Научная статья на тему 'INGLIZ TILINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH'

INGLIZ TILINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aspekt / fantaziya / interaktiv / lingvistik qism / psixologik qism / metodik qism

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Lazokat Xusniddinxon Qizi Xasanxonova, Orasta Alisher Qizi Hamraqulova

Maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda talabalarni ingliz tiliga o‘rgatishning yo‘llari haqida fikr yuritilgan. Asosiy e’tibor tinglab tushunish, uyda mutolaa kilish kabi aspektlarga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INGLIZ TILINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

INGLIZ TILINI O'QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Lazokat Xusniddinxon qizi Xasanxonova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi

Ilmiy rahbar: Orasta Alisher qizi Hamraqulova

Fakultetlararo chet tillar kafedrasi Chirchiq davlat pedagogika universiteti

ANNOTATSIYA

Maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda talabalarni ingliz tiliga o'rgatishning yo'llari haqida fikr yuritilgan. Asosiy e'tibor tinglab tushunish, uyda mutolaa kilish kabi aspektlarga qaratilgan.

Kalit so'zlar: aspekt, fantaziya, interaktiv, lingvistik qism, psixologik qism, metodik qism

Odatda, o'qituvchi xorijiy tilni o'rgatish, o'qitish usulini o'zi tanlaydi. O'qitishning mazmuni deyarli o'zgarmaydi, ammo uni talabalarga yetkazish usuli o'zgarishi mumkin. O'qitishning bir qancha usullari mavjud. Dars jarayonida quyidagi o'qitish usullaridan foydalanish mumkin. Masalan:

Ma 'ruza.

Misol keltirish.

Namoyish qilish.

Bahs-m unozara.

Savol-javoblar.

Bu usullar talabalar bilan muloqot qilish, shuningdek, qo'yilgan maqsadga yo'naltirilgan fikrlarni yoritish usuli yoki shaklidir. O'qituvchi muayyan vaziyat yoki dars uchun mos usulni tanlay bilishi kerak. O'qitishning mos va samarali usulini tanlash uchun bir qancha omillarni hisobga olish zarur.

Talabalarning soni.

Muayyan vaziyat.

Usulning qo 'yilgan maqsadga mos kelishi.

Agar biror matn muhokama qilinsa, talabalarni kichik guruhlarga bo'lib, jamoa yo'li bilan bahs-munozara o'tkazish maqsadga muvofiqdir. Bu usulda texnik vosita -audioyozuvlardan foydalanish mumkin. Usullarni qo'llaganda vaqtni doimo hisobga olish zarur. Aqliy hujum (Brain storming) usuli. Ushbu usul talabalarning faol

April 23-24, 2024

188

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

ishtiroki hamda ularning bilim saviyalari darajasini namoyon qiladi. Bu talabalarni g'oyalar o'ylab topishga undaydi, erkin muloqotda bo'lish imkonini beradi va natijada ancha fikrlar to'planadi. O'qituvchi esa jarayon mobaynida nazoratchi hisoblanadi. Talabalarning g'oyalari unchalik muvaffaqiyatli bo'lmasa-da, o'qituvchi ularni tanqid qilishi mumkin emas. Aksincha, talabalarning ijodiy tafakkuri rag'batlantirib borilishi zarur. Dars tez berilgan javoblarni rag'batlantirish, ularni to'ldirish, talabalarni baholash bilan yakunlanadi.

Savol-javoblar va rasmli o'yinlar (Discussion) usuli darslarni yanada mazmunli va qiziqarli o'tishga imkon beradi. Talaba xato qilishdan qo'rqmay, erkin o'z fikrini ayta olishi kerak. Bunday muhit darsda hosil qilinishi lozim. O'yin orqali o'qitishning texnologiyasida talabaning vazifalari quyidagilardan iborat:

1. Kutiladigan javoblar va e'tirozlarni o'ylash.

2. O'z bilimiga ishonish.

O'yinning ahamiyati shundaki, o'qituvchida talabalarni ular erkin holda faoliyat ko'rsatayotgan paytda kuzatish imkoniyati bo'ladi. Natijada talabalarning faolligi, fantaziyalari, ijodiy qobiliyatlari, ishchanliklari, jamoada o'zini tutishlari haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lish mumkin. Talabalar bir nechta guruhlarga bo'linadilar. Guruhlarning har bir a'zosi o'z vazifalarini aniq bilishlari kerak. O'yinning vaqti cheklangan bo'lishi, u yakunlangach esa o'yin natijalari tahlil qilinishi lozim. O'yin orqali o'qitish texnologiyalari ham o'quvtarbiyaviy jarayonda talabalarning chuqur bilim olishiga keng imkoniyatlar yaratib beradi. Ingliz tilini o'rgatishda talabalarni qiziqtirib o'qitish va bilimlarni to'liq o'zlashtirishlariga erishish zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Ingliz tilini o'qitish usullaridan yana biri - zamonaviy interaktiv usulidir. Usul mazmuniga ko'ra, darsda yangi grammatik mavzu e'lon qilinib, o'qituvchi uni turli yo'llar, ya'ni doskaga har xil chizmalar chizish, harakatlar bilan ko'rsatish, avvalgi o'tilgan mavzu bilan taqqoslash bilan tushuntirishi, mustahkamlovchi savollar bilan talabalarni fikrlashga jalb etishi lozim. Fonetik mashg'ulotlarda esa, asosan, audiomatndagi qisqa suhbatlar tinglanib, ushbu audiomatndagi suhbatga aynan mos bo'lgan, so'zlari tushirib qoldirilgan qog'ozdagi matn to'ldiriladi. Talabaga berilgan matn bilan audiomatndagi suhbat bir xil bo'ladi. Matn o'ta ziyraklik bilan tinglanib, yangi iboralarni yodda saqlab qolgandagina, talaba shartni muvaffaqiyatli bajarishi mumkin. Bunda tinglab tushunish orqali og'zaki nutq, ko'nikma va malakalar shakllanib boradi. Tinglab tushunish o'qish jarayoni bilan chambarchas bog'liqdir. Tinglovchi o'qigan so'zlarini yaxshi eslab qoladi va tinglaganida yaxshi tushunadi. Tinglab tushunishni o'rgatishning mazmunini G.V.Rogova uch qismga bo'ladi:

April 23-24, 2024

189

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

1. Lingvistik qism. Bunga til va nutq materiali kiradi.

2. Psixologik qism. Bu ovozli nutqni tinglash, tushunish malaka va ko'nikmasini hosil qilishdir.

3. Metodik qism. Tinglovchilarga tinglash usullarini o'rgatish hamda tinglab tushunish texnologiyasi orqali qonun-qoida, tamoyillar, metodlar, vositalar orqali o'rgatish amalga oshiriladi.

O'qitish jarayonida tinglab tushunish ustida ishlaganda, kundalik yangiliklar, tili o'rganilayotgan mamlakat xalqlari hayoti, madaniyati, tarixi haqida matnlarning bo'lishi tinglovchilarning qiziqishlarini yanada orttiradi. O'qituvchi tinglab tushunishni o'rgatayotganida, ya'ni tinglovchi notanish mazmundagi nutqni tinglaganida quyidagilarga e'tibor berishi zarur:

1. Ayrim so'zlarni, gaplarni, jumlalarni tushunish (fragmenting comprehension).

2. Hamma dalil-fikrlarni to'liq tushunish (comprehension in details).

3. Asosiy dalil-fikrlarni yuzaki tushunish (overall comprehension).

4. Tanqidiy tushunish (critical comprehension).

O'qituvchi eshittirish uchun matn tanlaganida, tinglovchilarning yoshi, bilim darajasi, o'zlashtirishlarini hisobga olishi zarur. Misol uchun, biror notanish matn tanlanadi. Matndagi notanish so'zlar, iboralar matn sarlavhasi doskaga yoziladi. Matn yuzasidan savol-javoblar ham o'tkazilishi mumkin.

Keyingi uslub kichik grammatik testlarni topshirish bo'lib, u ikki guruhga bo'lingan holda olib boriladi. Birinchi guruh vakili biror (uyga vazifa qilib berilgan) so'zni o'zbek tilida aytadi. Ikkinchi guruh vakili doskaga chiqib, dastlab so'zning inglizcha tarjimasini aytadi, keyin so'zni harf va transkripsiyadagi shaklini yozib ko'rsatadi. Bu jarayon shu tariqa davom etadi. Dars nihoyasida doskada bexato yoza olgan talabalar rag'batlantiriladi. Shuni aytish joizki, o'qituvchi dars davomida vaqtni to'g'ri taqsimlay olishi; dars boshida o'tilgan mavzularni mustahkamlashi; har bir darsda yangi usullarni qo'llashi; har bir dars uchun mos tarqatma materiallardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir.

Xulosa qilib aytganda, ingliz tilini o'qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish talabalarning og'zaki nutq, tinglab tushunish, yozuv, o'qish ko'nikmalarini o'stirishga va erkin muloqot qilishlariga amaliy yordam beradi.

REFERENCES:

1. Hoshimov O'., Yoqubov I. Ingliz tili o'qitish metodikasi. - T.: "Sharq", 2003.

2. Charlotte Bronte. Jane Eyre. London, 1992. -P. 93-95.

190

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.