Научная статья на тему 'INGLIZ TILIDAGI RAVISHLARNI TARJIMA QILISH'

INGLIZ TILIDAGI RAVISHLARNI TARJIMA QILISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
14
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sifat sо‘z turkumi / ravish sо‘z turkumi / shakl tushunchasi / mazmun tushunchasi / kontekstual ma’no / polisemantik sо‘zlar / Shakl va ma’no. / Adjective vocabulary / adverbial vocabulary / concept of form / concept of content / contextual meaning / polysemantic words / Form and meaning

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Maxmudova, Zulfiya Muxiddinovna

Ushbu maqolada bugungi kunda ingliz tilidagi ravishlarni tarjima qilish va har bir tilning о‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi asliyatda foydalanilgan grammatik shakllarni tarjima tiliga kо‘r-kо‘rona emas, balki ular vositasida ifoda etilgan muqobil shakllar yordamida vazifaviy qayta tiklashni taqazo etadi. Jumladan, bugungi kunda sifat va ravishlarning kо‘p ma’noliligi о‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida bir qator nomutanosibliklarni keltirib chiqaradi. Sifat va ravishlarni matndagi leksik va grammatik xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularni о‘quvchiga yetkazish jarayonida uchraydigan qiyinchiliklarni hisobga oladigan bо‘lsak bu mavzuni qanchalik muhimligi kо‘zga tashlanadi. Kо‘p ma’nolilik kategoriyasini tahlil qilish murakkab tadqiqot bо‘lib, bu borada tarjimonning yutuq va kamchiliklarini, о‘quvchilarga muqobil variantlar asosida yetkazishdagi tarjimaning turl xil yo’llari va tarjimada vujudga keladigan muammolarni qamrab oladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRANSLATION OF ENGLISH ATTITUDES

In this article, the translation of idioms in the English language today and the fact that each language has its own characteristics requires the functional reconstruction of the grammatical forms used in the original, not blindly to the translation language, but with the help of alternative forms expressed through them. For example, today, the multiple meaning of adjectives and adverbs causes a number of inconsistencies in the process of translation into Uzbek. Taking into account the lexical and grammatical characteristics of adjectives and idioms in the text, and taking into account the difficulties encountered in the process of conveying them to the reader, it becomes clear how important this topic is. Analyzing the category of ambiguity is a complex study, which covers the achievements and shortcomings of the translator, the different ways of translation and the problems that arise in translation.

Текст научной работы на тему «INGLIZ TILIDAGI RAVISHLARNI TARJIMA QILISH»

O

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(11), November, 2023

INGLIZ TILIDAGI RAVISHLARNI TARJIMA QILISH

Maxmudova Zulfiya Muxiddinovna

I. Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Amaliy ingliz tili kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bugungi kunda ingliz tilidagi ravishlarni tarjima qilish va har bir tilning o 'ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi asliyatda foydalanilgan grammatik shakllarni tarjima tiliga ko'r-ko'rona emas, balki ular vositasida ifoda etilgan muqobil shakllar yordamida vazifaviy qayta tiklashni taqazo etadi. Jumladan, bugungi kunda sifat va ravishlarning ko'p ma'noliligi o'zbek tiliga tarjima qilish jarayonida bir qator nomutanosibliklarni keltirib chiqaradi. Sifat va ravishlarni matndagi leksik va grammatik xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularni o'quvchiga yetkazish jarayonida uchraydigan qiyinchiliklarni hisobga oladigan bo 'lsak bu mavzuni qanchalik muhimligi ko 'zga tashlanadi. Ko 'p ma 'nolilik kategoriyasini tahlil qilish murakkab tadqiqot bo 'lib, bu borada tarjimonning yutuq va kamchiliklarini, o 'quvchilarga muqobil variantlar asosida yetkazishdagi tarjimaning turl xil yo 'llari va tarjimada vujudga keladigan muammolarni qamrab oladi.

Kalit so'zlar: Sifat so 'z turkumi, ravish so 'z turkumi, shakl tushunchasi, mazmun tushunchasi, kontekstual ma 'no, polisemantik so 'zlar, Shakl va ma 'no.

ABSTRACT

In this article, the translation of idioms in the English language today and the fact that each language has its own characteristics requires the functional reconstruction of the grammatical forms used in the original, not blindly to the translation language, but with the help of alternative forms expressed through them. For example, today, the multiple meaning of adjectives and adverbs causes a number of inconsistencies in the process of translation into Uzbek. Taking into account the lexical and grammatical characteristics of adjectives and idioms in the text, and taking into account the difficulties encountered in the process of conveying them to the reader, it becomes clear how important this topic is. Analyzing the category of ambiguity is a complex study, which covers the achievements and shortcomings of the translator, the different ways of translation and the problems that arise in translation.

Key words: Adjective vocabulary, adverbial vocabulary, concept of form, concept of content, contextual meaning, polysemantic words, Form and meaning

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

KIRISH

Hozirgi kunda ingliz tilini o'rganishning ahamiyati O'zbekistonda avvalgiga qaraganda ancha yuqori bo'lib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi "Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-1875-son qarori chet tilini o'quv fan sifatida boshlang'ich ta'lim tarkibidan to'liq o'rin egallashi, chet tillarni o'rganishga qiziqishni kuchaytirish va xalqning o'rtacha ma'lumot darajasini o'stirish, umumiy madaniyatga talabning oshishi, xalqaro va madaniyatlararo hamkorlikka tayyorgarlikni shakllantirish kabi istiqboldagi vazifalarni amalga oshirishni ko'zda tutadi. Bir qancha ingliz tili mutaxassislari ingliz tilini o'rganishni yan gi metod va yo'llarini hayotga tadbiq qilishmoqda. Bu albatta chet tillarni o'qitish samaradorligini yanada oshiradi. Ingliz tilida sifat ravishlardagi ma'noni asosiy shakllari va muammolarini tahlili. Til insonlar o'rtasida aloqa o'rnatuvchi vosita hisoblanadi. Shakl va ma'no xususyatdagi nazariy muammolar Aristotel, Platon kabi faylasuflar yashagan davrlardan to hozirgi kunga qadar tilshunoslar, faylasuflar va fan arboblarini diqqat markazida bo'lib kelgan. Ingliz tili ko'p ma'noli so'zlarga boy til hisoblanadi. Matnda ko'p ma'noli so'zlarni ishlatilishi ularni qo'llanilishini nazarda tutib qolmasdan, matnni ta'sirchanligini oshirishga xizmat qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Sifat - predmetning rangi, hajmi, shakli , mazasi, xarakteri, psixik holati, o'rin yoki vaqtga munosabati kabi belgilarni anglatadi. Masalan qizil, katta, shirin, baland, yomon, sho'x, ertalabki kabilardir. Sifatlar anglatgan ma'nosidan kelib chiqqan holda asliy va nisbiy sifatlarga ajratiladi. Sifatlar ko'p ma'noligiga ko'ra bir qancha qiziqarli muammolarni kelib chiqishiga sabab bo'ladi va bunda asosan matndan kelib chiqadigan kontekstual ma'noga e'tibor qaratiladi. Millerning qayd etishicha "Sifatlar boshqa so'z turkumlaridan farqli o'laroq o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ular sinonim va antonimlar bilan aloqaga kirishganda tilning lug'at boyligini boyitishga xizmat qiladi". So'zlarda antonym va sinonimlar o'rtasidagi aloqa bir vaqtni o'zida vujudga keladi. Masalan "strong" sinonimlarning butun guruhini tashkil qiladi (sturdy, powerful, tough, etc) va u antonimik aloqasiga ko'ra "weak" bian o'zaro aloqaga kirishib guruhlarga ajratiladi (puny or frail). Sifatlar ko'plab ma'nolarda qo'llanilib, kontekstga bog'langan va moslashuvchanlik xususiyatiga ega. Misol tariqasida "light" sifatida faqatgina ikkita ma'no bog'lami mavjud. 1. yengil 2. yorug'. Ammo bu sifat bilan bogliq turlicha ma'nolarni ifodalovchi guruhlarga ajratamiz: " a ligt rain" "her light voice" "a light blue shirt" "a light lunch" "the light breeze" "a light white Wine" "a light sleep" "light injures" "light housework" "her light graceful step"

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Antonim haqida fikr yuritishda, uni qanday vaziyatda ishlatilishiga qarab fikr yuritiladi. Masalan "light" sifati antonimi "dark" bo'lib kelganda, uni "lighf'ning boshqa bir antonimi "heavy" dan ajratish kerak. Sifatlarni qanda tuzilganligi ham muhim ahamiyat kasb etadi ya'ni ularni otlar ishtiroki bilan tuzilishi asosiy tahlil vositasi hisoblanadi. Ushbu metodlar ko'p ma'noli sifatlarga oid ma'nolarni turlarga ajratishni taqozo etgan "Cobuild Dictionary"ni yaratilishiga sabab bo'lgan. Yana bir sifatlar o'rtasidagi ma'noni farqlash uni qanday gap bo'lagi vazifasida kelishini bilishdir. Masalan: My old girlfriend (attributive) My girlfriend is old (predicative).

Sifatlarda o'xshash ma'noni ajratish ham o'ziga xos jarayon hisoblanadi. Bunda dastlab o'sha ma'noni tushunishga harakat qilinadi, shuni qayd etish joizki ba'zi sifatlar ko'p ma'noli emasdek ko'rinadi. Masalan "lax" yoki "leaden" ko'p ma'nolidek ko'rinmasada, ammo ularning beshdan ortiq ma'nolari bor. Misol uchun: 1)"lax" sifati quyidagi ma'nolarga ega:

1.kuchsiz, zaif

2. nomukammal,talabga javob bermaydigan

3.bo'shashgan 4.bo'sh (idishga nisbatan)

5. qa'tiyatsiz

2) "leaden" sifati esa quyidagi ma'nolarga ega:

1. qo'rg'oshinga oid

2. og'ir, qattiq

3. ko'kimtir, bo'z

4. bo'shashgan, lohas

5. sekin, qiyinchilik bilan bajarilgan.

Shuningdek, yana shunday ko'p ma'noli sifatlar borki, ularning , ma'nolari oltitadan ortiq bo'lib, ba'zi ma'nolari sifatga yaqin taxminiy ma'nolar sifatida qayd etiladi va munozaraga sabab bo'ladi. Shunday so'zlar sirasiga apart, canonical, deyep, foating, idle, marginal, particular, remote, stable, unbalanced kabilardir. Masalan "deyep" sifati juda murakkab tahlil vositasi hisoblanib, uni 20 dan ortiq bir-biridan farqlanuvchi ma'no shakllarini lug'atda kuzatamiz. Shu bilan birga u bir qancha so'z birikmalari bilan birga o'ziga xos ma'no kasb etadi. Masalan "deyep space" - tubsiz koinot, "deyep design" - jalb qilingan loyiha "deyep freezer'- uzoq saqlaydigan muzlatkich, "deyep green"- tabiatga bog'liq muammolarni hal etuvchi inson, "deyep mourning" qattiq aza tutish, "deyep structure" -murakkab tuzilish, "deyep bodied"-baliqsimon tana, "deyep discount" - og'ir chegirma, "deyep fred"- yaxshi qovurilgan. Bundan ko'rinadiki, sifatlarni ma'noga ajratish murakkab jarayon hisoblanadi.

Ravishlar holatni turli shakllari va vazifalarini o'z ichiga olgan so'z turkumi sifatida tez-tez muhokamaga sabab bo'ladi. Ravishlarda grammatik hamda ma'no

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

jihatdan sifatlar bilan bog'liqlik mavjud bo'lib, bu ikkalasini birgalikda qiyoslab o'rganilishini taqozo etadi. Agar ravishlar gapda turli vazifada kelsa, ular ifodalaydigan ma'no ham turlicha bo'lishi mumkin:

1.Cow gives birth to a calf naturally. 2.Naturally, cow gives birth to a calf Bu ikkita gapni birinchisida "naturally" ravishi "tabiiy ravishda" ikkinchi gapda esa "albatta" ma'nosida ishlatiliyapti. "quite" ravishini ma'nosi ham albatta kontekst bilan uzviy bog'iq. Ammo Amerika va Angliyada ishlatilishiga ko'ra bu ravish ma'no jihatdan farq qiladi. Amerikaliklar uni "juda" degan ma'noni ifodalash uchun qo'llasa, Angliyaliklar "ozgina" degan ma'noda ishlatadi. Qo'shimcha qilib aytganda, "quite few" (juda oz miqdorda) degan ma'noni bildirsa, "quiete a few" (juda katta miqdorda) degan ma'noni bildiradi. Tarjimada mana shunday holatlarni ham e'tiborga olish lozim. Shu bilan birga "still","hard", "last", "then", "rarely" kabi ravishlarni ham bir nechta ma'nolari mavjud.

Ingliz tilidagi ravishlarni tarjima qilishda uchraydigan muammolar va yechim sifatida va ravishlarni ko'p ma'noliligini talqin qilishda grammatik birliklardagi ma'no xususiyati bilan birga, jumla tarkibidagi so'zlarni o'zaro munosabatga kirishish va moslashish holatlarini puxta bilish zarur, aks holda tilning grammatik hamda mantiqiy meyorlari yo'l qo'ya olmaydigan ifodalar vujudga kelib qolishi mumkin. Chunki tarjimada asliyatda mujassamlasgan fikr tarjima tili vositalari yordamida qayta yaratiladi. Xulosamiz so'nggida shuni qayd etish joizki, tillardagi ko'p ma'nolilik tilni jozibasini sayqallash bilan birga, bir necha asrlardan beri qiziqarli tadqiqot mavzularidan biri hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi «Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-1875-son qarori. // «Xalq so'zi» gazetasi, 11.12.2012 y., 240 (5660)-son.

2. Doniyorov R. O'zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari. - T.: «Fan», 1977.

3. Jalolov J. Chet tili o'qitish metodikasi. - T.: «O'qituvchi», 1996. -139-b.

4. Коган В.М. К вопросу о формализации отрасли права. // «Вопросы кибернетики и право». - М.: «Наука», 1967.

5. Насрулло Жуманхужа. Конун тили мезонлари. - Т.: «Мухдррир», 2010.

6. Реформатский А.А. Мысли о терминологии. // «Современные проблемы русской терминологии». - М., 1986. 7. Циткина Ф.А. Терминология и перевод: К основам сопоставительного терминоведения. - Львов, 1988.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.