Научная статья на тему 'CHET TILINI O’QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING LOYIHA METODIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI'

CHET TILINI O’QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING LOYIHA METODIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
26
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsiya / insoniylashtirish / shaxsga yo’naltirilgan ta’lim / modernizatsiya / loyiha metodi / tadqiqot / mantiqiy fikrlash / ijodiy fikr yuritish / innovation / humanization / person-oriented education / modernization / project method / research / logical thinking / creative thinking

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mirsagatova, Umida Zaxidovna

Maqolada zamonaviy ta’lim tizimida innovatsion texnologiya turlaridan foydalanishning afzalliklari, ta’limni insoniylashtirish, texnika yo’nalishida o’qiyotgan talabalarning chet tilini o’rganishlarida loyiha metodikasining samaradorligi ,uning turlari, loyihalarning bajarilishida o’qituvchining roli haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECTIVENESS OF USING THE PROJECT METHOD OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN TEACHING A FOREIGN LANGUAGE

The article talks about the advantages of using innovative technologies in the modern education system, the humanization of education, the effectiveness of the project methodology in foreign language learning for technical students, and the role of the teacher in the implementation of projects.

Текст научной работы на тему «CHET TILINI O’QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING LOYIHA METODIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4(01), Jan., 2024

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7 www.oriens.uz

CHET TILINI O'QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING LOYIHA METODIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI

Umida Zaxidovna Mirsagatova

Toshkent kimyo-texnologiya instituti "O'zbek tili va professional ta'lim" kafedrasi dotsent v.b. Toshkent sh, O'zbekiston E-mail: [email protected] ORCID 0000-0001-9525-8204

ANNOTATSIYA

Maqolada zamonaviy ta 'lim tizimida innovatsion texnologiya turlaridan foydalanishning afzalliklari, ta'limni insoniylashtirish, texnika yo'nalishida o 'qiyotgan talabalarning chet tilini o 'rganishlarida loyiha metodikasining samaradorligi ,uning turlari, loyihalarning bajarilishida o 'qituvchining roli haqida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: innovatsiya, insoniylashtirish, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim, modernizatsiya, loyiha metodi, tadqiqot, mantiqiy fikrlash, ijodiy fikr yuritish

ABSTRACT

The article talks about the advantages of using innovative technologies in the modern education system, the humanization of education, the effectiveness of the project methodology in foreign language learning for technical students, and the role of the teacher in the implementation ofprojects.

Key words: innovation, humanization, person-oriented education, modernization, project method, research, logical thinking, creative thinking

KIRISH

O'zbekiston ta'limini modernizatsiya qilish, milliy ta'limning eng yaxshi an'analarini saqlash va rivojlantirish zarurati o'quvchi uchun ta'lim tizimiga, shu jumladan o'liy ta'limga jiddiy o'zgarishlar kiritadi.

Zamonaviy jamiyat bilimli, malakali, harakatchanligi, faolligi, konstruktivligi bilan ajralib turadigan, o'z vatanining haqiqiy vatanparvarlari, boshqa mamlakatlar va xalqlarning madaniyati, fan yutuqlari, an'analarini hurmat qiladigan mutaxassislarga muhtoj. Shu munosabat bilan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni insoniylashtirish zarur, bu yerda asosiy rol ta'limini modernizatsiya qilishga qaratilishi kerak. Insonparvarlik g'oyalariga yo'naltirilganlik shaxs manfaatlarining ustuvorligini, o'qishda ijodiy muhitni yaratish va o'quvchilarning umumiy madaniy rivojlanishini ta'minlashni nazarda tutadi. Ta'lim jarayonining eng muhim qismi o'qituvchi va

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

o'quvchi o'rtasidagi shaxsga yo'naltirilgan o'zaro ta'sir bo'lib, bu asosiy tendentsiyalarni o'zgartirish va ta'lim texnologiyalarini takomillashtirishni talab qiladi. Aynan chet tillarini o'rganish ta'limni insoniylashtirishning eng muhim vositalaridan biri sifatida qaralishi mumkin.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Axborot jamiyatida bilim va malaka inson hayotida birinchi o'rinda turadi. Jahon ilm-fani taraqqiyotidan xabardor bo'lish uchun mualliflar tilidagi birlamchi manbalarni o'rganish zarur. Shuning uchun ham chet tilining ahamiyati va unga bo'lgan talab ortib borishi o'rganish mazmuni, maqsadi va dinamikasiga o'z ta'sirini o'tkazdi.

XXI asrda ta'limni jadallashtirish va modernizatsiya qilish shaxsni intellektual va hissiy jihatdan ijodiy tarbiyalash maqsadini ko'zlaydigan innovatsion texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Bunday innovatsion texnologiyalarga rivojlantiruvchi ta'lim, loyihalash, muammoli ta'lim, darajalarni farqlash, test tizimi, o'yinlar asosida o'qitish, chet tili madaniyatiga sho'ng'ish, hamkorlikda o'qitish, o'z-o'zini tarbiyalash va avtonomiya, integratsiya, shuningdek, sog'liqni saqlovchi, tadqiqot , axborot-kommunikatsiya va shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalar kiradi. Bunday qo'yilgan maqsadlarda o'rgatuvchi universal harakatlar ta'lim standartining etakchi tarkibiy qismlaridan biridir. Bu yoshlar aqliy rivojlanishining tarkibiy qismlaridan biri uning dunyoning ilmiy manzarasini shakllantirishni, intellektual faoliyatini boshqarish qobiliyatini, o'rganishning metodologiyasi, strategiyasi va usullarini egallashini nazarda tutadigan, mantiqiy, ijodiy fikrlashni, samarali tasavvurni, xotirani, diqqatni, fikrlashni rivojlantirish bilan izohlanadi. Shu munosabat bilan o'rganishning universal harakatlariga quyidagilar kiradi:

- axborotni ajratib olish;

-bilimlar tizimida harakat qilish va yangi bilimlarga bo'lgan ehtiyojni anglash qobiliyati;

-yangi bilimlarni izlash uchun axborot manbalarini oldindan tanlash qobiliyati.

Muammoli ta'lim texnologiyasi bilim va ko'nikmalarni tanqidiy qayta ko'rib chiqish va oshirish orqali o'rganish va ijodiy muammolarni mustaqil hal qilishni o'z ichiga oladi; va talabalarda o'rganishning universal harakatlarini shakllantirish shartlarini amalga oshirishga imkon beradi, dular: muloqotda birgalikda ijod qilish muhitini yaratish, talabaning hissiy sohasini qo'shish, o'quvchining shaxsiy qiziqishi, haqiqatni birgalikda izlash, o'zini o'zi baholash, o'z-o'zini tuzatish, o'z- o'zidan qoniqish.

Chet tillarini o'qitish jarayonida talabalarni faollashtirish usullaridan biri bu loyihalash (loyiha usuli), talaba o'z loyihasini mustaqil ravishda rejalashtirgan,

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

yaratgan va himoya qilganda, ya'ni kommunikativ faoliyat jarayonida faol ishtirok etadi.

O'quv loyihasi - bu muhim muammoni amaliy yoki nazariy hal qilish maqsadida talabalar tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladigan qidiruv, tadqiqot, hisoblash, grafik va boshqa turdagi ishlar majmuasidir.

Loyiha metodikasining asosiy maqsadlari:

1) talabalarning o'zini namoyon qilish va o'zini o'zi takomillashtirish, o'quv motivatsiyasini oshirish, o'rganishga bo'lgan qiziqishni rivojlantirish;

2) olingan bilim va ko'nikmalarni amaliyotga tatbiq etish, nutqni rivojlantirish, tadqiqot materialini asosli taqdim etish, bahs-munozaralar o'tkazish qobiliyati;

3) madaniyat, bilim, ijtimoiy yetuklik darajasini ko'rsatish.

Loyihalarning turlari:

1) rolli o'yinlar, dramatizatsiya, instinirovka (ertaklar, teleko'rsatuvlar, bayramlar, musiqiy tomoshalar va boshqalar)

2) tadqiqot (mamlakatshunoslik, ilmiy bilimlarni umumlashtirish, tarixiy, ekologik va boshqalar)

3) ijodiy (insholar) , tarjima, stenariylar, devoriy gazetalar va boshqalar)

4) multimedia taqdimotlari.

Loyihani tayyorlashda odatda qanday axborot manbalaridan foydalaniladi? a) kitoblar; b) davriy nashrlar; c)Internet; d) o'qituvchi va boshqalar;

Men o'z darslarimda loyihaning tadqiqot turidan samarali foydalanib kelmoqdaman. Bizning texnika oily o'quv yurtimizda chet tilini sohaga yo'naltirib o'qitish metodikasi keng yo'lga qo'yilgan. Har bir ta'lim yo 'nalishi bo'yicha 1-kurs talabalariga o'zlarining sohalarida olib borilayotgan tadqiqotlar bo'yicha loyiha tayyorlash vazifasi yuklatiladi. Bu vazifani ular albatta mutaxassislik kafedrasidagi ixtisoslikka kirish fani o'qituvchilarining maslahatlari asosida bajaradilar. Loyihani bajarish jarayonida talabalar internet resurslariga ham murojaat qiladilar. O'z ona tilida olingan ma'lumotlarni loyiha ishtirokchilaridan biri tarjima qiladi. So'ngra ushbu to'plangan ma'lumotlar asosida taqdimot tayyorlanadi. Ushbu loyihani bajarish uchun shakllantirilgan guruh a'zolarining til bilish darajasi turlicha bo'lishi mumkin, lekin loyihani tayyorlashda ularning barchisi uchun bajariladigan ish taqsimlab beriladi. Bunday loyihalarni bajarishning afzalliklaridan biri shuki, 1-kurs bo'lishiga qaramasdan, talabalar o'z mutaxassislik kafedralari bilan aloqa o'rnatish, u yerda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bir oz bo'lsada tanishish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Loyiha usuli lingvistik va intellektual qobiliyatlarni, tilni o'rganishga barqaror qiziqishni va mustaqil o'qish zaruriyatini rivojlantirishga yordam beradi. Oxir oqibat,

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

kommunikativ kompetentsiyaga, ya'ni ma'lum darajadagi lingvistik, mintaqaviy, ijtimoiy-madaniy bilimlar, muloqot qobiliyatlari va xorijiy tillarda muloqot qilish imkonini beradigan nutq ko'nikmalariga erishishni nazarda tutadi.

Zamonaviy ta'limda loyiha usulidan foydalanishni tahlil qilib, shu fikrga keldimki, bu chet tillarini o'rganishni rag'batlantirishning eng kuchli usullaridan biri, faoliyatning eng ijodiy turi, chunki barcha talabalar qobiliyatlari va til bilish darajasidan qat'iy nazar loyiha ustida ishlashda ishtirok etadilar. Ular olingan bilimlarni amalda qo'llaydilar va nutqiy bilim va ko'nikmalarini rivojlantiradilar, ijodiy qayta fikr yuritadilar va uni ko'paytiradilar. Bundan tashqari, ushbu texnologiyaning muammoli tabiati hamda shakl va turlarining xilma-xilligi fanlararo aloqalarning mavjudligini nazarda tutadi, bu esa talabaga o'zi yashayotgan dunyo, hodisalar va ob'ektlarning munosabatlari, o'zaro yordam, moddiy va badiiy madaniyatning xilma-xilligi haqida yorqin tasavvurga ega bo'lishga imkon beradi. Asosiy e'tibor xayoliy tafakkurni rivojlantirishga, sabab-natija munosabatlari va hodisalar mantiqini tushunishga, nafaqat talabalarning, balki o'qituvchilarning ham o'zini o'zi anglashi va o'zini namoyon qilishiga qaratiladi.

Loyiha metodikasi o'qituvchidan puxta tayyorgarlik, kasbiy mahorat va bilimdonlikni talab qiladi. O'quv faoliyati samaradorligining asosiy shartlaridan biri bu o'zaro tushunish, ishonch, ijodkorlik muhiti va talabalarining bilim faolligini rag'batlantirishdir.

Zamonaviy tushunchada ta'lim loyihasi - bu muayyan ko'nikmalarni hosil qilish va rivojlantirishga imkon beradigan rivojlanish, o'qitish va tarbiyalashning integratsiyalashgan didaktik vositasi:

1) muammoni hal qilish,

2) rejalashtirish,

3) o'z-o'zini tahlil qilish va mulohaza yuritish,

4) taqdimot,

5) tadqiqot ishlari.

Loyiha metodikasidan foydalanish o'quv jarayonini insoniylashtirishning tarkibiy qismlaridan biridir, chunki turli darajadagi til tayyorgarligi bo 'lgan talabalar loyiha ishida o'z imkoniyatlariga muvofiq qatnashadilar. Menimcha, guruh loyihalari bilan bir qatorda, ayniqsa, yakuniy darslarni tayyorlashda individual topshiriqlardan foydalanish kerak - bu chet tilini chinakam kommunikativ o'qitish uchun noyob imkoniyatdir. Bunday darslar o'quvchilarning stress va charchoqlarini ketkazadi, bilimga qiziqishni keskin oshiradi, o'quvchilarning tasavvurini, tafakkurini, nutqini, xotirasini rivojlantiradi va dastur materiali doirasida deyarli har qanday mavzuda o'qitilishi mumkin.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Loyiha metodikasidan foydalangan holda quyidagi vazifalar hal qilinadi:

- talabalarning dunyoqarashi kengayadi,

- leksik va grammatik material mustahkamlanadi,

- o'qituvchi turli mavzulardagi taqdimotlar va video loyihalar bilan uslubiy to'plam yaratadi.

Shunday qilib, loyiha usuli nafaqat ta'lim vazifalarini, balki ijtimoiy-madaniy, ma'rifiy, ta'lim jarayonini insoniylashtirish vazifalarini ham amalga oshirishga imkon beradi.

Natijalar yaqqol ko'rinib turibdi: ushbu uslub mavzuni chuqur o'rganishga imkon beradi, talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, muloqot qilishni, grammatik tuzilmalardan foydalanish qobiliyatini o'rgatadi va chet tilida suhbat o'tkazish qo'rquvi yo'qoladi. Bundan tashqari, loyiha texnologiyasi o'qituvchilar uchun samarali va qiziqarli, chunki u o'z talabalari bilan birga tadqiqot ishlarida ishtirok etadigan ijodiy shaxs sifatida o'zini namoyon qilishiga yordam beradi. Albatta, loyiha barcha muammolarga davo emas, lekin bu chet tilini o 'rgatishda oldinga qadamdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Балина Т.И. Как можно применять метод проектов на уроках русского языка и литературы. Молодой учёный. -2014y. 4-son. 1189-1192b.

2. Бим И.Л .Личностно- ориентированный подход -основная стратегия обновления школы. Иностранные языки в школе.-2002-2-son.11-15 b.

3. Великанова А.В. Компетентностно-ориентированный подход к образованию. 2-son, Самара: Профи, 2007- 92b.

4. Полат Е.С. Метод проектов на уроках иностранного языка. Иностранные языки в школе. -2000- 2- son 3-10b.

5. Палагутина, М. А. Инновационные технологии обучения иностранным языкам. Проблемы и перспективы развития образования : 1 - Xalqaro ilmiy konferensiya materiallari ( Perm sh. , 2011 y. ).

6. Проектная деятельность в информационной образовательной среде 21 века: O'quv qo'llanma - 10 nashr - M,: "Современные технологии в образовании и культуре", 2009y.

7. Умарова, Н. Р., & Бахрамова, М. М. (2022). "АЁЛ" КОНЦЕПТИНИНГ АССОЦИАЦИЯЛАРИ (Концептнинг ижтимоий, жисмоний, шахсий сифатлари). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10), 24-32.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

8. Умарова, Н. Р., & Бахрамова, М. М. (2022). ИССЛЕДОВАНИЕ КОНЦЕПТА КАК МНОГОМЕРНОГО МЕНТАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(6), 871-877.

9. Bahromova, M. M. (2023). "АУОи' КОКЗЕРТОЗЕЕКАЗГОА GENDER МиКОЗАВАТЬАММКа IFОDАLАNISHI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (9), 513-518.

10. Таштемирова, Замира Сатвалдиевна , & Бахрамова, М.М. (2022). ЯЗЫКОВАЯ КАРТИНА МИРА КАК ОБЪЕКТ ЛИНГВИСТИЧЕСКОГО ИССЛЕДОВАНИЯ В ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (2), 548-553.

11. Rustamovna, U. N., & Madaminovna, В. M. (2022). THE STUDY OF THE CONCEPT AS A UNIT OF COGNITIVE LINGUISTICS. Modern Journal of Social Sciences and Humanities, 4, 66-69.

12. Бахрамова, М. М. (2021). МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЙ АППАРАТ ЭСТЕТИКИ И ФЕНОМЕН ИНФОРМАЦИИ. Актуальные проблемы современной науки, (4), 33-36.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.