Научная статья на тему 'INGICHKA TOLALI G’O’ZA NAVINING O’SISHI VA RIVOJLANISHIGA KO’CHAT QALINLIGI HAMDA CHILPISH USULLARINING TA’SIRI'

INGICHKA TOLALI G’O’ZA NAVINING O’SISHI VA RIVOJLANISHIGA KO’CHAT QALINLIGI HAMDA CHILPISH USULLARINING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O’sishi / rivojlanish / chilpish / entojean / chigit ekish / g’oza o’simligi / ko’chat qalinligi. / Agrotechnical measures / herbivorous bugs / field weeding / seed planting / cotton / seedling thickness

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Boboyeva N.T.

Ushbu maqolada ingichka tolali g’o’za navining o’sishi va rivojlanishiga ko’chat qalinligi hamda chilpish usullarini ta’siri ko‘rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EFFECT OF SEEDING THICKNESS AND THINNING METHODS ON THE GROWTH AND DEVELOPMENT OF FINE FIBER COTTON VARIETIES

This article examines the influence of plant density on the yield of promising cotton varieties.

Текст научной работы на тему «INGICHKA TOLALI G’O’ZA NAVINING O’SISHI VA RIVOJLANISHIGA KO’CHAT QALINLIGI HAMDA CHILPISH USULLARINING TA’SIRI»

BoboyevaN.T., PhD Termiz davlat universiteti Botanika kafedrasi katta o'qituvchisi. p.f.f.d.

INGICHKA TOLALI G'O'ZA NAVINING O'SISHI VA RIVOJLANISHIGA KO'CHAT QALINLIGI HAMDA CHILPISH

USULLARINING TA'SIRI

Annotatsiya. Ushbu maqolada ingichka tolali g'o'za navining o'sishi va rivojlanishiga ko 'chat qalinligi hamda chilpish usullarini ta 'siri ko'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: O'sishi, rivojlanish, chilpish, entojean, chigit ekish, g'oza o 'simligi, ko 'chat qalinligi.

Boboyeva N.T., PhD senior lecturer Botany Department Termiz State University

THE EFFECT OF SEEDING THICKNESS AND THINNING METHODS ON THE GROWTH AND DEVELOPMENT OF FINE FIBER COTTON

VARIETIES

Abstract. This article examines the influence of plant density on the yield of promising cotton varieties.

Keywords. Agrotechnical measures, herbivorous bugs, field weeding, seed planting, cotton, seedling thickness.

G'o'zaning o'sishi va rivojlanishiga tuproq unumdorligi, sug'orish, oziqlantirish, ekish muddatlari va ekish usullari, tuproqqa ishlov berish, chilpish usullari, muddati, g'o'zaning hashoratlari va kasalliklari o'z ta'sirini ko'rsatadi. Olib borilgan tajribalarda ham ko'chat qalinligi va chilpish usullarini g'o'zaning o'sishi va rivojlanishiga ta'siri o'rganildi.

G'o'zani chilpish eng muhim agrotexnik tadbir sanaladi. Chilpishni o'z vaqtida va sifatli bajarish orqali g'o'zaning o'sishi - rivojlanishi jadallashadi, hosil elementlari to'kilishi kamayadi, gul va ko'saklar soni oshadi, g'o'za zararkunandalarining salbiy ta'siri kamayadi, ko'saklarning pishishi 5-10 kunga tezlashadi, hosildorlik gektaridan 3-4 sentnerdan, hattoki, 6-8 sentnergacha ortadi.

Chilpish qo'lda, mexanizm yordamida va Sojean, Entojean kabi preparatlar bilan ishlov berilib amalga oshiriladi. G'o'za navlari xususiyatlariga qarab unumdor tuproqlarda 13-14, o'rtacha unumli tuproqlarda 12-13 va unumdorligi past yerlarda 11-12 hosil shoxi to'planganda chilpish o'tkazish tavsiya etiladi. Qo'shqator ekilgan yerlarda bu tadbir 10-11 shox hosil bo'lganda o'tkaziladi [11; 4-5-b.].

Chilpish qo'lda o'tkazilsa, g'o'za boshpoyasining eng uchki 1-2 sm qismi (biroz oqish rangli bo'ladi) yulib (chimdib) olinadi. Agar shunday qilmay, poyaning uch qismi chuqur 5-10 sm yulib olinsa, g'o'zaga salbiy ta'sir etib, bir-ikki dona shona va gul ham yulib tashlanadi. Bu esa to'liq pishib yetilishi mumkin bo'lgan 3-5 s/ga hosilning boy berilishi demakdir.

Mexanik usulda chilpish g'o'zaning yuqori qismini maxsus moslamani kultivator oldiga o'rnatilgan holda amalga oshiriladi.

Chilpishning kimyoviy usuli g'o'zaning hosil to'plashi va maqbul o'sishi uchun har taraflama samarali va qulaydir. Bunda "Sojean", "Entojean" preparatlari sug'orishdan 5-7 kun avval yoki sug'orishdan 5-7 kun keyin OVX va boshqa purkagich moslamalarda 250-300 l/ga suvga aralashtirilib sepiladi. Shunda dorilar g'o'zaning bargi orqali yaxshi singib, tanasi bo'yicha bir xil tarqaladi va o'simlik hujayralarining bo'linishini to'xtatadi, natijada g'o'za bo'yiga va yoniga o'sishdan to'xtaydi, barglari to'q yashil rangga kiradi, o'simlikning rivojlanishi va hosil to'plashi jadallashib, tupi ixcham, archasimon bo'lib, qatorlar orasida havo almashinuvi va mikroiqlim yaxshilanadi, g'o'zaning tepa qismida 3-4 dona bo'liq ko'sak paydo bo'ladi. Eng asosiysi pishib yetilishi 7-8 kunga tezlashadi, birinchi terim salmog'i 6-7 sentnerga, umumiy hosil 3-8 s/ga va undan ham ortib, paxtani qisqa muddatlarda yuqori navlarda yig'ishtirib olishga imkoniyat yaratiladi.

Olib borilgan tajribalarda g'o'zani qo'lda chilpish va kimyoviy Entojean preperati yordamida chilpish amalga oshirilgan.

Entojean - o'sish va rivojlanishni boshqaruvchi preparat bo'lib, tarkibi 98% mepikvat xloriddan tashkil topgan.

Qo'llanish: Ushbu preparat g'o'za g'ovlab ketishining oldini oladi. Buning natijasida g'o'zaning pastki qismida asosiy ko'saklar paydo bo'lib, ular erta ochiladi va yuqori hosil olishga imkoniyat yaratiladi. Preparat o'z muddatlarida sifatli qo'llanilganda, paxtaning hosildorligi gektaridan 5-10 sentnergacha hosil qo'shilishi mumkin.

Respublikamiz viloyatlarida g'o'zaning rivojlanishi holatiga qarab, "Entojean" preparatini chilpish maqsadida gektariga 90-100 g miqdorda qo'llash tavsiya etiladi. Agar "Entojean" preparati g'o'zaning yoshlik davrlarida shonalash davrining boshida bo'yi 20-25 sm bo'lganda 15 g/ga, gullash boshlanganda (g'o'za bo'yi 55-60 sm) 45 g/ga sepilgan bo'lsa, chilpish davrida 90 g/ga sepish yetarlidir. Lekin oldin ushbu preparatlar qo'llanmagan dalalardagi g'o'zalarga 90 -100 g/ga yetarli bo'ladi. Sh. Abdualimov [13; 133-160-b.].

Olib borilgan tadqiqotlarimizda o'rta tolali "Buxoro-102" g'o'za navi uchun gektariga 90-100 ming tup ko'chat bo'lganda 90 g/ga; ko'chat qalinligi 110-120 ming tup/ga esa 95 g/ga hamda ingichka tolali "Surxon-103" navi uchun 120-130 ming tup/ga ko'chat qalinligida 100 g/ga; gektariga 140-150 ming tup bo'lganda esa 105 g/ga me'yorlar qo'llanilgan.

N. Abdurahimov va B. Juraqulov [130.20-b] lar tajribasida g'o'zada kimyoviy chilpish o'tkazilganda qo'lda chilpish o'tkazilgan variantlarga nisbatan

hosil bo'lgan ko'saklar soni 1,1 donaga, ko'saklarni ochilishi 7-9% ga ko'proq bo'lishi hisobiga 0,8-1,1 s/ga qo'shimcha paxta hosili olingan.

Olib borilgan tajriba natijalariga ko'ra, iyun oyining boshida olingan fenologik kuzatuvlarda variantlar o'rtasida sezilarli farq kuzatilmadi. O'simlik bo'yi ko'chat soni ortishi bilan 2-3 sm ga yuqori bo'lganligi kuzatildi. G'o'zada chilpish tadbiri o'tkazilganidan so'ng olingan natijalarda variantlar o'rtasida farqlar kuzatildi. Sentyabr oyida olingan fenologik kuzatuv natijalariga ko'ra, g'o'zaning o'rta tolali "Buxoro-102" navining bo'yi variantlar bo'yicha gektariga 90-100 ming tup ko'chat qalinligida 93,0-105,2 sm bo'lsa, 110-120 ming tup/ga esa 95,0-109,0 sm bo'lib ko'chat soni ortishi bilan 2,0-4,0 sm; chilpish o'tkazilmaganda esa 10,0-15,0 sm gacha yuqori bo'lishi kuzatildi.

G'o'zada ko'chat soni ortishi bilan bir tup o'simlikda hosil shoxlari 1,5-2,0 dona; hosil elementlari 1,3-1,7 dona; ko'saklar soni 1,3-2,2 dona va shu jumladan ochilgani 1,2-1,8 donagacha kamayganligi kuzatilgan bo'lsa, kimyoviy va qo'lda chilpish o'tkazilganda chilpish o'tkazilmagan variantga nisbatan hosil shoxi 0,8 -1,3 dona; hosil elementlari 2,7-4,3 dona; ko'sak soni 2,5-4 dona va shu jumladan ochilgani 2,6-3,2 donagacha ko'p bo'lishi kuzatildi. Chilpish tadbiri qo'lda o'tkazilganiga nisbatan kimyoviy yo'l bilan o'tkazilganda hosil shoxi va elementlari, ko'saklar soni 2,0-2,5 donaga yuqori bo'ldi.

G'o'zaning ingichka tolali "Surxon-103" navida ham yuqoridagi qonuniyat kuzatilib, olingan natijalar o'rta tolali g'o'za navidan biroz yuqoriroq chiqdi. Ya'ni, sentyabr oyi holatida o'simlik bo'yi variantlar bo'yicha gektariga 120-130 ming tup ko'chat qalinligida 95,0-110,2 sm bo'lsa, 140-150 ming tup/ga esa 100,6-115,0 sm bo'lib ko'chat soni ortishi bilan 5,0-6,0 sm; chilpish o'tkazilmaganda esa 11,0-15,0 sm gacha yuqori bo'lishi kuzatildi.

"Surxon-103" navida ko'chat soni gektariga 120-130 ming tupdan 140-150 ming tupgacha ortib borishi bilan bir tup o'simlikda hosil bo'g'inlari 1,0-2,0 dona; hosil elementlari 1,4-1,7 dona; ko'saklar soni 1,5-3,5 dona va shu jumladan ochilgani 2,0-3,0 donagacha kamayganligi kuzatilgan bo'lsa, kimyoviy va qo'lda chilpish o'tkazilganda chilpish o'tkazilmagan variantga nisbatan hosil bo'g'ini 0,3-1,6 dona; hosil elementlari 0,6-2,1 dona; ko'sak soni 2,7-4,5 dona va shu jumladan ochilgani 2,3-3,0 donagacha ko'p bo'lishi kuzatildi.

Ma'lumki, Qandalalar g'o'za bargi va hosil elementlarini shirasini so'rib, ularni nobud bo'lishiga olib keladi. G'o'za qandala bilan zararlanganda barglari chirtak bo'lib teshilib qoladi, zararlangan hosil elementlari-shona, gul va ko'saklari esa to'kilib qoladi. Iyul oyida o'tkazilgan fenologik kuzatuvlarda hosil bo'lgan hosil elementlari bilan birgalikda to'kilgan hosil elementlari ham hisoblandi. Olingan natijalarga ko'ra, o'rta tolali "Buxoro-102" g'o'za navida 20,4-26,6 donagacha hosil elementlari hosil bo'lgan bo'lsa 5-9 dona hosil elementlari nobud bo'lib to'kilgan. Ingichka tolali "Surxon-103" g'o'za navida ham to'kilgan hosil elementlari hisoblanib, mos ravishda 6-8 dona ekanligi kuzatildi.

Demak, Surxondaryo viloyatining taqir o'tloqi tuproqlari sharoitida o'rta va ingichka tolali g'o'za navlarini maqbul o'sish va rivojlanishi uchun ko'chat sonini kamaytirib, o'z vaqtida kimyoviy chilpish tadbirini o'tkazish g'o'zaning hosil shohi va hosil elementlarini ortishiga zamin yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Boboeva N. T. et al. The fight against avena fatua in the middle of a wheat field //International Journal on Integrated Education. - Т. 3. - №. 2. - С. 62-64.

2. Суллиева С. Х., Бобоева Н. Т., Зокиров К. Г. Виды и сорта хризантем //Экономика и социум. - 2019. - №. 10 (65). - С. 315-317.

3. Negmatova S., Boboeva N. Effect of agrotechnical measures on cotton yield in cultivation of medium-fiber cotton varieties //Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. - 2023. - Т. 1. - №. 6. - С. 147150.

4. Boboeva N. T. Negmatova ST Effects оf Improved Agrotechnical Measures оп Harmful Harvesting оf Medium-Fiber Cotton Varieties //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. SJIF Impact Factor. - 2021. - Т. 5.

5. Boboeva N. et al. The influence of agrotechnical measures on the damage of boilers in the cultivation of strong cotton varieties //Journal of Pharmaceutical Negative Results. - 2022. - С. 3170-3175.

6. Boboeva N., Negmatova S. Influence of agrotechnical measures on boiler damage in growing medium grades of cotton //Science and innovation. - 2022. -Т. 1. - №. A7. - С. 152-155.

7. Бобоева Н. Т., Негматова С. Т. Усимликхур кандалани гуза хрсил элементларига зарари //SCHOLAR. - 2023. - Т. 1. - №. 9. - С. 105-109.

8. Boboeva N., Negmatova S. Influence of agrotechnical measures on boiler damage in growing medium grades of cotton //Science and innovation. - 2022. -Т. 1. - №. A7. - С. 152-155.

9. Tokhtamishovna B. N., Teshayevna N. S. Effects Of Improved Agrotechnical Measures On Harmful Harvesting Of Medium-Fiber Cotton Varieties //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2021. - Т. 2. - С. 25-28.

10. Boboyeva N. T., Negmatova S. T. Effects of agrotechnical measures on the number of plant-eating candles and cotton yield.«Agrarnaya nauka» nauchno-teoreticheskiy i proizvodstvenniy jurnal. 11-12. 2020. C. -122-124. - DOI 10.32634/0869-8155.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.