Научная статья на тему 'INCRESING THE PLACE AND SIGNIFICANCE OF CENTRAL ASIAN HISTORICAL MONUMENTS IN THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES'

INCRESING THE PLACE AND SIGNIFICANCE OF CENTRAL ASIAN HISTORICAL MONUMENTS IN THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
14
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MOSQUE / MADRASA / ARCHITECTURAL MONUMENT / ARCHITECTURE / TRADITIONAL STYLE / MODERN EUROPEAN STYLE

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Qoriyev A.U.

This article provides insights into the historical significance of architectural monuments and modern buildings in Central Asian cities in the late 19th and early 20th centuries.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INCRESING THE PLACE AND SIGNIFICANCE OF CENTRAL ASIAN HISTORICAL MONUMENTS IN THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES»

УДК: 930.85

Qoriyev A.U. lecturer

Namangan Regional Center for Retraining and In-Service Training of Public Education Employees

INCRESING THE PLACE AND SIGNIFICANCE OF CENTRAL ASIAN HISTORICAL MONUMENTS IN THE LATE XIX AND EARLY XX

CENTURIES

Annotation: This article provides insights into the historical significance of architectural monuments and modern buildings in Central Asian cities in the late 19th and early 20th centuries.

Keywords: mosque, madrasa, architectural monument, architecture, traditional style, modern European style.

So'nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o'zgarishlar tufayli tarixiy-madaniy merosni muhofaza qilish, arxitektura yodgorliklarini qayta tiklash, tarixiy obidalarni ta'mirlash ishlari davlat siyosati darajasida amalga oshirib kelinmoqda. Hududlarni turistik salohiyatini kuchaytirish, buning uchun tarixiy qadamjoylarni dunyo hamjamiyatiga ma'lum qilish zarurati yanada dolzarb ahamiyatga ega bo'lmoqda. Bu haqida Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan "Yangi O'zbekiston strategiyasi" kitobida "Yurtimizda 8 ming 200 dan ziyod madaniy meros ob'yekti mavjud bo'lib, turizm marshrutlariga ularning atigi 500 tasi kiritilgan. Ziyorat va an'anaviy turizmni rivojlantirish mumkin bo'lgan marshrutlardagi ob'yektlar sonini 800 taga yetkazish bo'yicha choralar ko'rishimiz kerak. UNESKOning Umumjahon moddiy madaniy merosi va nomoddiy madaniy merosi ro'yxatiga O'zbekistondagi yangi ob'yektlarni kiritishni tezlashtirish lozim"[1] degan fikrni ta'kidlab o'tilganligi ham buning isboti.

Prezident tomonidan ilgari surilgan yangi obyektlar safiga XIX asr oxir XX asr boshlarida O'rta Osiyoda bunyod etilgan tarixiy me'moriy obidalarni ham qo'shish mumkin. Rus mustamlakachiligi davridagi me'morchilikni anglash va undan bohabar bo'lish zarur omillardan bo'lib, u O'zbekistonning zamonaviy shaharlarini tarixiy qiyofasida chuqur iz qoldirgan. Ayniqsa, Toshkent, Samarqand, Farg'ona, Namangan, Andijon kabi shaharlarda ushbu davrda qurilgan, hozirgacha foydalanib kelinayotgan bir qator inshootlar muhim tarixiy ahamiyatga ega yodgorliklar sirasiga kiradi.

XIX asr oxirlarida Chor mustamlakachiligi tomonidan O'rta Osiyoda mustamlaka tartibi ornatilgach, me'morchilik sohasida jiddiy o'zgarishlar sodir bo ldi. Ibodat inshootlari bo'lgan masjidlar, madrasalar, maqbaralar hamda karvonsaroylar qurilishi kamayib, hatto ayrim shaharlarda to xtab qoldi. Xonliklar davrida hukmdorlar ruhoniylar mehrini qozonish va ularning qollab-quvvatlashiga erishish hamda o zlaridan xotira qoldirish uchun ulug vor maqbaralar, madrasa va honaqolar hamda jome masjidlari qurishgan bolsa, endi

bunday ishlarga juda kam mablag' sarflana boshladi. Lekin, arxitekturaviy loyihalar to'xtab qolgani yo'q. Ayniqsa, Turkiston general-gubernatorligi hududida me'morchilikda an'anaviy uslublardagi binolardan ko'ra, muayyan vazifani bajarishga hizmat qiladigan imoratlar - ma'muriy boshqaruv idoralari, maktablar, saroy va boshqa binolar qurilishi avj oldi. Turkiston hududidagi shaharlarda arxitektura o ziga xos uslubda rivojlandi. Qadimiy tarixga ega shaharlarning rivojlanishi va yangilarining barpo etilishi muayyan me'moriy tartibni qaror toptirishni talab etardi. XIX asr oxiridan har bir shaharda shahar bosh me'mori(arxitektori) lavozimi tayinlandi, u me'moriy me'yorlarning bajarilishini kuzatib, ularni boshqarib borishi lozim edi. Bu davrda shahar qurilishining metall va betonni joriy etishga asoslangan, davr ruhiga mos yangi shakldagi zamonaviy me'moriy binolar qurilishi rivojlandi.

Yuqoridagi ma'lumotlarga tayanadigan bo'lsak, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida O'rta Osiyoda qurilgan me'moriy inshootlar 2 turga bo'linadi: birinchisi, an'anaviy uslubdagi me'moriy obidalar; ikkinchisi, zamonaviy yevropacha uslubdagi binolar.

Ushbu davrda O'rta Osiyo shaharlarida an'anaviy uslubda bunyod etilgan binolar kam qurilgan bo'lsada, lekin mustahkam va pishiq qilib bunyod etilgan. Ulardan ko'pchiligi uzoq vaqt yaxshi saqlandi va aholiga hizmat qilib keldi. Hatto ayrimlari bugungi kunda ham foydalanilmoqda. An'anaviy uslubdagi obidalarni bunyod etishda Farg'ona vodiysi shaharlari yetakchilik qilgan. Hususan, Andijondagi uzunligi deyarli 123 metrga teng bo'lgan "Jome'" masjid, Namangandagi Mulla Qirg'iz madrasasi, Atoullixon(Ota Valixon) to'ra masjidi, Sirli masjid, Farg'onadagi "Jome'" masjidlar ana shunday uslubda bunyod etilgan va hozirgacha foydalanib kelinayotgan me'moriy yodgorliklar sirasiga kiradi.

Zamonaviy yevropacha uslubdagi me'moriy inshootlar barcha shaharlarda ma'muriy tartiblarni amalga oshirish uchun bunyod etilgan, lekin hozirgi kungacha yaxshi saqlanganlarini asosan Toshkent va Farg'ona shaharlarida uchratish mumkin. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Toshkent shahrining "yangi" qismida qurilgan eng mashhur binolardan o'sha davrdagi Davlat banki, ayollar gimnaziyasi (hozirgi Toshkent davlat yuridik instituti), Toshkent erkaklar gimnaziyasi, Kadetlar korpusi (hozirgi I Toshkent tibbiyot akademiyasi hududi), Knyaz Nikolay Konstantinovich saroyi (hozirgi Tashqi ishlar vazirligining qabulxonasi), Real bilim yurti, Kaplan dorixonasi, Toshkent shimoliy vokzali, Turkiston davlat palatasi va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin[2].

Farg'onadagi Markaziy park yaqinidagi bir qancha binolar Rossiya podsholigi ko'rinishiga o'xshaydi. Ular XIX asr oxirida qurilgan bo'lib, ularning me'morchiligi mukammal darajada saqlanib qolgan. Ular orasida rus drama teatri (ilgari harbiy gubernator bino si bo'lgan), Farg'ona davlat universiteti (ilgari erkaklar uchun gimnaziya vazifasini bajargan), "Ofitserlar uyi" va Avliyo Sergiy Rodonejskiyning ibodatxonasi bor[3].

Ushbu ro'yhatni boshqa shaharlar va tumanlardagi ko'plab me'morchilik durdonalari bilan to'ldirib borish mumkin. Biroq, ularni asrab-avaylash va

ta'mirlashga e'tibor qaratilmasa sanab chiqish behuda ketadi. Misol uchun, Farg'ona vodiysidagi tarixiy obidalar bir necha yillardan beri davlat va jamoatchilik e'tiboridan chetda qolib keldi. Buning boisi, birinchidan Farg'ona me'moriy yodgorliklari O'rta Osiyoning Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent kabi shaharlaridagi mashhur obidalari singari unchalik serhasham emas, ikkinchidan Farg'ona vodiysidagi tarixiy obidalar hozircha kam o'rganilgan, ularni faqat mahalliy aholi-yu, mutahassis olimlarning tor doirasidagilari biladi xolos, uchinchidan Farg'ona vodiysida ziyorat turizmidan ko'ra tibbiyot turizmi rivojlangan, ziyorat turizmiga asosan qadimiy davrlarga oid yodgorliklar qamrab olingan. Shu kabi sabablarga ko'ra, XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi tarixiy obidalar keng ommalashmagan.

Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun avvalo ushbu davrga oid me'moriy obidalarni o'rganish bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni ko'paytirish va aniq dalillarga asoslangan tarixiy ma'lumotlarni keng jamoatchilik orasida targ'ibot qilish kerak. Bunga tarixchilar, turizm va madaniyat maskanlari mutahassislari, tashabbuskor yoshlar hamda boshqa mustaqil tadqiqotchilarni jalb etish, davlat va nodavlat tashkilotlarni homiylik mablag'lari hisobidan fundamental loyihalar tayyorlash lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

[1] Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. -T.: O'zbekiston, 2021. -B. 174

[2] Исмоилова Ж. XIX асрнинг иккинчи ярми — ХХ аср бошларида Тошкентнинг "янги шахдр" кисми тарихи: Тошкент: Fan va texnologiya, 2004. Тошкент меъморий ёдгорликлари тарихидан | Shosh.uz

[3] https://uzbekistan.travel/uz/o/jannat-burchagi-fargona/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.