Научная статья на тему 'INGLIZ VA O‘ZBEK MEDIAMATNLARINING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI'

INGLIZ VA O‘ZBEK MEDIAMATNLARINING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
111
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mediamatn / reklama / semantika / konnotativ / konseptual / reflektiv / effektiv ma’no. / media text / advertising / semantics / connotative / conceptual / reflective / effective meaning.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ganiyeva Dilfuzaxon Qodirjon qizi

Mediamatn – televideniye va radio orqali uzatiladigan, bosma nashr qilinadigan hamda internat matnlaridir. Maqolada mediamatnning bir ko’rinishi bo’lgan ingliz va o‘zbek tillaridagi reklama e’lonlari va shiorlarida uchraydigan soʻzlar o’rganilib, leksik-semantik jihatdan tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEXICAL-SEMANTIC ANALYSIS OF ENGLISH AND UZBEK MEDIA TEXTS

Media text broadcast on television and radio, printed and online texts. In the article, the words found in advertisements and slogans in English and Uzbek, which are a form of media text, are studied and analyzed lexically-semantically.

Текст научной работы на тему «INGLIZ VA O‘ZBEK MEDIAMATNLARINING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

INGLIZ VA O'ZBEK MEDIAMATNLARINING LEKSIK-SEMANTIK

TAHLILI

Mediamatn - televideniye va radio orqali uzatiladigan, bosma nashr qilinadigan hamda internat matnlaridir. Maqolada mediamatnning bir ko 'rinishi bo 'lgan ingliz va o 'zbek tillaridagi reklama e'lonlari va shiorlarida uchraydigan so 'zlar o 'rganilib, leksik-semantik jihatdan tahlil qilinadi.

Keywords: mediamatn, reklama, semantika, konnotativ, konseptual, reflektiv, effektiv ma 'no.

Media text - broadcast on television and radio, printed and online texts. In the article, the words found in advertisements and slogans in English and Uzbek, which are a form of media text, are studied and analyzed lexically-semantically.

Keywords: media text, advertising, semantics, connotative, conceptual, reflective, effective meaning.

Til kishilik jamiyati tarixida odamlarning birgalikda mehnat faoliyati olib borishi davomida o'zaro muloqot almashinuv ehtiyojidan paydo bo'lgan. Har bir tilning nutqqa aylanish jarayonida tilning eng kichik birligi bo'lgan so'zlarning o'rni ahamiyatlidir. Har bir so'z mustaqil ma'noga ega bo'lib, gap va matnning tarkibida erkin qo'llanila oladi. Dastlab, tilni o'rganish nazariyalari paydo bo'lganda, uning strukturasi, tuzilishi va kelib chiqishi haqidagi farazlar o'rganilgan. Tilning tilshunoslar tomonidan o'rganilishi, uning boshqa funksiyalarini ham ochib berdi. O'tgan asrdan boshlab tilga kommunikativ yondashila boshlandi. Bunda har bir so'z o'z lug'aviy ma'nosidan tashqari, kontekst tarkibida boshqa bir ma'nolarda ham qo'llanilishi qonuniyatlari aniqlandi. Bu qonuniyatlardan yaxshi xabardor bo'lgan muallif o'z auditoriyasini yuksak so'z tanlash mahorati bilan jalb qila oladi va o'z ta'sirini o'tkaza oladi. So'z ma'lum bir ma'noga, matn esa ma'lum bir mazmunga ega bo'ladi. So'zning ma'nosini bilgan o'quvchi, matndan ma'no mazmunini anglab oladi. Aynan ma'no va mazmunni tushunish- matnni anglash demakdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tilshunoslikning "semantika" deb nomlangan sohasi aynan "ma'no"ni o'rganuvchi soha hisoblanadi. U tilda ma'noni qanday yaralishini tadqiq qiladi.

Ganiyeva Dilfuzaxon Qodirjon qizi

dilfuzaganiyeva@gmail.com

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

Semantika nafaqat so'zning qanday ma'no anglatishini, balki so'zlar, so'z birikmalari va gaplar, tilda ma'no yasash uchun qanday birlashishlarini ham tadqiq etadi. Semantika tilshunoslikning tarkibiy qismi sifatida, so'zning ma'nosi va qanday qilib gapning tarkibidagi so'zlarning ma'nosi birgalikda bir umumiy ma'no anglatashini ham o'rganadi. Til yordamida muloqot qilinganda, fikr bir qator tovushlar orqali ifodalanadi yoki dekodlanadi, tinglovchi esa, tovushlar yoki alifbolarni mazmunli ifodaga aylantiradi. Bu bizning fikrimizni nutq yoki yozma signallarga kodlash va kodlangan nutq yoki yozma signallarni mazmunli ifodalashga yordam beradigan grammatikadir. Ma'no - nima haqida gapirilayotganini tushunishning asosiy usulidir. Tilshunos olim Lichga ko'ra, ma'noning 7 xil turi mavjud: konseptual ma'no, konnotativ ma'no, ijtimoiy ma'no, effektiv ma'no, aks ettirilgan ma'no, kollektiv ma'no va mazmunli ma'no. Konseptual ma'no - so'zning lug'aviy, ya'ni asl ma'nosi, kontekst tarkibidan ajratib olinganda o'zida saqlab qoladigan ma'no hisoblanadi. Konnotativ ma'no - so'zning birdan ortiq ma'noga ega bo'lishi, ya'ni konseptual ma'nodan tashqari, kontekstda anglab olinadigan ma'nodir. Ijtimoiy ma'no -so'zlovchining ijtimoiy shart-sharoitidan, hayotiy tajribasidan kelib chiqadigan ma'no hisoblanadi. Effektiv ma'no - so'zlovchining shaxsiy hissiyotlari va munosabatlarini namoyon qiladigan ma'no hisoblanadi. Bu ma'no ovozning ohangi va so'zlovchining intonatsiyasiga bog'liq. Aks ettirilgan ma'no - bunda bir ma'no ikkinchi ma'noni keltirib chiqaradi. Aniqroq qilib aytganda, bir narsa ikkinchi narsaga ta'sir o'tkazadi. Kollektiv ma'no - boshqa so'zlar bilan birikib, hosil bo'ladigan ma'no hisoblanadi. Bunda bir so'z boshqa bir so'z bilan o'zaro munosabatga kirishib, ma'noli va ta'sirli gap hosil qiladi. Tematik ma'noda, ya'ni mazmunli ma'noda gaplar Grammatik tartibda va tematik tematik strukturada yoziladi. Tematik ma'noning maqsadi gapdagi xabar ma'nosini ta'kidlashdir.

Ushbu maqolada tavsifiy va tahliliy metodlaridan foydalanilgan bo'lib, O'zbekiston MTRK telekanallarida 2023-yil may-sentabr oylarida berilgan reklamalar matnlari va shiorlari, shuningdek, ingliz tilidagi texnologiya va go'zallikka oid reklamalarning vebsaytlaridan olindi. Uchta reklama matni, ikkitasi o'zbek tilida, bittasi ingliz tilida va yigirma ikkita reklamaning shiorlari o'rganilib, leksik-semantik tahlil qilindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mediamatnlarning yana bir ko'rinishi reklama e'lonlaridir. Reklamada aniqlik va ta'sirchanlik so'zlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanishga bog'liq. So'zlar tinglovchi va o'quvchilarga ma'noni aniq va jonli yetkazish uchun ishlatiladi. Bizga ma'lumki ma'nolar ikki xil denotativ va konnotativdir. Denotativ ma'no so'zning o'z

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(9), September, 2023

lug'aviy ma'nosi, konnotativ esa baholovchi, xulosa yoki hissiy ma'nodir. Belgilar bir xil lug'atdan foydalanadigan odamlar uchun taxminan bir xil bo'ladi, ammo so'zlar turli odamlar uchun turli xil ma'nolarga ega. Bu yerda ma'nolarga ular qo'llanilayotgan kontekst, jo'natuvchi va qabul qiluvchi o'rtasidagi munosabat va boshqa ko'plab o'zgaruvchilar ta'sir etadi. Demak, so'zning denotati aniq so'zma-so'z ma'no, konnotatsiya esa u bilan bog'langan ma'nodir. Ma'noni ifodalovchi reklama keng kengaytmali so'zlaradan foydalanadi. So'zlar ko'pincha kuch, ishonchlilik, mukammallik, taniqlilik va boshqa shu kabi fazilatlarni anglatadi. Reklama tili konnotativdir. Quyida "Koka kola" ichimligining reklamasini ma'nosini tahlil etamiz.

"Oila bilan yaxshi dam olish uchun, tanaffus, tetiklangin va davom et. Koka kola bilan sevimli filmingni tomosha qil". (Reklamadan)

Oila bilan, tanaffus, tetiklangin va sevimli film so'zlari ushbu reklamada ijtimoiy bo'yoqdorlik kasb etish uchun foydalanilgan. Reklama beruvchi tomoshabinni oila uchun ideal ichimlik, kino ko'rib hordiq chiqarganda tetiklantiruvchi ichimlik ekanligini tinglovchiga uqtirmoqda, aynan shu so'zlar kishining ruhiyatiga ijobiy ta'sir o'tkazib, mahsulotni sotib olish uchun undaydi. Reklamaning asl maqsadi mahsulotni sotish uchun vositachilik qilish hisoblanadi. Buni chuqur anglagan marketoliglar reklamada so'zlarning qo'llanishiga juda ahamiyat beradilar. Aynan koka kola ichimligini ingliz tilidagi reklamasi:

"Coca-cola real refreshment for everybody-any time of a day. Out and about, or at home with the family, it is always the right time and place for "coke". Pure and wholesome, delicious and refreshing, Coca-cola is unlike any other drink in the world. Enjoy "coke" whenever you feel like a "break"- and return to work (or play) wonderfully refreshshed!" (Reklamadanj

Bu reklamada refreshment (tetiklantiruvchi), with family (oila davrasida), pure (sof), wholesome (foydali), delicious (mazali), enjoy (rohatlan) and wonderfully refreshing (ajoyib tetiklantiruvchi) kabi sifat so'z turkumidagi so'zlar hissiy ma'noga ega, tinglovchi yoki o'quvchida ajoyib hissiyot uyg'otib, ushbu ichimlikni ta'tib ko'rishiga sabab bo'ladi. Bu so'zlar shuningdek tuyg'ularni va tasvirni uyg'otadi. Ular bizga nafaqat ma'lumot beradi, balki foydalanuvchining his tuyg'ularini aytib beradi. Reklamadagi so'zlar shuningdek, qofiyalanib kelgan ya'ni, coke and break kabi. "Oila" kabi so'z o'ziga xos hissiyotga o'xshaydi va taglavhada yuqori hissiy ohang mavjud. So'zlarning hissiy ohangi har doim yoqimli. Buning sababi shundaki, reklama tomoshabinlarga ta'sir o'tkazishga hizmat qiladi, intiladi va shuning uchun yoqimli ma'noli so'zlardan foydalanishi kerak. "Oila" so'zi deyarli ko'pchilik reklamalarda uchraydi. Masalan, "Artel" kompaniyasining "Katta oila uchun katta

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

sovutgich " yoki dori vositalarining reklamasidagi "Butun oila uchun " reklamasidagi "oila" leksemasi tinglovchilar onggida his-tuyg'ularni uyg'otadi. Bunda konotativ va denotativ ma'nolaridan tashqari boshqa ma'no shakllari, effektiv ma'no va chaqiruvchi ma'no ham mavjud.

"Dr-Rachel Whitening Fade sovuni, terini oqartiruvchi, barcha turdagi terilar uchun hatto sezgir teriga ham mos keladi, sovun yuz, tirsak, tizza, to 'piq, qo 'ltiq osti, bikini zonasi va tananing boshqa qismlaridagi qora va sariq dog'larni oqartiradi, terini yumshoq vayoqimli qiladi, atigi 3 kun ichida natijsini ko 'rasiz".(Reklamadan)

Bu ijtimoiy tarmoqlarda berilgan sovun reklamasida emotsional omil o'z ta'kidlovchi aniqlovchisi va maxsus sifatdoshlari yordamida olingan. Bu reklamaning muhim jihati, "yoqimli" so'zi polisemik bo'lib, ma'no bo'yoqdorligiga ega, shu sababdan reklama yaratuvchisi shu so'zdan foydalangan, mahsulotning ta'rifi bilan birga uning natijasi ham 3 kunda ma'lum bo'lishi ko'rsatilib o'tilgan va bu ekspressivlikni oshirib yanada mahsulotni haridorgir bo'lishiga olib kelishi mumkin.

Lich ta'kidlagan ma'noning 7 ta turlarining hammasi reklama shiorlarining deyarli barchasida uchraydi. Masalan, "Hot lunch - ta 'mi o 'zgacha mazali" shiorida konseptual ma'no mavjud. Bunda har bir so'z o'z ma'nosida, "mazali" so'zi narsalarning ta'miga nisbatan, "o'zgacha" so'zi esa boshqa ta'mlarga o'xshamaydigan degan ma'noda qo'llanilgan. "Open coca-cola, open happiness!" (Koka-kola oching, baxtni oching) shiorida konnatativ ma'no mavjud chunki, "koka-kolani oching" deganda koka-kola idishini, "baxtni oching" baxtga erishing degan ma'noni nazarda tutmoqda, biror moddiy narsa-buyumni ochsa bo'ladi lekin, mavhum narsani ochib bo'lmaydi, "baxt" so'zi mavhum tushuncha hisoblanib, "biror narsadan qoniqish, hursand bo'lish" ma'nosini bildiradi.

"Rolfi. Quvnoq lahzalarni kutib ol!" Ushbu shiorda ham konnotativ ma'no mavjud ya'ni "quvnoq lahza" bu hursand bo'lingan vaqt, "kutib ol" so'zi biror kimni yoki narsani kelishini kutib turish degan ma'noni anglatib kelyapti. "Bilayn. Hayotning yorqin tomonida bo'ling". Bu shiorda "yorqin tomoni" so'z birikmasi yorug' tomon, rang-barang, sifatli va chiroyli joyida bo'l va hayotning qulayligidan bahramand bo'l degan ma'noda qo'llanilgan. Shuningdek, biror moddiy narsani tomoni bo'ladi, lekin "hayot"so'zi mavhum tushuncha shu sababdan bu shiordagi so'zlar konnotativ ma'noda qo'llanilgan.

"Muza bilan siz betakrorpazandasiz" shiorida effektiv ma'no mavjud. Chunki, "Muza" kompaniyasining tayyor mahsulotlari bilan har qanday pishirishni bilmaydigan ayol ham bemalol taom tayyorlay oladi. "Bigger, Blacker, Badder" shiorida ayollar tushi haqiqatdan ham kipriklarga ta'sir o'tkazib, ularni qoraroq, kattaroq, uzunroq ko'rsatadi. Shu sababdan, effektiv ma'no aks etgan. Nika

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

kompaniyasining "Just Do It!" shiorida ijtimoiy ma'no mavjud. Leech ijtimoy ma'noni, so'zlovchining madaniyatini ijtimoy vaziyatlariga bog'liq deb tushuntiradi. U ijtimoy rolning ijtimoy vaziyatga ta'sirini ko'rsatadi. "Shaffof. Birinchi buloq suvi" shiorida ham ijtimoy ma'noni ko'rishimiz mumkin. "Har doim koka-kola bilan! " shiorida konseptual ma'noni ko'rishimiz mumkin. So'zlar lug'aviy ma'noda kelgan. Konseptual ma'no, shuningdek, "Alyumag - oshqozonga ko 'mak" shiorida ham qo'llanilgan.

Reflektiv ma'noni "Ermak - bu foydali, mazali, toza demak" shiorida ko'rishimiz mumkin, sababi mahsulotni shior izohlab kelgan. "Nescafe. Hammasi yaxshilika" shiorida konnatativ ma'no ya'ni, so'zning lug'aviy ma'nosidan ortiq ma'nosi qo'llanilgan. "Noshpa - qorin og'rida" shiorida -konseptual ma'no mavjud, Noshpa bu dorining nomi hisoblanib, qorin og'riganda og'riqni yengillatish uchun tavsiya qilinadi. Shu jihatidan, bu shiorda lug'aviy ma'no kelgan.

Yana shuningdek, konseptual ma'no "Palette. Hayotning barcha ranglari" shiorida, Ro'zmetov. "Oilamizdan oilangizga!" shiorida. "Trombopol - yurakka g 'amxo 'r " shiorida, Yodamarin. Yod hayot uchun zarur! shiorida "Bobotik. Qorin og'rimasligi uchun!" shiorlarida uchraydi. Chunki, har bir shiorda berilgan so'zlarning har biri lug'atda berilgan o'z ma'nosida kelgan. "Piala. Chanqoq bostirishningyangi bosqichi" shiorida, "Dyuspatalin. Ta'siri o'rinli, nishoni aniq" shiorida, "Har kuningiz Lay's bilan mazaliroq" shiorlarida konnotativ ma'no mujassam bo'lib, birinchi shior tarkibida kelgan "yangi bosqich" so'z birikmasida bosqich so'zi o'zbek tilining izohli lug'atida "zinaning yoki narvonning har bir pog'onasi" deb izohlangan. Bu yerda ko'chma ma'noda, ya'ni "biror ish-harakatni amalga oshirishning ayrim-ayrim davrlari haqida" haqida so'z borgan. Ikkinchi shiorni tahlilida aslida dyuspatalin dori nomi hisoblanib shu dorining og'riqni qoldirishi haqida shiorda izoh keltirilgan, lekin "nishoni aniq" jumlasi ko'chma ma'noda qo'llanilgan. Uchinchi shiorda, Lay's chipsining reklamasi shiorida oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan "mazali" so'zi qo'llaniladi, lekin bu gapda "kun" so'zi bilan kelib, ko'chma ma'noda qo'llanilgan.

Ushbu tadqiqot ishida ingliz va o'zbek tilida berilgan reklamalar matnlari Leech aniqlagan ma'noning 7 turi bo'yicha tahlil qilindi. Yuqorida keltirilgan reklama matnlari va shiorlarida ma'noning faqat 5 turi, ya'ni konseptual ma'no, konnotativ ma'no, effektiv ma'no, reflektiv ma'no va ijtimoiy ma'nolar aniqlandi. Bu ma'nolar orasida konnotativ ma'nodan eng ko'p foydalanilgan. Reklamaning maqsadi -sotilayotgan yoki taklif etilayotgan mahsulotlarni xaridorligini oshirish maqsadida

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

berilgan e'lonning bir ko'rinishi sifatida, konnatativ ma'noning ustun bo'lishiga sabab bo'lgan, deb keltirish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Goddard A. The Language of Advertising. - London, Routledge, 1998

2. Hartley J. Understanding News. - London, Routledge, 1999.

3. Leech G. Semantics: The Study of Meaning. - Penguin: London, 1981. - 91p.

4. Neale S. Determinations of meaning. In Oxford Studies in the Philosiophy of language Vol 2. E.Lepore and D.Sosa(eds) Oxford: Oxford University Press, 2005

5. Svan M. Practical English Usage (2nd edition). - Oxford: Oxford University Press, 1995. - 55 p.

6. Villiamson, J.Decoding advertisements: Ideology and meaning in advertising. -London: Marion Boyars, 197 p.

7. Vatson J. A Dictionary of Communication and Media Studies. - London, Macmillan, 2000. 201

8. Dobrolonskaya T. The theory and methods of media-linguistics (based on English materials). Sc.D. in Philology dissertation, p. 350, Moscow. Russia.

9. Yunusova K, Boltaboyeva et al. Mediatext: The powerful instrument of the mass media.// Opicion, Ano.2018.- №15 889-923 p

10. Ungerer F. English Media Text Past and Present Language and Text Structure.// Philadelphia PAJohn Benjamin S. 2000. № - 21

11. Fleming. E. What are mediatext types? https://sidmartinbio.org

12. Mamirova D. Reklama matnlarining o'ziga xos xususiyatlari haqida ayrim mulohzalar.//Xorijiy filologiya.№3. 2018

13. Ungerer F. English Media Text Past and Present Language and Text Structure.// Philadelphia PAJohn Benjamin S. 2000. № - 21

14. https://sidmartinbio.org

15. https://www.thetimes.co.uk

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.