Научная статья на тему 'INGLIZ VA O’ZBEK MAQOLLARINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI, TUZILISH TARKIBI'

INGLIZ VA O’ZBEK MAQOLLARINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI, TUZILISH TARKIBI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
181
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maqol / linguistik / alliteratsiya / assonans / ritm / parallellik / jonlantirish / proverb / linguistic / alliteration / assonance / rhythm / parallelism / revitalization

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sabirova, Gulnoza Xidirbayevna, Soatboyeva, Sevinchoy Madamin Qizi

Maqollar tilshunoslikning ko’plab soha vakillari tilshunoslar va tarixchilar,etnograflarning doimiy o’rganish ob’ekti hisoblanadi. Maqol janrining boshqa janrlardan ajralib turadigan o’ziga xos linguistik xususiyatlari bo’lib, bu xususiyatlar maqollarga ohangdorlik,chiroyli mazmun beradi va tinglovchining e’tiborini nutqqa qaratishga ko’mak beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINGUISTIC CHARACTERISTICS OF ENGLISH AND UZBEK PROVERBS, STRUCTURAL COMPOSITION

Proverbs are linguists and representatives of many fields of linguistics. It is an object of constant study by historians and ethnographers. Proverb genre it has its own linguistic features that distinguish it from other genres features give the proverbs a melody, a beautiful meaning and the listener’s helps to focus on the speech.

Текст научной работы на тему «INGLIZ VA O’ZBEK MAQOLLARINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI, TUZILISH TARKIBI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

INGLIZ VA O'ZBEK MAQOLLARINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI,

TUZILISH TARKIBI

Sabirova Gulnoza Xidirbayevna

Urganch innovatsion universiteti ingliz tili o'qituvchisi Soatboyeva Sevinchoy Madamin qizi

Urganch innovatsion universiteti Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) yo'nalishining 1-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Maqollar tilshunoslikning ko'plab soha vakillari tilshunoslar va tarixchilar,etnograflarning doimiy o'rganish ob'ekti hisoblanadi. Maqol janrining boshqa janrlardan ajralib turadigan o 'ziga xos linguistik xususiyatlari bo 'lib, bu xususiyatlar maqollarga ohangdorlik,chiroyli mazmun beradi va tinglovchining e'tiborini nutqqa qaratishga ko 'mak beradi.

Kalit so'zlar: maqol, linguistik , alliteratsiya, assonans, ritm, parallellik, jonlantirish

АННОТАЦИЯ

Пословицы являются лингвистами и представителями многих областей языкознания. Является объектом постоянного изучения историков и этнографов жанр пословицы Он имеет свои языковые особенности, отличающие его от других жанров особенности придают пословицам мелодичность, красивый смысл и привлекательность для слушателя помогает сосредоточиться на речи.

Ключевые слова: пословица, лингвистика, аллитерация, ассонанс, ритм, параллелизм, оживление.

ABSTRACT

Proverbs are linguists and representatives of many fields of linguistics. It is an object of constant study by historians and ethnographers. Proverb genre it has its own linguistic features that distinguish it from other genres features give the proverbs a melody, a beautiful meaning and the listener's helps to focus on the speech.

Key words: proverb, linguistic, alliteration, assonance, rhythm, parallelism, revitalization

KIRISH

Maqol o'zi nima? Bu janrga aniq ta'rif berishda ko'pchilik olimlar ikkilanishlar, qiyinchilikka duch kelishgan. Hattoki, ba'zi mashhur paremiolog olimlardan Taylor

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Whiting va Jones maqolga ta'rif berish imkonsiz deb ta'kidlashgan. Taylor fikriga ko'ra maqolga ta'rif berish qiyin, hatto imkonsiz "incommunicable quality which tells us that whether sentence is a proverb and the other is not". Whiting esa maqolga ta'rif berishni keragi yo'q, chunki biz hammamiz maqol nimaligini bilamiz deb hisoblagan. Jones fikriga ko'ra maqolga ta'rif berishda haqiqatdan ham qiyinchilik va imkonsizlik mavjud va u maqolga "an expression we recognize as proverbial" ya'ni "u maqol sifatida bilgan iboramizdir" Maqollar semantik va struktur jihatdan to'la tugallangan matn sifatida matn linguistikasining muhim o'rganilayotgan ob'ekti hisoblanadi.Grammatik jihatdan maqollar muayyan sintaktik birlik hisoblangan gaplardir. Grammatiklar tomonidan sintaktik birlik sifatida o'rganilib kelinayotgan muhim ob'ekt bo'lib kelmoqda. Xalq maqollari ularning tilshunoslikda va adabiyotda tutgan o'rni.

Til, falsafa va badiiy ijodning o'ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq maqollari folklorning ixcham shakl, ammo teran mazmunga ega bo'lgan bir janridir. Har biri tilimiz ko'rkini, nutqimiz nafosatini, aql-farosat va tafakkurimiz mantiqini hayratomuz bir qudrat bilan namoyish etgan va eta oladigan bunday badiiyat qatralari xalqimizning ko'p asrlik hayotiy tajribalari va maishiy turmush tarzining bamisoli bir oynasidir. Bu badiiy oynada uning hayotga, tabiatga, inson, oila va jamiyatga munosabati, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy, axloqiyestetik va falsafiy qarashlari namoyon bo'lgandir. Shuning uchun ham maqollar g'oyatda keng tarqalgan bo'lib, asrlar davomida jonli so'zlashuv va o'zaro nutqiy munosabatlarda, badiiy, tarixiy va ililmiy asarlarda, siyosiy va publitsistik ilmiy-amaliy adabiyotda doimiy ravishda qo'llanilib kelgan va qo'llanmoqda. Maqolga adabiy nuqtayi nazardan qiziqish, asar badiiyligini oshirish va badiiy til ravonligini ta'minlash uchun undan foydalanish hamma zamon so'z san'atkorlarining diqqat markazida bo'lgan. Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Rabg'uziy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Abulg'ozi Bahodirxon, Munis, Ogahiy, Nodira, Muqimiy, Furqat, Avaz, Hamza, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho'lpon, Abdulla Qodiriy, Oybek, G'afur G'ulom va boshqa o'nlab ijodkorlarning asarlari sinchiklab o'rganilsa, ularning tarkibida qanchadan qancha maqollar ba'zan aynan, ba'zan o'zgargan holda mavjudligiga ishonch hosil qilamiz.

MUHOKAMA

Quyida maqollarning vazifalari ni ko'rib chiqamiz:

Maqollar- ijtimoiy me'yorlarning muhim bir qismi. Bu shuni anglatadiki, har bir millat va jamiyatning o'zining estetik madaniyati, xulq-atvor meyorlari mavjud. Maqollar mana shu madaniy me'yorlarni bir maromda tutib turuvchi va keyingi yosh avlodga yetkazuvchi qo'llanma hisoblanadi.

Misol uchun: "Ustoz -otangdek ulug'".

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

"Ota rozi-Xudo rozi ".

Maqollar-maslahatchi. Maqollarning muhim sifatlaridan biri uning yaxshi maslahatchi ekanligida. Unda insonlarning yuz yoki ming yillik hayot tajribasi xulosalari aks etgan bo'lib, xavfdan oldindan ogohlantiradi, to'g'ri yo'lga boshlaydi.

"Bir sallani tagiga ikki kalla sig'mas" yoki "Bir qozonda ikki qo'chqorni kallasi qaynamas" maqolini olsak. Birinchi keltirilgan variant uzoq yillar oldin, xonliklar davrida yoki undan ham oldinroq yaratilgan maqol, buni biz "salla " -ya'ni qadimda erkaklar kiygan bosh kiyimdan anglab olamiz. Maqolning ikkala ko'rinishida ham bir xil ma'no, ya'ni ikkita lider, boshliq odam ishlolmiydi, murosaga kelishi qiyin bo'lishi haqida aytilgan.

Maqollar-nutq bezagi. Maqollar og'zaki va yozma nutq bezagi bo'lib xizmat qiladi. Yozma nutqda nasriy va she'riy usulda yozilgan asarlarda qo'llanilib asardagi fikrga hissiy bo'yoq berib, o'quvchiga fikrni chiroyli, ta'sirchan yetkazishga xizmat qiladi. Bundan tashqari gazeta, jurnallarda maqollar sarlavha sifatida qo'llaniladi. Bu yo'l bilan yozuvchi o'quvchilarni diqqatini tez jalb qila oladi. Og'zaki nutqda esa har qanday toifadagi inson xoh u tilshunos b'lsin yoki oddiy inson, suhbatdoshiga qiziqarli va ta'sirli yo'sinda gapirish yoki suhbat yakunida xulosasini qisqa va lo'nda ifodalash maqsadida maqollardan foydalanishadi.

Maqollarning yana bir o'ziga xos xususiyati shundaki, u makon va zamon tanlamaydi. Ya'ni xalq tili bilan ayganda urfdan qolgan yoki zamonaviy maqol degan tushuncha yo'q. Eski til uslubida yoki so'zlarida yozilgan bo'lishi mumkin lekin hech qachon o'lik asarga aylanmaydi. Maqoldagi so'zlar sinonimga almashishi mumkin lekin xalq yuragida, xotirasida saqlanib kelayotgan asosiy negiz ma'no o'lmaydi.

Maqollar tarkibida alliteratsiya san'ati,ritm, takroriy so'z yoki iboralar qo'llanilishi maqollarni xotirada tez saqlanib qolishiga yordam beradi. Maqollarda tugal fikr, xulosa chiroyli tarzda ohangdor so'zlar, qofiya yordamida ifodalanadi. Adabiyotning boshqa janrlarida o'quvchi masalan she'r,g'azal,masal yokibutun bir hikoya, romanlarni o'qib oxirida xulosa chiqaradi. Maqollarda aksincha o'quvchi yoki tinglovchiga tugal xulosa aytiladi va tinglovchi ko'z oldida voqea yoki ma'lum bir xalqni urf-odati, yashash tarzi gavdalanadi. Shuning uchun ham maqollarda pandnasihat,didaktiklik ustuvor vazifa hisoblanadi va bu bitta insonmas muayyan hududda yashovchi xalqning o'n yoki yuz yillik hayot tajribasi,xulosasi jamlangan qofiyali so'zlar hisoblanadi. Maqollarning yaratilishi ham oson jarayon emas. Ma'lum hududda yashovchi insonlarning umumiy hayot tajribalaridan olgan xulosalari asosida qofiyalashgan tarzda yaratiladi.Maqolning yana bir xususiyati shundaki, tarkibidagi so'zlarni o'zgartirish yoki o'rniga boshqasini qo'yish mumkin emas. Odatda qoliplashgan,o'zgarmas tarzda saqlanib keladi. Ingliz va o'zbek

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

maqollarining bir nechta lingvistik xususiyatlari mavjud. Bular alliteratsiya,parallellik,ritm va ellipsiya. Alliteratsiya - o'xshash undosh tovushlarning takror qo'llanilishi: Misol uchun: Where there is a will, there is a way. Alliteratsiya "will" va "way" so'zlarida mavjud. Katta karvonga katta yo'l. Maqoldagi "K" tovushining takror qo'llanishini alliteratsiyaga misol qila olami Maqoldagi "K" tovushining takror qo'llanishini alliteratsiyaga misol qila olamiz. Yoki "Qildan qiyiq qidirma"maqolidagi "q" tovushi alliteratsiya hisoblanadi.

Assonans deb o'xshash unli tovushlar takror qo'llanilishiga aytiladi. "A stitch in time,saves nine" maqolida "time" va " nine" so'zlaridagi [ai] tovushi assonans hisoblanadi. "O'ylamagan o'kinar" maqolidagi "o' " unlisi qo'llanilishi assonans san 'ati deyiladi.

Ritm ya'ni qofiyadosh so'zlarning qo'llanilishi. Maqoldagi "K" tovushining takror qo 'llanishini alliteratsiyaga misol qila olamiz. Yoki "Qildan qiyiq qidirma"maqolidagi "q" tovushi alliteratsiya hisoblanadi. Assonans deb o'xshash unli tovushlar takror qo'llanilishiga aytiladi. "A stitch in time,saves nine" maqolida "time" va " nine" so'zlaridagi [ai] tovushi assonans hisoblanadi. "O'ylamagan o 'kinar" maqolidagi "o' " unlisi qo 'llanilishi assonans san 'ati deyiladi.

Ritm ya'ni qofiyadosh so'zlarning qo'llanilishi. Misol uchun: "East or west, home is best" Maqoldagi "east,west,best" so'zlari ritm hisoblanadi. "Har bir ishning chamasi bor, Har daryoning kemasi bor" maqolidagi "chamasi va kemasi" so'zlari qofiyadosh hisoblanadi. Ingliz maqollarida umumiy sintaktik sifat bu "balans" yoki "parallellizm"Balanslilik sifati ingliz maqollarida parallel sodda gaplar va ikkita predlogli frazalar qo'llanilishi orqali yasaladi. Misol uchun: "A bird in the hand is worth two in the bush" O'zbek tilida: "Do'st achitib gapirar, Dushman kuldirib gapirar". Takrorlash parallelism va balansni boshqa bir ko'rinishi hisoblanadi.

"Never say never". "Death's day is dooms day". O'zbek tilida "Do'st -do'stning oynasi", "Haromdan kelgan haromga ketar" Ellipsis- gapdagi elementlardan biri tushib qolishi. "Once bitten, twice shy" bu maqolning to'liq variantidagi odam - man tushirib qoldirilgan, "Bitta tishlagan odam,ikkinchi marta uyaladi" "Once bitten man shy to bite once more again" O'zbek tilida ham ellipsisga uchragan maqollar mavjud misol uchun: " Intilgan(odamga)ga tole' yor"; "Tili shirin (odam) -dushman, Dili shirin (odam)- do'st" Bundan tashqari ingliz maqollarining o'ziga xos xususiyatlaridan biri "jonlantirish'' san'ati qo'llanilishida.Misol uchun: "Hunger is the best cook". O'zbek tilida esa- "Zang temirni yemirar,g 'am odamni".

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

Ingliz maqollarining tuzilishi. "Fair" ning ta'kidlashiga ko'ra,Ingliz maqollarining ayrimlari alohida tuzlilish formulasiga ega. Ko'pchilik maqollarga xos bo'lgan quyidagi formulalarni ishlab chiqdi. 1.One X is worth a ot of Y Ya'ni (X) narsa ko'p (Y) qiymatga ega. -One picture is worth ten thousands words

-One volunteer is worth many pressed men. O'zbek tilida ham xuddi shunga o'xshash tuzilishga ega maqollar uchrab turadi. 1."Bilagi zo 'r-birni, Bilimi zo 'r-mingni yiqitar ". 2. Qayerda X bo 'lsa, Y o 'sha yerda -Where there is a will, there is a way -Where there is smoke, there is fire. O'zbel tilida esa: -Nur borki,soya bor.3. Once X always Yya'ni Bir marta X har doim

-Once a lady, always a lady. -Once a thief, always a thief -Once a copper, always a copper. -Once a priest, always a priest O'zbek tilida "Bo'rining har doim og'zi qon" ya'ni bo'ri yesayam,yemasayam har doim og'zi qon,yegan degan gumonda bo'lishi,bir marta o'g'rilik qilgan odam ham har doim o'g'rilikda gumonda bo'ladi. 4.LikeXLike Yya'niXni Yga o'xshatish haqida.

-Like father, like son. O'zbek tilida esa ma'nosi xuddi shunday lekin tuzulishida "o 'xshamoq " ya 'ni "like " so 'zi qatnashmagan maqollar uchraydi: "Ot o 'rnini toy bosar ";" Onasini ko 'rib qizini ol"

5.X is Y; ya 'ni X bu Y ga teng Time is money. Vaqt bu pul; Sog'lik-eng katta boylik 6. No X without Y ya 'ni X yo 'q bo 'lsa Y ham bo 'lmaydi. No rose without thorn. Shamol bo 'lmasa,daraxtning uchi qimirlamas.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Honeck, R. A proverb in mind: the cognitive science of proverbial wit and wisdom. - USA.: Lawrence Erlbaum, 1997. - 277p

2. Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. -T.: O'qituvchi, 1990. - 303b.

3. Karamatova K.M., Karamatov H.S. Proverbs-Maqollar- Пословицы. - T.: Mehnat, -2000. -398 b.

4. Marvin, D.E. Antiquity of Proverbs. - New York and London: G.P Putnam Sons, 1922. -103 p

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.