Научная статья на тему 'INGICHKA TOLALI G‘O‘ZANING TERMIZ-202 NAVINING HOSILDORLIGIGA TUP QALINLIGI VA CHILPISHNING TA’SIRI'

INGICHKA TOLALI G‘O‘ZANING TERMIZ-202 NAVINING HOSILDORLIGIGA TUP QALINLIGI VA CHILPISHNING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
11
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
G‘o‘za / laboratoriya / Termiz-202 / Shonalash fazasi

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Sh.H. Ubaydullayeva, S.O. Tojiyeva

G‘o‘za hosildorligi ko‘pgina agrotexnologik tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli qilib o‘tkazish bilan bevosita bog‘liqdir. G‘o‘za yetishtirish texnologiyasi har bir dehqonchilik mintaqasi uchun tuproq iqlim sharoitiga mos bo‘lmog‘i lozim. Ayniqsa, g‘o‘zani har bir navini joylashtirishda uni muayyan tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan texnologiyasini yaratish va tadbiq etish, uni doimiy ravishda takomillashtirib borish zarur bo‘ladi. Shunday tadbirlardan biri g‘o‘zani tup qalinligi, sug‘orish va oziq rejimlarini boshqarish bo‘lib, uning nav xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda o‘rganishning katta amaliy ahamiyati bor va shu nuqtai nazardan ham mavzu dolzarbdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INGICHKA TOLALI G‘O‘ZANING TERMIZ-202 NAVINING HOSILDORLIGIGA TUP QALINLIGI VA CHILPISHNING TA’SIRI»

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

INGICHKA TOLALI G'O'ZANING TERMIZ-202 NAVINING

HOSILDORLIGIGA TUP QALINLIGI VA CHILPISHNING TA'SIRI

Sh.H. Ubaydullayeva, S.O. Tojiyeva

Termiz agrotexnologiya va innovatsion rivojlanish instituti [email protected]

G'o'za hosildorligi ko'pgina agrotexnologik tadbirlarni o'z vaqtida sifatli qilib o'tkazish bilan bevosita bog'liqdir. G'o'za yetishtirish texnologiyasi har bir dehqonchilik mintaqasi uchun tuproq iqlim sharoitiga mos bo'lmog'i lozim. Ayniqsa, g'o'zani har bir navini joylashtirishda uni muayyan tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan texnologiyasini yaratish va tadbiq etish, uni doimiy ravishda takomillashtirib borish zarur bo'ladi. Shunday tadbirlardan biri g'o'zani tup qalinligi, sug'orish va oziq rejimlarini boshqarish bo'lib, uning nav xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda o'rganishning katta amaliy ahamiyati bor va shu nuqtai nazardan ham mavzu dolzarbdir.

Tadqiqotning ob'ekti bo'lib, qadimdan sug'oriladigan antropagen ta'sir ostida o'rtacha sho'rlangan o'tloqlashib borayotgan taqirsimon tuproqlar, Termiz-202 navi, tup qalinligi va chilpish muddatlari hisoblanadi.

Tajriba dalasida g'o'zaning Termiz-202 navini chigitlari keng qatorlab (90 sm kenglikda) ekildi.

Tajribada ikki xil tup qalinligi (gektariga 140 va 160 ming o'simlik) va uchta chilpish muddati (20-iyul, 10 avgust va 20 avgust) o'rganildi.

Tadqiqotning predmeti. Surxondaryo viloyatining ekstremal iqlim sharoitida g'o'zaning Termiz-202 navini o'sishi, rivojlanishi, hosildorligi va hosil sifatiga turli ko'chat qalinligi va chilpish muddatlarining ta'sirini o'rganishdir.

Tadqiqot metodlari. O'tkazilgan barcha laboratoriya, dala va ishlab chiqarish tajribalaridagi fenologik kuzatuvlar, biometrik o'lchovlar tahlillar va hisoblar PSUEAITI da qabul qilingan uslublar asosida olib borildi.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

Tajriba dalasining umumiy azot va fosfor miqdori K.S.Ginzburg, Ye.I.Sheglova va S.V.Vilfius usulida, harakatchan azot miqdori Granvald-Lyaju, fosfor B.P.Machigin usulida, gumus I.V.Tyurin usulida aniqlandi.

Olingan natijalar B.A.Dospexov uslubida dispertsion tahlil qilindi. Tola va chigit sifati tahlillari ITPSUITI laboratoriyasida bajarildi.

Tajribaning o'rganilgan variantlari 4 takrorlikda bo'lib, delyankalar ikki yarusda sistematik ravishda joylashtirildi. Har qaysi delyankaning maydoni 360 kv.m. bo'lib, (50 m x 7,2 m) bo'nda o'rtadagi turt qator hisobga olinadigan maydonni tashkil qiladi. Ikkala tarafdan 2 qatordan (himoya qatorlari) hisobga olinmaydigan maydonchalar qoldirildi.

Tajriba dalasiga g'o'zaning Termiz-202 navining chigitlari keng qatorlab (90 sm) ekildi.

Tajribada ikki xil nihol qalinligi (140 va 160 ming/ga) va uchta me'yorda chilpish muddatlari (20.07, 1.08 va 10.08) o'rganildi. (Tajriba tuzilmasiga qaralsin 1-jadval).

1-jadval

Tajriba tuzilmasi

Tajriba variantlari Belgilangan tup son ga/ming dona Chilpish muddati

1 140 (nazorat) 20.07

2 140 1.08

3 10.08

4 160 1.08

5 10.08

Rejalashtirilgan ma'dan o'g'itlar (N200 P140 va K100) qo'yidagicha taqsimlanildi: fosforli o'g'itlarning yillik me'yorini 70 foiz qismi shudgordan oldan, qolgan 30 foizi g'o'zalarni gullash fazasida; kaliyli o'g'itlarning yillik me'yorini 50 foiz miqdori kuzgi shudgor oldidan, qolgan 50 foiz qismi g'o'zalarning shonalash davrida; azotli o'g'itlarning yillik me'yorini 20 kg qismi chigitlarni ekish bilan birga, qolgan qismi

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

uch muddatda ya'ni g'o'zalarning 3-4 chinbarg fazasida, shonalash va gullash fazalarida berildi (2-jadval).

2-jadval

Ma'dan o'g'itlarning qo'llash muddatlari bo'yicha taqsimlanishi (kg/ga hisobida)

^\Qg'it turi va me'yori N P2O5 K2O

Qo'llash muddatlarh\^^

Q'g'itlarning yillik me'yori 200 140 100

Shudgorlashdan oldin - 100 50

Ekish bilan birga 20 - -

2-4 chinbarglik fazasida 40 - -

Shonalash fazasida 70 - 50

Gullash fazasida 70 40 -

Tadqiqotlarda, o'simlikning har bir fazasida (har oyning 1-kunida) g'o'za navlarining o'sishi va rivojlanishini kuzatganimizda quyidagicha ma'lumotlar olindi.

Tajriba dalasidagi g'o'zada shakllangan chinbarg soni tahlil qilinganda variantlar bo'yicha katta farq kuzatilmadi. Variantlar bo'yicha 1 iyun sanasidagi kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, 7,1 sm dan 7,4 sm gachani tashkil etdi.

1 iyul sanasida olib borilgan fenologik kuzatishda simpodial shoxlar soni barcha variantlar bo'yicha tahlil qilinganda 8,1 tadan 8,8 tagachani tashkil qilib, variantlar kesimida katta farq quzatilmadi. 1 avgust sanasida esa gektariga 140 ming tup son qoldirilgshan variantlarda 14,0-15,6 tagachani tashkil qildi. 160 ming tup son qoldirilgan variantlarda esa 12,6-13,4 tani tashkil etdi.

1 avgust sanasidagi ko'saklar soni 140 ming tup son qoldirilgan variantlarda 8,510,2 tagachani tashkil qilgan holda, 160 ming tup son qoldirilgan variantlarda esa 8,2-9,1 donani tashkil qildi. Tup son qalinligi ortishi bilan ma'lum miqdorda ko'saklar soni kamayganligi kuzatildi.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

1 sentabrda olib borilgan fenologik kuzatuvda 140 ming tup son qoldirilgan variantlarda 13,4-17,6 donagacha ko'saklar borligi aniqlandi. 160 ming tup son qoldirilgan variantlarda esa 12,1-13,7 donagacha ko'sak mavjudligi aniqlandi. Oziqlanish maydoni va tuproqdagi oziqani kamayishi bilan bir tup o'simlikdagi ko'saklar sonini kamayishi kuzatildi (3-jadval).

Olib borilgan dala tajribalaridan olingan ma'lumotlarni ko'rsatishicha, g'o'za hosildorligi va uning miqdoriga tashqi muhit omillaridan oziqa rejimlari va nihol qalinligini ta'siri katta bo'lishligi ma'lum bo'ldi.

Tajriba dalasida paxta hosildorligini o'rtacha 75 % ni birinchi terimda terib olindi. Eng past hosildorlik nazorat variantidan gektariga 140 ming tup son qoldirilgan va 20 iyulda chilpish o'tkazilgan variantda 28,5 s/ga paxta terib olindi. Tajriba dalasida eng yuqori hosildorlik esa gektariga 140 ming tup son qoldirilib, 10 avgustda chilpish o 'tkazilgan variantdan 34,1 s/ga paxta terib olindi.

Gektariga 140 ming tup son qoldirilgan variantlarda 28,5-34,1 s/ga hosildorlikni tashkil qildi. Gektariga 160 ming tup son qoldirilgan variantda esa 29,1-32,3 s/ga ni tashkil qildi.

Tajriba dalasida o'tkazilgan chilpishning ham hosildorlikka ta'siri yaqqol namayon bo'ldi. Tajriba 20-iyulda chilpish o'tkazilgan variantga nisbatan 1-avgustda o'tkazilgan variantda yuqori hosil, 10-avgustda o'tkazilgan variantlarda esa yanada yuqori hosil terildi.

Tajriba dalasida eng yuqori paxta hosili (34,1 s/ga) g'o'zalarning nihol qalinligi gektariga 140 ming dona qoldirilib, 10-avgust kuni chilpish o'tkazilgan variantda kuzatildi (4-jadval).

Yuqoridagi nihol qalinligini kamayishi (140 ming donaga) va chilpish muddatlarini erta o'tkazilishi hosildorlikni 5,6 sentnergacha pasayishiga olib keldi.

Bir dona ko'sakning paxtasini vazni tahlil qilinganda, tup qalinligi gektariga 140 ming dan 160 ming ga oshirilishi bilan ko'sakdagi paxta vaznining pasayishi ko'zatildi. Bir dona ko'sakdan olingan paxta vazni tahlil qilinganda gektariga 140 ming tup son qoldirilgan variantda 4,4-4,6 gr gacha, gektariga 160 ming tup son qoldirilgan variantda esa 3,6-3,7 gr paxta ajratib olindi.

3-jadval

Tup qalinligini g'o'zaning o'sishi va rivojlanishiga ta'siri (2022-2023 yillarda o'rtacha)

Tajrib a vari-antlari Rejalashtir ilgan tup son Chilpi sh mudd O'simlik bo'yi, sm Chinbarg va simpodial shoxlari soni, dona Ko'saklar soni, dona Shun dan ochil

qalinligi, ming ati chinb arg simpodial shoxlar gan, dona

dona/ga 1.VI 1.VII 1.VII I 1.VI 1.VII 1.VIII 1.VII I 1.IX 1.IX

1 (nazor at) 140 20 iyul 33,4 67,2 86,9 7,1 8,3 14,0 8,5 13,4 2,2

2 140 1 avgust 33,9 68,2 84,6 7,1 8,1 14,2 9,3 15,8 1,6

3 140 10 avgust 34,6 68,5 90,5 7,4 8,8 15,6 10,2 17,6 2,1

4 160 1 avgust 33,2 68,8 81,1 7,2 8,4 12,6 8,2 12,1 2,5

5 160 10 avgust 33,9 68,2 80,2 7,1 8,2 13,4 9,1 13,7 2,1

4-jadval

Tup qalinligi va chilpishning g'o'zani terimlar bo'yicha hosildorligiga ta'siri, ga/s hisobida

Vari Chilpish Rejalashtiril Terim Terimlar bo'yicha Hosildorli

ant- muddatla gan kuchat oldidan hosildorlik s/ga k, s/ga

lar ri qalinligi, nihol 15.09 27.09 13.10

ga/ming qalinligi,

dona ga/ming

dona

1 20-iyul 140 139,8 20,1 6,4 2,0 28,5

2 1-avgust 140 138,7 24,1 5,5 2,0 31,6

3 10- avgust 140 138,2 24,7 6,5 2,9 34,1

4 1-avgust 160 154,4 20,8 6,7 1,6 29,1

5 10- avgust 160 155,7 23,5 6,6 2,2 32,3

Termiz-202 g'o'za navining nol tipiga mansubligini inobatga oladigan bo'lsak, g'o'za tupida 16-20 ta bo'g'inlarida hosil elementlari, ya'ni bo'liq ko'saklar rivojlanganda chilpish olib borilsa, hosildorlik va hosil sifati shunchalik yuqori bo'lishi tajribadan aniqlandi.

Terimlar bo'yicha topshirilgan paxtani sanoat navlari aniqlanib, shunga mos ravishda paxtani sotishdan tushgan jami pul miqdori hisoblanildi.

Jami xarajatlarni aniqlashda esa xo'jalikda har gektar maydon hisobiga to'g'ri kelgan xarajatlar, variantlar bo'yicha ketgan chigitlarni miqdori aniqlanib, olingan hosilni terishga ketgan xarajatlar ham qo'shilib, hisoblanildi.

Tajribada o'rganilgan variantlarning sof foydasini hisoblash uchun har bir variantda yetishtirilgan hosilni sotishdan tushgan jami pul mablag'lari miqdoridan jami xarajatlar miqdorini olib tashlab (chegirib) aniqlanildi.

Tajriba bo'yicha eng yuqori miqdordagi sof foyda (4366794 so'm) 3-variantdan, ya'ni g'o'zalarning tup son qalinligi gektariga 140 ming dona bo'lib, 10-avgustda chekanka qilingan sharoitda parvarish qilingan g'o'zalardan olindi.

Tajribada o'rganilgan gektariga 140 ming tup g'o'za qoldirilgan, 20-iyul sanasida chilpish o'tkazilgan nazorat variantida eng kam hosildorlik va shartli sof foyda (3257000 so'm) ko'zatilib, rentabellik darajasi ham (29,6) past ko'rsatkichini ko'rsatgan.

Har ikkala tup son qalinligida ham chilpish muddatlarini oshirilishi bilan shartli sof foyda ham oshib borishi aniqlandi. Gektariga 140 ming tup son qoldirilgan va 10-

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

avgustda chilpish o'tkazilgan variantdan eng yuqori rentabellik darajasi (33,1) olinishi isbotlandi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Jumanov D.T. Sug'orish me'yori. O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali, 2007- yil №4. 18-bet.

2. Jumanov D.T., Rizayev A., Oripov R., Toshtemirov A. -O'yg'unlashgan texnologiya elementlarini asoslash. AGRO ILM «O'zbekiston qishloq xo'jaligi» jurnali ilmiy ilovasi, Nishona son, 2007-yil № 1 (1), 2-3-betlar.

3. Jumanov D.T., Tuxtameshova M., Nazarova A., U.Bahromov -Texnologik omillarning g'o'za hosildorligiga ta'siri. Toshkent «O'zbekiston qishloq xo'jaligi» jurnali 2011 -yil №11. 26-bet.

4. Jumanov D.T. O'yg'unlashgan texnologiyaning afzalligi. Samarqand SamQXI «Qishloq xo'jaligini rivojlantirishdagi muammolar va yosh olimlarning tadqiqotlari» Aspirant, doktorant va tadqiqotchilarning 2009-yil «Qishloq taraqqiyoti va faravonligi yili»ga bag'ishlangan ilmiy-amaliy anjumani, 22-23 aprel 2009-yil 5-9 betlar.

5. Jumanov D.T., Oripov R. Agrotexnologiyalar uyg'unlashuvi va g'o'za hosildorligi. Samarqand SamQXI «Fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish istiqbollari» Professor-o'qituvchilarning qishloq taraqqiyoti va faravonligi yili»ga bag'ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari TO'PLAMI, 1-qism, 6-7 may 2009-yil, 30-33 betlar.

6. Jumanov D.T., Qulatov B. Omad g'o'za navining hosildorligiga suv va oziqa rejimlarining ta'siri. Samarqand SamQXI «Qishloq xo'jaligida islohotlarni chuqurlashtirishda yosh olimlarning erishgan yutuqlari va muammolar» Stajiyor-tadqiqotchi-izlanuvchi va yosh olimlarning 2011-yil «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili»ga bag'ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari TO'PLAMI, 1-qism, 26-27 aprel 2011-yil 9-11 betlar.

7. Jumanov D.T., Xushboqov B. EFFECT OF CRUSHED COTTON ON PRODUCTIVITY. AGRO ILM Maxsus son, 2022-yil № 3(87), 42-43-bet

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

8. Jumanov D.T., Qo'ziboyev J.B. va Izzatullayev L.A. AGRICULTURAL TECHNOLOGY AND COTTON YIELD. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science, ETESD-2022 (SKOPUS)

https: //iopscience. iop.org/issue/1755-1315/1112/1

9. Jumanov D.T. INFLUENCE OF TECHNOLOGICAL FACTORS ON COTTON YIELD (G'o'za hosildorligiga texnologik omillarning ta'siri). ResearchJet Journal of Analysis and Inventions. ISSN: 2776-0960. Impact Factor: 7.655. VOLUME 2, ISSUE 6 , JUNE -2021.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

10. Dospexov B.A. Metodika polevogo opita. - M.: «Agropromizdat», 1985.

11. Metodika polevix opitov s xlopchatnikom. - T.: 1981. (Dala tajribalarini o'tkazish uslublari. - T.: 2007.)

12. Achilov, O. M., Kochkinova, M. N., & Kamolova, O. M. Q. (2021). THE

IMPORTANCE OF ECONOMIC EDUCATION IN PRESCHOOL

CHILDREN. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(06), 137-

140.

13. Ismatov, S. (2023). O'QUVCHI YOSHLAR TARBIYASIDA DINIY

EKSTRIMIZM VA TERRORIZM TAHDIDI VA ULARNI BARTARAF

ETISHNING MAVJUD SHAROITLARI. PEDAGOG, 6(2), 443-447.

14. Ko'chkinova, M. N., qizi Rahmonova, D. I., & qizi Rahmonova, M. S.

(2023). BO 'LAJAK O 'QITUVCHI KASBIY TAYYORGARLIGIGA DOIR

ETIKET QOIDALARINI TARKIB TOPTIRISHDA MULOQOTNING O 'RNI. Educational Research in Universal Sciences, 2(14), 778-783. 15. Ko'chkinova, M. (2024). KASBIY ETIKET QOIDALARINING

TAKOMILLASHUVIDA PEDAGOGIK MAHORAT VA O 'QITUVCHI

KOMPETENSIYALARINING AHAMIYATI. " Science Shine" International

scientific journal, 16(1).

16. Ko'charova, D., & Ko'chkinova, M. (2022). ABDULLA QODIRIYNING

OBRAZ YARATISH MAHORATI. Journal of Integrated Education and

Research, 7(4), 714-716.

17. Ko'charova, D., & Ko'chkinova, M. (2022). XURSHID DO

'STMUHAMMAD NASRIDA DIDAKTIK TAMOYILLAR. Journal of Integrated

Education and Research, 1(4), 703-707.

18. Atamurodova, Q. G., & Kochkinova, M. N. (2021). Factors and means of

individual spiritual development. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary

Research Journal, 11(6), 771-774.

19. Muhammad G'afur o'g, R. (2021). The Role of Inclusive Education in the Lives of Children with Disabilities. European Scholar Journal, 2(6), 193-194.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.