Научная статья на тему 'G’O’ZADA KO’CHAT QALINLIGINING MAHSULDORLIKKA TA’SIRI'

G’O’ZADA KO’CHAT QALINLIGINING MAHSULDORLIKKA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Agrotexnik tadbirlar / beda qandalasi / dala qandalasi / chigit ekish / g’oza o’simligi / ko’chat qalinligi. / Agrotechnical measures / herbivorous bugs / field weeding / seed planting / cotton / seedling thickness.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Boboyeva N.T

Ushbu maqolada istiqbolli g’o’za navlarida ko’chat qalinligining mahsuldorlikka ta’siri ko‘rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INFLUENCE OF PLANT THICKNESS ON PRODUCTIVITY IN COTTON

This article examines the influence of plant density on the yield of promising cotton varieties.

Текст научной работы на тему «G’O’ZADA KO’CHAT QALINLIGINING MAHSULDORLIKKA TA’SIRI»

BoboyevaN.T., PhD Termiz davlat universiteti Botanika kafedrasi katta o'qituvchisi. p.f.f.d.

G'O'ZADA KO'CHAT QALINLIGINING MAHSULDORLIKKA

TA'SIRI

Annotatsiya. Ushbu maqolada istiqbolli g'o'za navlarida ko'chat qalinligining mahsuldorlikka ta 'siri ko'rib chiqilgan.

Kalit so 'zlar: Agrotexnik tadbirlar, beda qandalasi, dala qandalasi, chigit ekish, g 'oza o'simligi, ko 'chat qalinligi.

Boboyeva N.T., PhD senior lecturer

Botany Department of Termiz State University

INFLUENCE OF PLANT THICKNESS ON PRODUCTIVITY IN

COTTON

Abstract. This article examines the influence of plant density on the yield of promising cotton varieties.

Keywords. Agrotechnical measures, herbivorous bugs, field weeding, seed planting, cotton, seedling thickness.

Ko'chat qalinligi g'o'za hosildorligini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanib, g'o'zaning navi, tuproq iqlim sharoitiga qarab joylashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. G'o'zaning ko'chat soni va uni dalada joylashishi hosildorlikni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.

Har bir agrotadbirning natijasi olingan paxta hosili bilan belgilanadi. M. Avliyoqulov va F. G'opporovlarning tadqiqotlarida g'o'zaning "Sulton" navi 80 -90 ming tup/ga ko'chat qalinligida 41,1 s/ga hamda 70-80 ming tup/ga qo'chat qalinligida 43,3 s/ga ni tashkil etib, "Sulton" g'o'za navi uchun 70-80 ming tup/ga ko'chat qalinligi maqbul ekanligi aniqlangan.

Surxondaryo viloyati och tusli bo'z tuproqlari sharoitida O. Boynazarov g'o'zadan yuqori va sifatli paxta hosili olish uchun o'rta tolali Porloq-1 va yangi ingichka tolali ST-1651 g'o'za navlari uchun ko'chat qalinligini gektariga 110120 ming tup bo'lishini tavsiya etgan.

R. Musaev va boshqalar o'z tadqiqotlarida o'simlik amal davri davomida oziqa moddalar bilan yaxshi ta'minlansa, maqbul ko'chat qalinligiga ega bo'lib, o'z vaqtida chilpish o'tkazilganda g'o'zalarda barg sathi yuzasi yuqori bo'lishi hisobiga g'o'zadan yuqori hosil olishni aniqlaganlar.

O'simlikxo'r qandalalar soni va g'o'za o'simligiga zararini o'rganishda ko'chat qalinligini ta'siri tajribada ilk bora o'rganilgan. Tajriba tizimiga muvofiq

har xil ko'chat qalinligi (90-100; 110-120; 120-130 va 140-150 ming tup/ga) qoldirilganda qandalalar soni va zarari aniqlandi.

Surxondaryo viloyatining taqir o'tloqi tuproqlari sharoitida 2018-2020 yillarda o'tkazilgan tajriba ma'lumotlariga ko'ra, o'rta tolali g'o'zaning ko'chat qalinligi nazariy ko'chat soni 90-100 ming tup/ga bo'lganda o'rtacha 95,7-96,0 ming tup/gani; 110-120 ming tup/ga bo'lganda o'rtacha 116,5-117,1 ming tup/gani; ingichka tolali g'o'zaning nazariy ko'chat soni 120-130 ming tup/ga bo'lganda o'rtacha 124,5-124,8 ming tup/gani; 140-150 ming tup/gabo'lganda o'rtacha 146,7-146,9 ming tup/gani tashkil etdi. Variantlar bo'yicha ko'chat qalinligi bir-biridan sezilarli farq qilmadi.

G'o'zani yagona qilishdan boshlab paxta terimigacha bo'lgan davr mobaynida noqulay ob-havo sharoiti, zararkunanda va kasalliklarning ta'sirida hamda kultivatsiya va chopiq o'tkazish, egat olish vaqtida o'simlikning shikastlanishi natijasida g'o'za tuplari 3,5-5,5 ming tupgacha nobud bo'lishi aniqlangan. Amal davri oxirida olingan ma'lumotlarga ko'ra, o'rta tolali g'o'zaning ko'chat qalinligi o'rtacha 92,3-92,5 va 111,1-111,6 ming tup/gani, ingichka tolali g'o'zaning ko'chat qalinligi o'rtacha 120,6-120,9 va 141,6-141,9 ming tup/gani tashkil etib, amal davri boshiga nisbatan gektariga 3,5-5,5 ming tupgacha kamayganligi kuzatildi. Amal davri oxiri ko'chat soni ko'proq bo'lgan variantlarda ko'chatlarning nobud bo'lishi biroz ko'proq bo'ldi. Amal davri oxirida ko'chatlarni nobud bo'lishiga ko'chat qalinligini ta'siri kuzatilib, ko'chat soni oshib borishi bilan ko'chatni nobud bo'lishi ham 1,7-2,0 ming tupgacha oshib borishi kuzatildi. Ya'ni, o'rta tolali g'o'za navida nazariy ko'chat soni 90-100 ming tup/ga bo'lganda amal davri oxirida ko'chatlarni nobud bo'lishi gektariga 3,5-3,7 ming tup bo'lsa, nazariy ko'chat soni 110-120 ming tup/ga bo'lganda nobud bo'lgan ko'chatlar 5,3-5,5 ming tup/ga bo'lganligi kuzatildi.

Ingichka tolali g'o'za navida ham amal davri oxirida nobud bo'lgan ko'chat soni 3,9-5,2 ming tup/ga bo'lib, "Surxon-103" g'o'za navi nazariy ko'chat soni gektariga 120-130 ming tup bo'lganda nobud bo'lgan ko'chatlar soni 3,9-4,0 ming tup/ga bo'lgan holda ko'chat qalinligi gektariga 10-20 ming tupga oshirilishi bilan nobud bo'lgan ko'chatlar soni ham 1,0-1,3 ming tup/ga oshib 5,0-5,2 ming tup/ga ni tashkil etdi.

Demak, Surxondaryo viloyatining taqir o'tloqi tuproqlari sharoitida o'rta va ingichka tolali g'o'za navlari maqbul ko'chat qalinligida parvarishlanganda, g'o'zaning o'sish va rivojlanishi normal me'yorda bo'lishi, hashorat va kasalliklarga chidamliligi oshishi hisobiga amal davri oxirida ko'chatlarning nobud bo'lishi kamroq bo'lib mo'l paxta hosili olinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Boboeva N. T. et al. The fight against avena fatua in the middle of a wheat field //International Journal on Integrated Education. - Т. 3. - №. 2. - С. 62-64.

2. Суллиева С. Х., Бобоева Н. Т., Зокиров К. Г. Виды и сорта хризантем //Экономика и социум. - 2019. - №. 10 (65). - С. 315-317.

"Экономика и социум" №6(121)-2 2024

www.iupr.ru

103

3. Negmatova S., Boboeva N. Effect of agrotechnical measures on cotton yield in cultivation of medium-fiber cotton varieties //Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. - 2023. - T. 1. - №. 6. - C. 147150.

4. Boboeva N. T. Negmatova ST Effects of Improved Agrotechnical Measures on Harmful Harvesting of Medium-Fiber Cotton Varieties //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. SJIF Impact Factor. - 2021. - T. 5.

5. Boboeva N. et al. The influence of agrotechnical measures on the damage of boilers in the cultivation of strong cotton varieties //Journal of Pharmaceutical Negative Results. - 2022. - C. 3170-3175.

6. Boboeva N., Negmatova S. Influence of agrotechnical measures on boiler damage in growing medium grades of cotton //Science and innovation. - 2022. -T. 1. - №. A7. - C. 152-155.

7. Eo6oeBa H. T., HernaroBa C. T. YcHMnHKxyp KaHganaHH Fy3a xpcnn эпeмeнтпaрнгa 3apapu //SCHOLAR. - 2023. - T. 1. - №. 9. - C. 105-109.

8. Boboeva N., Negmatova S. Influence of agrotechnical measures on boiler damage in growing medium grades of cotton //Science and innovation. - 2022. -T. 1. - №. A7. - C. 152-155.

9. Tokhtamishovna B. N., Teshayevna N. S. Effects Of Improved Agrotechnical Measures On Harmful Harvesting Of Medium-Fiber Cotton Varieties //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2021. - T. 2. - C. 25-28.

10. Amonova G. R., Rashidov N. E. Useful Properties of Medicinal Chamomile (Matricaria Recutita) //European journal of innovation in nonformal education. -2024. - T. 4. - №. 4. - C. 130-132.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.