Научная статья на тему 'INFORMATIKA FANINI O‘QITISHDA NOAN’ANAVIY DARSLARDAN FOYDALANISH'

INFORMATIKA FANINI O‘QITISHDA NOAN’ANAVIY DARSLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
678
94
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
informatika / texnika fanlari / innovatsion texnologiya / texnik vositalar / ma’ruza usuli / an’anaviy darslar. / computer science / technical sciences / innovative technology / technical means / lecture method / traditional lessons.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — O. Shoxobaliyeva

Ushbu maqolada informatika fanini o’qitishda noan’anaviy darslardan foydalanish hususida yoritib berilgan va uning afzalliklari tahlil etib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USING NON-TRADITIONAL LESSONS IN TEACHING COMPUTER SCIENCE

This article highlights the use of non-traditional lessons in teaching computer science and analyzes their advantages.

Текст научной работы на тему «INFORMATIKA FANINI O‘QITISHDA NOAN’ANAVIY DARSLARDAN FOYDALANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

INFORMATIKA FANINI O'QITISHDA NOAN'ANAVIY DARSLARDAN

FOYDALANISH Shoxobaliyeva Oygul Bobir qizi

Andijon davlat pedagogika institute, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Informatika va aniq fanlar

kafedrasi Informatika fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7125794

Annotatsiya. Ushbu maqolada informatika fanini o'qitishda noan'anaviy darslardan foydalanish hususida yoritib berilgan va uning afzalliklari tahlil etib o'tilgan.

Kalit so'zlar: informatika, texnika fanlari, innovatsion texnologiya, texnik vositalar, ma'ruza usuli, an'anaviy darslar.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ НЕТРАДИЦИОННЫХ УРОКОВ В ОБУЧЕНИИ

ИНФОРМАТИКЕ

Аннотация. В данной статье освещается использование нетрадиционных уроков в обучении информатике и анализируются их преимущества.

Ключевые слова: информатика, технические науки, инновационная технология, технические средства, лекционный метод, традиционные уроки.

USING NON-TRADITIONAL LESSONS IN TEACHING COMPUTER SCIENCE

Abstract. This article highlights the use of non-traditional lessons in teaching computer science and analyzes their advantages.

Keywords: computer science, technical sciences, innovative technology, technical means, lecture method, traditional lessons.

KIRISH

Hozirgi kunda oliy ta'lim muassalaridagi o'quv jarayonini jadallashtirishning muhim yo'nalishlaridan biri bu o'qitishni individuallashtirish va bo'lajak mutaxassislarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hisoblanadi. Bunga erishish esa o'qitishning faol shakllari va usullarini joriy qilish, o'quv-tarbiyaviy jarayonni ilmiy-ishlab chiqarish bilan uzviy integratsiyasini tashkil etish hamda talabalar mustaqil ta'limini tashkil etishning yangi va samarali shakllarini yaratishni taqozo etadi. Ta'lim muassasalarining zamonaviy texnik vositalar, axborot-kommunikatsion texnologiyalar va o'quv laboratoriya jihozlari bilan qaytadan ta'minlanishi talabalarning bilim samaradorligini oshirishga muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Bu esa o'z navbatida pedagog-o'qituvchilar zimmasiga yana bir qo'shimcha ma'suliyat yuklaydi. Bugungi kun o'qituvchisi endi nafaqat o'z fanini mukammal bilishi, balki zamonaviy texnik vositalar bo'yicha ham zaruriy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlari zarurdir. Shuningdek bugungi kun o'qituvchisi an'anaviy o'qitish usullarini yanada takomillashtirib, informatika fanini o'rgatishda yangi pedagogik innovatsion texnologiyalarni o'quv jarayoniga izchil qo'llashi va jadal rivojlanib, shakllanib borayotgan o'qitish usullaridan muntazam xabardor bo'lib turish muhimdir[1].

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Aksariyat hollarda informatika fanini o'qitishda ma'ruza usuli qo'llaniladi. Bu usul ayrim talabalarning darsda faolligini susaytiradi va tinglovchining diqqatini shu mavzuga va u bilan bog'lik bo'lgan texnik jarayonlarni tushunishga jalb qilish qiyin ekanligi ma'lum. Endilikda bizning nazarimizda mavzuni bayon qilishda va yoritib berishda ko'proq axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish o'qitish samaradorligini yanada yaxshilaydi va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

oshiradi. Shunday ekan informatika va texnika fanlarini o'qitishga e'tiborni jalb qiladigan ayrim xulosalar to'g'risida fikr yuritamiz.

O'rganilayotgan mavzularga doir materiallarning elektron variantlarini internetga joylashtirish ham o'qitish sifat va samaradorligini oshirish omillaridan biridir. Talaba mustaqil o'rganish jarayonida internetdan foydalanib berilgan topshiriqlarni bajarish uchun izlanish olib boradi, yoki ma'lum uzrli bir sabablarga ko'ra, darsga qatnasha olmagan talaba elektron manbalardan kerakli ma'lumotlarni olish imkoniga ega bo'ladi. Bu talabaga qulaylik yaratish bilan birga undagi bo'shliqni to'ldirish imkonini beradi. An'anaviy darsda aksariyat hollarda o'qituvchi gapiradi. Bu esa talabalarning faolligini ma'lum darajada susaytiradi. Noan'anaviy dars esa asosan talabani darsda mustaqil faol ishlashga, erkin fikrlashga va muloqotda bo'lishga imkon beradi. Texnik vositalar yordamida dars o'tish berilgan qisqa vaqtdan unumli foydalanishga sharoit yaratib beradi.

An'anaviy o'qitishning usul va metodlari respublikamizda keng tarqalgan va ular o'zining ma'lum tarixiga ham egadirlar. Biroq ta'lim sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda an'anaviy ta'limning imkoniyatlari cheklanayotganligini, muhim ta'limiy muammolar o'z yechimini topmayotganligi, qator ilg'or pedagogik tajribalar ommalashmayotganligini ko'rishimiz mumkin.

Pedagogik texnologiyaning an'anaviy o'qitish metodikasidan farqlovchi belgilari ko'p. Pedagogik texnologiya an'anaviy metodikadan, avvalo, maqsadlarning qo'yilishi va unga erishishi bilan farqlanadi[2]. Pedagogik texnologiyaning usul va metodlari ta'limning umumiy maqsadlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish va natijalarni nazorat qilish, kuzatish hamda baholashga xizmat qiladi.

An'anaviy darslarda ko'rgazmali vosita sifatida plakatlardan foydalanib kelingan bo'lsa, hozirgi paytda kompyuter, slayd, multimedia vositalar kabi zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari keng tadbiq etilmoqda. Noan'anaviy darslarda an'anaviy darsdan farqli ravishda tasvir va tovush uyg'unligi talabaning faolligini va ularning o'tilayotgan mavzuga qiziqishini oshiradi hamda berilayotgan ma'lumotlarning uzoq muddatga xotiralarida saqlanib qolishiga xizmat qiladi[3]. Eng muhimi har bir talabani mustaqil ishlashga va fikrlashga undaydi.

TADQIQOT NATIJALARI

Informatika va texnika fanlarni o'qitishda axborot - kommunikatsion vositalardan unumli foydalanish va uni dars jarayonida qo'llash uchun eng birinchi o'rinda pedogog-o'qituchilarning o'zlari texnik vositalar bilan ishlash ko'nikmalariga ega bo'lishi zarur. Bir so'z bilan aytganda o'qituvchi muntazam ilmiy, ilmiy - ijodiy izlanishda bo'lishi kerak. Aks holda o'qituvchining mehnat samarasi talabga javob bermay qoladi.

MUHOKAMA

Axborot - kommunikatsion vositalarning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, bunda faqatgina dars jarayonida emas, balki darsga tayyorgarlik jarayonida ham o'qituvchining eng yaqin va qulay ko'makchisidir. Bu jihatlari bilan ushbu texnik vositalar o'qituvchi faoliyati samaradorligini oshirishga hissasi beqiyos kattadir.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni qayd qilish kerakki, darsda texnik vositalardan foydalanish talabaning o'zlashtirish koeffitsentini bir necha barobar oshiradi. Ilmiy asoslarga ko'ra inson taxminan 70 foiz ma'lumotlarni ko'rish va kuzatish orqali oladi. Xususan, informatika va texnika fanlarini o'rgatishda noa'nanaviy usullarni va axborot - kommunikatsion vositalarni keng joriy etish har bir o'qituvchining kundalik uslubiga aylanishi zarur deb hisoblaymiz. Shundagina biz

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tayyorlab jamiyatga yetkazib berayotgan kadrlarimiz bugungi kun talabiga javob bera oladigan rakobatbardosh mutaxasislar bo'lib shakllanadi deb o'ylaymiz.

REFERENCES

1. Topildiyev V.R. Ta'lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishning meyoriy-huquqiy asoslari. T.: 2015;

2. Podlasiy I.P. Pedagogika. Obshiye osnovi. Protsess obucheniY. M., 2005;

3. Podlasiy I.P. Pedagogika. Noviy kurs. Ucheb. dlya stud. vissh. ucheb. zavedeniy: v 2 knigax. M.,2002 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.