Научная статья на тему 'INGLIZ TILINI O‘QITISHDA TALABALARNING MATN BILAN ISHLASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH'

INGLIZ TILINI O‘QITISHDA TALABALARNING MATN BILAN ISHLASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
interfaol ta’lim / kasbiy kompetensiya / chet tili / matn bilan ishlash / metod.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Isroilova Baxtijon Baxrom Qizi, Isaqulova Baxtigul Xo‘Jamovna, Nizomova Mohinur Baratovna

Ushbu maqolada ta’lim dargohlarida chet tillarini o‘qitishning nazariy asoslari, ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitish davr talabi hamda interfaol ta’lim metodlari talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi omil sifatida ko‘rib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INGLIZ TILINI O‘QITISHDA TALABALARNING MATN BILAN ISHLASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH»

INGLIZ TILINI O'QITISHDA TALABALARNING MATN BILAN ISHLASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH

*Isroilova Baxtijon Baxrom qizi, 2Isaqulova Baxtigul Xo'jamovna, 3Nizomova Mohinur

Baratovna

^'Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalsh muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Ingliz tili" kafedrasi mudiri 2Pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Ingliz tili" kafedrasi katta

o'qituvchisi

3Dotsent, filologiya fanlari falsafa doktori, Qarshi davlat universiteti "Amaliy ingliz tili"

kafedrasi mudiri https://doi.org/10.5281/zenodo.11217705

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'lim dargohlarida chet tillarini o'qitishning nazariy asoslari, ta'lim muassasalarida chet tillarini o'qitish davr talabi hamda interfaol ta'lim metodlari talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi omil sifatida ko'rib chiqiladi.

Kalit so 'zlar: interfaol ta 'lim, kasbiy kompetensiya, chet tili, matn bilan ishlash, metod.

KIRISH

Bo'lajak yoshlarimizni ham ta'limiy, ham tarbiyaviy jihatdan rivojlantirish, ularni mehr-muruvvatga, ezgulik va to'g'rilikka o'rgatish ustozlardan katta mas'uliyat talab etadi. Ayni paytda, horijiy tillarini o'rganishga ishtiyoqi baland bo'lgan talabalarning chuqur bilimga ega bo'lishlari va zaruriyat taqozo etgan vaziyatlarda ularning o'rganayotgan tilda erkin fikr yuritish malakalarini ta'minlash ishiga astoydil kirishishimiz zarur.

Ta'lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni joriy etish dolzarb muamolarlardan biri hisoblanadi. Yoshlarga ta'lim-tarbiya berish jarayonida ma'naviy-intellektual rivojlantirish sifatlarini aniqlashning aniq maqsadi va vazifalari pedagog va metodistlar tomonidan ishlab chiqilgan. Shunga qaramay, hozirgi kunda pedagogik texnologiyalardan foydalanib, talabalar bilimini tez va oson ko'p vaqt ketkazmay baholash yo'llarini izlab topishga intilish davom etmoqda.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Nutq faoliyatining obektlari matnlar, til materiali, nutq malakalari (tinglab tushunish (listening comprehension - LC); o'qib tushunish (reading comprehension - RC); fikrni yozuvda ifoda etish (essay writing - Ew); suhbatlashish (communicational English - CE) hisoblanadi.

Tilning tarkibiy qismlari leksika, grammatika, talaffuz (fonetika)dan iborat. Til materiali passiv va aktiv qismlardan iborat. Passiv bilim - til strukturasiga oid manbani talaba tushunganligini va yozuv yoki kompyuter monitorida bu bilimning o'zlashtirilishini nazorat qilish maqsadida yaratilagan maxsus mashqlarni bajarishini taqozo etadi. Aktiv bilim passiv bilimni barcha nutqiy ko'nikma va malakalarida qo'llanishidir.

Nutqiy malakalarni talabalarga singdirish ingliz tili o'rgatishning asosiy obekti hisoblanadi. Malaka hosil qilish uzluksiz, o'quv xonasida va o'quv xonasidan tashqarida maxsus mashqlar olib borish orqali amalga oshirilishi ko'zda tutilgan.

Tinglab tushunish malakalarini o'stirish "o'qituvchi-talaba", "talaba-talaba", "texnik vosita (audio yoki videomatn)- talaba" shakllarida olib boriladi.

Gapirish malakalarini o'stirish darsda va darsdan tashqarida olib borilishi mumkin. Darsdagi ish "o'qituvchi - talaba", "talaba -talaba", o'qituvchi nazorati ostida lingafon xonasida "talaba-texnik vosita" shaklida olib borilishi maqsadga muvofiqdir.

O'qib tushunish malakalarini o'stirish kundalik ingliz tili va mutuxassislikka oid ingliz tilidagi mavzular doirasida amalga oshiriladi. O'qib tushunish ko'nikmalarini hosil etishga qaratilgan vazifalar gapirish va yozuv malakalarini ham o'stirishga qaratilgandir.

Fikrni yozuvda ifodalash qadam-baqadam olib boriladi. Ta'limning boshlang'ich bosqichida gaplarni erkin ko'chirish turidagi vazifa ko'proq qo'llanilsa (freewriting), talaba ingliz tili materiali bilan to'liqroq tanishgani sari, 1-2 marta o'qib berilgan matnlarni yozuvda ifodalash (bayon yozish), ma'lum mavzuga oid insho, erkin insho kabi vazifalar kiritib boriladi. Bunda gapni aktual bo'laklarga ajratish nazariyasi, paragraf tuzilishi, sarlavha kabi matnlar nazariyasiga oid ma'lumot tinglovchilarga tushuntirib berilishi lozim. Fikrni yozuvda ifodalash malakalariga xat yozish malakasini hosil qilish ham kiradi. Interfaol usullarda muammoli, hayotiy vaziyatlardan foydalanish juda yaxshi natijalar beradi. Baxsli, muammoli vaziyat-insonning faoliyati davridagi fikrlash natijasiga bog'liq bo'lib qoladigan murakkab holatga yoki sharoitga tushib qolishidir. Bunday holatda u hodisa yoki jarayonni qanday izohlashni bilmaydi. Baxsli, muammoli vaziyatlar talabalarning aqliy kuchini zo'riqtiradi, vaziyatni oydinlashtirish uchun yo'llar qidira boshlaydi. Qiyinchiliklar bilan to'qnashadi. Odam muammo bilan yuzma-uz (to'qnash) kelgandagina fikrlay boshlaydi. O'zida mavjud bilimlar bilan fikrlab amallar bajara boshlab, saviyasiga mos darajadagi xulosalarga kela boshlaydi.

Talabalar o'zlari bajargan, topshiriqlarni qanday qilib bajarganligini aytib, tushuntirib bera olishlari lozim. Qanday o'ylagani, fikrlagani haqida gapirib bera olishlari kerak. Muammoni hal qilish jarayonidagi tushunmay qolgan o'rinlarini o'z so'zlari bilan ifodalab bera olishi, o'rgatuvchi uchun juda muhimdir.

Interaktiv usulda o'tiladigan darslar talabaning ta'lim mazmunini o'zlashtirishi, ayni paytda o'zining tanqidiy va mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga turtki beradi. Dars jarayonida birorta ham talabaning e'tibordan chetda qolmasligiga harakat qilinadi. Ular ko'rgan, bilgan, o'ylagan fikrlarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Bu interaktiv darslarni tashkil etishning samaradorligini ta'minlaydi. Zero o'qituvchi va talaba hamkorligi dars mazmunining chuqurroq o'zlashtirilishiga sabab bo'ladi. Bunday vaziyatlar o'zaro samimiylikni ta'minlaydi, yangi bilimlarni o'zlashtirishga havas uyg'otadi. Pedagogik texnologiyalarning darsning texnologik xaritasi, interfaollik vositalari, interfaol dars ishlanmasining sxemasi, kichik guruhlarda ishlash xonasi komplektlash usuli, interfaol texnologiyalardan namunalar, aqliy hujum, bumerang texnologiyasi va uni o'tkazish bosqichlari, muloqot treningi va uni o'tkazish bosqichlari, blits-so'rov texnologiyasi, blits-o'yin texnologiyasi va uni o'tkazish bosqichlari, bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun metodi, talabalarning mustaqil tayyorgarligidan keyingi leksiya, ajurli arra metodi, sinektika metodi, dumaloq stol metodi, ruchka stol ustida metodi, rotatsiya metodi, galereyani aylanish metodi, qor bo'ron metodi, asalari galasi metodi, dumalovchi qor uyumi metodi, sindikat metodi, akvarium metodi, raqamlar metodi, skarabey texnologiyasi, Veyer texnologiyasi, delfi texnologiyasi, T-jadval texnologiyasi, SWOT- tahlil jadvali, Nima uchun?- sxemasi, insert texnologiyasi, bilaman, bilishni xohlayman, bilib oldim metodi, zigzak metodi, Venn diagrammasi, tarmoqlar (klaster) metodi, davra suhbatlar, davralar metodi, mojora metodi, munozara metodi, munozaralar o'tkazish texnologiyasi, munozara leksiya metodi, Keys-stadi texnologiyasi kabi turli xil metodlar va texnologiyalar mavjud bo'lib, ushbu

metodlardan darsda samarali foydalanish talabalarda chet tilini o'rganishga bolgan qiziqishning yanada oshishiniga va yangi mavzuni oson o'zlashtirishlariga sabab boladi.

XULOSA VA MUNOZARA

O'qitish jarayonida matn turlarini o'rganish yo'llarini, muomila qilish va boshqarish shakllarini tanlash muhim. Kompyuter orqali o'qitish o'quvchining qobiliyatlari, hohish-irodasi, harakatchanligiga mos bir maromda kursni o'zlashtirishga zamin yaratadi. Internetda o'quv materiali gipermatn ko'rinishida bo'lib, o'quvchi bilim darajasiga qarab, istagan qismidan boshlab materialni o'rganish mumkin. Har qanday darajadagi o'quv materiallarida Internetning muhim xususiyati uning interaktiv rejimiga ega ekanligida ko'rinadi.

Umumlashtirib aytadigan bo'lsak, yuqorida qayd etilgan barcha fikrlar chet til o'qitishda o'rgatishda Internetdan foydalanishning muhimligini tasdiqlaydi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -Toshkent, O'zbekiston, 2017. - 488 b.

2. Hasanboyev J. va boshq. Pedagogika nazariyasi (Didaktika): Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. - Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2011. - 420 b.

3. Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob / Metodik qo'llanma. U.I.Inoyatov, N.A.Muslimov, M.Usmonboyeva, D.Inog'omova. - Toshkent: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2012. - 193 bet.

4. Muslimov N.A va boshqalar. Web texnologiya asosida elektron axborot ta'lim resurslarini yaratish va ularni amaliyotga joriy etish. O'quv-metodik qo'llanma. - T.: "Sano-standart", 2015. - 120 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.