Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA TA'LIMGA OID TERMINLAR: O'XSHASH VA FARQLI JIHATLAR
Jummayeva Maftuna
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti "Xorijiy til va adabiyoti" (ingliz tili) yo'nalishi magistranti Tel: +998978067879 E-mail: maftuna.j umayeva@mail .ru
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada o'zbek va ingliz tillarida ta'limga oid atamalar lingvistik nuqtai nazardan tadqiq qilingan. Ikki tildagi sohaga oid atamalarning o'zaro o 'xshash va farqli jihatlari ilmiy adabiyotlar asosida yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya, ta'lim muassasasi, ilm, fan, olim, tilshunoslik, chog'ishtirma ingliz tili, o'zbek tili, ta'lim, tarbiya, ilm, kitob, maktab, ta'lim muassasasi, o 'qituvchi.
ABSTRACT
In this article, terms related to education in Uzbek and English are studied from a linguistic point of view. Similar and different aspects of terms related to the field in two languages are explained on the basis of scientific literature.
Keywords: education, training, educational institution, science, science, scientist, linguistics, hybrid English, Uzbek language, education, training, science, book, school, education institution, teacher.
KIRISH
Hozirgi vaqtda ta'lim dunyoning rivojlangan davlatlarining infratuzilmasida ijtimoiy hayotning asosiy elementlaridan biridir. Ushbu mamlakatlarda ta'lim tizimini tashkil etish ilmiy-texnikaviy inqilobning hozirgi bosqichi ehtiyojlari bilan bevosita bog'liq bo'lib, bu ta'lim islohotlarini amalga oshirishni taqozo etadi. Shuni ta'kidlash kerakki, inson faoliyatining ushbu sohasini isloh qilish jarayoni deyarli uzluksizdir: tizimning turli qismlarining tuzilishi va tashkil etilishiga doimiy ravishda turli xil o'zgarishlar kiritiladi. Shu bilan birga, tizim rivojlanishining ma'lum bir bosqichida tub islohotlarga ehtiyoj paydo bo'ladi. Muayyan terminologiyani o'rganish odatda unda aks ettirilgan tushunchalar tizimining chegaralarini aniqlashdan boshlanadi, ular asosida xulosalar chiqariladi. Tegishli bilim sohasi atamasi va terminologiyasi deganda nimani tushunish kerakligi haqida so'z boradi. Biz o'rganish obyekti -ta'lim sifatida tanlagan ingliz voqeligi sohasi murakkab, ko'p bosqichli, doimiy rivojlanib boruvchi tuzilma bo'lib, insoniyatning metodologiya, psixologiya, ishlab
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
chiqarish ta'limi, iqtisodiyot va menejment, sotsiologiya, falsafa kabi sohalarini qamrab oladi1.
Barchamizga ma'lumki, ingliz tili hozirda dunyoning asosiy muloqot tili hisoblanadi. Shunday qilib, ingliz tili o'z lug'atiga doimiy ravishda yangi so'zlarni qo'shish orqali rivojlanmoqda. Ingliz tilining o'zbek tiliga ta'siri juda katta va uni asosan fan, pedagogika, texnologiya va ijtimoiy hayotning turli sohalarida ko'rish mumkin. Ko'p hollarda biz o'zbek tilining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, ingliz tilidan kelgan atamaning ekvivalentini topishga harakat qilamiz. Ammo xalqaro atamalar (xalqaro so'zlar) deb ataladigan shunday atamalar mavjudki, ular ingliz va o'zbek tillarida bir xil shaklda hech qanday o'zgarishsiz qo'llaniladi.
Buning bir qancha muhim sabablari bor:
1. Bugungi ilmiy atamalarning aksariyati qadimgi zamonlarda paydo bo'lgan, shuning uchun ular hozirda omonim, sinonim, metonomiya sifatida foydalanishlari mumkin.
2. Bu so'zlarning asosiy ma'nosi xalq orasida mashhur bo'lmagani uchun faqat majoziy ma'noda foydalanish mumkin. Bu majoziy ma'no asosiy ma'no sifatida qabul qilinadi va boshqa ma'nolar e'tiborga olinmaydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.
Buyuk jadid olimi A. Avloniy ta'kidlaganidek: "Ta'lim biz uchun yo hayot, yo mamom, yo saodat yo halokat masalasidir". Darhaqiqat, inson hayoti, baxtu saodati, sof insonparvarlik tuyg'usini yuksaltirishda ta'lim-tarbiyaning o'rni g'oyat muhim. Ma'lumki, yosh avlodni tarbiyalash har birimizning oldimizda turgan muhim vazifalardan biri bo'lib, bu biz uchun ijobiy natijadir, shu bois yoshlarni xalqimizga sadoqat ruhida tarbiyalashimiz zarur. Ta'lim jamiyatning asosiy vazifasi bo'lib, u turli tarixiy davrlarda birinchi o'rinda bo'lib kelgan. Pedagogikaning maqsad va vazifalari shaxsiy taraqqiyotni jahon qonunlari, shuningdek, davlatning zamonaviy siyosati rivojlanishi bilan hamohanglashtirishdir.
TAHLIL VA NATIJALAR.
Vatanga manfaat keltiruvchi yosh avlodni tarbiyalash eng avvalo ta'lim sohasini isloh etishdan, sohaga jahonning ilg'or tajribalarini joriy etishdan boshlanadi. Bunda sohaga oid terminlarning qiyosiy tahlili ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta'limga oid atamalar eng avvalo inson shaxsi bilan bevosita aloqadordir. Pedagogika sohasida ilg'or bo'lgan mamalakat tillarida shaxs atamalari ko'pgina
1 Potapov L.P. Materials on the semantic-kinship system among the Uzbeks kungrad //zh. "Scientific Thought". -Tashkent, 2020. - p.13.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
turlarga bo'linadi: learners-Ta'lim oluvchilar: pupil-o'quvchi, student-talaba, abutrent-abutrent;O'qituvchi- Ta'lim beruvchilar: o'qituvchi-o'qituvchi;2
Ta'limga oid atamalarning qiyosiy tahlili jarayonida pedagogika sohasida o'xshash atamalar va ularning har ikki tilda uzviy bog'liqligi hamda bir maqsadda qo'llanishi kuzatilgan. Shuni ta'kidlash kerakki, til va madaniyat o'rtasidagi munosabat leksikdir. Madaniyat esa tilda yuzaga keladigan ma'nolar ifodalashning tarixiy modelidir. Til va madaniyat mutanosibligi quyidagi omillarga asoslanadi:
1 .Til va madaniyat -til dunyosi kontekstida inson dunyoqarashini aks ettiruvchi idrok shakllaridir.
2.Til va madaniyat bir-biri bilan uzviy bog'liqdir.
3.Til va madaniyatning subyekti hamisha shaxs (individual) yoki jamiyatdir.
4.Har ikkisining paydo bo'lishi tarixiy, tizimli va me'yoriy asoslash bilan xarakterlanadi.
5. Til va madaniyat, bir tomondan, doimo o'zgarib turadi, ikkinchi tomondan, barqarorlikka intiladi. Til va madaniyat muloqot jarayoni bo'lib, shaxs va butun jamiyat shakllanishi bilan uzviy bog'liqdir3.
Ingliz va o'zbek tillarida ta'limga oid yasama terminlar ta'lim sohasida keng qo'llanilib kelinmoqda. Ayni paytda, terminshunos olimlar va mutaxassislarning izlanishlari tobora ortib, bu sohaning integratsiyalashuv jarayonlari bo'yicha ilmiy oqimining kelib chiqishiga asos bo'ldi. Ingliz va o'zbek tilida pedagogikaga keng qo'llanadigan qisqartmalar ham mavjud:
2 Abdullaeva, N. R. (2020). THE PERFECT TEACHING METHOD: CASE OF UZBEKISTAN. Theoretical & Applied Science, (7), 10-15.
3 Paluanova X., Musumonova M., Riskulova K., Kurbanniyazova Z. "Pedagogik atamalar ro'yxati". - Toshkent: 2022. - b.192.
Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784
educational, natural and social sciences 4 (5), May, 2024
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7 www.oriens.uz
O'zbekcba qisqaihnasi ingLizcba Qiiqirtnisi
Axtoorot kommunikativ texnologiyalari AKT Information and communication technology ICT
A vt 0 matl ashtirilg an o'qitish tizimi AO'T Automated Teaching System ATS
Birlashgan Millatlar Tashkiloti BMT United Nations Organization UNO
Davlat ta'lim Staudarti DTS State Educational Standard SES
Xalqaro ingliz tili test tizimi IELTS International English Language Testing System IELTS
Thmy tadqiqot Institutlari IT I Research Institutes RI
Oliy Ta'lim Muassasasi OTM Higher Educational Institute HEI
Masofaviy o'qitish MO' Distance Learning DL
Yagona Davlat Imtihoni YD I The Only State Exam TOSE
XULOSA.
Xulosa sifatida aytadigan bo'lsak, o'zbek va ingliz tilida ta'lim-tarbiyaga oid terminlarni tilshunoslik jihatidan o'rganish ikki til va madaniyat o'rtasidagi sohaga oid aloqalarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Bu esa o'z navbatida ta'lim tizimiga ilg'or xorijiy texnologiyalarning kirib kelishiga xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):
1. Paluanova X., Musumonova M., Riskulova K., Kurbanniyazova Z. "Pedagogik atamalar ro'yxati". - Toshkent: 2022.
2. Paluanova H. The new trends in contemporary linguistics//LangLit: An International Peer-Reviewed Open Access Journal (ISSN 2349-5189), IBI Factor 2015 -Indexed -2.4. India, 2016, Vol-2, Issue-4.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
3. Potapov L.P. Materials on the semantic-kinship system among the Uzbeks kungrad //zh. "Scientific Thought". - Tashkent, 2020.
4. Abdullaeva, N. R. (2020). THE PERFECT TEACHING METHOD: CASE OF UZBEKISTAN. Theoretical & Applied Science, (7), 10-15.
5. Абдуллаева, Н. Р. (2018). РАЗНЫЕ ВИДЫ ГЛАГОЛОВ ДВИЖЕНИЯ НА АНГЛИЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Гуманитарный трактат, (37), 37-38.
6. Abdullayeva, N. (2021). THEMATIC CLASSIFICATION OF NAMES OF FRUIT TREES IN THE ASPECT OF INTERCULTURAL COMMUNICATION (ON THE MATERIAL OF THE UZBEK, TAJIK AND ENGLISH LANGUAGES). InterConf.
7. Абдуллаева, Н. Р., & Шаймарданова, М. У. (2024). ТЕМАТИЧЕСКАЯ КЛАССИФИКАЦИЯ НАЗВАНИЙ ПЛОДОВЫХ ДЕРЕВЬЕВ И КУСТАРНИКОВ В АСПЕКТЕ МЕЖКУЛЬТУРНОЙ КОММУНИКАЦИИ (НА МАТЕРИАЛЕ УЗБЕКСКОГО, ТАДЖИКСКОГО И АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКОВ). European Journal of Interdisciplinary Research and Development, 25, 86-89.
8. Ramazonovna, A. N. (2024). PROVERBS AND SAYINGS WITH PHYTONYMS AND THEIR ANALYSIS IN COMPARIED LANGUAGES.
9. Абдуллаева, Н. Р. (2024). Пословицы И Поговороки О Растениях В Сопоставляемых Языках. Open Herald: Periodical of Methodical Research, 2(1), 4-7.
10. Абдуллаева, Н. Р. (2024). КОНЦЕПТ "РАСТЕНИЕ" В НАУЧНЫХ ТРУДАХ. European Journal of Interdisciplinary Research and Development, 23, 3439.
11. Xamidov, M. (2023). ON SOME SIMILAR AND DIFFERENT ASPECTS OF PROVERBS AND SUBJECTS. American Journal of Pedagogical and Educational Research, 15, 66-68.
12. Abdumannobovich, X. M. (2023). TRANSFORMATION OF PAREMIOLOGICAL UNITS IN SOUTHERN SURKHANDARYA UZBEK DIALECTS. European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 3(05), 168-173.
13. Abdumannobovich, X. M. (2021). O'ZBEK TILI PAREMIOLOGIK BIRLIKLARIDA SOMATIK SO'ZLAR SALMOG'I (Janubiy Surxondaryo o'zbek shevalari misolida): Xamidov Mansur Abdumannobovich Termiz davlat universiteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi, erkin tadqiqotchi. In Научно-практическая конференция.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
14. Xamidov, M. (2023). BADIIY MATNLARDA UCHROVCHI O 'ZBEK SHEVA MAQOLLARINING TRANSFORMATSIYASI. MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH, 3(25), 204-206.
15. Xamidov, M. A. (2022). Surxondaryo o 'zbek shevalariga doir ayrim paremalar tahlili. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(7), 676-684.