Научная статья на тему 'BUGUNGI KUNDA O‘SMIRLAR UCHUN INGLIZ TILINI OʼQITISHNING ZАMONАVIY METODOLOGIYASINING AFZALLIGI'

BUGUNGI KUNDA O‘SMIRLAR UCHUN INGLIZ TILINI OʼQITISHNING ZАMONАVIY METODOLOGIYASINING AFZALLIGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
30
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ingliz tili / o'smirlar / muloqot / lingvistika / intensiv / oʼqitish leksik birliklar / lingvokulturologik / lisoniy vosita / tasvir / tashqi qiyofa / qayta ifodalash / frazeologik birlik / portret. / English language / teenagers / communication / linguistics / intensive / teaching lexical units / linguo-cultural / linguistic tool / image / appearance / re-expression / phraseological unit / portrait.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abdalimov Isroil Qo‘ziboy o‘g‘li

Ushbu maqolamizda yurtimizda taʼlim muassalari hamda, nodavlat oʼquv muassasalarida bugungi kunda o'smirlar uchun ingliz tili oʼqitishning zаmonаviy metodologiyasining afzalligi boʼlgan yehtiyoz tufayli ingliz tilini oʼqitishning zamonaviy texnologiyalar yordamida, yangicha metologiyalardan foydalanib fundamental, lingvosotsiomadaniy, kommunikativ metodlar qiyosiy tahlil etilgan, ularning taʼlim jarayonidagi oʼrni va ahamiyati koʼrsatilib ilmiy chiqatdan yoritilgan.zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda talabalarni ingliz tiliga oʼrgatishning yoʼllari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ADVANTAGES OF MODERN METHODOLOGY OF TEACHING ENGLISH FOR TEENAGERS TODAY

In this article, due to the need for the advantage of the modern methodology of teaching English for teenagers in our country's educational institutions and non-state educational institutions, fundamental, linguistic, sociocultural, and communicative methods of teaching English with the help of modern technologies and using new methodologies are compared, their place in the educational process and the significance of the study was shown and illuminated from the scientific output. ways of teaching English to students using modern pedagogical technologies were discussed.

Текст научной работы на тему «BUGUNGI KUNDA O‘SMIRLAR UCHUN INGLIZ TILINI OʼQITISHNING ZАMONАVIY METODOLOGIYASINING AFZALLIGI»

BUGUNGI KUNDA O'SMIRLAR UCHUN INGLIZ TILINI O'QITISHNING ZAMONAVIY METODOLOGIYASINING AFZALLIGI

ABDALIMOV Isroil Qo'ziboy o'g'li

Ixtisoslashtirilgan ta 'lim muassasalari agentligi tizimidagi Boyovut ixtisoslashtirilgan maktabi ingliz tili fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

d https://doi.org/10.24412/2181-2993-2023-3-49-54

Ushbu maqolamizda yurtimizda ta'lim muassalari hamda, nodavlat o'quv muassasalarida bugungi kunda o'smirlar uchun ingliz tili o'qitishning zamonaviy metodologiyasining afzalligi bo'lgan yehtiyoz tufayli ingliz tilini o'qitishning zamonaviy texnologiyalar yordamida, yangicha metologiyalardan foydalanib fundamental,

lingvosotsiomadaniy, kommunikativ metodlar qiyosiy tahlil etilgan, ularning ta'lim jarayonidagi o'rni va ahamiyati ko'rsatilib ilmiy chiqatdan yoritilgan.zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda talabalarni ingliz tiliga o'rgatishning yo'llari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar:Ingliz tili, o'smirlar, muloqot, lingvistika, intensiv, o'qitish leksik birliklar, lingvokulturologik, lisoniy vosita, tasvir, tashqi qiyofa, qayta ifodalash, frazeologik birlik, portret.

In this article, due to the need for the advantage of the modern methodology of teaching English for teenagers in our country's educational institutions and non-state educational institutions, fundamental, linguistic, sociocultural, and communicative methods of

ABSTRACT teaching English with the help of modern technologies and using new methodologies are compared, their place in the educational process and the significance of the study was shown and illuminated from the scientific output. ways of teaching English to students using modern pedagogical technologies were discussed.

Key words: English language, teenagers, communication, linguistics, intensive, teaching lexical units, linguo-cultural, linguistic tool, image, appearance, re-expression, phraseological unit, portrait.

KIRISH (Introduction)

Bugungi kunda o'smirlar uchun ingliz tili o'qitishning zamonaviy metodologiyasining afzalligi va ahamiyati mamlakatimizda avvalgi yillarga qaraganda talab ortib bormoqda. Ingliz tili mutaxassislari ingliz tilini o'rganishni yangicha metodologiyasi va usullarini hayotga tadbiq qilishmoqda. Bu albatta chet tillarni o'qitish samaradorligini yanada oshiradi. Ingliz tilida sifat ravishlardagi

49

> www.birunijournal .uz

ma'noni asosiy shakllari va muammolarini tahlili. Til insonlar o'rtasida aloqa o'rnatuvchi vosita hisoblanadi. Shakl va ma'no xususyatdagi nazariy muammolar Aristotel, Platon kabi faylasuflar yashagan davrlardan to bugungi kunga qadar tilshunoslar, faylasuflar va fan arboblarini diqqat markazida bo'lib kelgan. Ingliz tili ko'p ma'noli so'zlarga boy til hisoblanadi. Matnda ko'p ma'noli so'zlarni ishlatilishi ularni qo'llanilishini nazarda tutib qolmasdan, matnni ta'sirchanligini oshirishga xizmat qiladi. Yer yuzida istiqomat qilayotgan barcha insonlar serqirra dunyoning juda tez o'zgarib borayotganiga nafaqat guvoh, balki jahon madaniyati, fan-texnikasining rivojlanib, taraqqiy etib borishi kabi murakkab va uzluksiz jarayonlarning bevosita ishtirokchilari hamdir. Shu o'rinda jahonning yetakchi tillaridan biri bo'lgan va bugungi kunda Yer sharidagi 35 foiz aholining ikkinchi muloqot tiliga aylangan ingliz tilini o'rganish muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Shu o'rinda mamlakatimizda Qayd etib o'tilsinki, mamlakatda O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonunini hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarga o'qitishning kompleks tizimi, ya'ni uyg'un kamol topgan, o'qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo'naltirilgan tizim yaratildi.Mustaqillik yillarida 51,7 ming nafardan ziyod chet tillar o'qituvchilari tayyorlandi, umumta'lim maktablarining 5-9 sinflari uchun ingliz, nemis va fransuz tillari bo'yicha multimedia darsliklari, boshlang'ich sinflarda ingliz tilini o'rganish bo'yicha elektron resurslar tayyorlandi, umumta'lim maktablarida, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda 5 mingdan ko'proq lingafon kabinetlari jihozlandi.Shu bilan birga, chet tillarni o'rganishni tashkil qilishning amaldagi tizimini tahlil etish shuni ko'rsatmoqdaki, ta'lim standartlari, o'quv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilg'or axborot va media-texnologiyalardan foydalanish borasidagi talabga to'liq javob bermayapti. Ta'lim asosan an'anaviy uslublarda olib borilmoqda. Ta'lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz o'rganishni tashkil qilish, shuningdek, o'qituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy o'quv-uslubiy materiallar bilan ta'minlash yanada takomillashtirilishini taqozo etadi.

Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o'qitishning ilg'or uslublarini joriy etish yo'li bilan, o'sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o'qitish, shu tillarda erkin so'zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko'lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun

50

www.birunijournal .uz

shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida yuritimizda davlatimiz tomonidan keng imkoniyatlar yaratilib berilmoqda.

MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAXLILI (Literature review).

Hozirda chet tillar bo'yicha mamlakatimizda uzluksiz ta'lim tizimi uchun davlat standartlari ishlab chiqildi, ta'limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan talablar belgilandi. O'zbekiston uzluksiz ta'lim tizimining standartlari umume'tirof etilgan Yevropa Kengashining "Chet tilini bilishning umumevropa kompetentsiyalari: o'rganish, o'rgatish va baholash" (CEFR) talablariga tayangan holda ishlab chiqildi. Davlat ta'lim standartlarining har jihatdan puxta bo'lishini ta'minlash maqsadida angliyalik Rod Bolbayto va Devis Alan boshchiligidagi ekspertlar guruhi jalb etildi.

So'nggi yillari ta'lim texnologiyalari bozorida ingliz tilini o'qitishda juda ko'p takliflar mavjudligini inobatga olsak, "Siz qaysi metod bo'yicha dars berasiz?" degan savol yanada dolzarblashib, intellektual mahsulot iste'molchilari darajasining o'sganligi namoyon bo'ladi. Ta'lim bozori til o'qitish bo'yicha har xil turdagi kurslarni taklif etayotgan shiddatli zamonamizda, vaqtni oltinga teng deb bilgan va o'z ishi, o'qishi va biznesini rivojlantirishni o'ylaganlar ko'p hollarda "Ikki hafta ichida ingliz tilini o'rganish", "Samarali ekspress-metod", "Ongosti darajasidagi ingliz tili" va boshqa shu kabi nomlardagi qisqa muddatli kurslarni tanlashadi. Xo'sh, mazkur o'qitish metodlari qay darajada samarali? Ular kutilgan natijani beradimi? Yaqin o'tmishda ingliz tilini o'qitishda asosan grammatikaga e'tibor berilardi. O'qish va matnlar tarjimasiga, ba'zan esa bir xillikni biroz bo'lsa- da jonlantirish uchun "topik"larni yod olish hamda diktant yozishga juda ko'p vaqt ajratilardi va mazkur jarayon mashaqqatli mehnatni talab etardi. Bugun til bozorida asosiy taklif iste'molchining talabiga qarab shakllantirilmoqda. Lingvistika va xorij tillarini o'qitish metodikasi bo'yicha yetuk mutaxassis S.G.Ter-Minasovaning fikricha, "Bugungi kunda tilni o'qitish funktsionnallashib, integratsiya jarayonlarining kuchayishi natijasida xorij tillari, xususan, ingliz tilini o'rganish yanada dolzarblashdi. Ammo zamonaviy tilo'rganuvchilarni tilning tarixi yoki uning nazariyasi qiziqtirmaydi. Ingliz tili ular uchun hayotiy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo'lib qoldi". Hozirda ingliz tilini o'rganayotgan talabalarga bir necha metodlar taklif etilmoqda. Ulardan biri - fundamental metoddir. U kamida 2-3 yillik o'qishni, grammatikani chuqur o'rganishni taqozo etadi. Ushbu metod, asosan, professional tarjimonlarni tayyorlashda qo'l kelib, o'qish yakunida talabalar dunyoga "native speaker", ya'ni til egasining(tashuvchisining) ko'zi bilan qarashga erishadilar. Uning asosida til real va to'liq muloqot vositasi sifatida o'rganiladi. Hozirda fundamental metod o'z maqsadini o'zgartirmagan, ammo boshqa ko'plab metodlar aynan

51

www.birunijournal .uz

fundamental metod bilan raqobat maydoniga chiqishgan. Ana shulardan biri -lingvosotsiomadaniy metoddir. Mazkur metod tilni ijtimoiy va madaniy muhitda o'rganishni taqozo etadi. Uning tarafdorlari talabalar "o'lik" leksik-grammatik shakllarni o'rganishni o'z oldilariga maqsad qilib qo'yilishini qoralaydilar. Ularning fikricha, "shaxs - madaniyat mahsulidir. Demak, til ham". Aksariyat holatlarda tilni ijtimoiy hayot bilan muvofiq o'rganmaslik ko'pgina xatolarni keltirib chiqaradi. Masalan, ingliz tilini o'rganuvchi talaba bir qarashda grammatik jihatdan to'g'ri bo'lgan The Queen and Her relatives iborasini ishlatishi mumkin, ammo britaniyalik fuqaro The Royal Family nazarda tutilayotganini qiyinchilik tug'diradi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI (Research Methodology).

Chet tillarini yaxshi bilmaganlar uchun Don't you want to go? va Would you like to go? iboralari orasidagi farq uncha katta emas, ammo britaniyalik uchun ular farq qiladi. Aksariyat holatlarda anjumanlarda "Sizni yana qanday masalalar qiziqtiradi?" degan savolni ingliz tiliga "What problems are you interested in?" deya tarjima qilishadi. Ammo ta'kidlash joizki, ingliz tilida "problems" so'zi salbiy xarakterga ega bo'lib, bunday jumlani "What issues are you interested in?" deb tarjima qilgan ma'qulroq. Tilshunoslarning fikricha, bunday xatoliklarning 52%i ona tilidagi iboralarni ingliz tiliga to'g'ridan-to'g'ri ko'chirish bo'lsa, 44%i til o'rganuvchi salohiyatining yetarli emasligi bilan belgilanadi. Tilni o'rganish jarayonida eng muhimi - uzatilayotgan axborot mazmunining qay darajada to'g'ri ekanligidir.

Lingvosotsiomadaniy metod ikki turdagi muloqotni qamrab oladi. Bu til va madaniyatlararo muloqotdir. Oliy o'quv yurti talabasi nafaqat ingliz tilida o'qish, yozish va tarjima qilishda yuqori bosqichlarni egallashi, balki ingliz tilini o'zga xalq madaniyati rakursida ko'ra olishni ham o'rganishi lozim. Ingliz tili o'qituvchisi til o'rgatish jarayonida aynan shu jihatlarga e'tiborni kuchaytirishi kerak. Demak, tilni chuqur o'rganish, oson muloqotga kirishish uchun yuqorida sanab o'tilgan uchta metodni samarali qo'llagan holda ingliz tilini o'qitish lozim. Fikrimizcha, avval talabani ingliz tilida so'zlashga o'rgatib, ikkinchi bosqichda shu tilda o'ylashga o'rgatish lozim. Bu ancha qiyin, ammo amalga oshirish mumkin bo'lgan jarayon. Buning uchun ingliz tili o'qituvchisi dars berish metodini standart yondashuvdan tashqari turli xil o'yinlar, o'rtoqlari bilan muloqot, xatolarni topish bo'yicha mashqlar, matnlarning qiyosiy tahlili kabilar bilan boyitishi lozim.

Bugungi kunda buni samarali ravishda ingliz uslubchilari Jon va Liz Soarzlar tomonidan yaratilgan 5 bosqichli "Headway" darsligi amalga oshirayotir. Ingliz tilini o'rganishga mo'ljallangan mazkur darslik o'z ichiga to'liq uslubiy jamlanma, ya'ni talabalar va o'qituvchi uchun darslik, audiokassetalardan iborat 120 soatlik

52

www.birunijournal .uz

Elementary, Pre-Intermediate, Intermediate, Upper-Intermediatelarni qamrab oladi. Darslikdagi har bir dars bir necha bo'limdan tashkil topgan. Birinchisi so'zlashish ko'nikmalarini qamrab olgan bo'lsa, ikkinchisi til ko'nikmalarini (skills development) shakllantirishga qaratilgan. Keyingilari matnlar ustida ishlash (scan reading, reading for gist, summary reading va x.k.), savol-javoblar, audiokassetani tinglash va qaytarishdan iborat. "Headway"ning o'ziga xosligi shundaki, u grammatikani ikki bosqichda o'rgatadi: avval dars kontekstida, keyin talabaning ish kitobida (self-study va revision). Talaffuzni yaxshilash uchun darslikka qo'shimcha ravishda "Headway Pronunciation" kitobi ham kiritilgan.

Glabbalashuv davrida ingliz tilini o'qitishning ancha ommalashgan yana bir usuli - intensiv metod ham amalda. Uning asosini 25 foizga yaqin klishiklar, ya'ni muloqot uchun eng zarur iboralarni yodlash tashkil etadi. Albatta, til o'rganish uchun mazkur metodni tanlagan talaba Bayron asarlarini asliyatda o'qiy olmasligi mumkin, biroq u zarur payti o'z suhbatdoshi bilan muloqotga kirisha oladi. Ushbu usul orqali dars o'tayotgan o'qituvchi, asosan, dialoglarni qurol qilib oladi. Intensiv metod orqali ham 2 haftada ingliz tilini o'rganish mumkin emas, ammo mehnatsevar, o'z ustida ishlaydigan talabalar tilni 3 oyda bemalol o'zlashtira oladilar.

XULOSA VA TAKLIFLAR (Conclusion/Recommendations).

Darsda mashg'ulotlarda turli pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda, ingliz tilini o'qitish jarayoni butunlay yangi nuqtai nazardan qaralishi va shaxsni shakllantirishning yangi mexanizmlarini o'zlashtirish, qulay sharoitda sifatli natijalarga erishish mumkin.o'qituvchi ingliz tilini o'qitish uchun qaysi metodni tanlamasin, uning asosida talabaga ko'proq bilim berish va yoshlar tomonidan ingliz tilini yaxshi o'zlashtirilishiga yordam ko'rsatishga intilish yotishi lozim. Shundagina har qanday metod o'z samarasini beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Haugen E. Language Contact // Proceedings of the 8th International Congress of Linguists. - Oslo, 2005.

2. O'zTIL. - B. 75.

3. Heath Sh.B. Bilingual Education and a National Language Policy // Perspectives on Bilingualism and Bilingual Education. -Washington, 2008.

4. Lado R. Language Teaching. -New York, San Francisco, Toronto, London,

2010

53

www.birunijournal .uz

5. Mamatqosimova V. 20-30 - yillar o'zbek marifatparlik adabiyotida badiiy tarjimaning o'rni (frantsuz adabiyotidan qilingan tarjimalar misolida). fil.fan.nom. disserattsiyasi. -T:2010. -145 b.

6. Sidiqov Q. "Qutadg'u bilik" to'rtliklarining inglizcha badiiy tarjima xususiyatlari. - fil.fan.nom. disserattsiyasi. -T:2010. -151 b

7. Dosbayeva N. Bevosita tarjimada badiiy uslubni qayta tiklash (Amerika hikoyalari tarjimasi misolida). fil.fan.nom. disserattsiyasi. -T:2011. -148 b.

8. Mamanovich, R. K. (2021). Components of political culture in political processes. Academicia: an international multidisciplinary research journal, 11(2), 953-959.

9. Rasulov, H. M. (2021). ELECTION PHENOMENON I THE PROBLEM OF IMPROVING THE ELECTRIC CULTURE OF THE POPULATION. ВОСТОЧНО ЕВРОПЕЙСКИЙ НАУЧНЫЙ ЖУРНАЛ,, 75(part 6), 28.

54

www.birunijournal .uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.