxsus pedagog:barakalla! !!

Maxsus pedagog: "D" tovushini talaffuz qilganimizda quyidagilar sodir bo'ladi: lablar biroz ochiq, harakatsiz, tinch holatda bo'ladi, tishlar bir-biriga yaqinlashgan, lekin jipslashmagan, "D" tovushi unli "a", "i", "o", "u" tovushlari bilan qo'shib talaffuz etilganda tilning oldingi kurak qismi yuqorigi tishlarga yoki alveolalarga tiralib turadi. "D" tovushi ya, yo, e, yu unli tovushlari birikmasi bilan talaffuz etilganda tilning uchi pastga tushgan bo'lib, pastki kurak tishlari

Maxsus pedagog: endi men "D" tovushini talaffuz qilaman, "D" tovushini cho'zib aytib bo'ladimi? (Yo'q) Maxsus pedagog: "D" tovushining hosil bo'lishini tushuntiradi. "D" tovushi undosh tovushlar sirasiga kirishi qayd etiladi. "D" tovushining xususiyatlari quyidagi savollar asosida bolalardan so'raladi:

"D" tovushi qanday tovush? Undosh tovushlar qanday rang bilan belgilanadi? "D" undosh tovush. Undosh tovush unli bilan birga bo'g'in hosil qiladi. "D" tovushining talaffuzi o'rgatiladi. "D" tovushining so'z boshida (don, deraza,dutor), o'rtasida (O-dil, A-do-lat)) kelishi haqida, so'zlarni bo'g'inlarga bo'lib aytish, bo'g'inlardan tovushlarni ajratish, "D" tovushi so'zning qaysi o'rnida kelganini aniqlatish orqali tushuncha beriladi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda yuqorida ko'rsatilgan 2+3 texnologiyasi asosida inklyuziv ta'lim jarayonida yuqori samaradorlikka erishish hamda belgilangan maqsadlarga erishish yanada osonlashishi isbotlab berildi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Oripov K., Obidova M. "Ifodali o'qish" T.2012 y.

2. Inomxo'jayeva S., Zunnunov A. "Ifodali o'qish asoslari" T. 2018 y.

3. Jo'rayev K. "Ifodali o'qish va himoya qilish" T. 2016 y.

4. Sayfuddinov A. "Og'zaki nutqda pauzaning ahamiyati" T. 2015 y.

5. Xo'jayeva L. "Lektor haqida ifoda vositalari" T. 2014 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.