Научная статья на тему 'INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA SINONIM SO‘ZLARINING QO‘LLANILISHI'

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA SINONIM SO‘ZLARINING QO‘LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
916
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sinonim so’zlar / bosh so’z / frazeologizmlar / ma’nodosh / o’xshash / so’z turkumlari. / слова-синонимы / заглавное слово / фразеологизмы / синонимы / сходство / словосочетания.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shermamatova, S., Nurmuxammedova, D.

Ushbu maqolada sinonim so’zlarning qo’llanilishi, ularning tillar bo’yicha (ingliz va o’zbek tili) ishlatilishi, farqi va o’xshash jihatlari berib boriladi. Ma’lumki barcha tillarda turli guruhlarga mos bo’lgan so’zlar mavjud. Ular sinonimlar, omonimlar, antonimlar va paronimlardir. Bular orqali tilimizning lug’at boyligi yanada boyib boradi. Maqolada sinonim so’zlar nima va ular qanday hollarda qo’llanilishi haqida ham ma’lumotlar berib boriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

УПОТРЕБЛЕНИЕ СИНОНИМОВ В АНГЛИЙСКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ

В данной статье приведены употребление синонимов, их употребление в языках (английском и узбекском), различия и сходства. Известно, что во всех языках есть слова, подходящие для разных групп. Это синонимы, омонимы, антонимы и паронимы. Благодаря этому словарный запас нашего языка станет богаче. В статье также представлена информация о том, что такое синонимы и в каких случаях они употребляются.

Текст научной работы на тему «INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA SINONIM SO‘ZLARINING QO‘LLANILISHI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA SINONIM SO'ZLARINING

QO'LLANILISHI

S. Shermamatova Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi D. Nurmuxammedova

Farg'ona davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada sinonim so 'zlarning qo 'llanilishi, ularning tillar bo 'yicha (ingliz va o 'zbek tili) ishlatilishi, farqi va o 'xshash jihatlari berib boriladi. Ma 'lumki barcha tillarda turli guruhlarga mos bo 'lgan so 'zlar mavjud. Ular sinonimlar, omonimlar, antonimlar va paronimlardir. Bular orqali tilimizning lug'at boyligi yanada boyib boradi. Maqolada sinonim so 'zlar nima va ular qanday hollarda qo 'llanilishi haqida ham ma 'lumotlar berib boriladi.

Kalit so'zlar: Sinonim so 'zlar, bosh so 'z, frazeologizmlar, ma 'nodosh, o 'xshash, so 'z turkumlari.

В данной статье приведены употребление синонимов, их употребление в языках (английском и узбекском), различия и сходства. Известно, что во всех языках есть слова, подходящие для разных групп. Это синонимы, омонимы, антонимы и паронимы. Благодаря этому словарный запас нашего языка станет богаче. В статье также представлена информация о том, что такое синонимы и в каких случаях они употребляются.

Ключевые слова: слова-синонимы, заглавное слово, фразеологизмы, синонимы, сходство, словосочетания.

Barchamizga ma'lumki dunyodagi barcha tillarning asosini so'z hosil qiladi. Nutqimiz ravon bo'lishi ham so'z bilan bog'liqdir. Nutqimiz go'zal va ravon bo'lishi uchun so'z boyligi ko'p bo'lishi kerak . Buning uchun esa sinonim, antonim, paronim kabi so'zlarni bilishimiz va ularni tillar doirasida farqlay olishimiz kerak.

Sinonimlar (qadimgi yunoncha: gw va övu^a — bir nomli) — bir umumiy ma'noga ega bo'lgan (denotativ ma'nosi bir xil), qo'shimcha (konnotativ) ma'nosi (ekspressiv,) uslubiy va boshqa munosabat kabilarni ifodalovchi xususiyatlari) bilan o'zaro farqlanadigan til birliklari — so'z, ibora, sintaktik birlik va boshqa, boshqatdan, qayta, qaytadan, yangidan, yana, takror kabi so'zlari sinonim so'zlar hisoblanadi. Til birliklari bir xil ma'noga ega bo'lish hodisasi sinonimiya deyiladi. Bu hodisa qanday til birliklariga xosligiga qarab, lugaviy (leksik) sinonimiya,

АННОТАЦИЯ

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

frazeologik sinonimiya, sintaktik sinonimiya kabilarga bo'linadi. O'zaro sinonim bo'lgan so'zlar guruhi Sinonimlar qatori deyiladi. Sinonimlar qatori 2 va undan ortiq so'zdan tashkil topadi. Masalan, buloq — chashma Sinonim qatori 2 so'zdan, yuz— aft— bashara — bet... Sinonim qatori esa ko'p so'zlardan tuzilgan. Ko'p ma'noli so'zlar muayyan ma'nosi yoki ma'nolari bilan bir yoki birdan ortiq Sinonim qatoriga kirishi mumkin. Masalan, bitirmoq so'zi bir ma'nosi bilan tugatmoq, tugallamoq, tamomlamoq... so'zlari qatoriga, boshqa ma'nosi bilan ado qilmoq, yo'qotmoq, yo'q qilmoq so'zlari qatoriga kiradi. Sinonimlar qatoridagi bir so'z bosh so'z (asosiy so'z) hisoblanadi. Bosh so'z, odatda, hozirgi adabiy tilga mansubligi, emotsional bo'yoq, uslubga ko'ra betarafligi va shunday xususiyatlari bilan shu qatordagi boshqa so'zlardan farqlanadi hamda xuddi shu xususiyatlariga ko'ra tilda boshqalariga nisbatan keng qo'llanadi. Masalan, chiroyli, go'zal, husnli, husndor, xushro'y, ko'hli, zebo, suluv, sohibjamol... Sinonim qatorida chiroyli so'zi shunday belgilarga ega va bosh so'z hisoblanadi. Qolgan so'zlar esa har biri o'ziga xos belgi xususiyati bilan boshqalaridan farqlanadi: go'zal so'zi belgini kuchli (yuqori) daraja bilan ifodalaydi; barno, zebo so'zlari ko'proq kitobiy uslubga ega, suluv so'zi esa nisbatan kam qo'llanadi va hakazo. Nutqda sinonimlarning har biridan ularga xos belgi, xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish muhim ahamiyatga ega [https://uz.rn.wikipedia.org/wiki/Sinonimlar].

Tillar o'rtasida sinonim so'zlarni tarjima qilish bu biroz qiyinroq. Chunki biz so'zning ma'nosini asl tilda bilishimiz va kerakli va ayni o'rnida qo'llay olishimiz kerak.

Ingliz tilida ham sinonimlar o'zbek tili singari bir xil so'z turkumi doirasida yuzaga keladi va barcha so'z turkumlar doirasida sinonimlik hosil qila oladi. Leksik(lug'aviy) sinonimlar - so'zlar sinonimligi. Leksik sinonimlar 2ga bo'linadi:

- to'liq sinonimlar - o'zlashgan so'zlar sinonimligi: tilshunoslik- lingivistika, doston- poema, amr- farmon - buyruq, bahor-ko'klam.

- ma'noviy sinonimlar -so'zlar bir-biridan nozik ma'nosi bilan farq qiladi:

nam-ho'l- shalobbo, taqillatdi- gursillatdi- dukkillatdi..

- frazeologik sinonimlar- iboralar sinonimligi: qo'lni yuvib qo'ltiqqa ur-hafsalasi pir bo'lish, og'zi qulog'ida - boshi osmonda- hursand...

- grammatik sinonimlar- grammatik vositalar sinonimligi : kelgani(-ga, -dan, uchun ) xursand , mehmonlar ( -ning, - dan ) ulug'i...

Har bir til sinonimlarga boy bo'lib, ular tufayli nutqning go'zalligiga erishiladi. Muayyan so'zning sinonimini topish uchun odamlar ko'pincha lug'atlarga murojaat qilishadi. Ona tilingizda gapning ma'nosini o'zgartirmaydigan to'g'ri sinonimni tanlash qiyin bo'lmaydi. Agar siz, masalan, ingliz tilini o'rganayotgan bo'lsangiz va

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

ma'lum bir so'zning sinonimini topmoqchi bo'lsangiz-chi? Albatta, sizda ba'zi qiyinchiliklar bo'lishi mumkin.

TADQIQOT METODOLOGIYASI ( RESEARCH METHODOLOGY).

Tarjimaning vazifasi so'z va gapning ma'nosini bera olishgina emas balki avtor uslubining ichki energiyasidan kelib chiqadigan eng nozik va nafis hususiyatini , chunonchi badiiy ohang harakat so'z va so'zlar tizmasining zamirida yashirinib yotgan semantik hodisalarni har bir avtorning o'ziga hos yumor yaratish hususiyatini uning so'z tanlashi va uni qanday ishlatishiga bog'liq. Obrazlilikni har bir tovush, nutq va vergulning badiiy funksiyasini bilish to'g'ri aks ettirishdan iborat. Ana shunday nozik va mayda til xususiyatlarini tushunmay yoki bunga etibor qilmagan tarjimonning tarjima qilishi muhim emas. Masalan:o'lmoq ma'nosidagi dunyodan o'tdi, oyoq cho'zdi , abadiy uyquga ketdi, joni uzildi, joni chiqdi, halok bo'ldi, vafot etdi, bandalikni bajo qildi, omonatini topshirdi. Shu kabi ko'plab sinonim so'z va birikmalar har birini o'z o'rnida ishlatish maqul, basharti noo'rin ishlatilsa qo'pol xato kelib chiqishi mumkin.

Sinonimlar guruhlarga bo'lish orqali aniqlanadi va qo'llaniladi. S. Ulmanning 1 quyidagi so'zlarida aks etadi "faqat shunday so'zlarni sinonimlar deb ta'riflash mumkinki , ular har qanday matnda ma'no ta'siri jihati hech qanday o'zgarishlarsiz bir birini o'rnini egallashi mumkin. Bu tarifdan kelib chiqib S. Ulman sof sinonimlar bir davriy nuqtai nazarda mavjud bo'lmagan va emotsiyali hususiyatlari jihatidan o'rnini bosuvchi so'zlarini aniqladi.

Soxta sinonimlar o'z o'rnida turlarga bo'linadi:

a) bir davriy nuqtai nazardan mavjud bo'lgan va faqat ayrim matnlarda o'zaro almashinish mavjud bo'lgan sinonimlarni tahlil qilamiz. Masalan:lamp- jump, helper-aider...

The two sleepy helpers putthe wrong harness on the wrong horses.

We could not find for herself neither an aider nor a counselor she was alone with her troubles and difficulties.

Birinchi gapimizda helpers -yordamchilar manosida qo'llanilib, - helpers so'zining asl ma'nosi ma'lum ishda ko'maklashuvchi shaxs hisoblanadi. Ikkinchi gapimizda an aider so'zi va ko'makdosh madadkor yordamchi ma'nosida kelib an aider so'zi ishda ayrim harakterlarda hurmat bilan yordamlashuvchi shaxs hisoblanadi. Birinchi va ikkinchi gaplarimizda helper va aider so'zlarini tahlil qilganimizda hepers doimiy ma'nosi ma'lum ishda qo'llanilib an aider so'zi esa hurmat bilan yordamlashmoq ma'nosida kelib bir xil ma'noni anglatsada stilistik jihatdan bir birini o'rnini bosa olmaydi.

1 S.Ulman."The principles of semantics".1957.P.108-109.300 bet

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

b) bir davriy nuqtai nazarda mavjud bo'lgan va emotsiya jihatidan emas, balki ma'no jihatidan o'zaro almashinuviga ega bo'lgan sinonimlarni tahlil qilamiz. Masalan: liberty- freedom, consial -hide.

He approach of liberty makes even an old man brave. Education is a better safeguard of liberty then a stamina army.

The agreement which provides that U.S. Government must at all times ensure freedom of access to the United Nations headquarters. (Daily worker 1960).

He has a secret should not only hide it , but hide that has it to hide .

Clyde had managed to conceal his relations (Bennett).

Bu yerda liberty va freedom so'zlari juda tez almashinib ketadi. Freedom so'zi ozodlik, erkinlik degan ma'noda kelib , davlat yoki shaxsni gapirishda , ozod bo'lish ma'nosida keladi. Liberty- so'zining ma'nosi o'zbek tilida erkin bo'lish , ozodlikka erishish ma'nosida va qilish, aytish ishning erkinligiga ega bo'lish ma'nolarida keladi.

"Nice" so'zining sinonimlari o'zbek tilida yaxshi, yoqimli , mayin, chiroyli, jozibali ingliz tilida savory-yoqimli , discriminative - ajratib turadigan ; exact- aniq , good - yaxshi , foydali, sahiy , pleasing- yoqimli , fastidious- nafis , honourable -rostgo'y , sahiy kabi ma'nolarni o'z ichiga olib kelishi mumkin. Ushbu so'zlarning har biri "Tezerous" lug'atining2 sinonimlar ro'yhatida uchraydi.

B . A . Ilish "3 so'zni semantik klassifikatsiya qilganimizda ular ikki kategoriyaga bo'linadi deydi va bular sinonimlar va antonimlar. Sinonimlar har xil so'z, bir xil yoki yaqin ma'noni beruvchi so'zlar" deydi. Ingliz tili sinonimlarga boy tildir. Masalan: want, wish , desire sinonimlik qatori hohlamoq , ehtiyojni his qilmoq ma'nolarini anglatadi. Bu sinonim so'zlar bir biridan xarakter hohishining ta'sirchanligi bilan farqlanadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkunki, ingliz tilidagi sinonimlarni tarjimasi shunchaki hashamdorlik emas balki ular so'zlarning haqiqiy boyligidir. Ular bilan so'zlarimiz yanada ravonlashadi, go'zallashadi. Biz ushbu maqolamizda ingliz va o'zbek tillarida sinonim so'zlarning ishlatilishini ko'rib o'tdik va sinonimlarning ikki til o'rtasida o'xshash va farqli tomonlari bor ekan deb ayta olamiz. Sinonim so'zlar orqali biz so'zlarning takrorlashdan qochamiz . Shuning uchun ham har qaysi tilda sinonim so'zlarni bilish har qaysi til o'rganuvchilari uchun foydali.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. S. Ulman "The principles of semantics" 1957. P. 108-109 bet. 300.

2. O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati".1974yil.O'qituvchi nashriyoti.6-7 bet.

2 O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati".1974yil.O'qituvchi nashriyoti.6-7 bet

3 B.A.A!ish"CoBpeMeHHbm английский H3biK"M.1948.300 bet.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

3. B.A.Alish"CoBpeMeHHMH aHraHHCKHH ^3MK"M.1948.300 C..

4. Hozirgi zamon ingliz tilisida sinonimlarning ishlatilishi 26-27. 60 bet .

5. https://olwood.ru/uz/materialy/angliiskie-sinonimy-angliiskie-sinonimy-izuchaem-po-slovaryu/

6. Geldiyeva Xursandoy. INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA SINONIM SO'ZLAR QO'LLANISHINING O'XSHASH VA FARQLI TOMONLARI.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.